Home / MAQOLALAR / ABU HASAN SAĞONIY ILMIY FAOLIYATI (“Sahihul Buxoriy”ning “Bağdodiy” nusxasi kodikologik tavsifi)

ABU HASAN SAĞONIY ILMIY FAOLIYATI (“Sahihul Buxoriy”ning “Bağdodiy” nusxasi kodikologik tavsifi)

Islom olamida movarounnahrlik muhaddis olimlarning örni beqiyosdir. Ularning hayoti va ilmiy merosi haqidagi qimmatli maʼlumotlar örta asr arab tilidagi manbalarda keltirilgan. Ular Xatib Bağdodiy [8], Najmiddin Umar Nasafiy [15], Abu Saʼd Samʼoniy [9], Şamsiddin Zahabiy [18], Hoji Xalifa [16] asarlarini zikr etiş lozim.

Abu Hasan Sağoniyning ilmiy merosi köpgina tadqiqotçilar tomonidan tadqiq qilingan. Haydaroboddagi Sind universiteti tadqiqotçisi Madad Qadriy (“Imom Sağoniy Lohuriy hayoti va ilmiy merosi”) [3:67-80], Pokiston Arab qölyozmalar tadqiqot instituti tadqiqotçisi Ahmad Xon (“Samaʼat al-muallifat as-Sağoniy al-luğaviya”) [1:488-518], Ar-Riyoddagi Imom Abdurahmon ibn Faysal universitetining “Til va adabiyot” fakulteti tadqiqotçisi, olima Bandariy bint Xolid ibn Baroq Sadiriy (“Tavzihu al-misli inda al-Sağoniy fi muqaddimatul aʼbabul zohir val babul faxir”) [19:18] va boşqalar şular jumlasidandir. Uşbu olimlar  öz tadqiqotlarida allomaning til, luğatşunoslik, fiqh va hadis ilmida tutgan örni va asarlarining ahamiyat haqida maʼlumot bergan. Yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotçilarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Bugungi kunda ham turli davlatlarda faoliyat olib borayotgan olimlar tomonidan Abu Hasan Sağoniy ilmiy merosi tadqiq qilinmoqda.

Bu buyuk muhaddislarning tasnif qilgan sahih hadislari islom dini taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi muhim manba hisoblanadi. Binobarin, öz mazmun-mohiyati jihatidan bu bebaho manbalar umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu muhim asarlarda keltirilgan hadislar insoniyat va jamiyat uçun ulkan ahamiyatga egadir.

Tilşunos, muhaddis va faqih Abu Hasan Sağoniy “Şayxul Imom”, “Imomul luğa” nomlariga sazovor bölgan. 1181-yil 25-iyunda Lohurda tuğilgan. Asli Qurayş qabilasi Adi ibn Kaʼab qavmiga mansubligi va xalifa Umar roziyallohu anhu naslidan ekanligi uçun allomani Adaviy va Umariy nomlari bilan ataşgan [18]. Uning töliq ismi Abu Hasan ibn Muhammad ibn Hasan ibn Haydar ibn Ali ibn Ismoil Adaviy Umariy Sağoniy. Allomaning oilasi Sağoniyon (Çağoniyon – Vaxş va Amudaryoning qirğoğida joylaşgan Marvning qadimiy şaharlaridan biri bölib, arablar uni “Sağoniyon” deb atagan. Çağoniyon atrofi toğ bilan öralgan, tabiati çiroyli, xalqaro savdo-sotiq rivojlangan markazlardan bölgan.) [14]dan Lohurga, keyinçalik Ğaznaga köçib kelgan. Abu Hasan Sağoniy dastlabki taʼlimni otasidan olgan. Fiqh ilmini Ğaznadagi ulamolardan özlaştirgan. Ön yil Makka, Madina, Yaman, Bağdod kabi ilm markazlarida safarda bölib, olimlardan saboq olgan [13]. Abu Hasan Sağoniy yoşligidan arab tili va adabiyotga ixlosi yuqori bölgani uçun grammatika va luğat ilmini çuqurroq özlaştiriş maqsadida 1208-1209-yillar Dehli, Lohur, Joil va Hijoz şaharlariga borgan. U Hijozda beş yil yaşagan. Makkada Burhoniddin Abufutuh Nasr Husriy, Yamanda Nazzam Muhammad ibn Hasan Marğinoniy, Qozi Saʼdiddin Halaf ibn Muhammad Kardariy, Abu Muhammad ibn Javziydan hadis, fiqh, grammatika va aruz ilmini örgangan [18: 23, 441].

Abu Hasan Sağoniy Hijozdan Adanaga kelib Qozi Abu Ishoq Ibrohim Qurayziy, Ibn Battol va uning öğli Sulaymon kabi ustozlardan dars olgan. 1216-yil Bağdodga kelgan va zamondoşi Yoqut Hamaviy bilan körişgan. Abu Hasan Sağoniy Bağdodda asosan hadis ilmi bilan şuğullangan va qisqa fursat (ikki yil) içida maşhurlikka erişgan. Xalifa Nosiriddinillah 1220-yil uni Dehli podşohi Eltutmiş saroyiga elçi sifatida yuborgan [12: 344, 490].

1227-yili Hindistondan qaytiş vaqtida Makka şahriga borib, haj amalini ado etib, Bağdodga kelgan. Alloma Bağdodda köp vaqt qolmaydi va Abbosiylar yangi xalifasi Mustanşir Billahning iltimosiga binoan Eltutmiş saroyiga ikkinçi marta elçi sifatida yuboriladi. Eltutmiş Abulhasan Sağoniyni iliq kutib oladi. Dehli şohi Eltutmiş vafotidan keyin qizi malika Roziya Sulton taxtga ötiradi. Xalifa özaro aloqalarni mustahkamlaş maqsadida allomani 1236-yili takroran Dehliga elçi qilib yuboradi.

Abu Hasan Sağoniy Dehlidan Makkaga va 1240-yili Bağdodga qaytib kelgan. U umrining oxiriga qadar şu yerda yaşagan va 1252-yil 73 yoşida Bağdodda vafot etgan. Allomaning vasiyatiga binoan öğli, şogirdlari uni Makkaga söfiy Fuzayl ibn Iyozning yoniga dafn etişgan [18: 23, 284].

Abu Hasan Sağoniyning Qozi Sulaymon ibn Hamza, Solih ibn Abdulloh Köfiy ibn Sobah, Hofiz Şarifiddin Dimyatiy, Iʼziddin Abulfazl ibn Vazir ibn Alqamiy kabi şogirdlari undan dars olgan va hadis rivoyat qilgan. Allomaning şogirdi Hofiz Dimyatiy: “Ustozim solih, rostgöy, hadis, fiqh va tilşunoslik ilmida imom edi. Abu Hasan Sağoniydan köp yillar saboq oldim va undan hadis tingladim. Alloma vafot etganida uni “Al-Haromut Tohiriy” qabristoniga dafn qildik”, degan [10].

Allomaning luğat, arab tili, hadis ilmiga oid asarlari mavjud va ular bugungi kunda dunyo kutubxona fondlarida saqlanmoqda. Uning ön ikki jilddan iborat “Majmaʼul bahrayn” luğat kitobi, “At-Takmila va az-zayl va as-sila li kitabi taji luğat va sihahul arabiya” asari luğatşunoslikka oid bölib, unga Ismoil ibn Hammod Javhariyning “Tojul luğa” asariga qöşimça oltmiş mingta söz kiritilgan. Asar 1970-1979-yillar Qohirada Muhammad Abulfazl Ibrohim va Abduhalim Tahoviylar tomonidan tadqiq qilinib, naşr etilgan. Sağoniyning “Al-Ubabuz zohir va al-lubabul fahir” asari yigirma jilddan iborat bölib, uni Abbosiylar vaziri Ibn Alqamiyning topşiriğiga binoan boşlab, faqat mim harfigaça yozişga ulgurgan. Bu asarni yozişda Ismoil ibn Hammod Javhariyning “Tajul luğa” asaridagi luğat uslubidan foydalanib, sözlarning tartibini ketma-ketlikda joylaştirgan [11: 155-156]. Asarni Muhammad Hasan Alu Yasin 1977-yili Bağdodda, Pir Muhammad Hasan 1994-yili Islomobodda naşr qilgan.

Abu Hasan Sağoniyning hadis ilmiga oid “Maşariqul anvor”, “Taʼzizu baytil Haririy”, “Kitabul masobihud daji”, “Şamsul muniro”, “Şarhul Buxoriy”, “Durrus sahoba fi maʼrifati va fayatis sahobati”, “Kitabuz zuʼafa”, “Kitubul faroiz”, “Şarhu abyatul mufassal”, “Takmilatul azizi”, “Kitabut tasrif”, “Manasikul haj” [11: 155-156] kabi asarlari mavjud. Mazkur asarlar Turkiya, Suriya, Fransiya, Britaniya, Hindiston, Eron, Misr kutubxona fondlarida saqlanadi.

Allomaning “Aş-Şavarid fil luğa”, “Tavşih ad-duraydiya”, “Kitabul azdod”, “Kitabu an-fiʼan” , “Kitabul iftiʼal”, “Kitabul aruz”, “Kitabul mafʼul”, “Kitabul ğodad”, “Asmaul asad”, “Asmauz ziʼb” [13: 53] kabi boşqa asarlari bor.

Şuningdek, “Sahihul Buxoriy”ning “Bağdodiy” (“Sağoniy”) nusxasi  Abu Hasan Sağoniy tomonidan köçirilgan bölib, bu tört dona qölyozmaning asl nusxasi Turkiyadagi Sulaymoniya kutubxona fondining Domod Ibrohim Poşo bölimida saqlanmoqda.

266-raqamdagi nusxa tavsifi. Asar nasx yozuvida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy tomonidan köçirilgan. Qölyozmaning 1a varağida “Bu nusxa vaqfi Domod Ibrohim Poşoniki”, “Haza … fima vaqfuhu bi ixlosi an-niyati sihhatil xoyru val hasanot as-sodrul aʼzam val muhri ma yaşaul afhamu Ibrohim Poşo … bil xoyri vaziril hazratus Sulton Şozamiy Ahmadxon xolladat xulafo ila inqorozod davron” sözlari bilan yozilgan ikkita muhr keltirilgan.

Asar “Vahiy kitobi” (Kayfa kana badʼul vahiy) 1-hadisdan boşlangan.

باب كَيْفَ كَانَ بَدْءُ الْوَحْيِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَقَوْلُ اللَّهِ جَلَّ ذِكْرُهُ إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَى نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ [4: 16b]

Oxiri esa, “Eʼtikof kitobi” (“Kitabul eʼtikof”) 2046-hadisda tugallangan.

…عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّهَا كَانَتْ تُرَجِّلُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهِيَ حَائِضٌ وَهُوَ مُعْتَكِفٌ فِي الْمَسْجِدِ وَهِيَ فِي حُجْرَتِهَا يُنَاوِلُهَا رَأْسَهُ

[4: 238a]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sağoniy xati bilan yozilgan nusxasidan hijriy 832/1429-yili rabius soniy/ yanvar oyining oxirgi juma kuni Tabriz şahrida köçirdim [4:238a]”, deya taʼkidlagan. Mazkur asarning keyingi bobi “Savdo-sotiq kitobi” (“Kitabul buyuʼ”) dan boşlanadi”, deya keltirgan.

قد وقع الفراغ من كتابة الربع الاول من الصحيح الفاخر للامام العالم امام الدنيا ابى عبد الله محمد بن اسمعيل الجعفي البخاري الانصاري اعل الله درجته من النسخة المنقولة عن النسخة المحررة بخط الامام العلامة رضي الدين الحسن بن محمد الصغاني رحمة الله عليه يوم الجمعة اواخرالربيع الثاني سنة اثنتين وثلثين ثمانمائة على يد صاحبه العبد الفقير حسين بن يوسف الوسطاني فى بلدة الموحدين تبريز عفاالله عنه و عن والديه و احسن اليهما و اليه و وفقه لاتمام ثلثة ارباعه واستفادته واذنه بانبي و عترته و الحمد الله رب العالمين حمدا …فى.نعمة و يكا .. فى مزيده[4: 238a]

 

267-raqamdagi nusxa tavsifi. Asar nasx yozuvida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy tomonidan köçirilgan. Qölyozmaning 1a varağida yuqorida keltirilgan muhrlar mavjud [5: 1a].

Asar “Savdo-sotiq kitobi” (“Kitabul buyuʼ”) 2047-hadisdan boşlangan.

 

خَيْرٌ مِنْ اللَّهْوِ وَمِنْ التِّجَارَةِ وَاللَّهُ خَيْرُ الرَّازِقِينَ وَقَوْلِهِ لَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ حَدَّثَنَا شُعَيْبٌ عَنْ .

 [5: 16a]

Oxiri esa, “Sahobalar fazilati” (“Kitabul fazoil as-sahoba”) 3775-hadisda tugallangan.

 

عَادَ إِلَيَّ ذَكَرْتُ لَهُ ذَاكَ فَأَعْرَضَ عَنِّي فَلَمَّا كَانَ فِي الثَّالِثَةِ ذَكَرْتُ لَهُ فَقَالَ يَا أُمَّ سَلَمَةَ لَا تُؤْذِينِي فِي عَائِشَةَ فَإِنَّهُ وَاللَّهِ مَا نَزَلَ عَلَيَّ الْوَحْيُ وَأَنَا فِي لِحَافِ امْرَأَةٍ مِنْكُنَّ غَيْرِهَا[5: 268b]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sağoniy xati bilan yozilgan nusxasidan hijriy 831/1428-yili muborak Ramazon oyida “Sahihul Buxoriy” asarining birinçi jildini yozişni boşladim. Ikkinçi jildi – “Sahobalarning fazilati” kitobini esa 32/1429-yil Zulhijja oyida, Tabriz şahrida köçirdim” [5:268b], deya taʼkidlab keltirgan. Mazkur asarning keyingi bobi “Sahobalar fazilati kitobi” (“Kitabul fazoil as-sahoba”) dan boşlanadi”, deya keltirgan.

قد الفراغ من كتابة النصف الاول من الصحيح الفاخر للامام العالم امام الدنيا ابى عبد الله محمد بن اسمعيل الجعفي البخاري الانصاري اعل الله درجته من النسخة المنقولة عن النسخة المحررة بخط الامام العلامة رضي الدين الحسن بن محمد الصغاني رحمة الله عليه مع قلة فراغ البال و كثرة الحزن و الملال و المذاكرة مع الاخوان بالقيل و المقال ببلدة الموحدين تبريز حماها الله عن الزلزل العبد الفقير حسين بن يوسف الوسطاني عفاالله عنه و عن والديه و احسن اليهما و اليه يوم الجمعة قبل صلوتها سلح ذي الحجة حجة اثنتين وثلثين ثمانمائة و يتلوه النصف الثانى مفتتحا بمناقب الانصار وفق الله لاتمامه بحرمة الابرار و قد اتفق الاشتغال بكتبه النصف الاول فى خلال سنة عشر شهرا و كان الابتداء بكتبته غرة الشهر المبراك رمضان سنة احدى و ثلثبن و ثمانمائة و الحمد الله رب العالمين و الصلوة و السلم على خير خلقه محمد و اله الطايبين الطاهرين اجمعين. [5: 268b]

Qölyozmaning 268a varağida Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Bu “Sahihul Buxoriy” nusxasi Imom Buxoriy hayotlik paytida alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy tomonidan köçirilgan. Qölyozmaning ahamiyatli jihati şundaki, nusxada keltirilgan hadislar maxsus belgilar bilan ajratilgan. Masalan, Firabriy köçirgan nusxasi ف (f) harfi bilan körsatilgan. Uning nusxasiga muvofiq kelmaydigan hadislarga ْ (nuqta) belgisi qöyilgan. Agar nusxa çöziq  فا(fa harf ustiga nuqta belgisi) bilan bölsa, Firabriy nusxasiga töğri kelgan. Abdulloh ibn Ahmad Hamaviy köçirgan nusxada esa  ح(h) harfi qöyilgan. Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kuşmihoniy köçirgan nusxaga ه (h) hamda Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy köçirgan nusxaga س (s) harfi qöyilgan. Şuningdek, Abulhaysam va Abu Ishoq Mustamliy köçirgan nusxalardagi hadislar سه (s va h) harflar bilan belgilangan.

Abu Hasan Sağoniy “Sahihul Buxoriy” nusxasini köçirgan paytida doim tahoratli, röza holda bölgan. U har bir hadisni kiritganidan keyin ikki rakat şukr namozini ado qilib, Allohdan diniy va dunyoviy işlari uçun panoh tilagan. Keyin u Qurʼoni karimdan ön oyat tilovat qilib, payğambar alayhissalomga ön marta yoki undan köp salavot aytgan. Şundan keyin ikkinçi hadisni kiritgan. Alloma bu nusxani yozişda şu holni öziga şart qilib olgan. Şuningdek, Abu Hasan Sağoniy nusxani köçirişda ham maxsus qalamdan foydalangan va boşqa kitoblarni köçirişda öşa qalamni işlatmagan. Hattoki, qalamning qalamtaroşdan çiqqan çiqindisini ham saqlab qöygan va çiqindilarni vafot etganida mayyit yuviladigan suvni isitiş uçun saqlab qöyişni vasiyat qilgan. Alloma kitobning yarmini yozişga kelganida kofirlar qöliga asir tuşgan. Mahbuslik paytida unga faqat ikki hayit va juma kungi namozlarini öqiş uçun ruxsat berib, bir ğayridin kişini vakil qilib zindondan çiqarişgan. Alloma bu nusxani 625/1228-yili Qurbon hayitning juma kuni asr namozidan keyin tugatgan. Alloma nusxani yozişdagi şartlarini asirlikda töliq bajara olmagan. Allomaning tutqunlikdan çiqiş va uşbu nusxaning köçirib tugatilgan sanasi bir vaqtda bölib, voqea Koimbatur [2] (Hindiston janubidagi) şahrida sodir bölgan” [5: 268a]”, deb tarixiy maʼlumotlarni keltirgan.

Asarning 269a varağida esa, Şayx Jalil Abu Hasan Ali ibn Mordiniy: “Ikki olamni yaratgan Parvardigorga hamd bölsin! “Imom Buxoriyning “A-Jomeʼ as-sahih” asarini Ramazon oyining 27-kuni 899/1494-yili Masjidul Aqsoda öqib tugatdim” [5:269a], deb izoh keltirgan.

الحمد الله رب العالمين قرا جميع الجامع الصحيح الامام البخاري رضى الله عنه وارضاه العبد الفقير الى الله تعالى على بن حسن المارديني فى السابع و العشرين من شهر رمضان سنة تسع و تسين و ثمانمائة بالمسجد الاقصي الشريفة و الحمد الله وحده وصلواته على سيدنا محمد و اله و صحبه و سلامه حسبنا الله و نعمة الوكيل

268-raqamdagi nusxa tavsifi. Asar nasx yozuvida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy tomonidan köçirilgan. Qölyozmaning 1a varağida yuqorida keltirilgan muhrlar mavjud [6: 1a].

Asar “Sahobalar fazilati” (“Kitabul fazoil as-sahoba”) 3776-hadisdan boşlangan.

… الدَّارَ وَالْإِيمَانَ مِنْ قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِمَّا أُوتُوا… حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ حَدَّثَنَا مَهْدِيُّ بْنُ مَيْمُونٍ… [6: 16b]

Oxiri esa, “Aqiqa kitobi” (“Kitabul aqiqa”) 5474-hadisda tugallangan.

… الْمُسَيَّبِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا فَرَعَ وَلَا عَتِيرَةَ قَالَ وَالْفَرَعُ أَوَّلُ نِتَاجٍ كَانَ يُنْتَجُ لَهُمْ كَانُوا يَذْبَحُونَهُ لِطَوَاغِيَتِهِمْ وَالْعَتِيرَةُ فِي رَجَبٍ[6: 280a]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sağoniy xati bilan yozilgan nusxasidan hijriy 833/1429-yil jumadul avval oyining yigirma sakkizinçi kunida Tabriz şahrida köçirdim” [6: 280a], deya taʼkidlagan. Mazkur asarning keyingi bobi “Ov va qurbonlik kitobi” (“Kitabul zabaih vas soydu”)dan boşlanadi.

قد وفق العبد الفقير الى الله الغني حسين بن يوسف بن علي الوسطاني بكتابة الربع الثالث من الجامع الصحيح المسند تأليف الامام العالم الهمام ابى عبد الله محمد بن اسمعيل ابراهيم الجعفي البخاري الانصاري رحمة الله عليه رحمة واسعة يوم الخميس ثامن جمادى الاولى من سنة ثلث ثلثين و ثمانمائة فى بلدة الموحدين تبريز حماها الله عن الافات و يتلوه الربع الرابع مفتتحا بكتاب الذبائح و الصيد وفقه الله لاتمامه كتابه و تصحيحا و عملابه كما وفقه لاتمام ثلثة ارباعه و الحمد الله رب العالمين خير خلقه محمد و اله اجمعين.

269-raqamdagi nusxa tavsifi. Asar nasx yozuvida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy tomonidan köçirilgan. Qölyozmaning 1a varağida yuqorida keltirilgan muhrlar mavjud [7: 1a].

