Home / FOTO LAVHALAR / TAHDIDLARGA QARSHI YAGONA CHORA – MAʼRIFAT

TAHDIDLARGA QARSHI YAGONA CHORA – MAʼRIFAT

Navoiy davlat pedagogika institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va  Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi ostida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Markaz ilmiy xodimlari, Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning ilm olishlari uchun yaratib berilgan keng imkoniyatlar, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda diniy-maʼrifiy sohaga qaratilayotgan eʼtibor xususida soʻz borib, turli tahdidlardan saqlanishning yagona yoʻli maʼrifat ekani alohida taʼkidlandi.

Maʼruzachilar muqaddas dinimizda ilm va maʼrifat haqida bitilgan hadislardan namunalar keltirdi hamda buyuk mutafakkirlarimiz boy ilmiy-maʼnaviy merosini asl holatida oʻrganishning bugungi kundagi yuksak ahamiyati haqida soʻzlab berdi.

Tadbir qizgʻin savol-javoblar asosida samimiy ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …