Home / MAQOLALAR / IJTIMOIY BARQARORLIK VA RUHIY-MAʼNAVIY TARBIYADA TASAVVUF TAʼLIMOTINING ÖRNI

IJTIMOIY BARQARORLIK VA RUHIY-MAʼNAVIY TARBIYADA TASAVVUF TAʼLIMOTINING ÖRNI

(Najmiddin Kubro taʼlimoti misolida)

Movarounnahrda barça islomiy fanlar taraqqiyoti kabi tasavvuf ilmi ham rivojlangan. Barça tariqatlarning tarixi va ilmiy manhajining asli bir yönalişga borib birlaşadi. Bu manhaj islomning asosi bölgan Qurʼon va sunnatga asoslangan  yöldir. Şunday uluğ tasavvuf olimlaridan xorazmlik (Özbekiston) mutasavvif olim, tasavvufdagi «Kubroviya» tariqatining asosçisi  Najmiddin Kubro (540-1145/618-1221) böladi.

Islom jamiyatida tasavvuf tariqatlari keng tarqalgan bölib, har bir mintaqaning öziga xos maşoyixlari va ularning ergaşuvçilari (muridlari) mavjud. Mavjud tariqatlarning taʼlimotlari, avrod va qoidalari örtasida maʼlum farqlar bölsa-da, ular asl maqsadda muştarakdir.

Özbekistonda Kubroviya, Yasaviya va Naqşbandiya tariqatlari eng maşhur tariqatlardan sanaladi. Bu tariqatlarning har biri öziga xos taʼlimoti va tarixiga ega. Uşbu yönalişlar orasida Kubroviya taʼlimoti ham islom olamida keng tarqalgan [2:1/7].

Şamsuddin az-Zahabiy, «Siyar aʼlam an-nubala» asarida: «U (Najmiddin Kubro) — Şayx, imom, alloma, peşvo, muhaddis, şahid, Xuroson şayxi, Najmul-kubro… U sunnatda imom edi… Tatarlar (möğullar) Xorazmga bostirib kirganda, Najmiddin Kubro jihodga çiqqanlar bilan birga çiqdi va şahar darvozasi oldida to şahid bölguniça jang qilgan», [11:22/111-114] dedi.

Şayx Najmiddin Kubro Xorazmning Xiva (Xivaq) şahrida tavallud topgan. U ilm örganiş va ruhiy tarbiya (suluk) yölidagi safarlarini yoşligidan boşlagan. Islom olamining yirik ilm markazlari Nişopur, Hamadon, Tabriz va Misr kabi şaharlar bölgan. Najmiddin Kubro – tasavvufning maşhur şayxlaridan biri “Kubraviya” tariqatining asosçisidir.

Najmiddin Kubro Xorazmga 1185-yilda qaytib keladi. U 25 yildan ortiq umrini ilm olişga bağişlaydi. U Xorazmga qaytgaç, katta xonaqoh qurdirib Kubraviya taʼlimotiga asos soladi. U – Şayx Abul Janob Ahmad ibn Omar ibn Muhammad al-Xivaqiy al-Xorazmiy bölib, «Kubro» va «Söfiy» laqablari bilan maşhurdir.

Munozaralardagi ustunligi, zakovati va ilm majlislaridagi peşqadamligi sababli, şuningdek, juda köp maşoyixlardan dars olgani uçun «Kubro» (Buyuk) laqabini olgan. U fiqh, tafsir va hadis ilmlarida çuqur bilimga ega bölib, butun hayotini tasavvuf va ruhiy tarbiyaga bağişlagan. Tasavvuf taʼlimotini Tabrizda Şayx Ismoil al-Qasriy kabi uluğ ustozlardan örgangan, söngra Xorazmga qaytib, öz taʼlimotiga asos solgan.  

Tarbiyadagi imomlik va «Kubroviya» tariqatining taşkil topişi. Najmiddin Kubroning ahamiyati şundaki, u Markaziy Osiyo va Fors ölkalarida asrlar davomida maʼnaviy hukmronlik qilgan «Kubroviya» tariqatining asosçisidir. Bu maktabdan ilm, zuhd va ibodat bilan tanilgan buyuk söfiylar yetişib çiqqan. Ular orasida Farididdin Attor va (ustozi orqali) Jaloliddin Rumiy kabi zotlar bor.

Najmiddin Kubro şogirdlarini yuksak mahorat bilan tarbiyalagani va ulardan buyuk imomlar yetişib çiqqani uçun unga «Valiytaroş» (valiylar tarbiyaçisi) laqabi berilgan.

Abdurahmon Jomiy, «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asarida: «U zotni «Valiytaroş» der edilar. Çunki qaysi bir muridga nazar qilsalar, u zotning nazarlarining barakasidan öşa murid viloyat (avliyolik) darajasiga yetar edi… U zotning qölida kamolga yetgan şayxlarning soni juda köpdir», deb taʼkidlagan [1:443-445].

Kubroviya tariqati tarbiya uslubining öziga xos jihatlari:

Xilvat va mujohada: Kaşf va şuhud (ilohiy sirlarning oçilişi) maqomiga yetişiş uçun uzlat va maşaqqatli ruhiy maşqlarga urğu bergan.

Ranglar va nurlar: Najmiddin Kubro muridlarning zikr paytida köradigan botiniy keçinmalariga, ayniqsa, rang va nurlarning maʼnolariga katta eʼtibor qaratgan va öz asarlarida ularga ruhiy-psixologik taʼrif bergan.

Amaliy zuhd: Suluk yöliga kirişdan avval dunyodan va nafsoniy xohişlardan butunlay voz keçiş zarurligini taʼkidlagan.

Najmiddin Kubro taqvodorlik va dunyodan yuz ögirişning oliy namunasi bölgan.  Uning hayoti fidoyilikning çöqqisi bilan yakun topdi. Hijriy 618-yilda Çingizxon boşçiligidagi möğullar Xorazmga bostirib kirganida, şayx şaharni taşlab çiqişni yoki yaşirinişni istamadi. U muridlariga Vatanni himoya qilişni buyurdi va sakson yoşida qölida qiliç bilan möğullarga qarşi jangda şahid böldi.

Najmiddin Kubro Markaziy Osiyo tasavvufining «maʼnaviy asosçisi» hisoblanadi. Uning «Kubroviya» tariqati Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va Turkiyaga keng tarqalgan.

Najmiddin Kubro mutasavvuf, mufassir va muhaddis bölgan. U hadis ilmi talabida köplab ölkalarni kezib, Abu Tohir as-Silafiy, Abul Alo al-Hamadoniy al-Attor, Muhammad ibn Banimon, Abdulmunim ibn al-Furaviy va ularning davridagi muhaddislardan saboq olgan. U hadis ilmiga alohida eʼtibor qaratib, «usul» (asos) ilmlarini mukammal egalladi. Uning muhaddis bölganligi haqida Ibn Nuqta, «at-Taqyid li-maʼrifati ruvat as-sunan val-masonid» asarida: «Ahmad ibn Omar ibn Muhammad al-Xorazmiy: U — şofeiy, sunnatda imomdir. Köp ilm talab qilib safar qilgan va hadis eşitgan» deb taʼkidlaydi [3:1/172].

Najmiddin Kubrodan quyidagilar hadis rivoyat qilgan: Abdulaziz ibn Hilola, Doriya xatibi Şamx, Nosir ibn Mansur al-Arziy, uning şogirdi Sayfiddin Boxarziy va boşqalar.

