Kiriş. Tasavvuf – islom olamida keng tarqalgan, Örta va Yaqin Şarq mamlakatlari madaniyati tarixida çuqur iz qoldirgan diniy-maʼrifiy oqimdir. Bu taʼlimot asosida koinot, koinotdagi va undan taşqaridagi butun borliq – mavjudot — bitta va yagona, aql tuşuna olmas darajada azaliy va abadiy, körib va his qilib bölmas darajada qudratli Zot tomonidan yaratilgan, yaratilmişlarning eng aʼlosi – inson va ana şu hamma maxluqot bağoyat gözal bir tarzda bir-biriga uyğunlaştirilgan, mazmunidagi yangi tafakkur tarzi yotadi. Demak, Alloh taoloni taniş butun olamning mohiyatini anglaşga harakat qiliş demakdir. Bunday intilişlar esa har bir şaxsning axloqiy va maʼrifiy kamolotiga ijobiy taʼsir körsatadi.
Jamiyat kişisining soğlom maʼnaviy tafakkuri pokiza va samimiy muhitda şakllanadi. Insoniyatga taqdim etilgan barça dinlar şu maqsadnigina nazarda tutib yoyilgan. Bu jarayonda diniy-maʼrifiy, falsafiy-maʼnaviy taʼlimotlar, yönalişlar, uyuşmalar yuzaga kelgan. Ana şu mafkuraviy muhitning asosiy eʼtiborini inson omili taşkil etgan va asosiy kuç-qudrat şaxs tarbiyasi masalasiga qaratilgan. Biz “şaxs maʼnaviy kamoloti masalasiga qaratilgan” demadik, çunki köpgina taʼlimot va uyuşmalar bu masalaning ijobiy natijasiga erişiş uçun xizmat qila olmagan. Buning natijasida esa baʼzan jamiyatlar hayotida islom dini tarğib etgan pok eʼtiqod – ahli sunna val jamoa yölidan çalğib ketiş holatlari ham sodir bölgan. Xususan, tasavvuf maʼrifiy oqimining baʼzi yönalişlari haqida ham şunday fikrlarni bildiriş mumkin. Özining insoniyat tarixidagi evolyutsion taraqqiyotida katta bir davrni qamrab turgan bu taʼlimotni bilişga qiziqmaslikning ham imkoni yöq.
Tahlil VA natijalar. Milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri bölmiş barkamol şaxs tarbiyasi uçun çuqur diniy-maʼrifiy taʼlimotlar qay darajada zarur, degan tabiiy savol tuğiladi.
Tasavvuf taʼlimoti islom şariati singari butun başariyat – inson farzandlari tuşunib, amal qilişi lozim bölgan qonun-qoidalar majmuimi yoki u ilm ahlining maxsus dasturimi?
Xullas, tasavvuf va uning jamiyatimizdagi örni va ahamiyati xususida çuqurroq öylab köriş lozim.
Maʼlumki, tasavvuf islom dini kirib borgan barça Şarq mamlakatlarida inson fikri – muşohadasi darajasida va jamiyat maʼnaviy taraqqiyotiga boğliq holda turli suluklar şaklida rivojlangan, ijtimoiy-siyosiy hayotga, ilm-fan taraqqiyotiga taʼsir körsatgan.
Tasavvufning eng birinçi namoyandasi, taʼbir joiz bölsa, piri – payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bölganlar. Çunki ul zoti oliy insoniyatga “Gözal xulqlarni kamolga yetkaziş uçun” yuborilganlar. Şu narsa muhimki, başariyatga nozil etilgan barça dinlar, ularning eng oxirgisi va mukammali bölmiş islom ham şariat vositasida insonda gözal xulqni tarbiyalaydi. Tasavvuf esa tariqatlar vositasida ana şu gözal xulqni bosqiçma-bosqiç oliy kamolot darajasiga yetkazadi. Barça tariqatlar silsilalarining sarhalqasi Payğambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ekanliklarining maʼnosi şundandir. Şu boisdan ham tasavvuf taʼlimoti ijodkori bölmiş Payğambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) joriy etgan şariat va sunnatga rioya qilişda qusurli bölgan tariqat yoki suluk, yoki şayx – tasavvuf yölida deb sanalmaydi.