Asarning boşlangan qismi “Ov va qurbonlik kitobi” (“Kitabul zabaih vas soydu”) 5475-hadisdan boşlangan.

 

… تُنْطَحُ الشَّاةُ فَمَا أَدْرَكْتَهُ يَتَحَرَّكُ بِذَنَبِهِ أَوْ بِعَيْنِهِ فَاذْبَحْ وَكُل حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ عَنْ عَامِرٍ عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ… [7: 1b]

 

Oxirgi qismi esa, “Juma kitobi” (“Kitabul jumuʼati”) 7563-hadisda tugallangan.

… قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلِمَتَانِ حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ. [7: 266b]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sağoniy xati bilan yozilgan nusxasidan hijriy 833/1430-yil şavvol oyining oxiri, Tabriz şahrida köçirdim” [7: 266b], deya keltirgan.

قد وقع الفراغ بعون الله و حسن توفيفه من كتابة الصحيح المسند للامام العالم امام الدنيا ابى عبد الله محمد بن اسمعيل الجعفي البخاري الانصاري على الله درجته من النسخة المنقولة عن النسخة المحررة بخط الامام العلامة رضي الدين الحسن بن محمد الصغاني رحمة الله على يدى العبد الفقير الى الله الغني حسين بن يوسف بن على الوسطاني عفاالله عنه و عن والديه و احسن اليهما و اليه اواخر شوال سنة ثلث و ثلثبن و ثمانمائة ببلدة الموحدين تبريز حماها الله عن الافات و الحمد الله رب العالمين و الصلوة و السلم على خير خلقه محمد و اله اجمعين.

Asarning 267a varağida qayd etilgan samoʼ yozuvida mazkur nusxaning “Sahihul Buxoriy” asariga tegişli ekani hamda uning Imom Buxoriyga muttasil sanad orqali yetib borişi haqida maʼlumot berilgan. Unda Şamsiddin Muhammad ibn Şayxina Said Abu Ishoq Karim ibn Laziz ibn Ahmad Ansoriy Jaliliy Maqdisiyga uşbu asarni töliq öqib bergani qayd etilgan. Şuningdek, Abu Hasan Ali Aʼloul Barr ibn Amir Hasan ibn Aʼloul Moridiy Maqdisiy mazkur nusxaning rivoyati va sanadi muttasil hamda işonçli ekanini tasdiqlagani, şu bilan birga, bu haqda samoʼ majlisida iştirok etgan öttiz nafar şayxning ham xabardor qilingani zikr qilingan [7: 267a].

Mazkur nusxaning 266b-268b varağida Şayx Jalil Abu Hasan Ali ibn Mardiniy ön uç yil davomida Ramazon oyining Qadr keçasida öqib tugatgani haqida qaydlar mavjud. Bu yerda faqat birgina arabiy matn keltirilgan bölib, unda: “Allohning bir faqir quli “Sahih”ning boşidan oxirigaça ramazon oyining 27-kuni 901/1496-yil, ramazon oyining 13-kuni 902/1498-yil, ramazon oyining 13-kuni 903/1498-yil, ramazon oyining 17-kuni 904/1499-yil, ramazonning 27-kuni 905/1500-yil, ramazon oyining 13-kuni 906/1501-yil, ramazon oyining 29-kuni 907/1502-yil, ramazon oyining oxirgi ön kunligida 908/1503-yil, ramazon oyining 28-kuni 909/1504-yil, ramazon oyining 27-kuni 910/1505-yil, ramazon oyining 27-kuni 911/1506-yil, ramazon oyining 27-kuni 912/1507-yil, ramazon oyining 27-kuni 913/1508-yili Mardin şahrida “Masjidul Aqso”da öqib tugatdim”, deya taʼkidlangan [7: 266b-268b].

بلغ قراة من اول الصحيح الاخر العبد الفقير الى الله تعالى على بن حسن المارديني فى سنة ثلاث و تسعمائة برباط الماردانية فى العشر الثالث فى شهر رمضان العظيم قدره و الحمد الله وحده و صلواته على سيدنا محمد و اله و صحبه و سلام الحمد الله رب العالمين.

