Home / FOTO LAVHALAR / “Maʼrifat haftaligi” taʼlim maskanlariga köçdi

“Maʼrifat haftaligi” taʼlim maskanlariga köçdi

Samarqand viloyatida “Özbekiston – öz-özimizniki!” şiori ostida ötkazilayotgan “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasi doirasida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarda qator maʼrifiy uçraşuvlar taşkil etildi.

Dastlab “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Uyğoq idrok” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Unda tarğibot guruhi aʼzolari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev yoşlarning maʼnaviy immunitetini mustahkamlaş, axborot madaniyatini yuksaltiriş va soxta axborotlarga qarşi ogohlikning ahamiyati haqida fikr yuritdi.

Maʼnaviy tarğibotga oid uçraşuvlardan farqli ölaroq, haftalik tadbirlarida sanʼatkorlar kuy-qöşiqlar ijro etmoqda. Bu iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişlayapti.

Şuningdek, haftalik doirasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, tinçlik va osoyiştalikning qadri, yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga bağişlab, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetida talabalar bilan “Yangi Özbekiston şukronasi” mavzusida muloqot davrasi taşkil etildi.

Bundan taşqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Ilm – kelajak kaliti” mavzusida ötkazilgan seminarda talaba-yoşlar va öqituvçilar bilan ilm-fan, zamonaviy kasblar va innovatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi örni haqida fikr almaşildi.

Haftalik iştirokçilari Samarqand şahridagi Köksaroy maydonida 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ötkazilgan tantanali bayram tadbirida ham qatnaşdi. Unda davlat madhiyasi yangrab, muqaddas bayroğimizning yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi örni eʼtirof etildi, Vatanni madh etuvçi şeʼr va qöşiqlar ijro yangradi.

Viloyat böylab “Maʼrifat haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimi – xalqaro sertifikat sohibi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Baxtiyor Ibotov Toşkentda bölib ötgan uç haftalik xalqaro …