Bugun mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barça sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar inson qadrini uluğlaş, uning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, xalqimizning maʼnaviy dunyosini boyitiş hamda milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylaşga xizmat qilmoqda. Yangilaniş va taraqqiyot yölidagi iqtisodiy hamda ijtimoiy özgarişlar ilm-maʼrifat, vijdon erkinligi va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş bilan uzviy boğliq holda olib borilmoqda. Bu jarayonlar jamiyatda özaro işonç va hamjihatlikni yuksaltiriş, aholining bunyodkorlik salohiyatini röyobga çiqariş uçun muhim zamin hozirlamoqda.
Erkin va farovon hayot, tinçlik va osoyiştalik, inson huquq va erkinliklari, vijdon erkinligi hamda diniy bağrikenglik — yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim asoslari. Öz tariximiz, ona tilimiz va asriy qadriyatlarimizga ehtirom bilan munosabatda böliş ana şu jarayonning ajralmas qismidir.
Mazkur islohotlardan boş maqsad insonning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, munosib hayot keçirişi uçun zarur şaroitlar yaratişga qaratilgan. “Inson qadri uçun!” degan ezgu ğoya ayni maqsad röyobi yölida davlat siyosatining markaziga olib çiqildi. Fuqarolarning murojaatlari va kundalik hayotdagi ehtiyojlariga eʼtibor kuçayib, muammolarni joyida hal etişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar natijasida aholining turmuş darajasi yaxşilanmoqda, zamonaviy uy joylar qurilmoqda, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaşning manzilli mexanizmlari joriy etilmoqda.
Bu jarayonlar diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar bilan ham uzviy boğliq. Çunki inson qadrini uluğlaş, uning eʼtiqodiga hurmat bilan munosabatda böliş, vijdon erkinligini taʼminlaş va turli qaraşlarga bağrikenglik bilan yondaşiş barqaror va adolatli jamiyatning muhim şartlaridir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonun qabul qilinib, vijdon erkinligini taʼminlaşning huquqiy asoslari yaratildi. Keyinçalik mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilinişi bilan bu kafolatlar zamon talablari asosida yanada takomillaştirildi.
Bugun mamlakatimizda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan. Diniy sohada davlat siyosatining huquqiy va institutsional asoslari takomillaştirilib, fuqarolar diniy ehtiyojlarini qonuniy va erkin amalga oşirişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Özbekistonning buyuk tarixida ilm-fan va maʼrifat doimo yuksak örin tutgan. Birinçi va Ikkinçi Renessans davrida başariyat tafakkuri xazinasini boyitgan buyuk allomalarimizning diniy-maʼrifiy merosi ana şu ulkan sivilizatsiyaning ajralmas qismidir.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy, Bahouddin Naqşband kabi ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosi xalqimizning bebaho boyligi. Ularning asarlarida ilm, aql, maʼrifat, ezgulik, insonparvarlik, bağrikenglik va maʼnaviy kamolot ğoyalari mujassam.
Prezidentimiz taşabbusi bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari taşkil etilgani, Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati yölga qöyilgani ana şu bebaho merosni çuqur örganiş va keng tarğib etişga xizmat qilmoqda.
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oçilişi esa bu yönalişdagi işlar yangi bosqiçga kötarilganining yana bir yorqin ifodasi böldi. Samarqand zaminida Imom Buxoriy majmuasining qaytadan bunyod etilgani ham xalqimizning buyuk muhaddis merosiga yuksak ehtiromini ifodalaydi.
Bu dargohlar faqat ziyorat maskanlari emas. Ular ilm-maʼrifat, tarixiy xotira, milliy özlik va ezgulik ğoyalarini uyğunlaştiruvçi maʼnaviy markazlar sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Özbekistonning yangi taraqqiyot bosqiçida taʼlim, ilm-fan va maʼrifat hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatli avlodni tarbiyalaş milliy yuksalişning muhim şarti sifatida qaralmoqda.
Şu bois, bilim va malakani taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantiriş ustuvor vazifa etib belgilangan. Bolalarni maktabga tayyorlaş, taʼlim sifatini oşiriş, yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş, oliy taʼlim va ilmiy izlanişlar uçun imkoniyatlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur jarayonda yoşlarimizga milliy va diniy qadriyatlarning insonparvarlik mohiyatini töğri anglatiş, ularni ilm va maʼrifat, vatanparvarlik va ezgulikka yönaltiriş, turli buzğunçi ğoyalardan asraş bugungi davrning muhim vazifalaridan.
Ayniqsa, sunʼiy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va kreativ iqtisodiyot kabi sohalar jadal rivojlanayotgan bir paytda yoş avlodning raqamli dunyoda munosib örin egallaşi bilan birga maʼnaviy ildizlari, qadriyatlariga hamohang faoliyat yuritişi juda muhim. Zero, bilim, maʼnaviyat va qadriyat uyğunligi barkamol insonning eng muhim belgisi.
Özbekiston azaldan turli millat va din vakillari tinç-totuv, hamjihat yaşab kelgan zamindir. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yaşamoqda. Zero, notinçlik va özaro qarama-qarşiliklar kuçayib borayotgan bugungi murakkab dunyoda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik — xalqimizning bebaho boyligi.
