17 yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov 1973 yil 17 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Shovosil Ziyodov 1995 yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlab, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida faoliyat yuritgan. U 2017 yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida ish boshlagunga qadar Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori lavozimida ishlagan.
Tarix fanlari nomzodi Shovosil Ziyodov “Abu Mansur Moturidiy va uning “Kitob at-Taʼvilot” asari” nomli monografiya muallifi. Mintaqamizda va xorijda kalom tarixi, Sharq qoʻlyozmalariga oid koʻplab ilmiy maqola, risola va kataloglar nashr ettirgan. Koʻplab xorijiy va milliy ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. Shuningdek, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Sharqshunoslik markazlarida malaka oshirgan.