Qadariya va möʼtazila firqalarinining tarixini kuzatgan kişi ularning qadar masalasida ilk bor joriy qilgan bidʼati – Alloh taoloning bandalar amallarini sodir bölişidan oldin bilişini inkor etiş bölganini köradi. Yoki ular: “Alloh bandalarning bajargan amallarini sodir bölganidan söng biladi” [3, 353 b.], “Alloh taolo umumiy narsalarni biladi, xos narsalarni bilmaydi (faqat sodir bölganidan keyingina biladi)” [2, 176-177 b.], kabi gaplarni aytgan.
Şunga muvofiq, ular Alloh butun maxluqotlarning taqdirini belgilaganini hamda Qiyomatga qadar sodir böladigan barça narsalarni Lavhul Mahfuzga yozib qöyganini ham inkor etgan.
Örta asrda, Movarounnahr va Xurosonda yaşab ijod qilgan alloma Abu Hotim Muhammad ibn Hibbon “Sahih” asarida ularga raddiya bildirib, Yaratganning ilmi ötmişda bölib ötgan, kelajakda böladigan barça narsalarni, sodir bölmagan narsa sodir bölganida qanday bölişini ham qamrab olişini bayon qilgan.
Şuningdek, maxluqotlarni yaratişidan oldin ularning taqdirini belgilab qöyganini bayon qilgan.
Bu taqdir insonning mustaqil iroda va xohişga ega ekaniga, öz ixtiyori bilan xohlaganiga amal qilişiga zid emas. Biroq inson bu borada xato qilmaydi, belgilab qöygan taqdirdan taşqariga çiqmaydi. Taqdirga iymon keltiriş sabablarni tutişga ham zid emas. Çunki Alloh taolo sabablarni ham, ularning natijalarini ham yaratgandir.
Sabablarga eʼtibor berib, taqdirni eʼtiborsiz qoldirgan kişi ham, taqdirga eʼtibor berib, sabablarni beeʼtibor qoldirgan ham xato qiladi. Alloh taolo har bir narsa uçun muayyan ölçov va taqdirni belgilab qöygandir.
Ibn Hibbon “Sahih”ida “Alloh jalla va alo hidoyat qilişni istagan bandalaridan xohlaganlariga Öz nurini yetkazişi haqidagi bayon” mavzusida quyidagi hadisni keltirgan: “Abdulloh ibn Daylamiydan rivoyat qilinadi: “Abdulloh ibn Amrga: “Odamlar siz: “Badbaxt odam onasining qornida badbaxt bölgan (deb yozilgan) odamdir”, deb aytayotganingizni daʼvo qilmoqda”, dedim. Şunda u: “Heç kimga mening nomimdan yolğon gapirişga ruxsat bermayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eşitganman: “Alloh maxluqotlarni zulmatda yaratdi. Söng ularga Öz nuridan yoğdirdi. Kimga öşa nur yetgan bölsa, hidoyat topdi. Kimga tegmagan bölsa, adaşdi”. Şuning uçun “Alloh jalla va aloning ilmiga binoan qalam quridi (yaʼni, taqdir bitib bölingan)” deb aytaman”, dedi” [4, 11 b.].
Söng Ibn Hibbon: “Alloh jalla va alo maxluqotlarni zulmatda yaratgan paytda, öşa nurdan kimga nasib etişi va kimga yetmasligini bilişi haqidagi xabarning bayoni” mavzusini va quyidagi hadisni keltirgan: “Ibn Daylamiydan rivoyat qilinadi: “Abdulloh ibn Amrga bunday dedim: “Eşitdimki, siz: “Albatta, qalam quridi”, deyayotgan ekansiz? Şunda u: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eşitganman: “Alloh jalla va alo odamlarni zulmatda yaratdi. Söng nuridan bir nur olib, ular uzra yoğdirdi. U (nur Alloh) hohlagan kişiga tegdi, xohlamaganga tegmadi. Alloh nur kimga tegmasligini ham, kimga tegişini ham azaldan bilgan edi. Kimga öşa nuridan biror narsa yetgan bölsa, hidoyat topibdi. Kimga u tegmagan bölsa, darhaqiqat adaşibdi”. Şuning uçun ham: “Qalam qurib bitgan”, deb aytaman”, dedi” [4, 12 b.].
