Home / FOTO LAVHALAR / Akademik hamkorlik istiqbollari

Akademik hamkorlik istiqbollari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning Van Yuzunju Yil universiteti rektori, professor Hamdulloh Şevli va Anqara Hoji Bayram Vali universiteti Ilohiyot fakulteti dekani, professor Abdurahmon Jandan taşrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktorining örinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan taniştirdi.

Bu yerda namoyiş etilayotgan noyob qölyozmalar, buyuk muhaddis Imom Buxoriy hamda movarounnahrlik boşqa alloma va ulamolarning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan beqiyos hissasini aks ettiruvçi tarixiy aşyolar, Markaz naşrlari mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.

Muloqotda Markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari, manbaşunoslik yönalişidagi yutuqlar va xalqaro ilmiy muassasalar bilan yölga qöyilgan hamkorlik aloqalari xususida atrofliça maʼlumot berildi. Özaro ilmiy-akademik aloqalar örnatiş, xususan, qöşma xalqaro konferensiyalar va ilmiy seminarlar taşkil etiş, şuningdek, talabalar va yoş tadqiqotçilar almaşuvi dasturlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

Turkiyalik mehmonlar Markaz faoliyatini yuqori baholab, özaro manfaatli hamkorlikni qaror toptiriş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyorlik bildirdi.

Tomonlar belgilangan yönalişlar böyiça amaliy qadamlar taşlaş va ilmiy-maʼrifiy muloqotni izçil davom ettiriş muhimligini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hakim Termiziy merosi xalqaro ilmiy tadqiqotlar nigohida

20-noyabr kuni Termiz şahrida Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi …