Home / FOTO LAVHALAR / Hakim Termiziy merosi xalqaro ilmiy tadqiqotlar nigohida

Hakim Termiziy merosi xalqaro ilmiy tadqiqotlar nigohida

20-noyabr kuni Termiz şahrida Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi.

Anjumanda Özbekiston va xorijiy mamlakatlardan taniqli olimlar, tadqiqotçilar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda taʼlim muassasalari vakillari buyuk mutafakkirning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, uning islom ilm-fani va tafakkuri rivojidagi örni, asarlarining bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almaşdi.

Xalqaro konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ham öz ilmiy izlanişlari natijalari bilan qatnaşdi.

Jumladan, Markaz bölim boşliği, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Şukrullo Umarov “Islom sivilizatsiyasi rivojida Hakim Termiziy va Termiziylar maktabi” nomli şöʼbada “Hakim Termiziy maʼnaviy merosining islom tafakkurida tutgan örni va manbaşunoslik tahlili” mavzusida maʼruza qildi. Unda mutafakkirning maʼnaviy merosi, uning islom tafakkuri rivojiga taʼsiri hamda uşbu merosni tarixiy va ilmiy manbalar asosida örganiş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mutafakkir ilmiy merosini örganiş faqat uning asarlari va ğoyalarini tahlil qiliş bilangina çeklanmaydi. Bu borada alloma haqida amalga oşirilgan tadqiqotlarni tizimlaştiriş, ilmiy izlanişlar kölamini aniqlaş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu jihatdan, Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, Turkiyaning Bursa Uludağ universiteti tadqiqotçisi, islom ilmlari böyiça falsafa doktori Madinabonu Moidinova “Hakim Termiziy haqidagi ilmiy işlar katalogi” mavzusida onlayn maʼruza qilib, mutafakkir merosini örganişga bağişlangan ilmiy tadqiqotlarni kataloglaştiriş masalalarini xalqaro ilmiy muloqotga olib çiqdi.

Anjumanda Hakim Termiziy taʼlimotining tilşunoslik va Qurʼon maʼnolarini anglaş bilan boğliq jihatlari ham eʼtibordan çetda qolmadi. Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) ilmiy xodimi Muhammad Uzair ibn Izham “Hakim Termiziy taʼlimotida taroduf (sinonimlik)ni inkor etiş tamoyilining qöllanilişi — Qurʼondagi uçta maʼnodoş sözning mavzuviy tahlili” mavzusida maʼruza qildi. Unda mutafakkirning söz va maʼno munosabatiga doir qaraşlari, Qurʼoni karimdagi maʼnodoş sözlarning mazmuniy xususiyatlari tahlil etildi.

Mutafakkir merosining yana bir muhim qirrasi bölgan tasavvufiy qaraşlar, axloqiy kamolot va maʼrifat masalalari esa Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) ilmiy xodimi Muhammad Şahir bin Hoşimning “Hakim Termiziyning tasavvufiy merosi — axloq, maʼrifat va komil inson konsepsiyasi” mavzusidagi maʼruzasida öz ifodasini topdi.

Markazimiz vakillari hamda xalqaro stipendiya sovrindorlari tomonidan taqdim etilgan maʼruzalar Hakim Termiziy merosini manbaşunoslik, tadqiqotlar tarixi, tilşunoslik va tasavvuf kabi turli ilmiy yönalişlar kesimida örganişga qaratildi.

Anjuman turli mamlakatlar olim va tadqiqotçilarining izlanişlarini yagona ilmiy muloqot maydonida birlaştirib, ajdodlarimiz merosini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş va ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga zamin yaratdi.
 
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ILMIY MEROSIMIZ IORDANIYADA TARĞIB ETILMOQDA

Özbekiston delegatsiyasining Iordaniyaga taşrifi doirasida poytaxt Ammon şahrida joylaşgan Xalqaro islom ilmlari va taʼlimi universitetida …