Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZGA MASHHUR ASAR NUSXASI KЕLTIRILDI

MARKAZGA MASHHUR ASAR NUSXASI KЕLTIRILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining 3 jilddan iborat arab va indonez tillaridagi nusxasi olib kelindi.

Kitoblar Markazga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana tomonidan taqdim etildi. Alisjabana xonim oʻtgan yilning sentyabr oyida Markazga tashrif buyurib, uning faoliyati, erishilgan ilmiy yutuqlar bilan tanishgan va mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasini yuksak baholagan edi.

Nusxa puxta oʻrganib chiqildi va tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazildi. Unda islom dini va taʼlimotlariga oid turli mavzulardagi sahih (ishonchli) hadislar bayon etilgan.

Mazkur asar Markaz muzeyidan munosib oʻrin egallashi, xodimlar oʻz ilmiy faoliyati davomida fonddagi boshqa kitoblar qatorida undan ham unumli foydalanishi shubhasizdir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …