Home / FOTO LAVHALAR / Zarafşon tasavvuf muhitida silsila va şajara riştalari yanada oydinlaşdi

Zarafşon tasavvuf muhitida silsila va şajara riştalari yanada oydinlaşdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik taşkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etiş markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – islom madaniyati va sanʼati öçoği” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi doirasida navbatdagi tadbir taşkil etildi.

Unda IRCICA vakillari, Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti, Özbekiston Milliy Universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti olimlari, Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Hadis ilmi maktabi ustoz va talabalari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Mehrojiddin Amonovning “Zarafşon vohasida naqşbandiylik: silsila va şajara (XV-XIXasrlar)” mavzusidagi maʼruzasini tingladi.

Maʼruzada tasavvuf tariqatlari silsilasini aniq manbalar asosida tiklaş, ustoz-şogirdlik silsilasi bilan nasl-nasab şajarasini farqlaş hamda irşodnoma va vaqfnoma hujjatlarining tarixiy qimmatiga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilganidek, silsila murşiddan murşidga ötuvçi maʼnaviy ustozlik zanjirini anglatsa, şajara avlodlar va qon-qarindoşlik riştalarini körsatadi. Ayni paytda bir murşid bir neçta tariqat ijozatiga ega bölişi mumkin. Buxoro, Samarqand, Dahbed va Miyonkol fondlaridagi qölyozmalar, 1832-yilgi irşodnoma hamda 1888-yilgi vaqfnoma misolida vohadagi ilmiy-maʼnaviy markazlarning moddiy va maʼnaviy tayançlari oçib berildi.

Seminarda ilgari surilgan eng qiziqarli jihatlardan biri naqşbandiylikning tarmoqlanişi va hududlararo harakati bilan boğliq yangi tafsilotlar böldi. Xususan, tadqiqotçi Mulla Abdurahmon Ğijduvoniyning bir vaqtning özida naqşbandiya, qodiriya va çiştiya silsilalariga ulanganini, şuningdek, naqşbandiylik silsilasining Movarounnahrdan Hindistonga borib, mujjiddiya va boşqa tarmoqlar şaklida qayta Zarafşonga kirib kelganini manbalar orqali körsatib ötdi. Bundan taşqari, “Mukoşiful asror” asari asosida Muhammad Husayn Buxoriy şogirdlarining geografiyasi bugungi Özbekiston hududidagi yigirma tört, xususan, Zarafşon vohasidagi ön törtdan ortiq manzilni qamrab olgani, şuningdek, Muhammad Husayn Buxoriy avlodlari şajarasining XX asrga ulangan davomi taqdim etildi.

Muloqot çoğida vohadagi xonaqoh, madrasa va vaqf mulklarining ijtimoiy-maʼnaviy hayotdagi örni, şuningdek, naqşbandiylikning halol mehnat va ijtimoiy masʼuliyatga qaratilgan ğoyalari keng tahlil qilindi. Maʼruzaçi taʼkidlaganidek, “Dil ba yoru dast ba kor” – “Qöling işda diling Allohda bölsin” degan tamoyil kişining kundalik halol mehnat bilan şuğullanib ham maʼnaviy kamolotga intilişi mumkinligini yaqqol namoyon etadi.

Seminar yakunida tadqiqotçi XV-XIX asrlarda Zarafşon vohasida ahroriya, dahbediya, mujaddidiya va husayniya kabi tarmoqlar özaro boğliq holda faoliyat yuritgani, turli tariqatlarning bir murşid tasarrufida uyğunlaşgani hamda irşodnoma, şajara va vaqfnomalar tasavvuf tarixini qiyosiy örganişda bebaho manba ekanini xulosa qildi. Iştirokçilar maʼruzada keltirilgan manbaşunoslik tahlillarini yuqori baholab, bunday xalqaro ilmiy muloqotlar boy maʼnaviy merosimizni çuqur örganiş va keng jamoatçilikka yetkazişda muhim örin tutişini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ILM VA MAʼRIFATGA TAYANGAN JAMIYAT TARAQQIYOTGA ERISHADI

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari 2026–2036-yillarni mamlakatimiz uchun milliy yuksalish davri …