Rivoyatlari yodda qolgan inson vafot etsa-da, odamlar orasida tirikdir. Zero, uning nomi tillarda yaşayveradi.
Şunday insonlar borki, hayotlik çoğida yaşaydilar, ammo ularning ezgu işlari yodga olinmaydi. Oqibatda, özlari hayot bölsalar-da, nomlari unutiladi.
Sunnat sohibi vafot etsa, Alloh uning nomini abadiy tiriltiradi. Bidʼat ahli esa esga olinmaydi.
Firabriy haqida ulamolarning taʼriflari:
- «Işonçli va omonatdor zot. U Buxoriy kitobi orqali musulmonlarning Rasululloh ﷺ bilan boğlaniş vositasi va ularning mustahkam riştasidir».
- «Musulmonlar uçun Buxoriy kitobining asosiy tayançidir. Uning maşhurligi holatini alohida taʼriflaşga ehtiyoj qoldirmaydi».
- «U işonçli va taqvodor edi».
- «Muhaddis, işonçli olim… Abu Abdulloh Buxoriyning «Al-Jomeʼ as-sahih» asarini rivoyat qilgan roviydir».
Imom Muhammad ibn Yusuf Firabriy buyuk olim, işonçli va puxta xotira sohibi bölgan muhaddisdir. Uning nomi olamga taralib, şuhrati butun dunyoga yoyilgan. Uning nomi ustozi Imom Buxoriy va uning «Al-Jomeʼ as-sahih» asari bilan çambarças boğlanib ketgan. Şu bois, mazkur kitob öqilganda yoki örganilganda, uning roviysi bölgan hofiz va hujjat maqomidagi Firabriy ham doimo yaxşi sözlar bilan tilga olinadi, haqqiga rahmat va mağfirat sörab duo qilinadi.
Biroq uşbu buyuk imom ilmiy tadqiqot va izlanişlarda munosib örin egallay olmagan. Uning hayoti va faoliyatiga bağişlangan, ibratli umrining yorqin qirralarini yoritadigan hamda «Al-Jomeʼ as-sahih» asarini asrab-avaylaş va tarqatiş yölidagi xizmatlarini oçib beradigan mustaqil va mukammal tarjimai hol hanuzgaça yetarliça yaratilmagan.
Holbuki, butun islom ummati uning imomligi, işonçliligi va rivoyatni puxta saqlaş qobiliyatini eʼtirof etgan. U hadis ilmining buyuk namoyandalaridan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning «Al-Jomeʼ as-sahih» asarini rivoyat qilişda alohida örin tutgan zotdir.
Afsuski, bu uluğ imom haqida hozirgaça mukammal tarjimai hol mavjud emas. Bizgaça yetib kelgan maʼlumotlar tarqoq va qisqa bölib, qadimgi va keyingi ulamolar tomonidan takror-takror keltirilgan. Ularda asosan Firabriyning nisbasi va uning qanday talaffuz qilinişi, tuğilgan va vafot etgan sanasi, şuningdek, undan ilm olgan ayrim kişilarning ismlari bayon etilgan.
Firabriy haqida tadqiqot olib borişdagi muammolar bir neça jihatda namoyon böladi.
Birinçi muammo: uning hayotiga bağişlangan mukammal tarjimai holning mavjud emasligi
U haqida qalam tebratgan mualliflarning aksariyati uning ismi, nasabi, tuğilgan va vafot etgan sanasi, ayrim şogirdlari hamda ulamolarning u haqdagi maqtov sözlarini keltiriş bilan çeklanganlar.
Bizgaça yetib kelgan dastlabki tarjimai hollardan biri Imom Doraqutniy (vaf. 385/995) qalamiga mansub bölib, uning «Al-Muʼtalif va-l-muxtalif» asarida keltirilgan. Uşbu maʼlumot bizga Firabriyning ismi, otasining ismi, bobosining ismi, Firabr şahriga nisbat berilişi va Buxoriy kitobining roviysi ekanligi haqida maʼlumot beradi.
Bizgaça yetib kelgan ikkinçi tarjimai hol hofiz Abu Nasr Kaloboziyning (vaf. 398/1008) «Al-Hidoya va-l-irşod» asarida keltirilgan. Unda Firabriyning kunyasi, nasabi va nisbasi bayon qilinişi bilan birga, uning ustozi Imom Buxoriydan qaçon va qaysi vaqtlarda hadis eşitgani ham körsatilgan.
Uçinçi tarjimai hol hofiz Ibn Mokula (vaf. 475/1082)ning «Al-Ikmal» asarida uçraydi. Muallif unda Firabriyning nisbasi va nasabini keltirib, uning «Al-Jomeʼ as-sahih» asarini rivoyat qilganini qayd etgan.
Törtinçi qisqaça tarjimai hol Abu Ali Jiyoniy (vaf. 498/1105)ga tegişli. U Firabriy nisbasining töğri talaffuzini aniqlaşga birinçi bölib eʼtibor qaratgan olimlardan bölib, uning vafot etgan yilini ham qayd etgan. Şuningdek, «Al-Jomeʼ as-sahih»ni eşitgan yillari va bu eşitiş qaysi joyda sodir bölganini körsatgan.
Tabasiy (vaf. 537/1142) esa Firabriyning ikkinçi va uçinçi bobolarining ismlarini bizga yetkazgan ilk mualliflardan sanaladi. U, şuningdek, Firabriyning vafot etgan soati, oyi va yili haqida ham maʼlumot bergan. Qozi Iyoz esa «Firabr» sözining talaffuzidagi ixtilofni birinçi bölib qayd etgan olimlardan hisoblanadi.
Garçi mazkur tarjimai hollar qisqa bölsa-da, ular bizga uşbu buyuk roviy imom haqida köplab qimmatli maʼlumotlarni taqdim etadi.
Uning şaxsiy maʼlumotlari:
- Töliq ismi: Muhammad ibn Yusuf ibn Matar ibn Solih ibn Başr.
- Kunyasi: Abu Abdulloh.
- Nisbasi: al-Firabriy — Firabr şahriga nisbat berilgan.
- Vafoti: 320/932 yil, Şavvol oyining oxiriga ikki keça qolganda, yakşanba kuni peşin vaqtida.
- «Al-Jomeʼ as-sahih»ni eşitişi: Imom Buxoriydan uşbu asarni ikki marta eşitgan: birinçisi 248/862 yili Firabrda, ikkinçisi 252/866 yili Buxoroda.
Hofiz Samʼoniyning (vaf. 562/1167) Firabriy haqidagi tarjimai holi uni örganiş tarixida muhim buriliş nuqtasi böldi. Undan keyingi olimlar mazkur maʼlumotlar asosida Firabriyning hayoti va faoliyatiga doir kengroq tarjimai hol yaratiş imkoniga ega böldilar.
Samʼoniy öz bayonini Firabriyning uçinçi bobosi Başrgaça bölgan nasabini keltirişdan boşlagan. Uning Buxoriy kitobi roviysi ekanini, uşbu asarni eşitiş va özlaştiriş maqsadida tolibi ilmlar uning huzuriga safar qilganlarini qayd etgan.
Söngra «Al-Jomeʼ as-sahih»ni Firabriydan rivoyat qilgan kişilar haqida töxtalib, ulardan beş nafarini sanab ötgan:
- Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy (301/914-371/981).
- Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy (vaf. 376/986).
- Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kuşmihaniy (vaf. 389/999).
- Şayx Abu Ali Ismoil ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Hojib Kuşoniy (vaf. 391/1001).
Samʼoniy bizga yana bir muhim maʼlumotni yetkazadi: Firabriy Imom Buxoriydan mazkur kitobni 253/867, 254/868 va 255/869 yillarda eşitgan. Şuningdek, uning ustozi Ali ibn Xaşramdan hadis eşitganini qayd etib, tarjimai holini tuğilgan yili, vafot etgan kuni, oyi va yilini bayon qiliş bilan yakunlagan.
Keyin hofiz Ibn Nuqta (vaf. 629/1232) ham Firabriy haqida maʼlumot berib, uning Imom Buxoriy, Ali ibn Xaşram, Qutayba va boşqa olimlardan hadis rivoyat qilganini qayd etgan.
U Firabriydan rivoyat qilgan kişilar qatoriga Muhammad ibn Umar Şabaviy va Abu Homid Ahmad ibn Abdulloh ibn Nuʼaym Nuʼaymiyni ham qöşgan.
Söngra Ibn Nuqta öz sanadi orqali Buxoro tarixçisi Ğunjordan, u esa Kuşoniydan naql qilgan quyidagi maʼlumotni keltiradi. Kuşoniy ustozi Firabriyning şunday deganini eşitgan:
«Men Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoildan “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini Firabrda uç yil davomida — 253/867, 254/868 va 255/869 yillarda eşitganman».
Hofiz Ibn Raşid Sabtiy (vaf. 721/1321) esa Firabriy haqidagi tarjimai holida nihoyatda yuksak mahorat körsatgan. Uning bayoni keng ilm sohibi, tahlil va tadqiqda yuksak salohiyatga ega olim bölganini, şuningdek, muhaddis ulamolarning tarjimai holini yoziş uslubini çuqur bilganini namoyon etadi.
Ibn Raşidning Firabriy haqidagi tahlilini quyidagi mavzularga ajratiş mumkin:
- Uning ismi va nasabi.
- «Firabr» sözining töğri talaffuzi.
- Ulamolarning Firabriy haqidagi maqtovlari.
- Firabriyning Imom Buxoriydan asarni eşitgan yillarini aniqlaş.
- Imom Buxoriydan köplab roviylar rivoyat qilgan bölsa-da, «Al-Jomeʼ as-sahih» rivoyatida Firabriyning alohida örin tutgani.
- Firabriydan rivoyat qilgan roviylar.
- U orqali yetib kelgan rivoyatlar.
- Tuğilgan va vafot etgan sanasi.
Hofiz Imom Zahabiyning (vaf. 748/1347) Firabriy haqidagi tarjimai holi esa eng keng qamrovli maʼlumotlardan biri hisoblanadi. U öziga xos ilmiy mahorati bilan Firabriy haqida avval yozilgan maʼlumotlarni umumlaştirib, nihoyatda qimmatli va mukammal tarjimai hol yaratgan. Mazkur asar uşbu buyuk imom haqida keng qamrovli tadqiqot tayyorlaşimizdagi asosiy manbalardan biri böldi.
Zamonaviy tadqiqotlar orasida Muhammad ibn Abdulkarim Ubaydning «Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” asari rivoyatlari va nusxalari: tadqiq va tahlil» nomli işi ham eʼtiborga molik. Unda Firabriy haqida qisqaça maʼlumot berilgan, söngra Mağrib ulamolarining mazkur asarni Firabriy orqali rivoyat qilişlari va rivoyatlar örtasidagi farqlar bayon etilgan.
Davomi bor…
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




