Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindori – Turkiyaning Bursa Uludağ universiteti tadqiqotçisi bölgan falsafa doktori (PhD) Madinabonu Moidinova Markazda olib borgan ilmiy izlanişlari yakuniga doir taqdimot ötkazib, mutafakkir Fazlulloh ibn Rözbixon Xunjiyning islom siyosiy tafakkuri va siyosatnoma anʼanasida tutgan örni, xususan, uning “Suluk al-muluk” asaridagi siyosiy-huquqiy qaraşlar mazmun-mohiyatini atrofliça yoritdi.

Tadqiqotçi Movardiy, Ğazzoliy va Nizomulmulk kabi allomalarning siyosiy qaraşlari keng örganilgan bölsa-da, Xunjiyning siyosatnoma anʼanasidagi örni va “Suluk al-muluk”dagi yondaşuvlari özaro boğliq holda yetarliça tadqiq etilmaganiga eʼtibor qaratdi. Tadqiqotning tarixiy va siyosiy fonini Oqquyunlilar, Safaviylar va Şayboniylar davridagi siyosiy voqealar, Movarounnahrda Şayboniylar hokimiyatining şakllanişi, şuningdek, Çingizxon yasoği (Örta asrlarga oid huquqşunoslik yodgorligi – möğul qabilalarining 1206-yilda Önon daryosi boşlanişidagi qurultoyda qabul qilingan qonunlar majmui) anʼanalari bilan şariatga asoslangan boşqaruv örtasidagi munosabat hamda hokimiyat qonuniyligini asoslaş masalalari taşkil etdi.

Maʼruzada “Suluk al-muluk”ning yoziliş tarixi, tuzilişi va fiqhiy-siyosiy xususiyatlariga alohida urğu berildi. Qayd etilganidek, 1513-yilda boşlanib, 1514-yil may oyida yakunlangan asar muqaddima, 15 bob, 84 fasl va xotimadan iborat. Şofeiy mazhabiga mansub bölgan muallifning hanafiylar siyosiy muhiti uçun yozgan uşbu asarida davlat boşqaruvi, imomat va siyosiy hokimiyat masalalari hanafiylik va şofeiylik mazhablari asosida hamda furuʼ al-fiqh (islom huquqining amaliy hukmlar va sohaviy tarmoqlarni örganuvçi qismi) doirasida tahlil qilinadi.

Taqdimot davomida asarning 1966-yilgi Haydarobod va 1983-1984-yillardagi Tehron naşrlari, 1974-yilgi inglizça tarjimasi, şuningdek, qölyozma nusxalar bilan işlaş jarayonlari xususida fikr almaşildi. Xususan, Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutida saqlanayotgan qölyozma nusxalarni tavsiflaş, ularni bosma naşrlar bilan qiyoslaş, matniy farqlar va siyosiy-huquqiy atamalarni aniqlaş tadqiqotning muhim yönalişlari sifatida körsatib ötildi.

Taqdimot yakunida iştirokçilar uşbu izlanişlar XVI asr boşlarida Movarounnahrda şariat va siyosiy hokimiyat munosabatlarini çuqur oçib beriş, adolat, imomat va siyosiy legitimlik tuşunçalarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiliş, şuningdek, manbaşunoslik va siyosatnoma sohalarida mustahkam ilmiy baza yaratişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Tadbir qizğin savol-javob va akademik muhokamalar bilan davom etdi. Qirğizistonlik amaliyotçi Samarqandda va Markazda olib borgan izlanişlari davomida yaratilgan qulay şaroit va imkoniyatlar, taqdim etilgan boy manbalar va körsatilgan samimiy mehmondöstlik uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.

Taqdimot yakunida Markazda muvaffaqiyatli ilmiy amaliyot ötagan xorijlik tadqiqotçiga maxsus sertifikat topşirildi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




