Bugungi kunda telefon va zamonaviy aloqa vositalari inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Telefon orqali yaqinlarimiz bilan hol-ahvol söraşamiz, uzoqdagi qarindoşlarimiz bilan boğlanamiz, ilm örganamiz, yangiliklardan xabardor bölamiz, turli masalalarni hal qilamiz. Ayniqsa, internetga ulangan smartfonlar taʼlim, ilm-fan, tibbiyot, tadbirkorlik va boşqa köplab sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda.
Biroq har qanday neʼmatdan töğri foydalaniş, uning odob va qoidalariga rioya qiliş lozim. Telefon orqali muloqot qilişning ham öziga xos odob-axloq qoidalari mavjud. Uşbu qoidalarga rioya qiliş insonning maʼnaviyati, muomala madaniyati va boşqalarga bölgan hurmatini namoyon etadi. Telefondan örinli foydalaniş insonning vaqtini tejaydi, odamlar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Aksinça, undan notöğri foydalaniş vaqtning behuda sarflanişiga, oilaviy munosabatlarning susayişiga, yolğon va ğiybatning tarqalişiga, insonlarning haq-huquqlari poymol bölişiga sabab bölişi mumkin.
Islom dini inson hayotining barça jabhalarida gözal axloq, odob, masʼuliyat va özaro hurmatni tarğib etadi. Qurʼoni karim va Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridagi köplab körsatmalar bugungi kunda telefondan foydalaniş madaniyati uçun ham muhim mezon bölib xizmat qiladi.
Şunday ekan, telefondan foydalanişdagi odoblar haqida söz yuritar ekanmiz, masala faqat qönğiroq qiliş yoki xabar yoziş qoidalari bilan çeklanmasligini anglaşimiz zarur. Bu, avvalo, insonning tilini, vaqtini, axloqini va boşqalarning haqqini asraş madaniyatidir.
- Telefon – neʼmat, undan foydalaniş esa masʼuliyatdir.
Alloh taolo insonga aql, til, vaqt va imkoniyatlar ato etgan. Ularni ezgu işlarga sarflaş, odamlarga manfaat yetkaziş va yaxşilikni köpaytiriş har bir möminning vazifasidir. Telefon ham ana şu imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
- Telefondan foydalanib, ota-onadan xabar oliş, qarindoşlar bilan silai rahmni mustahkamlaş, bemorlar holidan xabar oliş, muhtojlarga yordam uyuştiriş, ilm örganiş va diniy-maʼrifiy bilimlarni tarqatiş kabi savobli işlarga vosita bölişi mumkin.
- Biroq telefonning özi emas, balki undan qanday maqsadda va qay tarzda foydalaniş muhimdir. Agar inson telefon orqali yaxşilik qilsa, haqiqatni tarqatsa va boşqalarga manfaat yetkazsa, bu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Agar u yolğon xabar, ğiybat, tuhmat, haqorat va behuda maşğulotlarga berilib ketsa, mazkur vosita zarar manbaiga aylanadi. Alloh taolo Qurʼoni karimda marhamat qiladi: “Ey, möminlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qöyib, (keyin) qilgan işlaringizga puşaymon bölmasligingiz uçun (u xabarni rost-yolğonligini) aniqlab (tekşirib) köringiz!” (Hujurot surasi, 6-oyat).
Bir xabarni eşitişi bilanoq, uni töğri yo notöğri ekanini suriştirmay, unga işonib biror iş qilinsa, yo öşa xabar tarqatilsa, keyin xabarning yolğonligi yoki xatoligi ayon bölsa, haqiqatdan afsus-nadomatga sabab böladi. Şuning uçun ham, Alloh taolo “bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qöyib, qilganingizga nadomat çekuvçi bölmanglar”, demoqda. Uşbu oyat axborotni tekşiriş, uning işonçliligiga eʼtibor beriş va şoşma-şoşarlik bilan hukm çiqarmaslik kerakligini bildiradi. Bugungi kunda bu körsatma telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlarga nisbatan ham katta ahamiyatga ega.
Har bir xabarni öqiboq boşqalarga yuboriş töğri emas. Ayniqsa, biror insonni ayblovçi, jamiyatda vahima uyğotuvçi yoki odamlarni bir-biriga qarşi qöyuvçi maʼlumotlarning haqqoniyligi aniqlanişi şart. Çunki yolğon xabarni tarqatgan kişi uni özi töqimagan bölsa ham, uning zarariga sababçi bölib qolişi mumkin. Şuning uçun telefondan foydalanişdagi birinçi qoida – neʼmatni qadrlaş, uni ezgu maqsadga yönaltiriş va har bir harakat uçun masʼuliyatni his etişdir. Biror xabarni tarqatişda xalqimiz orasida maşhur bölgan “Uç elak” haqidagi rivoyatga amal qiliş maqsadga muvofiqdir:
“Bir kişi donişmanddan söradi:
– Döstingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?
– Şoşma, – dedi donişmand, – avval aytmoqçi bölgan gapingni uçta elakdan ötkaz…
– Uçta elak?
– Biror gapni aytişdan oldin, uni uçta elakdan ötkaziş lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoqçi bölgan gaping haqiqat ekanligiga işonçing komilmi?
– Yöq, men uni şunçaki eşitdim, xolos.
– Demak, sen uning rost yoki yolğonligini bilmaysan. Endi ikkinçi – YAXŞILIK elagidan ötkazamiz. Sen menga döstim haqida biror yaxşi gapni aytmoqçimisan?
– Yöq, aksinça.
– Demak, – davom etdi donişmand, – sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoqçisan. Endi uçinçi elakdan ötkazamiz – FOYDA elagi. Sening gapingni eşitişim şartmi, u menga biror foyda keltiradimi?
– Yöq, foyda keltirmaydi.
– Demak, – xulosa qildi donişmand, – sen yetkazmoqçi bölgan xabarda haqiqat ham, yaxşilik ham, foyda ham yöq ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan!?”
Bu rivoyat insonning sözlaş madaniyati, axloqiy tarbiyasi, döstlik munosabatlari va jamiyatda özaro hurmat muhitini şakllantiriş borasida juda muhim hayotiy saboqlarni öz içiga oladi. Uşbu rivoyatga köra:
- Har bir eşitgan gapimizni haqiqat deb qabul qilmasligimiz kerak.
Inson biror xabarni eşitganda, uni boşqalarga yetkazişga şoşilmasligi lozim. Çunki har qanday maʼlumot ham haqiqat bölavermaydi. Asossiz gap-sözlar insonlar örtasida işonçsizlik, kelişmovçilik va adovat keltirib çiqarişi mumkin.
- Boşqalar haqida yomon gap tarqatişdan saqlaniş zarur.
Insonning obrösi, şaʼni va qadr-qimmati uning uçun muhim boylikdir. Birovning aybini qidiriş, uning ortidan gapiriş va salbiy xabarlarni tarqatiş yaxşi xulq belgisi emas. Aksinça, inson boşqalarning kamçiligini oşkor qilişdan köra, ularning yaxşi fazilatlarini körişga harakat qilişi kerak.
- Har bir sözning insonga foydasi bor-yöqligini öylaş lozim.
Aytiladigan gap insonga qandaydir manfaat yetkazişi, unga töğri yöl körsatişi yoki biror muammoni hal qilişga yordam berişi kerak. Agar biror xabarni yetkaziş heç qanday foyda keltirmasa, aksinça, kişilarning könglini oğritsa, uni aytmagan maʼqul.
- Tilni tiyiş – yuksak axloqiy fazilat.
Insonning odobi uning faqat qilgan işlarida emas, balki aytayotgan sözlarida ham namoyon böladi. Baʼzan öylamasdan aytilgan bir oğiz söz yillar davomida şakllangan döstlikka putur yetkazişi mumkin. Şuning uçun gapirişdan oldin fikrlaş, har bir sözning oqibatini hisobga oliş zarur.
- Ğiybat, çaqimçilik va tuhmatdan uzoq böliş kerak.
Bir insonning gapini ikkinçisiga yetkazib, ular örtasida nizo keltirib çiqariş çaqimçilik hisoblanadi. Bunday illat oilada, mahallada, mehnat jamoasida va jamiyatda özaro işonçni yöqotadi. Şu sababli insonlar örtasida inoqlik va birodarlikni mustahkamlaş uçun bunday odatlardan saqlaniş lozim.
- Har bir inson öz sözi uçun masʼul ekanini unutmasligi kerak.
Aytilgan sözning oqibati böladi. Bir oğiz yaxşi söz insonga umid, quvonç va işonç bağişlaşi mumkin. Aksinça, öylamasdan aytilgan yomon söz qalbni jarohatlaşi, oilalar va döstlar örtasiga sovuqçilik solişi mumkin.
Uyali aloqa vositasidan foydalanişda qilişda yuqorida bayon qilingan fikrlarni kundalik hayotimizda qöllaş uçun quyidagi qoidalarni yodda tutişimiz lozim:
- Telefondan foydali va ezgu maqsadlarda foydalaning.
- Qönğiroqni salom bilan boşlang, suhbatdoşingizga hurmat körsating.
- Boşqalar vaqtini qadrlang va ularni zaruratsiz bezovta qilmang.
- Telefon orqali yolğon, ğiybat, tuhmat va haqoratli sözlarni tarqatmang.
- Har qanday xabarni boşqalarga yuborişdan oldin uning haqqoniyligini tekşiring.
- Şaxsiy maʼlumot, surat va yozişmalar daxlsizligini hurmat qiling.
- Masjid, dars, majlis va jamoat joylarida telefon odoblariga rioya qiling.
- Oila aʼzolari, ayniqsa, ota-ona va farzandlar bilan yuzma-yuz muloqotga vaqt ajrating.
- Telefonga ortiqça boğlanib qolmang, vaqtingizni ilm, mehnat, ibodat va oilaga ham sarflang.
- Har bir söz va harakatingiz uçun Alloh taolo oldida masʼul ekaningizni unutmang.
Biroq telefondan notöğri foydalaniş insonni behuda maşğulotlar, ğiybat, tuhmatga va boşqalar haq-huquqlarini buzişga olib kelişi mumkin. Şuning uçun telefon odoblariga amal qilişni har birimiz özimizdan boşlaşimiz lozim. Islom taʼlimoti bizni yaxşi sözlaş, boşqalarga ozor bermaslik, vaqtni qadrlaş, xabarlarni tekşiriş va insonlar şaʼnini hurmat qilişga çaqiradi. Bu tamoyillar telefondan foydalaniş madaniyatining ham asosini taşkil etadi.
Har birimiz özimizga quyidagi savollarni berişimiz kerak:
Telefondan foydalanişim men va atrofdagilarga qanday foyda keltirmoqda? Men tarqatayotgan xabarlar haqiqatga mosmi? Yubormoqçi bölgan xabarimning u odam uçun manfaati bormi? Yozgan sözlarim birovning qalbiga ozor bermaydimi? Telefonga ajratayotgan vaqtim oilam, mehnatim va ibodatimga xalaqit bermayaptimi?
Agar uşbu savollarga vijdonan javob bersak, telefondan foydalanişdagi köplab xatolarning oldini olişimiz mumkin.
Xulosa qilganda, uyali aloqa vositasi – telefon inson uçun katta imkoniyat va ayni paytda masʼuliyat hamdir. Undan oqilona foydalaniş bilim va maʼrifatni oşiradi, insonlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Notöğri foydalaniş esa vaqtning zoye ketişiga, odob-axloqning susayişiga va turli nizolarga sabab bölişi mumkin.
Şuning uçun har bir inson telefondan foydalanişda vaqtni qadrlaşi, suhbatdoşini hurmat qilişi, axborotni tekşirmasdan tarqatmasligi, şaxsiy hayot daxlsizligiga rioya etişi va oilaviy munosabatlarga eʼtiborli bölişi lozim.
Eng muhimi, telefon insonni ezgulik, ilm, qarindoşlik aloqalarini mustahkamlaş va jamiyatga foyda keltirişga xizmat qilsin. Zero, odobli insonning fazilati uning faqat yuzma-yuz muloqotida emas, balki telefon va internet orqali qiladigan muomalasida ham namoyon böladi.
Sözimiz söngida Imom Buxoriy tomonidan rivoyat qilingan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: “Har biringiz boşqaruvçisiz! Har biringiz qöl ostingizdagidan masʼulsiz (söralasiz)!” hadisini eslatib ötişni maqsadga muvofiq deb topdik. Telefon ham inson tasarrufidagi neʼmat bölib, undan foydalangan har bir inson bu narsaga masʼuldir. Şu sababli undan ezgu maqsadlarda oqilona foydalaniş uning sohibiga ham, atrofidagilarga ham foyda keltirişi mumkin.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