Taʼkidlaş lozimki, Allohning hidoyat nuri kimga nasib bölgan bölsa, bu tasodif tufayli emas. Allohning azaliy ilmi bilan bu jon va nafs dunyoda solih va taqvodor bölişini bilgan, şuning uçun u öşa vaziyatda Allohning nuridan unga tegişini taqdir qilgan. Hidoyat nuri tegmaganlarga ham Alloh adolatsizlik qilmagan.
Alloma “Kişi zimmasiga tuşgan buyruqlarni bajarmasdan va taqiqlangan işlardan tiyilmasdan, amalga oşadigan taqdirga suyanib qolişdan voz keçiş lozimligi haqidagi xabarning bayoni” nomli mavzu va quyidagi hadisni keltirgan: “Jobirdan rivoyat qilinadi: “Men: “Ey Allohning Rasuli! Biz avvaldan hal qilib qöyilgan narsa uçun amal qilamizmi yoki yangidan boşlagan işimiz uçunmi?” deb söradim. U zot: “Avvaldan hal qilib qöyilgan narsa uçun”, dedilar. “Unda, amal qilişning nima keragi bor?” dedim. U zot: “Har bir amal qiluvçiga özi uçun yaratilgan amal oson qilib qöyilgan”, dedilar” [4, 286 b.].
Ibn Hibbon bunday degan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Har kimga (baxt yoki badbaxtlikdagi amali) oson qilib qöyilgandir”, degan sözlaridan murod – har bir kişiga Allohning azaliy ilmida avvaldan taqdir qilingan yaxşilik yoki yomonlikka muvofiq amal qiliş osonlaştirilişidir”. Şu mavzuda quyidagi hadisni keltirgan: “Abdurahmon ibn Qatoda Sulamiy aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eşitganman: “Alloh Odamni yaratdi, söng uning puştidan barça zurriyotlarini çiqardi va: “Bular jannat ahlidir, Men bunga parvo qilmayman. Bular esa dözax ahlidir, bunga ham parvo qilmayman”, dedi”. Şunda bir kişi: “Ey Allohning Rasuli! Unday bölsa, Nima uçun amal qilamiz?” deb söradi. U zot: “Taqdir taqozo qilgan narsalarga muvofiq amal qilasizlar”, dedilar” [4, 10 b.].
Alloma bundan taşqari şu mavzuga tegişli bir neça bob va hadislarni keltirgan. Jumladan, “Alloh jalla va alo Öz hukmlari amalga oşişi uçun muayyan sabablarni joriy qilgani haqidagi xabarning bayoni”, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Zero, bu faqat taqdirdir”, degan sözlaridan murod – Alloh jalla va alo Qiyomat kuniga qadar sodir böladigan barça narsalarni taqdir qilib qöyganini bayon qilişdir”, “Ota-bobolarining puşti kamarida turgan paytlaridayoq Alloh jannat va dözax ahllarini belgilab qöyişi haqidagi bayon. Bu esa bunga zid fikrda bölgan kişining qaraşiga xilofdir”, “Alloh jalla va alo Odam avlodlarini abadiy qolinadigan ikki maskan – jannat va dözax uçun yozib qöygani hamda ularni bu dunyoda öşa ikki maskan uçun amal qildirişi haqidagi bayon” kabi mavzularda hadislar bilan qaraşlarini ifoda etgan.
Yuqoridagi maʼlumotlardan körinib turibdiki, Ibn Hibbon Alloh taoloning azaliy ilmiga iymon keltirişni taʼkidlagan. Allohning ilmi umumiy va xususiy narsalarni, avval bölgan va keyin böladigan barça narsalarni qamrab oladi. Alloh taolo maxluqotlarni yaratişini ham, ularning amallarini ham, ulardan kim baxtli va kim badbaxt bölişini ham oldindan bilgan.
Alloh taolo ularni ham, ularning amallarini ham yaratgan. Haq yölni oçiq-oydin bayon etgan va zalolat yöllarini ham körsatgan.
Şunga qaramay, Alloh taoloning ilmi muqarrar amalga oşuvçidir, undan heç bir narsa çetda qolmaydi. Uning maşiati barça narsani qamrab oluvçidir, irodasi esa voqe böluvçidir. Uning qudrati uluğ va ismlari muqaddasdir.
Haqiqatda, qadar masalasida uşbu asosni mustahkam qaror toptiriş Alloh taoloning taqdiriga iymon keltirişning asosidir. Şuning uçun ham salafi solihlar qadariyalarga Allohning ilmi masalasi bilan raddiya berar edilar.
Ibn Hibbon va sof aqidani himoya qilgan boşqa allomalarning merosi qadar masalasining zamonaviy xatarlarini örganişga xizmat qiladi. Bu masala islom aqidasining eng nozik mavzularidan biridir. Bugungi kunda u bilan boğliq xatarlarni örganib, din asoslari va allomalarimizning merosi orqali yeçim topişga harakat qiliş zarur. Taqdir bahona qilinadigan iş emasligini, hammaning ixtiyori borligini, Allohning oldindan biluvçi ekanini tuşuntira biliş maqsadga muvofiqdir.
“Hammasi oldindan yozib qöyilgan bölsa, qölimdan heç narsa kelmaydi”, degan xatar bor. Baʼzilar şu sabab öqimaydi, mehnat qilmaydi, kasallikda davolanmaydi, çunki “taqdirda nima bölsa, şu böladi” deb öylaydi. Islomda taqdirga işoniş bilan birga sabablarga amal qiliş ham buyurilgan.
Baʼzida “taqdirda şunday” deb, gunohni qadar bilan oqlaşni ham uçratiş mumkin. Şu sababli yomon amal, nojöya xatti-harakat yoki haqsizlikni oqlaş bugun köp uçraydi. Ulamolar qadarga musibatlarda taskin topiş uçun dalil keltiriladi, gunohga baxona qiliş uçun emas, deb taʼkidlaydi. Insonning ixtiyori borligi uçun masʼuldir.
Baʼzilarda “hammasi mening qölimda” degan qaraş taʼsirida Allohning ilmi va taqdirini hisobga olmaslik yoki inkor etiş xavfi mavjud. Taqdirni inkor etiş aqidaga zarar yetkazadi.
Hadisda “amal qilişning nima keragi bor” deb kelganidek, baʼzi yoşlar ongida “Alloh hammasini oldindan bilsa, nega jazolaydi?” kabi savollar köp tarqalgan. Bu odamni çalğitib, iymonida şubha uyğotişi mumkin.
Mavzuga çuqur kirib ketiş ham xatarlardan biridir. Sahobalar qadar haqida bahslaşayotganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ğazablanib, oldingilar xuddi şu tufayli halok bölganini aytganlar [1, 211 b.]. Yaʼni aql bilan har narsaning tubiga yetişga uriniş va bu borada tortişişning özi xatardir.
Qadarni notöğri tuşuniş sustlik, masʼuliyatsizlik, muammolarga loqaydlik, islohat va taraqqiyotga intilmaslikka olib keladi. Töğri tuşunganda, sabr, şukr va ruhiy mustahkamlik beradi.
Allomaning qadar borasida qisqaça xulosasini aytadigan bölsak, inson öz ixtiyori bilan harakat qiladi va öz amali uçun javob beradi, lekin Allohning ilmi, xohişi va yaratişidan taşqariga heç narsa çiqib ketmaydi.
Ibn Hibbon va salaf allomalarning ilmiy-merosi bugungi kunda ham bu masaladagi şubhalarga javob berişda muhim ilmiy asos bölib xizmat qiladi.
-
Abu Iso Muhammad Termiziy. Al-Jomiʼul kabir (Sunani Termiziy). Şuayb Arnaut va Haysam Abdulğofur tadqiqi. 4. – Bayrut. Dorur risolatil ilmiyya, 2009. – B. 621.
-
Abu Homid Ğazzoliy. Tahofatul falosifa. Sulaymon Dunyo tadqiqi. – Qohira. Dorul maorif (Naşr yili körsatilmagan). – B. 371.
-
Ali Dimaşqiy. Şarhul aqidatit Tahoviyya. Abdulloh ibn Muhsin Turkiy, Şuayb Arnaut tadqiqi. 2. – Bayrut. Muassasatur risola, 1990. – B. 803.
-
Muhammad ibn Hibbon. Sahih Ibn Hibbon. Al-Musnadus sahihu alat taqosimi val anvoʼi min ğayri vujudi qatʼin fi sanadiho vala subuti jarhin fi noqiliho. Muhammad Ali Sönmez va Xolis Oydemir tadqiqi. J. 5. – Bayrut. Dor Ibn Hazm, 2012. – B. 526.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




