“Umuman, biz jadidçilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini çuqur örganişimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qança köp örgansak, bugungi kunda ham bizni taşvişga solayotgan juda köp savollarga töğri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qança faol tarğib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz bugungi tinç va erkin hayotning qadrini anglab etadi”. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev
Kiriş. Bugungi kunda jadid harakatini çuqur örganiş, öşa davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng tarğib qiliş davlatimizning doimiy diqqat eʼtiborida bölib kelmoqda. Yurtboşimiz tomonidan 2020-yil 30-sentyabrda imzolangan “Maʼrifatparvar jadidçilik harakati namoyandalarini mukofotlaş töğrisida”gi Farmonda ham jadidlar faoliyati yana bir bor eʼtirof etilgan edi. XX asr boşlarida özining maʼrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy taʼlim-tarbiya tizimini yaratiş hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlaşga qöşgan beqiyos hissasi uçun Abdulla Avloniy, Mahmudxöja Behbudiy, Munavvar qori Abduraşidxonovlar “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlangan. Şu asosda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli Qarori bilan Samarqand davlat muzey-qöriqxonasi filiali sifatida Samarqand şahridagi Mir Said Baraka köçasi 47-uyda Mahmudxöja Behbudiy uy-muzeyi 2021-yil 18-okytabrdan rasman öz faoliyatini boşladi [1].
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 3-yanvarda eʼlon qilingan “Turkistonda jadidçilik harakatining asosçisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noşir va pedagog Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nişonlaş töğrisida” gi qarori ham jadid namoyondalariga bölgan eʼtiborining davomidir.
Körinib turibdiki, jadidçilik harakati va uning mohiyati bugungi kun uçun ham dolzarb va ahamiyatlidir. Turkiston XIX asr oxirida Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilib, mustamlaka zulmini boşidan ötkazayotgan mintaqa edi. Şunday şaroitda jadidçilik milliy harakatining vujudga kelişi muhim tarixiy hodisa böldi. Bu harakat, birinçi navbatda, ijtimoiy va siyosiy: Vatan ozodligi, demokratik tartibni örnatiş, mamlakatga barça sohalarda zamonaviylikni olib kiriş kabilarni özining asosiy vazifasi deb bilgan.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Jadidçilik harakati va Mahmudxöja Behbudiyga oid dastlabki tadqiqotlar uning vafoti munosabati bilan Hoji Muin, Fitrat, Çölpon, Sadriddin Ayniy, Vadud Mahmud va Rojiylar tomonidan eʼlon qilingan maqola, şeʼr va marsiyalar hisoblanadi. Sovet davrida xalqning iftixor tuyğusini uyğotuvçi milliy qahramonlar, adiblar, olimlar, xususan, Behbudiyning nomi majburiy unuttirildi. Ayrim tadqiqotlarda Behbudiyning işlari qoralab körsatildi, xolos. Şuningdek, “Özbek sovet ensiklopediyasi” naşr etilişi munosabati bilan Behbudiy haqida maqola beriş masalasi kötarilgan. Ensiklopediya uçun S.Qosimov, H.Vohidov, A.Valiyev va boşqalar tomonidan maqolalar tayyorlangan bölsa-da, faqat S.Qosimov tomonidan yozilgan “Mahmudxöja Behbudiy” maqolasi qisqartirişlar bilan çop etilgan.