Diniy konfessiyalar vakillarining öz diniy anʼana va marosimlarini amalga oşirişi uçun zarur şaroit yaratilgani, konfessiyalararo muloqot va hamkorlik rivojlanib borayotgani yurtimizda qaror topgan bağrikenglik muhitining amaliy ifodasidir.
Yana bir muhim jihat şundaki, mamlakatimizda “Bağrikenglik haftaligi” tadbirlarini keng miqyosda ötkaziş yaxşi anʼanaga aylandi. Haftalik doirasida yurtimiz hududlarida taşkil etilayotgan maʼrifiy uçraşuvlar, oçiq muloqotlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va madaniy tadbirlar turli millat va din vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlaştirmoqda. Ularda diniy konfessiyalar, jamoat taşkilotlari, ilm fan va taʼlim sohasi vakillari hamda yoşlarning faol iştiroki bağrikenglikning jamiyatimiz hayotidagi amaliy ifodasini namoyon etmoqda.
Bu tadbirlarning ahamiyati, avvalo, insonlar örtasidagi özaro hurmat va işonçni mustahkamlaş, turli din va madaniyatlarning insonparvarlik mohiyatini çuqurroq anglaşga xizmat qilişida körinadi. Ayniqsa, yoş avlodni turli eʼtiqod va qaraşlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, muloqot madaniyatini rivojlantiriş hamda tinç-totuv yaşaş masʼuliyatini anglatişda haftalik muhim maʼrifiy maydon bölmoqda.
2023-yilda “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni taʼsis etilgani bu qadriyatni rağbatlantirişga eʼtiborning yorqin namunasi böldi. Ötgan davrda 500 dan ortiq kişi uşbu mukofot bilan taqdirlandi. Ular orasida jamiyatimizda diniy bağrikenglik, millatlararo totuvlik, tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölida samarali faoliyat yuritayotgan turli soha vakillari borligini alohida taʼkidlaş lozim.
Ramazon va Qurbon hayiti kunlari rasmiy bayram sifatida nişonlanişi esa elimizning asriy diniy va milliy qadriyatlariga davlat darajasida yuksak ehtirom körsatilayotganini bildiradi. Bu qutluğ ayyomlar mehr-oqibat, saxovat, keçirimlilik, hamjihatlik va insonparvarlik kabi fazilatlarni yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Inson qadrini uluğlaş ğoyasi jamiyatimizda mehr-oqibat va saxovat muhitini mustahkamlamoqda. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, muhtoj va bemor insonlarga yordam körsatiş, nogironligi bölgan şaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ğamxörlik qiliş borasidagi işlar kölami tobora kengaymoqda.
Mamlakatimizning barça hududida amalga oşirilayotgan xayriya va kömak tadbirlari, mahallalarda oilalarning ehtiyojlarini örganiş va ularga manzilli yordam körsatiş işlari ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Özbekistonda mahalla nafaqat ijtimoiy hayotning muhim böğini, balki insonlar örtasidagi mehr-oqibat, özaro hurmat va ham jihatlikni mustahkamlaydigan maʼnaviy maktab hamdir. Zotan, mahallada turli millat vakillari, har xil diniy qaraşlarga ega insonlar bir oiladek yaşaydi. Şu maʼnoda, mahalla bağrikenglik va totuvlikning eng muhim hayotiy maktabidir.
Inson qadri uluğlangan, qonun ustuvor bölgan va jamiyatda özaro hurmat qaror topgan yurtda iqtisodiy taraqqiyot ham, ijtimoiy işonç ham yuksaladi. Özbekistonning xalqparvar siyosati ana şu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyoda ahil qöşniçilik, strategik şeriklik va döstlik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilgani nafaqat mintaqaviy barqarorlik, balki xalqlar örtasidagi özaro işonç va bağrikenglikni mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda.
Jahonning turli mintaqalari bilan hamkorlik kengayişi, xalqaro nufuzi ortib borayotgani Özbekistonning tinçliksevar va konstruktiv davlat sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.
Biz uçun tinçlik şunçaki siyosiy tuşunça emas. Tinçlik insonning xotirjam hayoti, farzandlar kelajagi, oila farovonligi, ilm va maʼrifat ravnaqi, diniy eʼtiqod erkinligi hamda jamiyat taraqqiyotining eng muhim şartidir.
Özbekistonning taraqqiyot tajribasi bir haqiqatni yaqqol körsatmoqda: xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, jamiyat hayotida barqaror va izçil özgarişlarga erişiş mumkin.
Yurtimizning tinçlik va döstlik diyori, bağrikeng ölka sifatidagi nufuzini yuksaltiriş diniy-maʼrifiy soha uçun ham katta masʼuliyat yuklaydi. Bağrikenglikni faqat qonunlar bilan emas, avvalo, insonlarning qalbi va ongida qaror toptiriş zarur. Buning uçun ilm, maʼrifat, soğlom eʼtiqod va özaro hurmat muhitini yanada kuçaytirişimiz kerak.
Tinçlik va osoyiştalikni asraş, inson qadrini uluğlaş, vijdon erkinligini taʼminlaş, ilm-maʼrifatni yuksaltiriş, yoşlarni ezgu maqsadlar sari yönaltiriş, milliy hamda diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, turli millat va konfessiya vakillari örtasida özaro hurmat va bağrikenglik muhitini mustahkamlaş yangi Özbekistonning yoruğ kelajagini bunyod etiş yölidagi eng muhim vazifalarimizdir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