Najmiddin Kubro önlab asarlar muallifi hamdir. Jumladan, uning “Fiodobis solikiyn” (“Soliklar odobi haqida”), “Risolatul xayf ul – xoim an lavmat il – loim” (“Qörquvçilar va malomat etuvçilar haqida”), “Favoyihul jamol”(“Gözallikni egallaş”), “Ruboiylar töplami”, “Favoyihul jamol va favotihul jalol” (“Jamol xuşböyliklari va jalolning kaşfi”), “Al-usul al –aşara” (“Önta usul”), “Risola at-turuq” nomli asarlarida Ollohni taniş, halollik va mardlikni uluğlab, ilm oliş va ilm beriş savobi barça mömin musulmonning burçidir degan fikrlar oldinga surilgan.

Uning tasavvuf tarixidagi yana bir xizmatlari – javonmardlik ğoyalarini tariqatga joriy etiş böldi. Natijada mardlik va poklik, qahramonlik va fidoyilik, maʼrifat va jismoniy-ruhiy qudrat birlaştirildi, inson kamolotida axloqiy yuksaklik, vatanparvarlik ğoyalari qöşilib ifodalandi.

Najmiddin Kubro töğrisida olimlarning fikrlari:

Ibn Nuqta: «U şofeiy mazhabida bölib, sunnat amallarida imom edi», — deb taʼkidlagan.

Umar ibn al-Hojib: «U turli ölkalarni kezdi, hadis tingladi va Xorazmda muqim yaşab, öşa hududning yetakçi şayxiga aylandi. U hadis va sunnat sohibi, musofirlar uçun boşpana va yuksak obrö-eʼtibor egasi edi. Alloh yölida malomat qiluvçining malomatidan qörqmasdi», — degan.

Ibn Hilol: «Uning huzurida xilvatda köp bor ötirdim, ajoyib holatlarga guvoh böldim va menga xayrli narsalarni sözlayotgan ğoyibona nidolarni eşitdim», — deb zikr qilgan.

Tarixiy manbada rivoyat qilinişiça, u Qurʼoni karimni ön ikki jildda tafsir qilgan. Najmiddin Kubro bilan Faxriddin Roziy örtasida doimiy bahs va ilmiy hamkorliklar bölgan.

Xorazmga möğul-tatarlar 618/1221-yilning Rabiul-avval oyida bostirib kirişadi. Najmiddin Kubro vatanni himoya qiliş maqsadida jihodga çiqqanlar bilan birga maydonga çiqib, şahar darvozasi oldida to şahid bölgunça jang qiladi. Şayx sakson yoşlar atrofida şu maydonda vatan uçun kuraşda vafot etadi.  Bu voqea quyidagiça bayon etilgan: “Çingizxon Xorazmni olayotganda Şayx Najmiddin Kubroga odam yuborib, şahardan çiqib ketişni taklif qildi. Şayx: «Yetmiş yil davomida xorazmliklar bilan faroğatda yaşadim, endi balo kelganda ularni taşlab qoçişim muruvvatdan emas», dedi va jang maydoniga kirib halok böldi” [6:1/510-520]. Bu şayxning butun insoniyat uçun ibratli hayotidan namuna bölib, haqiqiy vatanparvarlikning amaliy timsolidir.

Hozirgi vaqtda Najmiddin Kubroning qabri Turkmaniston Respublikasini Toşhovuz viloyati Köhna Urganç şahridadir.

Kubroviya tariqatining tarixiy ildizi ikki yirik tasavvuf yönalişiga borib birlaşganini köramiz. Bu ikki yönaliş Killaviya – Killaviya yönalişi maşhur söfiy Şayx Abu Janob Badiʼuzzamon (yoki Şayx Abu Bakr al-Killaviy) nomi bilan boğliq. Uşbu maktab asosan Movarounnahr va Xuroson hududlarida kezgan zohidlar va oriflarning qaraşlarini birlaştirgan yönaliş va Suhravardiya – Abu Najib Suhravardiy (vaf. 1168 m.): Tariqatning nazariy asosçisi bölib, U «Odob ul-muridin» asari bilan tasavvufning axloqiy qoidalarini tizimlaştirgan. Bu tariqatlar silsilasi bevosita Hazrat Ali (r.a.) orqali Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Killaviya Najmiddin Kubro uçun ruhiy «ildiz» bölgan bölsa, Suhravardiya uning uçun «ilmiy va taşkiliy» maktab bölgan. Najmiddin Kubro uşbu ikki buyuk oqimni birlaştirib, ularga özining Xorazmdagi milliy va ruhiy kaşfiyotlarini qöşdi va natijada jahonşumul Kubroviya tariqati vujudga keldi [9:151].

Najmiddin Kubroning ustozi Şayx Ismoil al-Qasriy, uning ustozi Şayx Muhammad ibn Mansur, u esa maşhur Junayd Bağdodiyga boğlanadigan silsilaning davomçilaridir.

Najmiddin Kubro öz taʼlimotini şunçaki hissiyotlarga emas, balki aniq ilmiy va nazariy manbalarga asoslagan:  Qurʼoni Karim va Sunnat: Tariqatning eng boş manbasi. Şayx Kubro «Sunnat imomi» deb bejiz aytilmagan. Uning har bir ruhiy holati şariat mezonlari bilan ölçangan. Najmiddin Kubroning “At-Taʼvilotu-n-najmiya fi-t-tafsiri-l-işoriy as-sufiy” asari Qurʼon tafsiriga oid va «Fova-ihul jamol va fova-tihul jalol» Kubroviya tariqatining asosiy qoidalari zikr etilgan asar hisoblanadi. Unda ruhiy safar, ranglar, nurlar va inson kamolotining bosqiçlari batafsil bayon etilgan. Allomaning «Odob ul-muridin» asarida şogirdlarning ustoz va tariqat bilan boğliq odoblari zikr etilgan [5].

Tariqatning ilmiy va şarʼiy dalillari. Kubroviya tariqati öz amaliyotlarini quyidagi şarʼiy dalillar bilan asoslaydi:  Zikr dalili. Kubroviyada zikr keng qöllaniladi. Bunga Qurʼoni karimning “Aʼrof”surasi, 205–oyatidagi: «Robbingni ertayu keç içingda tazarruʼ bilan va qörqib, ovoz çiqarib gapirişdan past darajada zikr qil…» hamda zikrni köpaytiriş haqidagi umumiy buyruqlar dalil qilib olinadi.

Xilvat va Mujohada dalili: Payğambarimiz (s.a.v.)ning payğambarlik kelişidan oldin Hiro ğorida uzlatda bölganlari xilvatning asosiy dalilidir. Najmiddin Kubro muridning 40 kunlik çilla (arbaʼin) ötirişini insonning loyi 40 kun qorilgani haqidagi nabaviy işoralarga boğlaydi.

Najmiddin Kubroning öz asari: «Fovaihul jamol va fovatihul jalol» asarida tariqatning mohiyatini oçib bergan: «Bilginki, bu yöl (tariqat) — faqatgina ruhiy holatlar va nurlarning kaşf bölişidan iborat emas. Balki u nafsni poklab, uni Haq taoloning huzuriga hozir qilişdir» [5:50].

«Bilginki, bu yöl (tariqat) — faqatgina ruhiy holatlar va nurlarning kaşf bölişidan iborat emas. Balki u nafsni poklab, uni Haq taoloning huzuriga hozir qilişdir».

Kubroviyaning «Önta asosi» (Usuli aşara) quyidagilardir.

Şayx Najmiddin Kubro tariqatning dalil va talablarini 10 ta asosiy qoidaga jamlagan [4:25].

  1. Tavba — gunohlardan qaytiş.
  2. Zuhd — dunyoga mehr qöymaslik.
  3. Tavakkul — Allohga suyaniş.
  4. Qanoat — boriga rozi böliş.
  5. Uzlat — yomonlardan uzoqlaşiş.
  6. Mulozamatut-tavajjuh — doimo Allohga yuzlaniş.
  7. Sabr — qiyinçiliklarga çidaş.
  8. Muroqaba — Alloh körib turganini his qiliş.
  9. Zikr — doimiy Allohni eslaş.
  10. Rizo — taqdirga rozilik.

