Ayni soatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov Navoiy shahrida oʻtkazilayotgan “Bagʻrikenglik va tinchliksevarlik kontekstida islom milliy-maʼnaviy merosi” mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiyada ishtirok etmoqda.
Konferensiyada shuningdek, mahalliy oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar fanlar, siyosatshunoslik hamda tashqi siyosat sohasi olimlari, shu bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya davlati va AQSHning nufuzli oliy taʼlim dargohlari rahbarlari mavzuga oid maʼruzalari bilan qatnashmoqda.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Yevropa renessans davri taraqqiyotida islom ilmiy va maʼnaviy merosining oʻrnini alohida eʼtirof etishib, Markaziy Osiyo ilmiy, madaniy merosining rivojlanish dinamikasini oʻrganishda zamonaviy ilmiy metodologiya asoslarini va islom manbalarida tinchliksevarlik va bagʻrikenglik gʻoyalarining tarixiy-nazariy asoslarini muhokama qilishmoqda.
Konferensiya ishini davom ettirmoqda.