Şariat va tariqat örtasidagi munosabat inson jismi va ongli hayoti rivojidagi boğliqlikka öxşaydi. Imon kalimasi til va quloq vositasida insonda faqat idrok orqali fahmlanadigan köngil uyi borligi, uni böm-böş qoldirmaslik lozimligidan ogoh etadi. Ibodat esa inson jismoniy va ruhiy salomatligining garovi sifatida unga körkamlik, poklik nurini baxş etadi. Xuddi şunday islomning keyingi uç rukni ham inson jismini illatlardan xalos etadi, qalbiga va ruhiga osoyiştalik baxş etadi. Ana şu darajaga yetgaçgina, tasavvuf yöliga qadam qöyiş uçun ehtiyoj paydo böladi, şundagina tariqat “eşigini qoqiş” mumkin böladi.
Boşqaçaroq aytsak, tariqatga kirmayoq, islom şariati talablarini sidqidildan tökis bajarib yurgan inson – madaniyati va maʼnaviyati yetuk şaxs bölib şakllanişi mumkin. Ammo yuksak insoniy sifatlarga ega bölgan şu musulmon özining Yaratguçi egasi sifatlarini çuqurroq idrok etişni, uning möʼjizalarini körişni, hikmatlarini tuşunişni istasa – tariqatga kiradi. Şu boisdan ham qadimda şariat ommaviy ravişda majburiy taʼlim turi sifatida örgatilgan (inson boşqa maxluqotdan farq qilişi lozimligi uçun), tariqat peşvolari esa özlarini jamiyatdan çetga tortganlar. Ularni uzoq daşt-çöllarga, ğorlarga, çillaxonalarga şariat vositasida kamolot pillapoyasiga qadam qöygan xos tolibi ilmlargina izlab borişgan. Şuning uçun ham ular “eşon”, yaʼni “ular”, biz emas, bizdan, jamiyatdan uzoqdagilar, deb atalganlar. Tasavvufda kamolga yetgan şayxlar ilmlarini pinhon tutişga uringan, murid tarbiyasidan köra köproq özlarining botiniy ahvollaridan muntazam xabardor bölişga intilganlar. Şayxi naqşbandiy Xoja Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) “Volidiya” asarida yozişlariça, tariqatning eng baland darajalariga, oriflikka yetgan şayx kiçik bir xato qilib qöysa, özining şu baland maqomidan yana eng quyi – solih darajasiga tuşib qoladi. Şu jihatdandir, maşhur sufiy Junayd Bağdodiy öttiz yil davomida minbarga çiqib tasavvuf mavzusida maʼruza aytişdan boş tortgan. Umuman, barça tasavvuf şayxlari odam yiğib peşvolik qiliş niyatida bölmay, aksinça, sokin göşalarda, xilvatda ahli dil bilan suhbatda bölganlar, ularning tarbiya vositasi ham, taʼlim vositasi ham asosan suhbat bölgan.
Şariat odobini hamma örganişi şart, şundan söng u tartib-intizom bilan yaşayotgan inson böladi. Tariqat odobi esa hammaga ham töğri kelavermaydi. Buni bir misol vositasida anglaşga harakat qilaylik. Şariat qonunlariga köra, öğrilik qilib qölga tuşgan odamning qöli kesiladi va sazoyi qilinadi. U aslo jazosiz qöyib yuborilmaydi.
Tariqatda esa bunday holga munosabat butunlay boşqaça. Alişer Navoiy “Nasoyimul muhabbat” asarida söfiy şayxlar şariat yuzidan tariqat odobini mahkam tutadilar, deb yozadi. [3:18] U qanday odob ekan?
U şunday odobdirki, – deb yozadi Navoiy, – yaxşi-yomonga, katta va kiçikka birday bajo keltiriladi. Bunday odobni öz tabiatlarida mujassam etganlar barça insonlardan özlarini kiçik, kamtar va xoksor tutadi. Ular köpçilikning xizmatini qiliş, köpçilikka foyda yetkaziş uçun şoşiladi. Ular, hattoki öz farzandlari va xizmatkorlariga ham nihoyatda çiroyli muomalada böladi. Bulardan biror adabsizlik yuz bersa, dillarini oğritmaydi. Şu tariqa, tariqat yölida bölgan axloqi komil insonlar barçaga, hatto öğriga ham nasihatni yumşoq va çuçuk til bilan qiladi.
