Samarqand viloyatida “Özbekiston — öz-özimizniki!” şiori ostida ötkazilgan “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasining sönggi kunida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boşqarmasiga qaraşli harbiy qismda “Vatan posbonlari — yurt kelajagi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbirda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari, jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat va insoniy fazilatlarning Vatan himoyaçilari hayotidagi örni xususida atrofliça fikr yuritdi. Zero, yurt posbonlarining maʼnaviyati yuksak, dunyoqaraşi keng bölişi yurt tinçligi va taraqqiyotining muhim omilidir. Bu borada buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi va ibratli hayot yöli harbiy xizmatçilar qalbida yurtga sadoqat, mardlik va jasorat tuyğularini yanada kamol toptirişda mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.


Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar va badiiy çiqişlar tadbirga özgaça ruh bağişladi. Mazkur uçraşuv harbiy xizmatçilarda Vatanga sadoqat, milliy ğurur va yuksak masʼuliyat tuyğularini yanada mustahkamladi.

Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




