Şu kunlarda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning ilk yiğilişi bölib ötmoqda. Bu anjuman ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi vakillarini umummilliy maqsadlar yölida birlaştirayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir.

Özbekiston tarixida bu maqomdagi dastlabki tuzilmaning birinçi yiğilişida mamlakatimizning yetakçi olimlari, professor-öqituvçilari, ijodkorlari va jamoatçilik faollari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şovosil Ziyodov ham qatnaşmoqda. Ikki kunlik nufuzli anjumanga 500 dan ziyod iştirokçi, jumladan, 210 nafar hududiy delegat, şuningdek, pedagoglar, şifokorlar, yoş tadqiqotçilar va tadbirkorlar jalb etilgan.

Ilmiy-maʼrifiy muloqotlar jarayonida Kengaş aʼzolari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida xalqimizning boy tarixiy merosi, noyob eksponatlari, milliy va diniy qadriyatlarimizni aks ettiruvçi ekspozitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan stend, körgazma materiallari va media mahsulotlari bilan yaqindan tanişdi.


Mamlakatimiz tarixida ilk bor şakllantirilgan mazkur Kengaş faoliyati ilm-maʼrifat ahlining saʼy-harakatlarini el-yurt manfaatlari, davlat ravnaqi va odamlarning har tomonlama kamoloti singari ezgu maqsadlar yölida jipslaştiriş, jamiyatda maʼnaviy yuksaliş va iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot surʼatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlanmoqda.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




