Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining navbatdagi gʻolibi Malayziya islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Nurul Hafizah Muhammad Nur Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yetib keldi.
Stipendiatni direktor oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev kutib oldi va ilmiy xodimlar ishi, yaratilgan sharoitlar hamda Markaz muzeyi faoliyati bilan tanishtirdi.
Muhammad Nur xonim, shuningdek, Markaz kutubxona fondini oʻrgandi.
Malayziyalik tadqiqotchi stipendiya dasturiga asosan Markazda oʻzining “Sahihul Buxoriy”dagi zamonaviy ilmiy kashfiyotlar” mavzusidagi ilmiy ishi ustida izlanishlar olib boradi. Ilmiy safar davomida mamlakatimizning boshqa shahar va ilmiy muassasalariga ham tashrifi koʻzda tutilgan.
Dastur gʻolibining ilmiy amaliyoti ikki oy davom etadi.