Home / MAQOLALAR / INSON QADRINI ÖRNIGA QÖYIŞ – YURTNI TARAQQIY ETTIRIŞNING BOŞ MAQSADI

INSON QADRINI ÖRNIGA QÖYIŞ – YURTNI TARAQQIY ETTIRIŞNING BOŞ MAQSADI

Insonlarga manfaat yetkaziş, oğirini yengil qiliş va yaxşilik yölida xizmat qiliş ezgu amallarning eng uluğlaridan sanaladi. Bunday işlar insonni Alloh taologa yaqinlaştiradi, odamlar örtasida mehr-oqibat va özaro işonçni mustahkamlaydi. Şuningdek, diniy va milliy qadriyatlarimizning çin insonparvarlik mohiyatini namoyon etadi.

Islom dini insonlarni doimo yaxşilik qilişga, boşqalarga yordam beriş va jamiyat ravnaqi uçun hissa qöşişga undaydi. Hatto yölda odamlar yo hayvonlarga xalaqit berişi, zarar yetkazişi mumkin bölgan biror narsani olib taşlaş ham katta savob hisoblanadi. Bu esa yaxşilik qiliş uçun keng imkoniyatlar yo ulkan boylik şart emasligini körsatadi. Eng muhimi, insonning qalbida ezgu niyat va boşqalarga naf keltiriş istagi bölsa bas. Mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik nafaqat insonning özini kamolga yetkazadi, balki jamiyat taraqqiyoti, yurt obodligi va yoş avlodning yaxşi tarbiya topişida ham muhim örin tutadi.

Xalq dardini his qiliş, uning muammo va ehtiyojlariga befarq bölmaslik, odamlarning talab va istaklarini inobatga oliş – el-yurt farovonligini taʼminlaşning muhim omilidir. Bu nafaqat aholi turmuşini yaxşilaydi, balki kelajakda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning ham oldini oladi. Har bir fuqaroning haq-huquqini himoya qiliş, manfaatlarini taʼminlaş va jamiyatda adolatni qaror toptiriş taraqqiyotning asosiy şartlaridan biridir. Inson qadri uluğlangan, xalqning dardi va manfaati ustuvor bölgan yurtda tinçlik, farovonlik va taraqqiyot bardavom böladi.

Diniy va milliy qadriyatlarimizda inson qadrini uluğlaş, uning manfaatlarini himoya qiliş alohida örin tutadi. Boşqalarga yordam qölini çöziş, oğirini yengil qiliş, dardiga şerik böliş va ehtiyojlarini qondiriş eng ezgu va savobli işlardan hisoblanadi. Şu bois bölsa kerak, insonlarga yaxşilik qiliş, ularning könglini kötariş va hayotini yengillaştiriş xalqimizga xos bölgan olijanob fazilatlardandir.

Alloh taolo Qurʼoni karimda: “Bas, xayrli işlarda özib ketingiz![1]”, deb xitob qiladi. Yana bir oyatda: “(Barça işlarni) çiroyli qilingiz. Albatta, Alloh çiroyli (iş) qiluvçilarni yaxşi köradi[2]”, deyiladi. Bu oyatlardagi ehson kalimasi keng maʼnoli tuşunça bölib, moddiy yordam, yaxşi muomala, ğamxörlik, adolat va boşqa ezgu amallarni öz içiga oladi. Barçasining zamirida insonlarga naf yetkaziş maqsadi mujassamdir.

Qurʼoni karimda insonlarga yaxşilik qiliş, ezgu amallar bilan yaşaşning fazilati alohida taʼkidlangan. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Allohning rahmati ezgu iş qiluvçilarga yaqindir[3]”. Bu oyat insonlarni doimo yaxşilikka intilişga, bir-biriga mehr-oqibatli böliş va savobli işlarni köpaytirişga undaydi. Allohning rizosi va rahmatidan umidvor bölib yaşaş, atrofdagilarga yaxşilik qiliş va özaro hurmatni qadrlaş jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlab, yurt ravnaqiga ham munosib hissa qöşadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi şariflarida insonlarga yordam beriş, oğirini yengil qiliş va yaxşilik yölida xizmat qilişning savobi haqida köplab hikmatli nasihatlar keltirilgan. Xususan, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi va uni zolim qölida taşlab qöymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qiliş yölida harakat qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonni bir ğam-kulfatdan xalos qilsa, Alloh uni Qiyomat kunining ğam-kulfatlaridan xalos qiladi. Kim bir musulmonning aybini yaşirsa, Alloh Qiyomat kuni uning aybini yaşiradi[4]”.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boşqa bir hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: “Kim bir mömin uçun dunyo ğamlaridan birini yengillatsa, Alloh uning uçun Qiyomat kunining ğamlaridan birini yengillatadi. Kim qiyinçilikka tuşib qolgan kişining yengillaşişiga kömak bersa, Alloh unga dunyo va oxiratda yengillik yaratadi. Kim bir musulmonning aybini yaşirsa, Alloh uning aybini dunyo va oxiratda yaşiradi. Banda birodarining yordamida bölar ekan, Alloh ham uning yordamida bölaveradi[5]”.

Bu hadislar insonlarga yordam beriş, dardiga şerik böliş, taşvişlarini yengillatiş va ehtiyojmandlarga kömaklaşiş naqadar savobli ekanini körsatadi. Odamlar bir-biriga befarq bölmay, qiyinçilik paytida yelkadoş bölsa, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va hamjihatlik yanada kuçayadi. Zero, boşqalarga yaxşilik qiliş nafaqat bu dunyoda hurmat-eʼtibor qozonişga, balki oxirat saodatiga erişişga ham sabab bölar ekan.

Adolat qilmay turib, inson manfaatlarini himoyalaş va taʼminlaş mumkin emas. Adolat bölgan joydagina inson qadri uluğlanadi, har bir kişining haq-huquqi munosib himoya qilinadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “…odamlar örtasida hukm qilinganda adolat bilan iş tutişni buyuradi[6]”. Darhaqiqat, faqat adolat ustuvor bölgan jamiyatda odamlar örtasida özaro işonç, hurmat va hamjihatlik mustahkamlanadi. Bu esa yurtda tinçlik va barqarorlikni saqlaş, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Aksinça, zulm va nohaqlik jamiyatni tanazzulga yetaklaydi. Tarixda kuç-qudrat va boylikka ega bölgan köplab xalqlarning zulm va isyon oqibatida halokatga uçragani Qurʼoni karimda bayon etilgan. Od va Samud eli, Nuh, Ibrohim va Lut alayhimussalom qavmlari, Firʼavn qissasi bunga misol böla oladi. Bu tarixiy voqealar insonga boylik va kuçning özi jamiyatni parokandalikdan saqlab qoliş uçun yetarli emasligini, taraqqiyotning muhim asoslari adolat va ezgulik ekanini eslatadi.

Alloh taolo Qurʼoni karimda zolimlarning oqibati haqida ogohlantirib, bunday marhamat qiladi: “Zulm qilganlar esa, yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar[7]”. Bu oyat har qanday zulm va nohaqlikning oxiri yomonlik bilan tugaşini eslatadi. Şu bois, har bir inson adolatli bölişga, birovning haqqiga xiyonat qilmaslikka, özgalarning haq-huquqlarini hurmat qilişga intilişi kerak. Eng muhimi, qölidan kelganiça boşqalarga yordam beriş, yaxşilik qiliş va odamlarga naf keltirişni kundalik odatiga aylantirişi lozim. Zero, insonning qadri uning boyligi yo mansabi bilan emas, avvalo ezgu işlari va odamlarga keltirgan manfaati bilan ham ölçanadi.

Nafsilamrini aytganda, insonlarga yaxşilik qiliş, oğirini yengil etiş, muhtojlarga yordam qölini çöziş va jamiyatda adolatni taʼminlaş har bir kişining muhim insoniy burçidir. Insonni maʼnaviy kamolotga yetaklaydigan bunday ezgu işlar jamiyat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Zero, inson qadri uluğlanib, uning manfaatlari himoya qilingan joyda mehr-oqibat, özaro işonç va hamjihatlik mustahkam böladi. Ana şunday muhitda yoş avlod ezgulik, halollik va masʼuliyat ruhida kamol topadi. Natijada yurtda tinçlik va osoyiştalik barqaror bölib, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyoti yanada yuksaladi.

Şunday ekan, har birimiz odamlarga yaxşilik qilişni, ularga naf keltirişni hayotimizning muhim qoidasiga aylantirişimiz lozim. Boşqalarning oğirini yengil qiliş, dardiga şerik böliş, muammolariga befarq qaramaslik va el-yurt manfaati yölida xizmat qiliş –insonparvarlikning eng gözal körinişlaridir. Zero, inson qadri uluğlanib, har bir fuqaroning manfaati eʼtiborda bölgan yurtda tinçlik, farovonlik va taraqqiyot bardavom böladi. Bunday yurtning kelajagi, şubhasiz, yanada yoruğ va obod böladi.

 [1] Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri (Tarjima va tafsir muallifi Şayx Abdulaziz Mansur). – Toşkent: Sano standart, 2019. Baqara surasi, 148-oyat.
[2] Öşa manba. Baqara surasi, 195-oyat.
[3] Öşa manba. Aʼrof surasi, 56-oyat.
[4] Imom Buxoriy. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Toşkent: “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyoti, 2008. –B. 410.
[5] Muslim ibn Hajjoj. Sahihi Muslim. 4-jild, 8-qism. Bayrut: Dorul ofoqil jadida. –B. 410.
[6] Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri (Tarjima va tafsir muallifi Şayx Abdulaziz Mansur). – Toşkent: Sano standart, 2019. Niso surasi, 58-oyat.
[7] Öşa manba. Şuaro surasi, 227-oyat.
Ixtiyor QUŞŞAQOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
ilmiy xodimi

Check Also

HAKIM TERMIZIY MAʼNAVIY MEROSINING ISLOM TAMADDUNI RIVOJIDA TUTGAN ÖRNI

Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi Özbekiston hududi IX–XII asrlarda Şarq uyğoniş davrining yirik markazlaridan biri sifatida …