Home / MAQOLALAR / IMOM BUXORIY QARAŞLARIDA DINIY BAĞRIKENGLIK

IMOM BUXORIY QARAŞLARIDA DINIY BAĞRIKENGLIK

Markaziy Osiyo ğoyat xilma-xil din, madaniyat va turmuş tarzi tutaşgan hudud hisoblanadi. Özbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boşqa dinlar yonma-yon yaşab rivojlangan va bu jamiyatning maʼnaviy yuksalişiga muayyan hissa qöşgan. Respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yurtimiz istiqlolga erişgan dastlabki kunlardan boşlab diniy bağrikenglik davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilandi.

Diniy bağrikenglik, inson qadr-qimmatiga hurmat, millatlararo totuvlik va turli eʼtiqod vakillari bilan tinç-totuv yaşaş islom dinining muhim axloqiy tamoyillaridan hisoblanadi. Buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hadis ilmidagi merosi ham uşbu qadriyatlarni anglaş va ularni hayotga tatbiq etişda muhim manba bölib xizmat qiladi.

Bugungi globallaşuv davrida turli din, millat va madaniyat vakillari bilan tinç-totuv yaşaş, özaro hurmat va bağrikenglik tamoyillariga amal qiliş jamiyat barqarorligining muhim omillaridan sanaladi.

Hozirgi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun mintaqamizda tinçlik va barqarorlikni saqlaş hamda diniy bağrikenglikni taʼminlaş borasida Prezidentimiz yuritayotgan siyosat jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilmoqda.  Albatta, muqaddas dinimizda bu siyosatning mustahkam poydevori mavjud. Islom dini özining ilk davridayoq insonlarni ezgulik, adolat, mehr-oqibat va bağrikenglikka çorlaydigan bağrikenglik dini sifatida namoyon böldi. Jahon dinlari içida faqat islomda eʼtiqod erkinligi oçiq-oydin eʼlon qilingan. Muqaddas dinimiz insonlarni eʼtiqodga majburlaşni qoralaydi. Baqara surasining 256-oyatida “La ikraha fid-din” “Dinda majburlaş yöq” deb taʼkidlangan.

Şu maʼnoda, diniy bağrikenglik nafaqat boşqa din vakillariga toqat qilişni, balki ular bilan munosabatlarni yaxşilaş, haq-huquqlarini hurmat qiliş lozimligini ham anglatadi. Bu esa, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaşga katta hissa qöşadi.

Qurʼoni karimning Oli Imron surasi, 84-oyatida payğambarlarning öziga xos şajarasi quyidagi tarzda keladi: “Allohga, bizga nozil qilingan narsa  – Qurʼoni karimga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yoqub va (uning) avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barça payğambarlarga Parvardigori tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. (Tasdiqlaşda) Ularning orasini birortasini ajratmaymiz va Uning özigagina böyin sinuvçilarmiz”.

Islom dini insonlarni millati, tili, ijtimoiy kelib çiqişi yoki eʼtiqodidan qatʼi nazar, insoniy qadr-qimmatini hurmat qilişga çaqiradi. Qurʼoni karimning Hujurot surasi, 13-oyatida: “Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanişişingiz uçun sizlarni xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Alloh nazdida eng hurmatliroğingiz taqvodorroğingizdir”, deb marhamat qilinadi.

Uşbu oyatda insonlar örtasidagi farqlar ustunlik yoki kamsitiş uçun emas, balki bir-birini taniş, anglaş va hamkorlik qiliş uçun ekani bayon etilgan.

Diniy bağrikenglik masalasida buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ilmiy merosi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Alloma nafaqat hadis ilmining buyuk namoyandasi, balki öz asarlari orqali musulmonlarni yuksak axloq, adolat, mehr-oqibat va insoniylikka çorlagan uluğ mutafakkir allomadir. Uning “al-Jomeʼ as-sahih” asarini diqqat bilan örgansak, unda insonlar örtasidagi munosabatlar, qöşniçilik haqlari, mehmonni hurmat qiliş, yetimlarga ğamxörlik, ota-onaga yaxşilik, zulmdan saqlaniş va boşqa köplab axloqiy masalalarga alohida eʼtibor qaratilganini köramiz. Şu bilan birga, Imom Buxoriy ilmiy merosida diniy bağrikenglik masalasi ham aks etgan.

Albatta, Imom Buxoriy asarlarida bugungi zamonaviy maʼnodagi “diniy bağrikenglik” atamasi alohida nazariy tuşunça sifatida işlatilmagan. Biroq u zot özi jamlagan hadislar va ularni tanlaş va muayyan boblarga joylaştiriş orqali insonparvarlik, adolat va boşqa eʼtiqod vakillariga nisbatan hurmat kabi tamoyillar ahamiyatini körsatgan.

Masalan, “Sahihul Buxoriy”ning “Odob kitobi”da qöşniga ozor bermaslik haqidagi hadis keltiriladi. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, qöşniga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, yaxşi gap aytsin yoki jim tursin”, deganlar(Imom Buxoriy, “аl-Jomeʼ as-sahih”, 6018-hadis).

Bu hadisda qöşniga ozor bermaslik imon bilan boğliq holda bayon qilingan. Qöşnining dini, millati yoki ijtimoiy mavqeiga qarab unga ozor berişga ruxsat berilmagan. Demak, insonning yaxşi qöşni bölişi uning faqat öz dindoşlariga emas, balki atrofidagi barça insonlarga nisbatan munosabatida namoyon böladi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar orasida boşqa din vakillariga nisbatan hurmat va insoniy munosabatni ifodalovçi ibratli voqealar öz ifodasini topgan. Bunga “Sahihul Buxoriy”da keltirilgan quyidagi hadis misol böla oladi: Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan janoza olib ötildi. Şunda u zot örinlaridan turdilar. Sahobalar ham u zot bilan birga turdilar. Ular: “Ey Allohning Rasuli, bu yahudiyning janozasi-ku”, deyişdi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U ham inson emasmi?!” dedilar(Imom Buxoriy, “al-Jomeʼ as-sahih”,  1311-hadis).

Bu voqea inson qadr-qimmatiga bölgan hurmatning neçoğlik yuksak ekanini körsatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mazkur munosabatlari insonga uning dini yoki eʼtiqodidan qatʼi nazar, avvalo, inson sifatida qaraş lozimligini örgatadi.

Yana bir ibratli hodisa Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilib yurgan bir yahudiy bola kasal bölib qolgani, Payğambarimiz uni körgani borganlari bayon qilinadi. U zot bolaning boş tomonida ötirib, uni islomga daʼvat qiladilar. Bola otasiga qaraydi. Otasi esa unga Abu Qosimga itoat qilişni aytadi. Bola islomni qabul qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u yerdan çiqib: “Uni dözaxdan qutqargan Allohga hamd bölsin”, deydilar(Imom Buxoriy, “al-Jomeʼ as-sahih”, 1356-hadis).

Bu hodisada ham ulkan ibrat bor. Payğambarimiz alayhissalom özlariga xizmat qilgan bolaning bemor bölib qolganda holidan xabar oliş uçun uning uyiga borganlar. Uning yahudiy ekani bu insoniy munosabatga tösiq bölmagan.

Mazkur voqealardan anglaşiladiki, islom dini insonlarga mehr körsatiş, ularning holidan xabar oliş, kasal bölganda ziyorat qiliş, qiyinçilikda yordam beriş kabi fazilatlarni yuksak qadrlaydi. Bundan taşqari, “Sahihul Buxoriy”da “Kitobu ahodisil anbiyo–Payğambarlar hadislari kitobi” mavjud. Asar tarkibidagi mazkur kitobda avvalgi ötgan payğambarlar rivoyatlari keltirilgan. Şuningdek, Payğambarlar tavhidga asoslangan din deb atalmiş yagona binoning ğiştlari kabi ekani va u zot sollallohu alayhi vasallam özlarini bu binoga qöyilgan eng sönggi ğişt kabi, eng sönggi payğambar ekani aytiladi (3534-3535-h). 

Imom Buxoriy keltirgan uşbu hadislar bugungi jamiyatimiz uçun ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, hozirgi globallaşuv, axborot oqimining tezlaşişi va turli qaraşlar örtasidagi munosabatlar murakkablaşib borayotgan bir şaroitda bu hadislar ahamiyati yanada ortib bormoqda.

Bu borada Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislardan kelib çiqadigan bir neça muhim xulosalarni aytiş mumkin.

Birinçidan, boşqa din vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda böliş lozim. Insonning eʼtiqodi boşqaça ekani uni kamsitiş, haqorat qiliş yoki unga nisbatan adolatsizlik qiliş uçun asos böla olmaydi.

Ikkinçidan, qöşniçilik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlaş zarur. Qöşnining millati va dinidan qatʼi nazar, uning haq-huquqlarini hurmat qiliş, tinçligi va osoyiştaligiga daxl qilmaslik musulmon axloqining muhim talabidir.

Uçinçidan, söz odobiga rioya qiliş kerak. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli din va mazhablar haqida haqoratomuz, adovatni qözğatuvçi fikrlar tarqatilişi uçrab turibdi. Bunday holatlar jamiyatda işonçsizlik va nizolarni keltirib çiqarişi mumkin.