Şarq maʼnaviy olamining bebaho boyligi bölmiş buyuk ajdodlarimiz – mutafakkir donişmandlar asarlarida tariqat odobi bayon etilgan hikoyat va rivoyatlar, pand-ögitlar nihoyatda köp. Xususan, birovning uyiga öğrilikka kirib, heç narsa topa olmayotgan öğridan şu yerda kitob mutolaasi bilan band bölib ötirgan şayx örnidan turib, xijolatlik bilan keçirim söraydi va özi ötirgan gilamçani yiğib, unga tutqizadi. Bunday bağrikenglikni körib, öğrining “köngli buzilib ketadi” va qilmişidan puşaymon bölib, şayx oldida tavba qiladi, töğri yölga kiradi. Xorazmlik Şayx Abul Vafoi Xorazmiy dastorining ğoyatda eski va yirtiqligi bois uni öğrilab, yölda taşlab ketgan öğri oldida xijolatini bayon etadi. Uluğ diniy rahnamomiz – buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy hazratlari (q.s.) Makkai mukarrama safariga yolğiz ketayotganlari holda, begona va sinalmagan hamrohlarining “yoningda nimang bor”, degan savoliga yolğondan hazar qilganlari sababli “ming dinor tangam bor”, deb haqiqatni aytadi va tuhmat balosiga giriftor böladi. Ul zoti şarifni bu balodan Haq taolo öz inoyati ila xalos etadi.
Keltirilgan misollardan körinadiki, tariqat odobini hamma ham özida mujassam eta olmaydi. Çunki insonlar yaratilişdan turli – tumandirlar. Ular tabiati va feʼlining namoyon bölişida inson vujudini taşkil etgan tört unsurning özaro mutanosib yoki nomutanosibligi katta ahamiyatga ega. Inson jismi tuproq, suv, havo va olov kabi tabiati özaro bir-biriga zid unsurlardan taşkil topgan ekan, bu unsurlar hamma insonlar jismida ham bir xil mutanosiblikda bölmaydi. Bir insonning yaratilişida tuproq va suv kabi sabr, himmat, şafqat, saxovat, poklik xislatlari köproq jamlangan bölsa, boşqa bir inson tabiatida şamoldek beqarorlik, olovdek beşafqatlik xususiyatlari namoyon böladi.
Tabiatda mis bölib yaratilgan modda oltin vazifasini bajara olmasligi hammaga maʼlum. Hamma insonlar ham öz tabiatini çuqurroq örganib, jism va ruhida aʼlo darajadagi mutanosiblik hosil bölmoğiga erişişi nihoyatda muşkul. Buning uçun insondan juda katta mehnat, sabr, iroda va kuçli eʼtiqod talab qilinadi. Şu jihatdan, töğri hayot tarzini tutgan, jamiyatning solih fuqarosi bölmiş oddiy mömin inson söfiylar tabiati va amallarini tuşunmay, hayron bölişi mumkin. Tasavvuf axloqida bölmagan şaxslar jinoyatning albatta jazolanişini, yaxşi amalning esa albatta mukofotlanişini kutadilar va buni adolatdan deb biladilar. Söfiylar esa jinoyatga jismoniy jazo bera olmaydilar, buni ularning tabiati qabul qila olmaydi. Yaxşilik evaziga mukofotni esa jamiyatdan emas, faqat Yaratgandan kutadilar. Bu xulqlari bilan ular jamiyatning şarʼiy axloqidan yuksaladilar. Agar jamiyat aʼzolarining hammasi komil va gözal axloq – tasavvuf axloqiga rioya eta olsalar, u holda Forobiy aytmiş “fozil şahar” şakllanadi.
Muqaddas Qurʼoni karimda jinoyatlarni qanday jazolaş haqida insoniyatga aniq-ravşan körsatmalar berilgan. Hadisi şariflarda bu körsatmalarga aniqlik kiritilib, marhamat qilinadi. Xususan, yuqorida söz yuritganimiz öğrilik masalasida Imom Muslim (r.a.)ning “Sahih al-Muslim” asarida şunday maʼlumot keltiriladi: Oyşa (r.a.)dan xabar berişlariça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Çorak dinordan kam miqdorda öğrilik qilgan kişininggina qöli kesilmaydi”, deganlar. Bu körsatmalarga har bir jamiyat islom şariati asosida rioya etmoği lozim. Örta asrlar şarq mamlakatlarida bunday körsatmalarning töğri bajarilişini nazorat qiladigan maxsus lavozim egalari ham bölgan. Şunday şaxslardan biri Hazrat Navoiy – Nizomiddin edilar. Ul zotning akalari Şayx Bahlulbek ham Nizomiddin, yaʼni din nizomi bajarilişini kuzatib turuvçi bölganlar. Fiqh olimlari ham har qanday masalaga şariat qonun-qoidalari yuzasidan fatvo berganlar. Şariat va sunnatdan taşqari çiqmaganlar.
Ammo, muqaddas Kitobimizning muayyan oyati karimalarida yomonlikka qay tariqa javob beriş haqida xos insonlar – ahli tariqatga ham maxsus körsatmalar berilgan. Ular “Rahmonning suyukli bandalari” sifatida eʼtirof etiladilar. Çunonçi, ularga yer yuzida, insonlar jamiyatida tavozuʼ va viqor bilan yuriş, johil va nodon kimsalar bemaʼni gap-sözlar, nojoiz harakatlar qilgan taqdirda ham ularga çiroyli muomala qilib, nodonlarning özlarini xijolatga solişgina tavsiya etiladi.
Xayru saxovat bobida ham şarʼiy va tariqiy madaniyat, etika bir-biridan farq qiladi. Zakot, fidya, fitr sadaqa, ehsoni hasananing miqdori şariatda belgilab qöyilgan. Tariqatga kirgan solikka esa: “Özingda boridan xalos bölmoğing – tasavvuf”, – deb taʼlim beriladi. XVI asr boşlarida Samarqandning Ğazira tumanida yaşab faoliyat körsatgan yassaviya tariqatining yirik rahnamolaridan biri Şayx Bobo Xudoydodi Vali (q.s.)ga bağişlab yozilgan qator manbalar, jumladan, “Uluğ avliyo” kitobida [25:78] keltirilişiça, Hazrat Şayx bir kuni köçada ketayotganlarida oldilaridan nihoyatda ğamgin bir kişi çiqibdi. U muhtojligini, qarzga botganligini, qarz berganlar qaytarişini sörab holini tang qilayotganliklarini aytib, dard-hasrat qilibdi. Şayx hazratlari u kimsadan qarzining qançaligini aniqlabdilar-da, qöllaridagi bor aqçalarini beribdilar. Yetmaganiga uylaridagi idiş-tovoqqaça, bolalarining kiyim-keçaklarigaça qarz berganlarga çiqarib berib, bir beçorani ğamdan ozod bölişiga sabab bölibdilar.
Qissadan hissa şuki, tariqatga tarğib qilinmaydi, şariat esa joriy va tarğib etiladi. Şariat nazorat qilinadi, piri tariqat esa har bir muridining botiniy ahvolidan xabardor, uning va özining maʼnaviy tarbiyasi bilan muttasil maşğul böladi.
Naqşbandiya tariqatining XIX asr nihoyasi XX asr boşlarida Samarqandning Urgut mavzeida yaşab faoliyat yuritgan yirik peşvosi Şayx Xoja Muhyiddinxon Urgutiy (q.s.) özlarining “Maktubot” asarlarida şunday satrlarni keltiradilar: “Bandalik odobini aslo tark qilmang. Hayotingizni ğanimat bilib, qölingiz bilan, tilingiz bilan, qadamingiz bilan, qalamingiz bilan, molingiz va joningiz bilan muslimlar ommasiga rohat keltirişga harakat qiling” [26:56]. Şayxning ögit berişlariça, tariqat ahlining dili kuyuk, közi mudom yoşli, tani iztirob içida bölmoği lozim. Ammo, naqşbandiya tariqatining yirik rahnamolaridan bölgan Şayxning bu yöl-yöriqlarini aslo tarkidunyoçilik, zohidlik maʼnosida tuşunmaslik lozim. Şayx insonning botiniy dunyosi tarbiyasini tasarruflariga oladilar. Yaʼni, zohiran jamiyat hayotining faol aʼzosi bölgan solik öz qalbiga xotirjamlik, köngiltöqlik, loqaydlik va beparvolikni aslo kiritmasligi lozim. Yomonlikning zarraçasi ham söfiydek nozik qalb egasini qattiq ranjitmoği, larzaga solmoği lozim. Söfiy yomonlikka qarşi isyon qilsa ham xufyona qiladi: heç kim bilan tortişmaydi, şikoyat qilmaydi, adolat talab qilib kuraşga otlanmaydi – u özini jamiyatdan çetga oladi, yomonlik bor yerdan ketadi, yomonlarga insof tilab, Yaratganga ibodat qiladi. Tasavvuf taʼlimoti va tariqatlari şakllanişining asosiy sababi ham aynan şu – jamiyatda yöqolib borayotgan samimiyat, ixlos, poklikka qarşi holatlarga nisbatan xufyona isyon edi. Şu ilm nuktadoni Hamidxon Islomiy buning maʼnosini aniqroq tuşuntiradilar: “Tasavvuf u olam, bu olamdagi paydo böliş va yöq böliş jarayonini ifodalovçi oliy taʼlimot edi. Bu maʼnaviyat olamining, qolaversa, inson tafakkur olamining inson irodasini oşirmoq bilan kişini donolikka çorlovçi, öz-özini tarbiyalaş, barça işlarda ilmga asoslaniş, aql-idrokni yuksaltiriş, nafs-xohişdan uzoq böliş kabi fazilatlarga yetaklovçi buyuk taʼlimot edi” [3:13] Mutasavvif olimlar inson va jamiyatning tasavvufdan bexabarlik bilan ötayotgan hayotini “noqis hayot”, yaʼni “özining aʼlo darajasiga yetmagan” hayot, deydilar. Göyoki, işlov berilmagan bölsa-da, oltinning qiymati, albatta, baland böladi, ammo tajribali usta qölida qimmatbaho sanʼat asariga aylangan oltin buyum endi faqat oltin bölganligi uçungina qadrlanmaydi, u inson taqdiriga, millat taqdiriga, mamlakat taqdiriga aylanadi. Şu mazmunda, xususan, naqşbandiy olimlar ham öz fikr-mulohazalarini bayon etadilar: [20;17,39,40]
- Tasavvuf bölmagunça islomiy yuksaliş bölmas, noqisdan komil iş çiqmas;
- .. jamiyat munosabatlarini eng töğri, eng yaxşi, eng fidoyi, eng qanoatli, manfaat tuyğusidan yiroq bölgan holda tartibga solgani, taʼlim bergani uçun ham seviladi. Bugun ham hayot bilan boğliq bölgan bu taʼlimotni amalda qöllaşga majburmiz;
- Axloq tarbiyasini Amerika taʼlim tizimidan, Ovrupo taʼlim tizimidan, Yali universitetidan, Kembrij universitetidan emas, balki faqatgina TASAVVUF taʼlimotidan örganiş mumkin;
- Tariqat jamiyatga qanday munosib bölmasin?! Axir, tariqatda ajoyib bir tarbiya tizimi yölga qöyilgan! Jamiyatning komil insonga ehtiyoji bormi, demak, tariqatga ham ehtiyoji bor. Agar ehtiyoji bölmasa, u holda bu jamiyat özgarmoği lozim…
Şu örinda muhim bir narsani qayd etmoq, taʼkidlamoq kerakki, u ham bölsa tasavvufni faqatgina halimlik, keçirimlilik, sabru qanoatdan iborat beozor bir oqim, sufiylar heç kimga zarar yetkaza olmaydigan bir guruh, ularga eʼtibor qilmasa ham böladi, deb tuşuniş notöğri. Söfiylar imonsizlikka, Vatanga xiyonatga, muqaddas maʼnaviyatimizga hurmatsizlikka, bir beozor inson dilining ranjişiga, umuman jamiki adolatsizlikka murosasiz zotlardir. Ular bir oğiz söz yoki bir qöl harakati bilan yomonlarga qattiq jazo beriş qudratiga ega bölganlar, yirik amaldor şaxslar, jamiyatlar, davlatlar taqdirida, tarixida iz qoldirganlar. Manbalarda, xususan, Şayx Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Ahrori Vali, Mavlono Nizomiddin Xomuş (r.a.) dillarini oğritib, taqdirdan qattiq jafolar körgan qabilalar, amaldorlar, tanazzulga uçragan saltanatlar haqida maʼlumotlar keltiriladi. “Amir Temur haqida hikoya qiladigan “Temurnoma” degan kitobning deboçasida keltirilişiça, Buxoro xoni Malikşohning raiyatga jabru zulmi haddan oşib ketdi. Şunda Şayx Sayfiddin Boxarziy uning huzuriga borib, zulmingni töxtat, bölmasa özing ham halok bölasan, deb quyidagi ruboyini öqiydi:
To çand buvad zulmu jafo kardani tu,
Payvasta dili xaloyiq ozurdani tu,
Gar tu nakuni tarki jafo, ey zolim,
Guftam turo: xuni tu dar gardani tu!
