Butun umrini el yurt farovonligi yoʻlida ezgu ishlarga baxsh etgan, ulugʻ shoir, mutafakkir hamda yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning odil hukmronligi toʻgʻrisidagi qarashlari hayotiyligi bilan hamon qadrlidir. Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Sadiy Iskandariy” dostonlarida oʻz orzusidagi odil podshoh timsolini yaratadi va shunday podshohning siyosati tufayli vujudga kelgan kuchli davlatchilik gʻoyalarini tarannum etadi. Shu bilan qatorda qoʻrgʻon gʻoyalari asoslangan holda “ Podshoh Allohning yordamchisi, Alloh unga bu vazifani toʻgʻrilik halollik odillik bajarishni topshirgan” va hukmdorlikning, Allohning amri deb biladi.“Hayrat-ul abror” dostonidagi Badiʼuzzamonga bagʻishlangan 20-maqolada doʻsti Husayn Bayqaro taxtining munosib vorisi sifatida unga mamlakat ni odilona siyosat bilan boshqarish haqida nasihat qilar ekan, bu bilan oʻz orzusidagi odil podshoh sifatlarini Badiʼuzzamonda ham shaklantirishga harakat qiladi.
Navoiy nazaridagi hukmdor mamlakatni adolat bilan boshqarishi, qatʼiyatli boʻlishi, siyosat yuritish va hukm chiqarishda ehtiroslarga berilmay, aql ovoziga quloq tutishi, zarur oʻrinlarda kechirishni bilishi, yaʼni nohaqdan tuhmat bilan aybdor deb topilgan kishilarga adolatpeshalik qilishi, hech qachon qalbida kir, adovat saqlamasligi, xolis boʻlishini, har biri ishini kengash asosida qilishi, doimo el-yurt ahvolidan, kayfiyatdan boxabar boʻlishi, davlat ahamiyatiga molik har bir ishini oʻz vaqtida hal qilishini lozim deb hisoblaydi.
Komil insonga xos sifatlarni oʻzida mujassamlashtirgan shoir orzusidagi podshohning adolatli uning uning yaxshilarga muruvvatli, yomonlarga esa qahrlisidir:
Koʻpgina sharq mutafakkirlari va davlat arboblari singari Alisher Navoiy ham mamlakat obodligi, el-yurt osoyishtaligining sababini maʼnaviy barkamol podshohning odil siyosati deb biladi. Navoiyning fikriga koʻra el bir bogʻ boʻlsa, podshoh bogʻbondir. Choʻpon oʻz galasini och boʻrilar hujumidan ehtiyot qilsa, podshoh xalq tinchligini shunchalar asrashi lozim. Shu vazifa podshohga iloh tomonidan yuklatilgan deb ogohlantiriladi. Shunda ham taxtu toj egasi boʻlish emas, balki xalq va mamlakatga gʻamxoʻrlik qilishi iloh tomonidan yuklatilganligini taʼkidlaydi. Shoir shohni ulugʻ, pishqir… oqayotgan daryoga, aholisi va yaqinlarini esa daryo atrofidagi anhorlarga oʻxshatib, bu haqda shunday deydi: “Daryo suvidan ham shu kabi kayfiyat va xosiyat boʻladi. U achchiq boʻlsa- bu achchiq uchun boʻlsa-bu uchun bu chuchuk- bu tiniq” Har bir zamon, har bir taraqqiy davr oʻzining ulugʻ siymolarini yaratadi. Alisher Navoiy ham oʻz davrining ana shunday buyuk siymolaridan biri hisoblanadi. Ulugʻ mutafakkir Mir Alisher Navoiyning buyukligi adabiyotimiz rivojidagi xizmatlari bilangina belgilanmaydi. Navoiy badiiy ijodida qanchalik hayotda ham shunchalik benazir edi. Jamiyat bor ekan, adolat hamma vaqt odamlarning diqqat markazida turadigan mavzuligicha qolaveradi. Alisher Navoiy ijodida ham bu adolat gʻoyasi markaziy oʻrinni egallaydi. Navoiy “Xamsa” da odil podsholar timsolini yaratib ularning ishlarini ibrat qilib koʻrsatgan boʻlsa, “Mahbul qulub” asarida adolat haqidagi ularning ishlarini ibrat qilib koʻrsatgan boʻlsa, “Mahbul qulub” asarida adolat haqidagi fikrlarini jamlab, goʻzal hikmatli jumlalardan ixcham qilib bayon etadi. Navoiy adolat gʻoyasini podsho shaxsi bilan bogʻlab tushuntiradi. Chunki podshoh jamiyat hayotining koʻp masalalari unga borib taqaladi.
