Home / FOTO LAVHALAR / Iordaniyada ilmiy seminar va hamkorlik kelişuvi

Iordaniyada ilmiy seminar va hamkorlik kelişuvi

Ayni kunlarda Özbekiston delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida mehmon bölib turibdi. Delegatsiya tarkibida Markazimiz direktori, tarix fanlari doktori, professor Şovosil Ziyodov ham mamlakatimizning yetakçi ilmiy muassasalari va Iordaniya akademik doiralari iştirokida ötkazilayotgan ilmiy-maʼrifiy tadbirlar va ikki tomonlama uçraşuvlarda faol iştirok etmoqda.

Xususan, Mafraq şahridagi Ol al-Bayt universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» kitobiga bağişlangan ilmiy seminar ötkazildi.

Tadbirda mazkur asarda ilgari surilgan ğoyalar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yönalişlari va yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlar tahlil qilindi. Ikki mamlakat ilm-fan namoyandalari Özbekistonda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamkorlik aloqalari va boy tarixiy-maʼnaviy merosi yuzasidan fikr almaşdi.

Anjumanda ikki mamlakat örtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlaş masalalariga ham katta eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, seminar doirasida tasavvuf taʼlimotining şakllanişi va rivojlanişi, xususan, Buxoro va Termiz tasavvuf maktablarining ilmiy merosiga bağişlangan taqdimot ötkazildi.

Taşrifning muhim voqealaridan biri Ol al-Bayt universiteti va Özbekistonning yetakçi ilmiy muassasalari örtasida hamkorlik memorandumlarining imzolangani böldi.

Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tuzilgan memorandum muassasalararo ilmiy-akademik aloqalar uçun mustahkam poydevor bölib, ikki mamlakatning olim va tadqiqotçilari örtasida ilm, fikr va tajriba almaşuvini kengaytirişga yöl oçadi. Memorandum tarix, şarqşunoslik va islom merosi yönalişlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma tadqiqotlarni amalga oşiriş, qölyozmalar va ilmiy manbalarni özaro örganiş, xalqaro konferensiya va seminarlar taşkil etiş va boşqa yönalişlarni nazarda tutadi.

Universitet rektori professor Muhammad Nazzol uşbu kelişuv ikki mamlakat ilmiy muassasalari örtasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga, islom sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qöşgan xalqlarimizning muştarak ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda keng tarğib etişga xizmat qilişini alohida taʼkidladi.

Delegatsiya safari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

HURMAT VA BIRDAMLIK MUHITI – TINÇ-OSUDA HAYOTIMIZ ASOSI

Bugun mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barça sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar inson qadrini uluğlaş, uning …