Özbekiston delegatsiyasining Iordaniyaga taşrifi doirasida poytaxt Ammon şahrida joylaşgan Xalqaro islom ilmlari va taʼlimi universitetida mamlakatimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollariga bağişlangan taqdimot ötkazildi.


Tadbirda delegatsiya aʼzolari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar va talabalar, jumladan, Iordaniyada tahsil olayotgan özbekistonlik yoşlar iştirok etdi.
Uçraşuv davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga bağişlangan videorolik namoyiş etildi. Unda Markazning buyuk muhaddis Imom Buxoriy ilmiy merosini çuqur örganiş, hadisşunoslik sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantiriş, allomalarimiz asarlarini tadqiq va tarğib etiş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş borasidagi faoliyat töliq va batafsil aks etgan.

Tadbir doirasida universitetga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning arab tiliga tarjima qilingan 9 ta asari taqdim etildi. Ular universitet kutubxonasida alohida javondan örin oladi.

Taşrif davomida universitet rektori professor Jaʼfar Mahmud Fanotsa bilan alohida uçraşuv bölib ötdi. Muloqotda hamkorlikka oid qator taşkiliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, talabalar va professor-öqituvçilar almaşuvi, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, ilmiy maqolalar çop etiş, xalqaro konferensiyalarda iştirok etiş hamda malaka oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




