Home / MAQOLALAR / HAKIM TERMIZIY MAʼNAVIY MEROSINING ISLOM TAMADDUNI RIVOJIDA TUTGAN ÖRNI

HAKIM TERMIZIY MAʼNAVIY MEROSINING ISLOM TAMADDUNI RIVOJIDA TUTGAN ÖRNI

Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi Özbekiston hududi IX–XII asrlarda Şarq uyğoniş davrining yirik markazlaridan biri sifatida dunyo ilm-fani va islom tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qöşdi. Uşbu davrda yetişib çiqqan buyuk siymolar orasida Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bişr al-Hakim Termiziy alohida örin tutadi. Termiziy nafaqat tasavvuf va irfon sohasida, balki hadisşunoslik, fiqh, kalom hamda islom falsafasi yönalişlarida ham çuqur iz qoldirgan köp qirrali olimdir.

Hakim Termiziyning ilmiy merosini örganiş bugungi kunda jahon şarqşunosligi va islomşunosligining dolzarb vazifalaridan biri bölib qolmoqda. Allomaning asarlari nafaqat öz davri ijtimoiy-maʼnaviy muhitini aks ettiradi, balki islomiy ilmlarning tasnifaş hamda tasavvuf taʼlimotining şakllaniş bosqiçlarini yoritişda muhim manba hisoblanadi. Uşbu maqolaning maqsadi Hakim Termiziyning mavjud qölyozma va bosma manbalari, xususan, manbaşunoslik nuqtai nazaridan asosiy hisoblangan asarlarini tahlil qiliş va ularning ilmiy qiymatini belgilaşdan iborat.

Hakim Termiziy taxminan IX asrning birinçi yarmida Termiz şahrida tavallud topgan. Tarixiy manbalarda u «al-Muhaddis» va «al-Hakim» unvonlari bilan tilga olinadi. Abu Abdurrahmon as-Sulamiy özining «Tabaqot as-sufiyya» nomli asarida Termiziyning söfiylik va muhaddislik maktabidagi örnini alohida taʼkidlab, uni öz davrining eng yetuk oriflaridan biri sifatida taʼriflaydi [4:175-178].

Alloma haqidagi maʼlumotlar Xayriddin az-Zirikliyning «Al-Aʼlom» qomusida ham batafsil keltirilgan. Az-Zirikliy u kişining töliq ismi Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bişr ekanligini taʼkidlab, Termiziyning irfoniy va ilmiy salohiyatiga yuqori baho beradi [2:272]. Allomaning «Hakim» (donişmand) deb atalişiga sabab, u şariat va tariqat ilmlarini, zohiriy va botiniy bilimlarni özida mujassam etganligidadir.

Hakim Termiziy qalamiga mansub boy ilmiy meros saqlanib qolgan bölib, ular orasida hadisşunoslik, tasavvuf va axloqqa oid asarlar ustuvorlik qiladi. Klassik asarlar, qölyozma va nodir asarlar ustida manbaşunoslik va matnşunoslik tadqiqotlari rivojlangan hozirgi davrda alloma asarlarining örganiş imkoniyati yanada kengaydi.  

Quyida Hakim Termiziy asarlarning eng muhimlarini tahlil qilimiz:

 «Navodir al-usul fi maʼrifat axbor ar-Rasul» . Uşbu asar Hakim Termiziyning eng maşhur va hajman eng yirik asarlaridan biridir. Asarda Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarining ruhiy va maʼnaviy maʼnolari, ularning zohiriy va botiniy hikmatlari tahlil qilinadi [8].

Termiziy bu asarda boşqa muhaddislardan farqli ölaroq, hadislarning faqat isnod va matnini keltiriş bilan çeklanmay, ularning botiniy va falsafiy mohiyatini oçib berişga harakat qilgan. Odil Nuveyhid özining «Möʼjam al-mufassirin» asarida Termiziyning bu yondaşuvi keyingi davr tafsir va hadis şarhlovçilari uçun metodologik zamin yaratganini taʼkidlaydi[3:2/576] .

«Al-Manhiyyot va kullu ma jaʼa min hadisin bin-nahy» . «Al-Manhiyyot» asari islom huquqi (fiqh) va axloq tizimida taqiqlangan (nahiy qilingan) amallar hamda ularning sabablari va oqibatlariga bağişlangan. Termiziy uşbu asarda Payğambarimiz (s.a.v.) taqiqlagan har bir amalning zamirida inson ruhiyati va jamiyat maʼnaviyatini muhofaza qiliş hikmati yotganini ilmiy-ruhiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Asar fiqh va tasavvuf kesişuvida yozilgan nodir manba hisoblanadi [6].

«Al-Hidoyatu ila maʼrifat arbob al-viloyat». Uşbu risola tasavvuf taʼlimotining markaziy tuşunçalaridan biri bölgan «Valoyat» (valiylik) va «Valiy» darajalariga bağişlangan. Hakim Termiziy islom tafakkuri tarixida birinçilardan bölib «Xatm al-avliyo» (Valiylar muhrlovçisi) konsepsiyasini nazariy jihatdan işlab çiqqan mutafakkirdir. «Al-Hidoyatu» asari ayni şu konsepsiyaning mohiyatini tuşunişda, valiylarning tabaqalanişi va maʼnaviy maqomlarini tahlil qilişda muhim manba vazifasini ötaydi [7].

Hakim Termiziy davrining yetuk ilmiy va tasavvufiy muhiti bilan çambarças boğliq bölgan. Manbalarda taʼkidlanişiça, u öz davrining köplab közga köringan olimlari bilan ilmiy muloqotda bölgan. Şunday siymolardan biri – Abu Bakr al-Varroq Termiziydir. Abu Bakr al-Varroq al-Balxiy Hakim Termiziyning yaqin maʼnaviy maslakdoşi bölib, uning asarlari va ğoyalari keng tarqalişiga xizmat qilgan.

