Home / MAQOLALAR / TIJORAT BILAN ŞUĞULLANGAN MUHADDISLAR

TIJORAT BILAN ŞUĞULLANGAN MUHADDISLAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida, ayniqsa, Makka şahrida tijorat aholining eng muhim tirikçilik manbalaridan biri hisoblangan. Zero, Makka suvsiz va quruq iqlimli şahar bölgani sababli uning aholisi qadimdan savdo-sotiq bilan şuğullanib kelgan va bu borada katta tajriba orttirgan edi. Hatto Qurʼoni karimning «Qurayş» surasida ham uşbu holat oçiq-oydin bayon etilgan:

«Qurayş (aholisi)ga qulay qilib qöygani uçun, yaʼni ularga qişda (Yamanga) va yozda (Şomga) safar qilişni qulay qilib qöygani uçun mana şu Uy(Kaʼba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar! Zero, (U) ularni oçlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi» (Qurayş surasi, 1-4-oyatlar).

Uşbu oyatlardan anglaşiladiki, öşa davrda Qurayş qabilasi qiş va yoz mavsumlarida muntazam ravişda savdo safarlarini amalga oşirgan. Yoz oylarida Şom kabi şimolda joylaşgan hududlarga, qiş mavsumida esa Yaman singari janubiy ölkalarga yöl olganlar. Bunday savdo aloqalari Suriya, Misr, Iroq, Eron, Yaman va Habaşiston kabi mamlakatlarni ham qamrab olgan edi.

Islom dinining vujudga kelişi bilan tijoratning ahamiyati yanada ortdi. Çunki Islom özining adolat va halollikka asoslangan qonun-qoidalari orqali savdo-sotiq munosabatlariga yangiça huquqiy va axloqiy mazmun bağişladi. Şu tariqa tijorat faqat iqtisodiy faoliyat turi sifatida emas, balki halol mehnat, özaro işonç va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaş vositasi sifatida ham namoyon böldi.

Şuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Barakaning öndan töqqiz qismi tijoratdadir», degan mazmundagi hadislari ham musulmonlar orasida savdo-sotiq bilan şuğullanişga rağbat uyğotuvçi omillardan biri sifatida qabul qilingan (al-Umariy, al-Hiraf, 119-b.).

 

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu (vaf. 13/635)

Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bolalik va yoşlik davri, şuningdek, Islomni qabul qilişlaridan oldingi hayoti haqida tarixiy manbalarda yetarliça maʼlumot uçramaydi. Biroq u zotning kiyim-keçak va mato savdosi bilan şuğullanganlari, Islomni qabul qilgan paytlarida taxminan 40 000 dirham miqdorida sarmoyaga ega bölganlari maʼlum. Şuningdek, savdo karvonlari bilan Suriya va Yamanga safar qilganlari haqida ham maʼlumotlar mavjud. Rivoyatlarga köra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yigirma beş yoşlarida iştirok etgan Suriyaga yönaltirilgan savdo karvoni tarkibida Abu Bakr roziyallohu anhu ham bölganlar.

Hijrat vaqtida u zot butun mol-mulklaridan 5000 dirhamni özlari bilan birga olib kelganlar. Madinai munavvaraga kelganlaridan keyin ham tijorat faoliyatlarini davom ettirganlar. Hatto Madina bozorida savdo-sotiq işlarini amalga oşiradigan özlariga tegişli savdo joylari ham bölgan.

Maʼlumki, johiliyat davrida Hijoz yarimorolida markazlaşgan va barqaror davlat tuzumi mavjud emas edi. Şu sababli bu hududda öz tangalarini zarb qiliş amaliyoti ham rivojlanmagan. Zero, pul zarb etiş, odatda, muayyan davlat hokimiyati tomonidan amalga oşiriladigan iqtisodiy va siyosiy faoliyat turi hisoblanadi. Islom dini paydo bölgan ilk yillarda ham vaziyat bundan farq qilmagan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida Hijoz hududida asosan uning taşqarisida zarb qilingan pul birliklari muomalada bölgan. Bular sof oltindan tayyorlangan dinor va kumuşdan zarb etilgan dirham edi.

Dinor Vizantiya davlati tomonidan zarb qilingan. U yumaloq şaklda bölib, tanganing bir tomonida öşa davrdagi Vizantiya imperatorining tasviri aks ettirilgan. Şom va Habaşiston kabi mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq munosabatlari natijasida uşbu tangalar Hijoz hududiga olib kelingan. Bir dinorning oğirligi 4,25 gramm oltinga teng bölgan. Yetti dinor qiymati ön dirhamga barobar hisoblangan.

Dirham esa Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar davlati tomonidan zarb etilgan. U ham yumaloq şaklda bölib, tanganing bir yuzida öşa davrdagi Sosoniy podşohining surati tasvirlangan. Ikkinçi tomonida esa olovni asrab turgan, qurollangan ikki nafar askarning tasviri tuşirilgan. Bu tasvir zarduştiylikdagi otaşparastlik eʼtiqodini ifodalagan.

Iroq, Habaşiston va Yaman kabi mamlakatlar bilan amalga oşirilgan savdo aloqalari natijasida dirhamlar ham Hijoz hududiga keltirilgan. Bir dirhamning oğirligi 2,97 grammni taşkil etgan.

Öşa davrda dinor va dirhamlardan foydalanişda savdo-sotiqning miqdoriga qarab turliça usul qöllanilgan. Agar oldi-sotdi hajmi katta bölsa, pul birliklari tarozi orqali tortib hisoblangan, savdo miqdori oz bölgan hollarda esa ular donabay sanaş usulida muomalaga kiritilgan (al-Umariy, al-Hiraf, 152-b.).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan söng, Makkadagi tijorat muhitiga könikkan köplab sahobalar öz kundalik ehtiyojlarini taʼminlaş maqsadida savdo-sotiq bilan şuğullana boşladilar. Dastlab ular Madina yahudiylari nazorati ostida bölgan Banu Qaynuqoʼ bozorida tijorat qilib, tirikçilik ötkazganlar.

Biroq Madina bozorining yahudiylar qölida bölişi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni musulmonlar uçun mustaqil savdo maydoni taşkil etiş borasida yangi çoralar körişga undadi. Natijada musulmonlar asosiy örinni egallagan yangi bozor taşkil etildi. Köplab sahobalar uşbu Madina bozorida savdo-sotiq bilan şuğullana boşladilar. Ular orasida hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ham bor edi (al-Umariy, al-Hiraf, 127–128-betlar).

Xazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifa etib saylanganlaridan keyin davlat boşqaruvi işlari bilan band bölganliklari sababli tijorat faoliyatini töxtatişga majbur böldilar. Şu bois ularga baytulmoldan yillik 6000 dirham miqdorida maoş tayinlandi. Vafotlari arafasida hazrat Oişa roziyallohu anhuga özlarining vasiyatlarini bildirib, maoşdan ortib qolgan mablağni baytulmolga qaytarişni topşirdilar.

 

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu (vaf. 23/644)

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu johiliya davrida Makkaning nufuzli kişilaridan biri bölganlar. U zotning Ukkoz yarmarkasida iştirok etganlari, hatto baʼzan savdogarlar bilan savdo-sotiq masalalari yuzasidan bahs-munozaralarga kirişganlari haqidagi rivoyatlarni inobatga olsak, tirikçiliklarini asosan tijorat orqali taʼminlaganlar, deb aytiş mumkin.

Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan keyin ham savdo faoliyatlarini davom ettirib, Madina bozoridan özlariga tegişli savdo joyini egallaganlar va şu yerda tijorat bilan şuğullanganlar.

Hazrat Umar roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan keyin ön yil davomida xalifalik vazifasini ado etdilar. Xalifa bölganlaridan söng ham baytulmoldan maoş olganlar, ham tijorat işlarini davom ettirganlar. Moddiy jihatdan heç qanday qiyinçiliklari bölmaganiga qaramay, sodda va kamtarona hayot keçirişni afzal körganlar. Hatto yamoq tuşirilgan kiyimlarni kiyib yurişni odat qilganlar. Kundalik oilaviy ehtiyojlarini qondiriş uçun ikki dirham sarflaganlar.

Köp röza tutişlari va tungi ibodatlarga alohida eʼtibor qaratişlari bilan tanilgan hazrat Umar roziyallohu anhu zohidona hayot tarzini keçirganlar.

 

Xotib ibn Abu Baltaʼa roziyallohu anhu (vaf. 30/651)

Xotib ibn Abu Baltaʼa roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Badr, Uhud va Xandaq kabi yirik janglarning barçasida iştirok etganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni Misr hukmdori Muqavqis huzuriga elçi sifatida yuborganlar.

Xotib roziyallohu anhu moddiy jihatdan taʼminlangan kişilardan bölib, öz tirikçiliklarini tijorat orqali ötkazganlar. Şuningdek, Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu bilan tijorat hamkorligi asosida faoliyat yuritganlar. Vafot etganlarida uy-joylari bilan bir qatorda 4000 dinordan ortiq mol-mulkni meros qilib qoldirganlar.

Davomi bor…

Otabek MUHAMMADIYEV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
katta ilmiy xodimi

Check Also

ABUL BARAKOT NASAFIYNING “AL-EʼTIMOD FIL EʼTIQOD” ASARI TAVSIFI

Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710/1310-y.) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod …