Home / MAQOLALAR / ABUL HASAN ALI IBN HUSAYN MUHAMMAD SUĞDIYNING “NUTAF FIL-FATAVO” ASARIDA QOZILIK ODOBLARINING YORITILIŞI

ABUL HASAN ALI IBN HUSAYN MUHAMMAD SUĞDIYNING “NUTAF FIL-FATAVO” ASARIDA QOZILIK ODOBLARINING YORITILIŞI

IX–XIII asrlarda Movarounnahr, islom sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida fiqh va huquqşunoslik sohasida ulkan meros qoldirgan. Bu hududda yaşab ijod qilgan ulamolar fiqh ilmini yuqori darajada örganib, qozilik institutini nafaqat huquqiy, balki axloqiy jihatdan ham mukammal tarzda işlab çiqib, öz asarlariga kiritib ketgan.

Islom huquqida qozilik – jamiyatda adolatni qaror toptiriş vazifasini bajaruvçi muhim institutdir. Şu sababli qoziga qöyiladigan talablar faqat huquqiy bilim bilan çeklanmasdan, balki yuksak odob-axloqni öz içiga olgan.

Qozilik odobi quyidagi manbalar asosida şakllangan:

  • Qurʼon;
  • hadis;
  • fiqhiy qoidalar;
  • ulamolar ijtihodi.

Movarounnahr ulamolari qozi yuqori darajadagi ilm egasi bölişi bilan birga bir neçta sifatlarni qamrab olişini taʼkidlagan va ularni bir qança bandlarga ajratgan.

Qozi Qurʼon, hadis va fiqh ilmini puxta egallagan bölişi:

Abu Bakr al-Kosoniy “Badoeʼ as-sanoeʼ” asarida qozining notöğri hukm çiqarişi jamiyatda katta fasodga sabab bölişini taʼkidlaydi [4: 67].

Imom Ali Suğdiy ham özining “Nutaf fil fatavo” asarida qozilik odobi beşta narsani öz içiga qamrab olişini taʼkidlab, ularni birma-bir sanab ötgan. Birinçisi qalbga oid sifat bölib, u ham beş narsani qamrab oladi:

  1. Qozi ilmli bölişi. Qurʼon, hadis fiqhni komil holda bilişi lozim.
  2. Qozi hukmida va hatti-harakatida halim bölişligi lozim.
  3. Söragan va javob bergan narsada dono, aqlli bölişi lozim.
  4. Musulmonlarga nasihatgöy bölişi lozim.
  5. Xusumatçilardan biriga yon bosişni tark qilişi lozim.

 Adolatli böliş:

Abu Mansur Moturidiy va boşqa ulamolar qozining eng muhim sifati – adolat ekanini taʼkidlab, qozi nafsiga ergaşmasligi, qarindoş-uruğçilik yoki moddiy manfaat taʼsiriga tuşmasligi lozimligini aytadi.

Burhoniddin Marğinoniy esa özining maşhur “Hidoya” asarida “Qozi taraflar örtasida tenglikni saqlamoği şart” [3: 180], degan. Bu fikr esa qozining betarafligini taʼminlaşga qaratilgan.

    Taqvo va halollik:

Imom Saraxsiy “Al-Mabsut” asarida qozining gunohdan uzoq bölişi, nafsini nazorat qilişi şartligini taʼkidlaydi. Taqvo – notöğri qarorlar çiqarişdan saqlovçi içki mexanizm sifatida talqin qilinadi.

Imom Ali Suğdiy ham özining “Nutaf fil fatavo” asarida qozilik odoblaridan yana biri bu til ekanini taʼkidlab, qozi axloqsiz sözlarni tark etişi, javob berişda fasohat ila çiroyli javob berişi, huzuriga kim kelsa ham xuşmuomalalik bilan muomalada böliş lozimligini keltirib ötgan.

Nafsga oid sifatlar bobida esa qozi çiroyli taqvo sohibi bölişi, farz va nafl ibodatlarni çiroyli suratda ado etişi lozimligini taʼkidlagan. Bu xislat ham qozi uçun nihoyatda zarur xislatlardan hisoblanadi.

Qozining mustaqilligi va siyosiy taʼsirdan himoya:

Qozining siyosiy hokimiyatdan mustaqil bölişi masalasi ham muhim örin tutadi. Ulamolar fikriça, qozining qarorlariga hokim yoki boşqa şaxslar aralaşmasligi lozim. Qozining mustaqilligi adolatning garovi hisoblanadi.

Imom Saraxsiy “Al-Mabsut” asarida qozining bosim ostida çiqargan hukmi haqiqiy hisoblanmasligini bayon qiladi [3: 178]. Bu prinsip hozirgi zamonaviy sud mustaqilligi ğoyalari bilan uyğun desak mubolağa bölmaydi.

Sud jarayonida qozilik odobi;

Qozining muomala madaniyati ham muhim hisoblanadi. U taraflarga bir xil munosabatda bölişi, ovozini baland kötarmasligi va dalillarni diqqat bilan tinglaşi lozim. Qozi boy va kambağal, taniş va begona örtasida farq qilmasligi lozim.

Ibn Abdulhakam “Adab al-qozi” asarida:

  • ovozni baland qilmaslik;
  • taraflarni bölmaslik;
  • dalillarni diqqat bilan eşitiş

kabi qoidalar keltirilgan [1: 136].

Sud jarayonida ötiriş odobi:

Yaʼni uşbu bobda qozining iş jarayonida qanday tartibda ötirişi nazarda tutilgan.

Imom Ali Suğdiy ham özining “Nutaf fil fatavo” asarida sud jarayonidagi qozilik odoblarini keltiradi. Unga köra:

  1. Töğri ötiriş – qozi majlis jarayonida hamma köra oladigan va ikki tarafga ham teng joyda ötirişi lozim. Yaʼni, undan maqsad heç kim u falon tomonni öylayapti, unga yon bosyapti deb öylamasligi uçun qozi sud jarayonida töğri ötirişi kerak.
  2. Eşik hamma uçun oçiq – qozi boy-kambağal, yaqin-uzoqni farq qilmasdan hammani bir xil qabul qilişi kerak.
  3. Olimlar bilan maslahat – qozi sud jarayonida taraflarni tinglab, mavjud dalillarni körib çiqişi jarayonida agarda masala jiddiy va qiyin bölsa, qozi ilmli, olim kişilarni çaqirib, maslahatlaşişi lozim.
  4. Şoşilib hukm çiqarmaslik – qozi körib çiqayotgan iş şunçaki oddiygina bir iş emas, balki uning körib çiqayotgan işida insonning taqdiri yotgani sababli, oxirgi hukmni çiqariş paytida yölda yoki şoşilib hukm çiqarmasligi lozim.
  5. Ruhiy holat muhim – qozi oç bölsa, jahli çiqsa, biror narsadan ğamgin bölsa, yoki çarçagan bölsa hukm çiqarmasligi lozim. Sababi, bunday holatlarda insonning aqli komil holatda öziga xizmat qilmaydi.

Demak, bundan inson şunday foyda oliş mumkinki, qozi örtada adolat qilişi uçun u içki tomondan xotirjam, sabrli, taşqi tomondan esa tenglik va masʼuliyatli bölişi lozim.

Daʼvogarlar (ikki taraf) odobi:

Bu mavzuda gap sudga kelgan ikki tomon (daʼvogar va javobgar)lar bilan qozi qanday muomala qiliş kerakligi haqidadir. Maqsad, odamlarni sudga qanday tartibda kelişi va çaqirilişi haqida bir qança fikrlar aytilgan. Eng asosiysi odamlarni sudga çaqirişda adolat va qulaylik bölişi lozim. Imom Şofeiy: “Agar kimdir sudga kelmasa, qozi uni majburan olib keladi”, degan. Yaʼni bundan maqsad sud jarayoni uzoq çözilmasdan, haq egasi tezroq adolat topişi uçun. Masalan, siz kimgadir qarz bergansiz, lekin u odam bermasdan turli bahonalar qilib, çözib yuribdi. Bunday holatlarda davlat uni majburan olib kelişi mumkin. Baʼzi ahli ilmlar esa: “Kelmagan odamni majburlaş şart emas. Uni ixtiyori özida bölişi kerak”, degan.  Lays ibn Saʼdning fikriça “Agar masofa yaqin bölsa, u odam kelişi kerak. Agar uzoq bölsa şaroitiga qaraladi”, degan. Yaʼni bu jarayonda kela olmagan odamning yaqin yoki uzoq masofadan kelişi eʼtiborga olingan. Imom Abu Hanifa: “Agarda sud jarayoniga keliş qiyin bölsa, uning kelişi maʼlum xarajat talab qilsa, yoki uning soğligiga zarar keltiradigan bölsa, unda qozi işonçli yölni tutadi. Yaʼni undan öşa sudga kela olmasligi töğrisida yozma hujjat oladi” [5: 775], degan.  

Daʼvoni tinglaş odobi:

Yaʼni, bu qismda qozi işni qanday tartibda boşlaşi kerakligi bayon etilgan. Birinçidan, qozi işni tartib bilan körişi lozim. Yaʼni, kim oldin kelgan bölsa, tartibga amal qilgan holda işni öşandan boşlaydi. Ikkinçidan, qozi odamlarni şunday qabul qiladiki, ular özini xavfsiz his qilsin. Yaʼni odamlar qörqmasligi va gapini erkin ifoda etişi lozim. Uçinçidan, qozi xalqning odatiga qarab iş köradi. Adolat faqat qonun emas, balki tuşuniş hamdir. Masalan, köpinça odamlar qişloqda piyoda yuradi. Unday holatlarda qozi ularni uzoq hududga çaqirmasdan, balki işni yaqinroq joyda körişi lozim.

Demak, bu sahifadan olinadigan foydalar, qozi adolatli bölişi, har vaziyatni alohida örganişi, tartibga amal qilişi, sudda insoniylik tamoyillariga ham amal qilişi kerakligi tuşuniladi.  

Raqib tarafni sudni tark etiş odobi:

Imom Ali Suğdiy ham özining “Nutaf fil fatavo” asarida sud jarayonida raqib tarafni sudni tark etişi odobi haqida ham ulamolarning fikrini keltirib ötgan. Imom Şofeiy: “Ularning baʼzisi daʼvogar oçiq dalil keltirmagan taqdirda sudni tark etişini aytişi mumkin”, degan fikrni aytgan. Lays ibn Saʼd esa: “Ularning baʼzisi sudni tark etmaydi, faqat hozir bölgan şaxs aniq dalil keltirmasa, sudni tark etişini aytişi mumkin”, degan.

Xöş, bugungi kunda qozilik odobining ijtimoiy ahamiyati qanday?

Qozilik odobi jamiyatda:

  • işonç muhitini şakllantiradi;
  • huquqiy barqarorlikni taʼminlaydi;
  • nizolarni tinç yöl bilan hal qiladi.

Movarounnahr ulamolari bu institutni jamiyat tayançi sifatida körgan.

 Zamonaviy huquq tizimi bilan qiyosiy tahlil

Qadimiy qaraşlar quyidagi zamonaviy prinsiplar bilan uyğun:

Qadimiy tuşunça

Zamonaviy ekvivalent

Adolat

Qonun ustuvorligi

Xolislik

Sudya mustaqilligi

Taqvo

Professional etika

Ilm

Yuridik malaka

Bu esa Movarounnahr merosining hozirgi kunda ham dolzarbligini körsatadi.

Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Movarounnahr ulamolari qozilik odobini kompleks tarzda – huquqiy va axloqiy jihatlarni uyğunlaştirgan holda işlab çiqqanlar. Ularning asarlari bugungi kunda ham sud-huquq tizimi uçun muhim manba bölib xizmat qiladi. Qozining adolatli, bilimli va mustaqil bölişi haqidagi qaraşlar hozirgi zamon huquqiy davlat tamoyillari bilan hamohangdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. Ibn Abdulhakam. Adab al-qozi. – Qohira, 1982.
  2. Kosoniy, Abu Bakr. Badoeʼ as-sanoeʼ. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1986.
  3. Marğinoniy, Burhoniddin. Hidoya. – Qohira: Dor al-fikr, 2000.
  4. Saraxsiy, Şams al-aimma. Al-Mabsut. – Bayrut: Dor al-maʼrifa, 1993.
  5. Abul Hasan Ali Ibn Husayn Muhammad Suğdiy. An-nutaf fil-fatavo. Tahqiqçi // Salohiddin Nohiy. – Bayrut.

 

Maşrab Xidirov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
ilmiy xodimi,
mustaqil tadqiqotçi
«MOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING ŞAKLLANIŞI» MAVZUSIDA ÖTKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA TÖPLAMIDAN OLINDI.

Check Also

QURʼONI KARIMNING ILK LOTINÇA TARJIMALARI VA ULARDA ÖRTA ASR MAFKURAVIY KURAŞLARINING INʼIKOSI (“Corpus Islamolatinum” qölyozmalari asosida)

Kiriş. Yevropaning XI asr ikkinçi yarmi – XIII asrda faoliyat yuritgan arabşunoslik tarjima markazlarida aniq …