Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Buyuk Britaniyadagi Oksford Islom tadqiqotlari markazi doktoranti Benjamin Sharkey keldi.
Tadqiqotchi “Markaziy Osiyo mintaqasining Oʻrta asrlardagi tarixi” mavzusi doirasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan boʻlib, Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad tadqiqot obyektlarini oʻrganish, mavjud madaniy meros yodgorliklarini koʻzdan kechirish hamda tarixiy manbalarni tadqiq etishdan iborat.
Mehmon Markaz boʻlim boshligʻi Yoʻldoshxon Isayev hamrohligida muzey hamda kutubxona faoliyati bilan tanishib, ilmiy xodimlar hamda xalqaro stipendiya sovrindorlari bilan muloqotda boʻldi.