Yurtimiz mezbonlik qilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi davom etmoqda. Unda AQSH, Angliya, Avstriya, Indoneziya, Nigeriya, Gana va boshqa davlatlardan kelgan taniqli dinshunoslar hamda diniy ulamolar ishtirok etmoqda.
Xalqaro forumda AQSH vakili Imom Muhammad Majid soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda turli din vakillari oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatilganini qayd etdi.
“Aytmoqchimanki, Oʻzbekiston hukumati konfessiyalararo muloqot borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Oʻzbekiston katta ustunlik va boy tarixga ega. Biz bir-birimizdan oʻrganamiz. Chunki bu yerda turli din vakillari oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatilgan.
Bizda (AQSHda) tajribamiz bor va shu yerda u bilan boʻlishmoqchimiz. Shuningdek, biz Oʻzbekiston vakillaridan konfessiyalararo munosabatlarni qanday rivojlantirishni oʻrganmoqdamiz”, deydi Imom Muhammad Majid.