Muhammad Ibrohim al-Juyuşiy özining «Al-Hakim Termiziy: dirosa li-asarihi va afkorihi» nomli tadqiqotida Termiziy va uning zamondoşlari örtasidagi ilmiy va irfoniy muloqotlarni çuqur örganib, allomaning Xuroson va Movarounnahr tasavvuf maktabi şakllanişiga qöşgan hissasini yuqori baholagan [1:54].

Hakim Termiziyning boy ilmiy merosi, xususan, uning “Navodir al-usul”, “Xatm al-avliyo”[5] va boşqa asarlari hikmatlarga, qalb va nafs tarbiyasiga oid çuqur falsafiy fikrlarga juda boy. Quyida ularning eng taʼsirli va mazmunli namunalarini keltiramiz:

Qalb va nafs haqida.  “Qalb közguga öxşaydi. Agar unga gunoh va havoyi nafs çanglari yuqsa, u xiralaşadi va haqiqatni köra olmay qoladi. Uni faqat tavba, zikr va solih amallargina tozalaydi.”

“Nafsning istaklariga qarşi kuraşiş — eng buyuk jihoddir. Kim öz nafsini jilovlay olsa, u dunyo va oxiratda aziz böladi.”

 Ilm va aql haqida. “Ilm köpaygani sari insonning tavozesi (kamtarligi) ham ortişi kerak. Ilm kibr keltirsa, u haqiqiy ilm emas, balki jaholatning bir turi hisoblanadi.”

“Haqiqiy olim — ilmiga amal qilgan va odamlarga manfaati tekkan kişidir. Ilm faqat yodlaş uçun emas, balki axloqni gözal qiliş uçun beriladi.”

Vaqt va hayot qadri haqida. “Umr — bu senga berilgan eng qimmatli sarmoyadir. Uni bekorçi narsalarga sarflaş eng katta ziyon hisoblanadi.”

“Kim bugungi kunini ğanimat bilib, ezgu işlar qilmasa, ertaga puşaymon çekadi, lekin u paytda puşaymonlik foyda bermaydi.”

 Axloq va odamiylik haqida. “Insonlarning eng yaxşisi — boşqalarga foydasi tegadigani va tilidan birov ozor körmaganidir.”

“Gözal xulq — dinning ustuni va bandani Allohga eng yaqin qiladigan eng qisqa yöldir” [9].

Hakim Termiziyning ilmiy-maʼnaviy merosi islom tafakkuri va tasavvuf taʼlimotida alohida örin tutadi. Allomaning «Navodir al-usul», «Al-Manhiyyot» va «Al-Hidoyatu» kabi asarlari şariat va tariqat, zohiriy va botiniy ilmlarning uyğunligini körsatuvçi yorqin misollardir.

Zamonaviy manbaşunoslik va raqamli gumanitar fanlar rivojlanayotgan bir davrda Hakim Termiziy asarlarining yangi qölyozma nusxalarini aniqlaş, ularning tanqidiy matnlarini tayyorlaş hamda jahon tillariga tarjima qiliş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Alloma merosini çuqur örganiş nafaqat mintaqamizning boy tarixiy-maʼnaviy ötmişini anglaşga, balki umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarni tarğib etişga ham keng xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR:
  1. Juyuşiy, Muhammad Ibrohim. Al-Hakim Termiziy Muhammad ibn Ali Termiziy – dirosa li-asarihi va afkorihi. Qohira: Dor an-Nahda al-Arabiyya, 54-bet.
  2. Zirikliy, Xayriddin. (2002). Al-Aʼlom. Bayrut: Dor al-Ilm lil-Malayin, 6-jild, 272-bet.
  3. Nuvayhid, Odil. (1988). Möʼjam al-mufassirin: min sadr al-Islom hatta al-asr al-hadiyr. Bayrut: Muassasat Nuveyhid as-Saqofiyya, 2-jild, 576-bet.
  4. Sulamiy, Abu Abdurrahmon. (2003). Tabaqot as-sufiyya. Bayrut: Dor al-Kutub al-Ilmiyya, 2-naşr, 175–178-betlar.
  5. Hakiim Termiziy. Xatm al-avliyo. (Usmon Ismoil Yahyo tahriri). Bayrut. Dor al-kutub al-ilmiyya,  1988
  6. Hakiim Termiziy. Al-Manhiyyot va kullu ma jaʼa min hadisin bin-nahy. Qohira: Dor al-iʼtiso, 1986.
  7. Hakiim Termiziy. Al-Hidoyatu ila maʼrifat arbob al-viloyat. Bayrut. Dor al-kutub al-ilmiyya,
  8. Hakiim Termiziy. Navodir al-usul fi maʼrifat axbor ar-Rasul. Beyrut, Dor al-kutub al-ilmiyya, 
  9. Hakim Termiziy. Al-Amsol min kitob va sunna. Bayrut: Dor al-kitob, 2003.
Şukurillo UMAROV,
Imom Buxoro xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
bölim boşliği
Tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD),
 katta ilmiy xodim,

Check Also

MUHAMMAD OBID SINDIYNING“AL-MAVOHIBUL LATIFA” ASARIDA HADISLARNI ŞARHLAŞDAGI METODI

Kiriş. Hanafiy mazhabiga har xil adaşgan firqalar tomonidan tanqidiy munosabat bildirilib, uning asosçisi Abu Hanifa …