“Podshoh diyonatli, odil va oqil siyosatdan boʻlsa atrofiga halol, taqvoli kishilarni yigʻib, rayiyat farovonligi yurt obodonchiligi uchun qaygʻuradi, badnafs va fosiq kishilarning yoʻlini toʻsib, aholini ularning taziyqidan himoya qiladi. Agar buning aksi oʻlaroq, podshoh zolim boʻlsa, atrofiga oʻziga oʻxshamaganlarni yigʻib, yurt boshiga balolar yogʻishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham hazrat Navoiy nazarida “odil podsho Haqdin xaloyiqqa rahmat erur”. Bunday odam mamlakatda omonlik, tinchlik va osoyishtalik qaror topishiga sababchi boʻladi.” 1
“Navoiy odil podsho sifatlarini taʼriflar ekan, quyidagilarni misol qilib keltiradi.
- faqat notavonlar uning himoyasidan mamnun;
- zulmu sifat ahli uning siyosatidan xafa;
- savdogarlar, musofir sayyohlar qaroqchi –oʻgʻrilar hujumidan himoyalangan;
- maktab-madrasalarda tolibi ilm osoyishta taʼlim olish bilan band;
- uning siyosati zabtidan poraxoʻr amaldorlar, poraxoʻr amaldorlar, devon xodimlarning ilki bogʻliq:
Ilmu maʼrifat rivoj topadi. Bunday podshohning “bir soatlik adolatli siyosati oltmish ibodatga teng”. U oʻzini Alloh oldida maʼqul deb biladi. Zeroki xalq rozi boʻlsa haq rozi boʻladi. Navoiyning ortiqcha adolatli, haq va haqiqatni qaror toptirish, yomonlarning koʻnglini vayron qilish yaxshilarning mushkulini oson qilish uchun mamlakat merosida zehn oʻtkir, dono donishmand tabiatan adolatparvar odamlarni sevadigan bir shoh turishi kerak deydi. Shuning uchun Navoiy “sultonlar haqida” eng yuksak sazovor tangri ularning hukmdorlik boshiga podshohlik dubulgʻasini shuning uchun kiydiriladiki, ularning adolatlari koʻzining chashmasidagi zilol suv mamlakat bogʻini qondirsin, toki bu bogʻda tinchlik va farogʻat gullari ochilsin, chunki ular zulm bogʻida may ichib, gul sochganlarida esa u maydan har lahza oʻzgara gullarni gullatarlar. Alisher Navoiy adolatli hukmdorlarni taʼriflaydi maqtaydi. Uning fikricha, “odil va maʼrifatparvar shoh tufayli mamlakat obod, el yurt shod va farovon boʻladi. Odil podshohlar toʻgʻrisida shunday deydi: “Adolatli podshoh haq taoloning xaloyiqqa yoʻqotgan marhamatidir: bunday shoh mamlakat uchun tinchlik farovonlik sababchisidir. Odil shoh quyosh bilan bahor yomgʻiridek qora tuproqlar gullar ochadi va mamlakatda xalq boshida oltin bilan dur sochadi. Kambagʻal va bechoralar uning yaxshi muomalasidan rohatda,zolim amaldor va mirshablar uning siyosatidan qoʻrquvda.”2
Xullas Navoiy orzulari Oʻzbekiston davlat mustaqilligi sharoitida roʻyobga chiqdi. Mustaqillik uning tarixiy-ilmiy qadriyatlarini,asarlarini yaratgan taʼlimotlarini yuksak darajada ardoqlaydigan yangi-yangi tarixiy davrdir. Bu davrda kelib Navoiy hazratlari asarlariga tamomila boshqacha mehr-muhabbat, hurmat-ehtirom bilan qaratiladigan boʻladi.Oʻzbek xalqining har bir farzandi, Respublikamiz fuqarolari uning asarlarini sevib oʻqib-oʻrganmoqda, ulardan taʼlim-tarbiya olmoqda.
-
Z. Gʻafurov “Oʻzbekistonda siyosiy va manaviy-marifiy taʼlimlari taraqqiyoti” 2001 yil.
-
“Hayrat-ul abror” A.Navoiy.