(Mazmuni: Qaçongaça zulmu jafo qilasan, xaloyiq könglini ranjitganing ranjitgan. Ey zolim, agar jafo qilişni tark etmasang, senga şuni aytib qöyay: sening xuning öz böyningda!). Sayfiddin Boxarziyning bu sözi başorat bölib çiqadi: Malikşoh öz odamlari tomonidan öldiriladi va el uning zulmidan xalos böladi” [19:77].
Söfiylar özlariga emas, elga jafo qilinsa faryod uradilar, özlarining boşlariga toş yoğilsa sabr qilib, elga qarata gul yaproği otilsa, toqat qilolmay, duşmandan murosasiz öç oladilar, Alişer Navoiy:
- Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram;
- Tiyği bedodi agar könglumni nokor etdi, lek,
Elga urğon tiyği behad köngluma kor ayladi;
- Şikva qilmon gar jafodin boşima yoğdursa toş,
Toqatim yöq elga qilsa bargi gul urmoq havas.
“Nasoyimul muhabbat”da Navoiy bunday insonlarni qimmatbaho gavhardek viqorli, şifobaxş maʼdandek halim, deb ataydi. “Viqor gavhariyu hilm maʼdani” bölmiş şayxlar xalqni tabiiy ofatlardan, dardlardan foriğ qilişga qançalik sidqidildan harakat qilsalar, özlariga kelganda har qanday dardu balolarni kötarar, sabr qilar edilar. Asarda şunday voqea hikoya qilinadi: Ul jumladin, Şayx Sahl Tustariydin manquldurkim, alar yillar bavosir maraziğa mubtalo erdilar. Va hol ulkim, alar ul zamonning maşoyixi arosida mustaʼjob ud-duo erdilar. Har kişiğa bir suʼubat va baloye voqeʼ bölsa, alardin duo istidʼo qilur erdilar. Duo qilğoç, mustajob bölib, ul taşvişdin qutular erdi. Yillar ul saʼb marazğa sabr qilib, duo qilmadilarkim, har ne tangridin kelsa, xuşdur, biz oni neçuk rad qilali?
Naqşbandiya taʼlimotiga köra, bu dunyo, tabiat insonga uni obod qiliş, yaşnatiş uçun berilgan. Şunday ekan, ötgan tasavvuf allomalari hayotlaridan örnak olib, taʼlimotlarini ibrat maqsadida çuqurroq örganmoq lozim. Tariqatlar esa Yaratganning hikmati bilan biz kutmagan va tasavvur qilmagan tarzda davom etaveradi. Ayniqsa, hadisi şarifda keltirilişiça, naqşbandiya daraxtining soyasi to qiyomatgaça yetadi.
Alişer Navoiy botini munavvar, poktiynat va poksiyrat söfiy şayxlarning sobirlik, hilm, vatanparvarlik bobidagi ibratli holatlarini öz asarlarida madh etgan. Biz uçun bu örnak emasmi?! Tasavvuf hayotimiz uçun hikmat va ibrat dasturi bölişi mumkin-ku! Şunday qilsak, maşhur xorazmlik avliyo Şayx Najmiddin Kubro (q.s.) yoşlar ongida tasavvuf namoyandasi va vatanparvarlik timsoli sifatida muhrlanib qoladi. Şayx Fariduddin Attor (q.s.) özini möğul navkaridan yuz tilloga sotib olmoqçi bölgan ixlosmand kişiga sottirmay, möğulga: “men bundan qimmat turaman, sotma”, deydi. Bir muddatdan keyin möğulning oti uçun bir çelak somon berib, şayxni sotib olmoqçi bölgan xaridorni körgaç: “meni şunga sot, men bundan ortiq turmayman”, deydi. Qahr va alam içida qolgan möğul şayxni şahid qiladi. Xokisor şayx bir möminning mehnat bilan topgan yuz tillosi duşman qöliga ötişini, bir möminning yuz tillosi özi uçun sarf bölişini, qolaversa, özining dunyo hayotini yuz tilloga baholanişini istamaydi. Ana şu tafakkurga çorlaydigan mardlik namunasi har bir davr, har bir jamiyatning şakllanib kelayotgan yoş avlodi uçun nihoyatda zarur.