Kubroviya tariqati şunçaki bir «söfiylik oqimi» emas, balki ilmiy asoslangan, şarʼiy dalillarga tayangan va inson ruhiyatini mukammal tadqiq qilgan ulkan maktabdir. Uning manbasi — vahiy va sunnat, dalili — qalbiy tajriba va şariat hukmlari, ildizi esa — sahobalarning taqvosidir.

Yuqoridagi manbalar Najmiddin Kubroning nafaqat buyuk söfiy, balki kuçli muhaddis va vatanparvar qahramon bölganini bir ovozdan tasdiqlaydi.

Markaziy Osiyoda rivojlangan Kubroviya va Naqşbandiy tariqati bir-birini  töldirib kelgan ikki yirik yönaliş hisoblanadi.

Öxşaşliklar (Muştarak jihatlar): Har ikki tariqat ham bir manhajdan paydo bölgan bu Ahli Sunna val Jamoadir.  Ikkala maktab ham Şariat va Sunnatga qatʼiy amal qilişga asoslangan. Şariatsiz tariqat bölmasligini taʼkidlaydilar. Bu ikki tariqatning oltin silsilasi ham Hazrat Abu Bakr Siddiq (r.a.) yoki Hazrat Ali (r.a.) orqali Payğambarimizga (s.a.v.) boğlanadi.

Tariqatning maqsadi: Nafsni poklaş, axloqni gözallaştiriş va Allohning roziligini topişdan iborat (Maʼrifatulloh).

Manhajlardagi öziga xoslik: Kubroviya manhaji: «Ehtiroq» (Yoniş)

Najmiddin Kubro manhajida murid qattiq jismoniy va ruhiy mujohadalar orqali «yonib» poklanişi kerak. Bu tariqatda botiniy olamdagi ranglar va nurlarning tafsiri muhim örin tutadi. Şayx Najmiddin Kubro muridning qalb közi oçilişi jarayonini ilmiy-psixologik jihatdan asoslab bergan.

Naqşbandiya manhaji: «Eʼtidol» (Möʼtadillik). Bahouddin Naqşband manhaji esa «dunyo içida — dunyodan uzoq» bölişni tarğib qiladi. Naqşbandiyada şovqin-suronsiz, ortiqça riyozatlarsiz, lekin har bir nafasda huşyor böliş muhim. Bu «olimlar va kosiblar» tariqati sifatida ham maşhur, çunki u insondan kundalik kasb-korini taşlaşni talab qilmaydi. Naqşbandiylik manhajining şiori “Qöling işda, qalbing Allohda bölsin”, –  deyilgan.

Bu ikki tariqat bir-biriga zid emas, balki bir-birini töldiruvçi yöllardir. Tarixda köplab maşoyixlar ham Kubroviy, ham Naqşbandiy ijozatiga ega bölganlar. Najmiddin Kubro köproq ruhiy kaşfiyotlar va nurlar olamini oçib bergan bölsa, Bahouddin Naqşband insonni jamiyat içida turib maʼnaviy yuksalişga örgatgan.

Bugungi kunda Naqşbandiya tariqati dunyo böylab keng tarqalgan, Kubroviya esa köproq ilmiy asarlar va maʼlum hududlardagi kiçik tarmoqlar sifatida saqlanib qolgan.

Tasavvuf — insonni tarbiyalaydigan, uning içki dunyosini, ruhiy holatlarini va qalb turfalarini tartibga soladigan muhim yöldir.

Musulmon jamiyatida keng tarqalgan tariqatlarning vazifasi insonlarning taşqi körinişiga emas, balki ularning ruhiy-maʼnaviy tarbiyasiga (nafs tarbiyasiga) qaratilişi lozim [8:52]. Agar insonning ilmi uni ibodatga boşlasa, tasavvuf uning qalbini Allohga boğlaydi va Unga yaqinlaşişga undaydi. Tasavvuf taʼlimi musulmonlarning odob-axloqini şakllantiriş, nafsni jilovlaş, özlikni anglaş, diniy qadriyatlarni eʼzozlaş, bağrikenglik va boşqa yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirişda eng muhim taʼlimotlardan biri hisoblanadi.

