Home / FOTO LAVHALAR / Malayziyalik olimlarning yangi tadqiqotlari taqdimoti

Malayziyalik olimlarning yangi tadqiqotlari taqdimoti

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari – Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM)ning Tadqiqotlar bölimi ilmiy xodimi Mohd Şahir ibn Hoşim va islom masalalari böyiça ilmiy xodimi Muhammad Uzair ibn Izham Markazda olib borgan ilmiy izlanişlari yakuniga doir taqdimot ötkazdi. Unda Imom Buxoriy asarlaridagi metodologik yondaşuvlarning bugungi global tahdidlar, taʼlim va inqirozga qarşi boşqaruv tizimlaridagi ahamiyati yoritildi.

Tadqiqotçi Mohd Şahir ibn Hoşim “Sahihul Buxoriy”ning “Kitobul iymon” (islom ilmlariga oid bir neça maşhur asar va yirik hadis töplamlarining asosiy bölimlariga berilgan nom) bobidagi sarlavhalar va hadislarni joylaştiriş tizimi orqali Malayziyada sof aqidani mustahkamlaş va diniy oğişlarga qarşi maʼrifiy çoralarni kuçaytiriş masalasiga eʼtibor qaratdi.

Taʼkidlanganidek, buzğunçi va yot qaraşlarning tarqalişiga qarşi kuraşda faqat huquqiy va maʼmuriy çoralar bilan çeklanmasdan, Qurʼon va sahih hadislarga tayangan tizimli, bosqiçma-bosqiç taʼlim va tarğibot modelini joriy etiş muhimdir. Olim taklif etayotgan beş bosqiçli yondaşuvda asosiy manbalarga tayaniş, aqidaning poydevorini mustahkamlaş, har bir mavzuda aniq maqsadni belgilaş, bilimlarni izçil tartibda beriş va asosiy ğoyalarni turli rivoyatlar orqali mustahkamlaş kabi usullar alohida qayd etildi.

Muhammad Uzair ibn Izham esa Imom Buxoriyning “fiqhut tarjama» (bob sarlavhalaridagi fiqhiy-metodologik mantiq) usuli hamda “Sahihul Buxoriy”ning şöro (kengaş) va boşqaruvga oid boblari, “Fathul Boriy” va “Umdatul Qoriy” kabi şarhlar asosida işlab çiqilgan S-H-U-R-A — maslahat asosida jamoaviy qaror qabul qilişni anglatuvçi inqirozni boşqariş modelini taqdim etdi. Dunyoda taşqi beqarorlik va murakkablik (VUCA) hamda içki ruhiy-ijtimoiy zaiflik va noaniqlik (BANI) omillari kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda anʼanaviy moddiy-texnik modellar yetarli bölmasligiga urğu berdi. Taklif etilgan model boşqaruvda — hamjihatlik, uyğunlik, birlik, qatʼiyat va hisobdorlikni, ruhiyatda esa — barqarorlik, insoniylik, özaro anglaşuv, tezkor javob beriş va moslaşuvçanlikni islomiy axloq mezonlari bilan uyğunlaştirişni nazarda tutadi.

Taqdimot yakunida iştirokçilar Imom Buxoriyning boy ilmiy va metodologik merosini zamonaviy taʼlim dasturlari, maʼrifiy reabilitatsiya modullari va boşqaruv amaliyotiga tatbiq etiş istiqbollari yuzasidan fikr almaşib, mazkur tadqiqotlar xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga xizmat qilişini taʼkidladi.

Tadbir qizğin muloqot, savol-javob va muhokamalar bilan davom etdi. Malayziyalik tadqiqotçilar Samarqand va Markazda izlaniş olib boriş uçun yaratilgan zarur şaroit, nodir manbalardan foydalaniş imkoniyatlari hamda eʼtibordagi samimiyat uçun minnatdorlik bildirdi

Taqdimot yakunida ilmiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan xorijlik olimlarga maxsus sertifikatlar topşirildi.
 
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Akademik hamkorlik istiqbollari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning Van Yuzunju Yil universiteti rektori, professor Hamdulloh Şevli va …