Home / FOTO LAVHALAR / HAFTALIKNING OCHILISH MAROSIMI YAKUNLANDI

HAFTALIKNING OCHILISH MAROSIMI YAKUNLANDI

Oʻzbekistondagi “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” ochilish marosimining yakuniy nutqini Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov soʻzladi.

Notiq ziyorat amalining fazilatlariga alohida toʻxtalib, bu oʻrinda turizmning muhim ahamiyatini eʼtirof etdi. Shu nuqtai-nazardan turizm sohasiga qaratilayotgan eʼtibor oʻtkazilayotgan haftalik kabi yirik loyihalar zamirida yanada yuksalayotganini taʼkidlab, hammani Samarqand zaminining barcha muqaddas ziyoratgohlariga taklif qildi.

Shu bilan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” ochilish marosimi yakuniga yetdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Vatanga mehri boʻlak yoshlar – yurtning eng katta boyligi

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida “Vatanni sevmoq – oliy fazilat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. …