Xulosa. Islom eng xalqparvar, eng baynalmilal din. Şuning uçun jahoniy şuhratga ega ijodkorlar öz musannifotlari uçun uni çin yurakdan ğoyaviy tayanç qilib olganlar. Tasavvuf taʼlimoti esa ana şu gözal dinning javharini, pinhona xazinasini taşkil etadi. Bizga ikki dunyo saodatiga erişiş uçun mukammal dasturilamal – şariat taqdim etilgan, javhar haqida esa javharşunos – olim, mutafakkir sözlaydi.
Tasavvuf milliy madaniyatimiz tarixida eng nodir meros – antikvar sifatida qolişi ham mumkin. Ammo uni jamiyatimiz uçun ziyo manbaiga, yöl körsatuvçi mayoqqa aylantirişimiz ham mumkin. Qalb közi oçiq inson unga özi yöl topib oladi. Pir ham köngil uyining pokligiga qarab buyuk Yaratguçi tomonidan tanlanadi. Çunki qalbimizdagi bor narsani yolğiz uning egasigina aniq-ravşan köra oladi.
-
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomeʼ as-sahih. 4 tomlik. – T.: Qomuslar Boş tahririyati, 1992-1997.
-
Alişer Navoiy. MAT. 20 tomlik. – T.: Fan, 1991-1997.
-
Alişer Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat min-şamoyim ul-futuvvat. – T.: Movarounnahr, 2011.
-
Al-Hakim at-Termiziy. Inson odobi. – T.: “Noşir” naşriyoti, 2015.
-
Kulliyot. – Duşanbe: Irfon, 1974.
-
Bertels E.E. Sufizm i sufiyskaya literatura. – M.: Nauka, 1965.
-
Boltaboyev H. Islom tasavvufi manbalari. Tasavvuf nazariyasi va tarixi. – T.: Öqituvçi, 2005.
-
Valixöjayev B. Buyuk maʼnaviy murşid. – T.: Fan, 2004.
-
Valixöjayev B. Sufiya va tasavvuf. // “Zarafşon”. 1997-yil, 4-avgust. – B.4.
-
Vohidov R. Alişer Navoiy va ilohiyot. – Buxoro: “Buxoro” naşriyoti, 1994.
-
Zarrinkub Abulhusayny. Çustuçu dar tasavvufi Eron. – Duşanbe: Irfon, 1992.
-
Zahiriddin Muhammad Bobur. Volidiyya. – T., 2000.
-
Ensiklopediçeskiy slovar. Glavnaya redaksiya vostoçnoy literaturы. – Moskva: Nauka, 1991.
-
Ensiklopediya kulturы i iskusstva. Klassiçeskoye izdaniye. – Moskva: EKSMO, 2010.
-
Ensiklopediya. – T.: “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyoti, 2017.
-
Ishoqov Yo. Naqşbandiya taʼlimoti va özbek adabiyoti. – T.: Abdulla Kodiriy, 2002.
-
Komil inson haqida tört risola. Forsçadan N.Komilov tarjimasi. – T.: Maʼnaviyat, 1997.
-
Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. 1-kitob. – T.: Yozuvçi, 1996.
-
Komilov N. Tasavvuf va badiiy ijod. // “Yoşlik” jurnali, 1991. – № 8.
-
Murşidi komil hikmatlari. Doktor, professor, Şayx Mahmud Asʼad Jöşon (r.a.) hikmatlaridan saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2004.
-
Muhammad Anvar Badaxşoniy. Aqiydatut tahoviya şarhining talxiysi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi. – T.: “Hilol naşr” naşriyoti, 2015.
-
Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariy. Tasavvuf sirlari. – T.: Movarounnahr, 2000.
-
Muhiddinov M. Komil inson – adabiyot ideali. – T.: Maʼnaviyat, 2005.
-
Odilov N. Çahonbinii Çaloliddini Rumy. – Duşanbe: Naşriyoti Davlatii Toçikiston, 1964.
-
Uluğ avliyo. Şayx Bobo Xudoydodi Vali. – T.: Özbekiston, 2017.
-
Şayx Muhyiddin Urgutiy. Maktubot. – T.: Movarounnahr, 2006.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




