Home / FOTO LAVHALAR / Samarqandda “Maʼrifat haftaligi” qizğin davom etmoqda

Samarqandda “Maʼrifat haftaligi” qizğin davom etmoqda

Samarqand viloyatida ötkazilayotgan “Maʼrifat haftaligi” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasi doirasida Kattaqörğon tumani va şahrida ğoyat ilmu irfon va içki madaniyatga bağişlangan uçraşuvlar taşkil etildi.

Dastlab Kattaqörğon tumani hokimligida davlat xizmatçisining kasbiy masʼuliyati va boşqaruv madaniyatini oşirişga qaratilgan “Maʼrifat soati” ötkazildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Jonibek Jumayev davlat boşqaruvida halollik, masʼuliyat, xalq bilan muloqot madaniyati va maʼnaviy barkamollikning ahamiyati haqida atrofliça töxtaldi.

Haftalik doirasida Kattaqörğon şahrining “Çinobod” mahallasida istiqomat qilgan, Vatan himoyasi yölida jon fido etgan Uluğbek Barnoyev xonadonida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda tarğibot guruhi aʼzolari — Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Gulbahor Erqulova va Turğun Beknazarov, şahar hokimi Gavhar Alimova, ilmiy xodimimiz Jonibek Jumayev, marhumning oila aʼzolari, harbiy xizmatçilar, 11-maktabning Milliy gvardiya sinfi öquvçilari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Uçraşuv avvalida mehmonlar Uluğbek Barnoyevning hayot yöli, Vatan himoyasi uçun körsatgan jasorati, davlat mukofotlari bilan tanişib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bayram qismida sanʼatkorlar ijro etgan şeʼr va qöşiqlar tadbirga özgaça ruh bağişladi.

Viloyat böylab “Maʼrifat haftaligi” doirasidagi maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz naşrlari xalqaro konferensiyada namoyiş etilmoqda

Bugun, 17-noyabr kuni Özbek­istondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Özbekistonda diniy bağrikenglik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya …