Home / FOTO LAVHALAR / Markaz ilmiy xodimi – xalqaro sertifikat sohibi

Markaz ilmiy xodimi – xalqaro sertifikat sohibi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Baxtiyor Ibotov Toşkentda bölib ötgan uç haftalik xalqaro öquv dasturini muvaffaqiyat bilan tamomladi.

“Özbekiston va Qozoğiston kutubxonalarida qölyozmalarni konservatsiya qiliş va saqlaş böyiça trening” (Manuscript Conservation and Preservation Training in Libraries of Uzbekistan and Kazakhstan) loyihasi doirasidagi mazkur kurs STERNA Heritage (madaniy merosni saqlaş, konservatsiya va restavratsiya qiliş böyiça xalqaro konsalting va loyihalaş) taşkiloti hamda Özbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti hamkorligida taşkil etildi.

Nazariy bilimlarni boyitiş va amaliy könikmalarni mustahkamlaş maqsadlarini özida mujassam etgan maşğulotlarda qölyozma fondlaridagi noyob asarlarni konservatsiya qiliş, asrab-avaylaş va profilaktik parvarişlaşning zamonaviy usullari örganildi.

Dastur yakunida barça tinglovçilar qatorida Baxtiyor Ibotovga ham maxsus sertifikat taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

QADRIYATDAN DAVLAT SIYOSATIGAÇA

Inson uçun eʼtiqod — qalbga daxldor masala. Şuning uçun turli eʼtiqod vakillarining bir jamiyatda tinç-totuv …