Xulosa qilganda, Abu Hasan Sağoniy Makkada Burhoniddin Abufutuh Nasr Husriy, Yamanda Nazzam Muhammad ibn Hasan Marğinoniy, Qozi Saʼdiddin Halaf ibn Muhammad Kardariy, Abu Muhammad ibn Javziydan hadis, fiqh, grammatika va aruz ilmidan saboq olib, kamolotga yetgaç, “Sahihul Buxoriy”ni köçirgan. Abu Hasan Sağoniydan Qozi Sulaymon ibn Hamza, Solih ibn Abdulloh Köfiy ibn Sobah, Hofiz Şarifiddin Dimyatiy, Iʼziddin Abulfazl ibn Vazir ibn Alqamiy dars olgan va hadis rivoyat qilgan.

Abu Hasan Sağoniyning luğat, arab tili, hadis ilmiga oid asarlari bugungi kunda Turkiya, Suriya, Fransiya, Britaniya, Hindiston, Eron, Misr kutubxona fondlarida saqlanadi.  

 

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
  1. Alamul mahtutot van Navadir. – Dubay. – 488-518.
  2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D0%B8%D0%BC%D0%B1%D0%B0%D1%82%D1%83%D1%80
  3. Madad Qadri. Life and works of al-Imam al-Saghani al-Lahori. (Monography) – Hydarabad: Sind university researç journal. 1966. – P. 67-80
  4. №266 Domod Ibrohim Poşo fondi. 238a
  5. №267 Domod Ibrohim Poşo fondi. 1a
  6. №268 Domod Ibrohim Poşo fondi. 280a
  7. №269 Domod Ibrohim Poşo fondi. 266b
  8. Abu Bakr Ahmad ibn Ali Xatib Hofiz Bağdodiy. Tarix Bağdod av Madinat as-Salom. 14 jildli. – Bayrut: Darul kutub al-ilmiyya, 1997.
  9. Abu Saʼd Abdukarim ibn Muhammad ibn Mansur Samʼoniy Tamimiy. Al-Ansob. 5 jildli. Abdulloh Umar al-Borudiy tahriri ostida. – Bayrut: Dorul fikr,
  10. Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubuğo Suduniy Tojut-tarojim. – Bayrut: Darul qolam matbaa, 1992. – B.155; Şamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyar aʼlamun nubalo. J.23. – B. 284.
  11. Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubuğo Suduniy. Tojut tarojim. – Bayrut: Darul qolam matbaa, 1992. – B. 155-156.
  12. Ibn Said. Ad-Dur at-tamin. – B-344; Ibn Fuvati. Talxis majmua al-adab fi muʼjamul alqob. – B. 490.
  13. Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy. Al-favoid al-bahiya fi tarojimi al-hanafiya. – Misr: Huququl matbaa mahfuza, 1906. – B. 5
  14. Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy. Al-favoid al-bahiya fi tarojimi al-hanafiya. – Misr: Huququl matbaa mahfuza, 1906. – B.53; Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubuğo Suduniy. Tojut tarojim. – Bayrut: Darul qolam matbaa, 1992. – B. 155.
  15. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy. Kitob al-qand fi zikr ulamo Samarqand / Nazar Muhammad al-Faryobiy tahriri ostida. – Saudiya Arabistoni: Maktabatul-Kavsar,
  16. Hoji Xalifa. Kaşf az-zunun an asami al-kutub va-l-funun. 2 jildli. – Istanbul, 1941-43.
  17. Şamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyar aʼlamun nubalo. J.23. – B.282-283; Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy. Al-favoid al-bahiya fi tarojimi al-hanafiya. – Misr: Huququl matbaa mahfuza, 1906. – B. 63.
  18. Şamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Siyar aʼlomun nubalo. 23 jildli. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1992.
  19. الاضداد للصغانى بين تقاليد الاستشراقية و العربية Majallatu Maʼhad al-Mahtutotil arabiyya, 1437/2015. – Kahire. – P. 193-218.
  20. توظيف المثل عند الصاغاني فى مقدمة العباب الزاخر و الباب الفاخر Majallatud dirosatil luğaviya. – Riyad, 1434.

 

Iroda DAURBEKOVA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy xodimi

Ixtiyor QUŞŞAQOV

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy xodimi

«MOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING ŞAKLLANIŞI» MAVZUSIDA ÖTKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA TÖPLAMIDAN OLINDI.

Check Also

BAĞRIKENGLIK – ISLOMNING ASOSIY QADRIYATLARIDAN

Bugungi kunda dunyoda tinçlik va barqarorlikka tahdid solayotgan muammolar tobora köpayib, insonlarning osuda hayotiga xavf …