Törtinçidan, turli eʼtiqod vakillari bilan muloqotda bilim, hikmat va odobni ustuvor qöyiş lozim. Fikrlar xilma-xilligiga toqat qiliş, bir-birini tinglaş va özaro tuşunişga intiliş jamiyat barqarorligining muhim omillaridandir.

Bugungi kunda ayrim insonlar diniy bağrikenglikni soğlom eʼtiqoddan voz keçiş sifatida talqin qilmoqda. Avvalo, diniy bağrikenglik bilan diniy eʼtiqodga sodiqlik örtasidagi munosabatni töğri tuşuniş kerak. Bu dolzarb masala hisoblanadi. Baʼzi  insonlar tomonidan diniy bağrikenglik tuşunçasi notöğri talqin qilinib, öz diniy eʼtiqodidan voz keçiş sifatida tuşuniladi. Aslida esa bunday emas.

Diniy bağrikenglik – öz eʼtiqodini mustahkam saqlagan holda, boşqa eʼtiqod vakillarining ham haq-huquqlarini hurmat qiliş, ularga adolatli munosabatda böliş va tinç-totuv yaşaşdir.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam va sahobalar hayotlarini örganar ekanmiz, ular jamiyatda nosorolar bilan ham, yahudiylar bilan ham tinç-totuvlikda, özaro muloqotda yaşaganini guvohi bölamiz. Bu iş ularning eʼtiqodiga taʼsir qilmagan. Aslida mana şunday yöl tutiş islomiy eʼtiqod buyurgan amallardan biridir.

Demak, haqiqiy musulmonlik faqat ibodatlarni ado etiş bilangina emas, balki insonlar bilan munosabatda adolatli, insofli va bağrikeng böliş bilan ham namoyon böladi.

Hozirgi kunda diniy mutaassiblik, ekstremizm va murosasizlik dunyodagi tinçlik va osoyiştalikka tahdid solmoqda. Bunday şaroitda Imom Buxoriy merosini örganiş muhim ahamiyatga ega. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislarda esa inson tili va xatti-harakatlariga masʼuliyat bilan yondaşişga alohida eʼtibor berilgan.

Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, yaxşi gap aytsin yoki jim tursin”, degan hadislari bugungi axborot makonida ham katta ahamiyatga ega.

Zero, ijtimoiy tarmoqlarda bir oğiz öylamay aytilgan söz, asossiz ayblov yoki haqorat minglab insonlar örtasida nizo keltirib çiqarişi mumkin. Şuning uçun diniy mavzuda fikr bildirişda Qurʼon va sunnat körsatmalariga, ulamolar ilmiy merosiga tayaniş, tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik, odamlar qalbiga adovat soladigan gaplardan saqlaniş lozim.

Imom Buxoriy merosi nafaqat özbek xalqi, balki butun musulmon ummati va insoniyat maʼnaviy taraqqiyoti uçun ulkan boylikdir. Uning “al-Jomeʼ as-sahih”, “al-Adab al-mufrad”, “at-Tarix al-kabir” kabi asarlari bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Ayniqsa, “al-Adab al-mufrad” asarida ota-onaga yaxşilik qiliş, qarindoşlik riştalarini mustahkamlaş, qöşni haqqi, bolalarga mehr körsatiş, bemorlarni ziyorat qiliş, insonlar bilan xuşmuomala böliş kabi masalalar keng yoritilgan.

Şuningdek, Imom Buxoriy hadislarini zamonaviy tilda şarhlab, yoşlar uçun tuşunarli risola, maqola, videomaterial va taʼlimiy dasturlar tayyorlaş muhimdir. Bizning vazifamiz Imom Buxoriy nomini faqat tarixiy faxr sifatida tilga oliş emas, balki u zotning ilmiy va maʼnaviy merosini kundalik hayotimizga tatbiq etişdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, Imom Buxoriy ilmiy merosi islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini oçib beradi. U kişining hadislar orqali yetkazgan taʼlimoti insonlarni tinçlik, bağrikenglik va özaro hurmatga çorlaydi. Zero, buyuk muhaddis Imom Buxoriy ilmiy merosi bizga nafaqat hadislarni örganiş, balki ulardagi hikmatlarni anglab, hayotimizga tatbiq etişni ham örgatadi.

Nodir QOBILOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

MOVAROUNNAHRDA ISLOM SIVILIZATSIYASI ŞAKLLANIŞIDA HADISLARNING AHAMIYATI

Movarounnahr – Sirdaryo va Amudaryo oraliğida joylaşgan tarixiy-geografik hudud bölib, hozirgi Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston …