Home / FOTO LAVHALAR / Yoşlar maʼnaviyati va halollik – eʼtibor markazida

Yoşlar maʼnaviyati va halollik – eʼtibor markazida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Samarqand davlat çet tillar institutining Şarq tillari fakulteti talabalari taşrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab muassasa muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanişdi. Ekskursiya davomida talabalarga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ibratli hayot yöli, boy ilmiy-maʼrifiy merosi va hadis ilmi rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, şuningdek, bu yerda saqlanayotgan noyob qölyozma nusxalar va Markaz naşrlari haqida atrofliça maʼlumot berildi.

Taşrif doirasida talabalar iştirokida “Halollik – insonning vijdon oldidagi masʼuliyati” mavzusida maʼrifiy davra suhbati ötkazildi.

Muloqotda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan halollik, poklik, rostgöylik va adolat kabi yuksak axloqiy fazilatlarning islom taʼlimotida tutgan örni, buning buyuk ajdodlarimiz merosidagi aks-sadolari haqida söz yuritildi. Yoşlarning bilim oliş, kasbiy faoliyatda halol mehnat, vijdon pokligi va masʼuliyat tamoyillariga tayanişi ularning yetuk şaxs bölib kamol topişida muhim poydevor ekani alohida taʼkidlandi.

Samimiy va savol-javoblarga boy ruhda ötgan uçraşuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Ziyolilar kengaşining ilk yiğilişida

Şu kunlarda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning ilk yiğilişi bölib ötmoqda. Bu anjuman …