Tasavvuf tariqatlariga eʼtibor qaratiş Özbekistonda öziga xos tarixga ega. Bu yurtdan Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Ğijduvoniy, Xoja Orif Rivgariy, Xoja Ali Romitaniy, Bahouddin Naqşband, Xoja Ahror Valiy, Darveş Muhammad, Mavlono Muhammad Imkanagiy, Muhammad Zohid, Söfi Ollohyor kabi buyuk mutasavviflar yetişib çiqqan [7: 3/255]. Yurtimiz allomalari siyratini örganiş va ular qoldirgan ilmiy merosni tadqiq etiş maqsadida tasavvuf maktablari taşkil etilgan bölib, ularning faoliyati tasavvuf tariqatlarini keng kölamda örganişga qaratilgan.

Xulosa: Tasavvuf tariqatlari Islom dinining ruhiy-axloqiy maktablari bölib, ularning xilma-xilligi uslublardadir, ammo maqsad — Yaratganning roziligiga erişiş va inson ruhiyatini poklaşda muştarakdir.

Tasavvufning asl maqsadi — Komil insonni tarbiyalaşdir. Bu yöl insonni özligini anglaş orqali Parvardigorini anglaşga olib boradi. Mutasavviflar qoldirgan meros bizga şuni örgatadiki: diniylik faqat şaklda emas, balki gözal axloq va çeksiz muhabbatdadir.

Agar ilm insonga nima qiliş kerakligini örgatsa, tasavvuf öşa işni qanday maqomda va qanday ixlos bilan bajarişni örgatadi. Bu taʼlimot insoniyatga tinçlik, bağrikenglik va içki xotirjamlikni taqdim etadi.

Yurtimizda tarixda tasavvuf taʼlimotini nazariy va amaliy ustoz-şayxlari yetişib çiqqan bölib, bugungi davrda yoşlar tarbiyasida, xalqlar örtasidagi bağrikenglik hamda insoniyatning maʼnaviy kamoloti uçun tasavvuf taʼlimotining örni va maqomi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Abdurahmon Jomiy. Nafahot ul-uns min hazarot il-quds. – Tehron: Intişoroti Ittiloot, 1996.
  2. Abdurahmon Muhammad Said Damaşqiy. Naqşbandiya tariqati. Damaşq,
  3. Ibn Nuqta. at-Taqyid li-maʼrifati ruvat as-sunan val-masonid. – Bayrut: Dorul kutubil ilmiyya, 1988.
  4. Komilov N. Tasavvuf. – Toşkent, 2009.
  5. Najmiddin Kubro. Fovaihul jamol va fovatihul jalol. – Germaniya: Visbaden Fris Meyer, 1957.
  6. Raşiduddin Hamadoniy. Jomeʼ ut-tavorix. – Tehron: Alburz naşriyoti, 1994.
  7. Siddiq ibn Hasan Qanujiy. Abjadul ulum. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1978.
  8. Tasavvufga oid raddiyalar ensiklopediyasi. Misr, Dar al-Fotih. 2007.
  9. Trimingham J.S. The Sufi Orders in Islam. – Oxford, 1971.
  10. Hakim Termiziy. Bayonul farq. Naşr: Kitab, 2023.
  11. Şamsuddin az-Zahabiy. Siyar aʼlam an-nubala. – Bayrut: Muassasatur-risala, 1985.

 

Şukurillo UMAROV,
 Tarix fanlari böyiça falsafa doktori,
 katta ilmiy xodim (hadisşunoslik ixtisosligi).
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bölim boşliği

Check Also

XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOŞLARIDA TURKISTON ÖLKASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT VA JADIDÇILIK HARAKATINING YUZAGA KELIŞI

 “Umuman, biz jadidçilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini çuqur örganişimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qança köp …