Keyingi yillarda tarixçi, adabiyotşunos va faylasuf olimlar N.Karimov, Q.Rajabov, S.Ahmedov, H.Saidov, D.Alimova, D.Raşidova, D.Jamolova, J.Yaxşilikov, Z.Abdiraşidov, N.Egamqulova, X.Aşurova va boşqalar Turkiston jadidlari otasining faoliyatiga tarixiy nuqtai nazardan baho berdi. Bundan taşqari, Samarqand jadidçiligi va Mahmudxöja Behbudiy faoliyatiga bağişlangan qöşni Tojikistonda amalga oşirilgan işlarni qayd etib ötiş joiz. Tojikistonlik tarixçilar N.Xotamov, I.Usmonov, M.Boqiyev, K.Rasulov, N.Ğafforovlarning tadqiqotlarida Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining vujudga kelişi, yönalişlari va uning tarixiy jihatlari tahlil qilingan bölsa, adabiyotşunos olimlar M.Şukurov (Şakuriy), R.Hodizoda, S.Tabarov, M.Rajabiy, M.Imomov, A.Maxmadaminov, M.Abdullayev, A.Azimov, A.Nabaviy, P.Gulmurodzoda, O.Salimzoda, A.A.Şexov asarlarida buxorolik maşhur jadidlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati tadqiq qilingan. Tojikistonlik faylasuflar G.Aşurov, B.Samiyev, Z.Ibrohimov tadqiqotlarida ham Turkiston jadidçiligining, xususan, Samarqand va Buxoro jadidçiligining falsafiy jihatlari örganilgan.
Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlarida Turkistonda jadidçilik harakatining vujudga kelişi, jadid namoyandalari, xususan, Mahmudxöja Behbudiy faoliyatiga bağişlangan tadqiqotlar amalga oşirilib, unga Boymirza Hayit, A.Zenkovskiy, Dj.Uiller, E.Bekon, H.Kare dʼEnkauz, E.Ollvort, H.dʼEkkos, S.Beker, L.Jeyms, Adib Xolid, I.Baldauf, Şimado Şizuo, Xisao Komatsularning monografiya va risolalarini kiritiş mumkin.
Tadqiqod metodologiyasi. Uşbu maqolani tayyorlaşda tarixiy tadqiqot metodlarining tarixiylik, muammoviy-xronologik va statistik tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiy izçillik, tizimlaştiriş kabi usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Turkistonda bosqinçi hukumat ölkani boşqariş uçun öz oldiga quyidagi maqsadlarni qöydi:
- Turkistonda ruslaştiriş siyosatini amalga oşiriş;
- Turkistonni xom aşyo manbaiga aylantiriş;
- Maorifini Rossiya manfaatlariga böysundiriş.
General-gubernatorlik maʼmurlari mustamlakaçilikning dastlabki yillaridayoq Turkistondagi maktab va madrasalar faoliyati bilan tanişib, ularning özi uçun ğoyatda xavfli ekanini anglab yetdi. Rossiya imperiyasi ruslaştiriş siyosatini aynan maorif sohasidan boşlab, öz dasturini işlab çiqişga kirişdi. Ayniqsa, Turkistonning birinçi general-gubernatori K.P. fon Kaufman bu sohada jonbozlik körsatdi. 1880-yildagi Imperiya davlat kengaşida fon Kaufman ruslar va mahalliy aholi bolalarini birgalikda tarbiyalaş masalasini kötardi. Şuningdek, musulmon va rus maktablarining ajralib turişini iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi [7:32]
Imperiya iqtisodiy siyosatida Turkistonni xom aşyo bazasiga aylantiriş, uni Rossiya mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turiş va tabiiy boyliklarni markazga taşib ketişni maqsad qilgan edi va u buni töliq amalga oşirdi. 1869 – 1896-yillari imperiya xazinasi Turkistondan 158 million rubl daromad olgan.
1880-1890-yillari aholidan olinadigan soliq ikki marta köpaygan. Soliqçilikka oid qonunga köra, umumiy olinadigan daromaddan qatʼi nazar, savdogar savdo qiliş huquqi uçun, hunarmand mahsulot işlab çiqariş huquqi uçun soliq tölaşga majbur bölgan. Narx navoning kötarilib tuşişi, milliy savdogar va hunarmandlar daromadi kamayib borişi soliq yiğişning yangi tartiblarida eʼtiborga olinmadi. Bu esa, 1890-yillarning boşi va örtalarida köplab norozilik çiqişlariga sabab bölgan [4:171].
Tub aholidan olingan soliqning 27 foizi şaharni yangi qismini obodonlaştiriş uçun sarflangan. Şaharning eski qismi atayin xarob ahvolda qoldirilgan. Şahar egalari, yurt egalariga oxirgi darajadagi kişilar sifatida qaralgan. 1907-yilning oxirida Turkistonda bölgan Abduraşid Ibrohim mustamlakaçilikning aççiq asoratlarini, Rossiya hukumati qöli ostidagi musulmonlarning oğir ahvolini körib, afsuslangan. Toşkent, Samarqand, Qöqon, Marğilon şaharlarining eski va yangi qismlarini taqqoslab, Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakaçilik siyosatini oçiq körsatib bergan. U ikki qismga ajratilgan şaharning Rossiya fuqarolari yaşaydigan qismini rus Toşkenti deb ataydi va: “Juda tartibli binolar va dökonlar, tartibli köçalar, ozoda yölaklar, elektr çiroqlar va hokazolar bor. Şaharning bu qismi Yevropa namunasidir”, deb taʼkidlaydi. Musulmon Toşkenti deb nomlagan Toşkentning Eski şahar qismi haqida esa: “500 yil oldin qanday bölsa hozir ham şundaydir. Bahor oyining boşida va kuzda şaharda bir uydan ikkinçi uyga yurişning iloji yöq, şu qadar loy bölib ketadiki, hatto baʼzi köçalardan hayvonlar ham öta olmaydi. Vaholanki, şahar öşa şahar, Toşkentdir. Maʼmuriyati bitta, daromadi bitta, aholisining köpçiligi musulmonlardir. Soliqlar musulmon uylaridan yiğiladi, lekin xarajatlar xristian köçalariga sarflanadi”, deb tanqid qilgan. Abduraşid Ibrohim bu holat faqatgina Toşkent uçun xos bölmay, Rossiya imperiyasi Turkistonning boşqa markaziy şaharlarida, jumladan, Samarqand, Marğilonda ham xuddi şu tartibda yöl tutganini qayd etib ötgan. Abduraşid Ibrohim: “Bunda haqiqiy masala köçalar yoki yölaklarda emasligi, balki Rossiya imperiyasi atayin şunday yöl tutib, xorijlik sayyohlar, mehmonlar, tadqiqotçilarga musulmonlarni yomonlab, ularni ojiz va kuçsiz qilib körsatiş, ğaflat uyqusida yotganini bildiriş, bundan taşqari, musulmonlarning şu holatda bölişiga islom dinini aybdor qilib körsatiş edi” [3:42], deb taʼkidlagan.
Turkiston general-gubernatorlarining ölkada yuritayotgan bunday siyosati esa mahalliy ziyolilar – jadidlar noroziligiga sabab böldi. Ular mustamlaka iskanjasida xarobaga aylanib borayotgan mamlakatining ozodligi uçun kuraş maydoniga çiqdi.
Amerikalik tarixçi Adib Xolid Turkistondagi jadidçilikning paydo bölişini Markaziy Osiyo jamiyatining evrilişi, rus bosqini hamda uning islom olami doxil butun dunyoni qayta taqsimlaşga bölgan harakati natijasida zamonaviylikka zamonaviy “javob” sifatida şakllangan, deb hisoblaydi. Yangilik yoyiş orqali “zamonaviy va şu bilan bir qatorda, musulmonçilikni mahkam uşlagan va Turkistonga sodiq bölgan yangi elita” yaratişga va buning natijasida zamonaviy dunyoda mintaqaning manfaatlarini himoya qilişga şay bölgan turkistonlik jadidlar va ularning izdoşlarini ajratib körsatişga harakat qilgan.
Jadidçilikning tuğiliş, şakllaniş va mağlubiyatga uçraş davrlari bölib, ularni şartli ravişda törtga böliş mumkin. Turkiston, Buxoro va Xorazm hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni öz içiga oladi [2:519].
Öşa davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir öğli (Dukçi Eşon) xalqqa qarata öz “Xitobnoma”si (1898)da yaxşi bayon qilgan.
Millat istiqbolini öylovçi taraqqiyparvar kuçlar hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar, mulkdorlar, ulamolar – xalqning deyarli barça tabaqalari orasida mavjud edi. Taraqqiyparvarlar dastlab Rossiya imperiyasiga qarşi kuraşni xalqni asriy qoloqlikdan uyğotiş – siyosiy-maʼrifiy jabhadan boşlaşga qaror qildi. Jadidçilik harakati ana şunday tarixiy bir şaroitda Turkiston mintaqasida rivojlaniş uçun öziga qulay zamin topdi.
Jadidlar Turkistonning taraqqiy etişi uçun turli yöllarni yeçim sifatida kördi. Ular rivojlangan mamlakatlardagi taraqqiyotga nazar solgan holda Turkistondagi özgarişlar bilan soliştirdi. Bu qiyoslaş millat ahvolini kengroq va çuqurroq biliş, mulohaza qiliş va xulosa çiqariş imkonini berdi. Mahmudxöja Behbudiy “Ehtiyoji millat” maqolasida maktabni taraqqiyotga erişişning eng birinçi yeçimi sifatida körgan: “Boşqa millatga qaralsa, körilur-ki”, muntazam maktablari bor. Va u maktabda diniy ilm ustinda dunyoviy ilm va fanlar ham öqilur. Çunki dunyoda turmak uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilm va fanidan bebahra millat boşqa millatlarğa poymol bölur…” [5:384].
Jadidlar Turkistonning juda boy mamlakat ekanini yaxşi bilgan. Bu boyliklarning harakatsiz yotişi, birovlar manfaati uçun işlatilişini millatning uquvsizligida deb körsatadilar. Ular öz millati buyukligini isbotlaş uçun tarixga murojaat qilgan. Ötmişdan millatning faxrli, soğlom ildizlari mavjud ekanini körsatib bergan.
Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uçun kuraşida asosan quyidagi yönalişlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmoğini kengaytiriş; qobiliyatli yoşlarni çet elga öqişga yuboriş; turli maʼrifiy jamiyat va teatr truppalari tuziş; gazeta va jurnallar çop qiliş, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltiriş bilan Turkistonda milliy demokratik davlat quriş. Jadid ziyolilarining kuçli partiyasi taşkil qilingan taqdirdagina bu işlarni amalga oşiriş mumkin edi.
Jadidçilikning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bölgan:
- Turkistonni örta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etiş;
- şariatni isloh qiliş, xalqqa maʼrifat tarqatiş;
- Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etiş uçun kuraş; Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinçalik demokratik respublika tuzumini örnatiş orqali ozod va farovon jamiyat quriş;
- barqaror milliy valyutani joriy qiliş;
- milliy qöşin tuziş.
Toşkent, Farğona, Buxoro, Samarqand va Xorazmda hur fikrli va taraqqiyparvar kişilarning ayrim guruhlari tomonidan oçilgan madaniy-maʼrifiy yönalişdagi jamiyat va uyuşmalardan jadidçilik harakati şakllandi.
1906-yil 17-sentyabrda Toşkent şahrining sarmoyadorlari va jadidlari Kökaldoş madrasasida töplanib, xayriya jamiyati tuzişga qaror qilgan. Oradan uç yil ötib, Munavvarqori Abduraşidxonov va Abdulla Avloniy taşabbusi bilan Toşkentda 1909-yili “Jamiyati imdodiya”ga asos solingan. Möminjon Muhammadjon öğli jamiyat va uning taʼsisçilari haqida quyidagilarni yozgan: “Jamiyati imdodiya otliq bir kömak jamiyati bor edi. Buni boşlab oçuvçilar: 1) Munavvarqori Abduraşidxon öğli, 2) Başirullaxon Asadulloxöja öğli, 3) Mulla Abdulloh Avloniy, 4) Nizomqori mulla Husayn öğli, 5) Toşxöjahoji Tuyoqboy öğillari ekanlar” [6:211].
“Jamiyati imdodiya”ning maqsadi:
- Beva, kambağal, nogironlarni tarbiyalaş;
- köça hamda bozorlarda gadoylik va boşqa behuda işlar qilib yuruvçilar uçun kambağalxona, yetimxona, oşxona, çoyxona, yotoqxonalar oçiş;
- muhtojlarga lozim bölganda pul, ovqat, kiyim berib turiş;
- vaqfsizlikdan, tarbiyaçi yöqligidan huvullab qolgan maktab va madrasalarni isloh qiliş, mudarris va şogirdlarga pul tayin qilib, obodonlaştiriş;
- kambağal, muhtoj mudarris va öquvçilarga yordam beriş, özi öqişga qodir böla turib, moddiy yetişmovçilikdan öqiy olmay qolgan talabalarning ilm olişiga yordam berişdan iborat bölgan.
Xayriya jamiyati taşkil topgan davrida asosiy mablağini isteʼdodli yoşlarni xorijda öqitişga sarflagan bölsa, 1911-yili kambağalxona taşkil etişga 1100 söm mablağ ajratgan. Kambağalxona 10 kişiga möljallangan bölib, unda yaşovçi kişilarning bir yillik xarajati, jumladan, har bir kişining ovqati, kiyim-keçagi, ötin, idiş-tovoq, xona jihozlari kabilar narxi hisoblab çiqilgan. Şuningdek, jamiyat yetim va faqir bolalar taʼlimi uçun 1344 söm mablağ ajratgan. Toşkent şahrining tört dahasidan 40 nafardan 160 nafar bolaning boşlanğiç taʼlimi va öquv qurollari uçun işlatilgan. 1911-yil boşida jamiyatga moddiy yordam sörab ariza yozgan kambağallarga ham yillik 140 söm berilgan. Bu mablağ 1914-yili 194 sömni, 1915-yili esa 500 sömni taşkil qilgan [8:56].
Xayriya jamiyati maktablarning moddiy taʼminotini yaxşilaş uçun ham mablağ ajratgan. Jumladan, 1914-yili “Kök masjid” mahallasidagi Abdullaxon Ibrohimxon öğli boşçilik qilayotgan maktabga 120 söm hamda “Kallaxona” mahallasidagi Muhammadsayid Muhammadmuso öğli maktabiga 80 söm, “Devonbegi” mahallasidagi Eşonxöja Honiy maktabiga 150 söm, “Taxtapul” mahallasidagi Sobirjon va Şokirjon Rahimiylarning maktabiga 100 söm hamda “Tarnovboşi” mahallasidagi Munavvarqori maktabiga 350 söm berilgan.
“Jamiyati imdodiya” boylar tomonidan beriladigan pulni xayriya işlariga sarflaş bilan çeklanmay, özi ham turli tadbir, jumladan, teatr tomoşalari qöyiş orqali ham pul jamğargan.
1913-yil oxirlarida “Jamiyati imdodiya” negizida “Turon” jamiyati tuzilgan. Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxöjayev, Toşpölatbek Norbötabekov, Komilbek Norbekov, Muhammadjon Podşoxöjayev, Kattaxöja Boboxöjayev, Başrillaxon Asatillaxöjayev, Nizomiddin Asomiddinxöjayev, Karimbek Norbekovlar uning taʼsisçilari bölgan [10:104].
Jamiyat aholi örtasida sahna işlari va xayriyaga jiddiy munosabat hamda muhabbatni rivojlantiriş; xalq uçun spektakl körsatiş, unga soğlom ruhdagi tomoşa beriş, keçalar, konsertlar, spektakllar va boşqa ommaviy tomoşalarni ötkaziş; Turkiston ölkasi hududida yaşovçi muhtoj musulmonlarga moddiy yordam berib, ularning ahvolini moddiy va maʼnaviy jihatdan yaxşilaşni maqsad qilgan. “Turon” jamiyati öz binosiga va “Toşkent şahridagi Turon nomli musulmonlar drama sanʼati havaskorlar jamiyati”, deb yozilgan xususiy muhriga ega bölgan [15:54].
Farğona vodiysida ham jadidlarning köplab taşkilotlari mavjud edi. Masalan, Andijonda “Taraqqiyparvar” va “Padarkuş” yaşirin taşkilotlari (Rossiya imperiyasi oxrankasi hujjatlarida yaşirin siyosiy partiyalar deb nomlangan) ham faoliyat körsatgan. Bu jihatdan olganda, taraqqiyparvar Mirza Abdulqodirbek Mirza Ahmad Quşbegiyevning “Taraqqiyparvar” jamiyati ğoyalari oçerki” (1916-yil 22-noyabrda yozilgan) deb nomlangan maʼlumotnomasi diqqatga sazovordir. Unda körsatilişiça, “Taraqqiyparvar” jamiyatining boş ğoyasi yoş turklarning taraqqiyotiga taqlid qilişdir. Ularning maqsadi xalqqa siyosiy va içki erkinliklar berişdan iborat. Ular aholi orasida siyosat va din sohasida harakat qilişga katta eʼtibor qaratgan.
1909- yilda Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim, Ahmadjon Hamdiy, Hamidxöja Mehriy, Hoji Rofe, Mukammal Burhonovlar Buxoroda “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) nomli yaşirin jamiyat tuzgan [11:271].
“Tarbiya atfol” jamiyati öz faoliyati davrida quyidagi işlarni amalga oşirgan:
Birinçidan, ilmga çanqoq yoşlarga har jihatdan: ham iqtisodiy, ham maʼnaviy yordam körsatgan. Jamiyat Turkiya hamda Rossiyaning Qozon, Ufa, Boğçasaroy şaharlariga öquvçilar yuboriş masalasiga alohida eʼtibor bergan. Istanbul şahrida taʼlim olayotgan buxorolik talabalar soni 1911-yilda 15 ta, 1912- yilda esa 30 dan oşgan.
Ikkinçidan, jamiyat Turkiya va Eron hamda Rossiya musulmon şaharlarida naşr qilinadigan matbuot namunalari bilan buxoroliklarni taniştirib borişga katta eʼtibor berdi. Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligining har qanday taʼqib va tösiqlariga qaramay, jamiyatning saʼy-harakati bilan bunday naşrlar amirlikda ham keng tarqala boşladi.
Uçinçidan, hamma jadid mutafakkirlari kabi “Tarbiyai atfol” jamiyati aʼzolari örinsiz sarf-xarajatlar (töy va maʼrakalarga sarf qilinadigan katta-katta xarajatlar) va isrofgarçiliklarga qarşi çiqdi. Bunday mablağlarni farzandlar tarbiyasiga, ularni çet ellarda öqitiş uçun sarf qilişga daʼvat etdi. Uşbu jamiyat 1914-yil martda “Maʼrifat” şirkati tuzadi va 1915-yil 22-dekabrda amir Olimxon bu jamiyat ustavini tasdiqlab beradi. Bu şirkat kitob savdosi bilan şuğullangan. Usuli jadid maktablarini darslik va öquv qöllanmalari bilan taʼminlaş jamiyatning birlamçi vazifasi hisoblanar edi [14:29].
“Tarbiyai atfol” jamiyati öz faoliyatining dastlabki yilidayoq bir guruh yoşlarni Istanbulga öqişga yubordi. Turkiyada taʼlim olişdan maqsad ölkadagi “usuli jadid” maktablari faoliyatini yanada takomillaştiriş, “usuli tadris”ning ham amaliy, ham nazariy asoslarini işlab çiqiş, darsliklar, öqituvçilar uçun uslubiy qöllanmalar yaratiş edi. Turklarning “usuli savtiya” metodida ilk bor yaratilgan Ahmad Midhatning “Xojai avval” (1868-yil) alifbosi hamda Ismoilbek Gaspirinskiyning “Xöjai sibyon” darslik-alifbosidan Buxoro jadid maktablarida dastlab darslik sifatida foydalanilgan bölsa, keyinçalik şular asosida mahalliy muallimlar öz darsliklarini yaratgan.
Buxoro amirligidagi jadidçilik harakatida faol iştirok etgan Usmonxöja Pölatxöjayev va Hamidxöja Mehriylar 1908-yilda öqiş uçun Eron hududi orqali Turkiya poytaxti Istanbulga borgan. Bu yerda ularni Buxorodan kelgan bir rasmiy hayʼat kabi eʼzoz bilan kutib oladi. Öşa paytda Turkiyada Harbiy işlar Noziri bölgan Anvar poşo ularni oliy darajada qabul qiladi. Bu hodisa Rossiyaning Turkiyadagi elçisini xavotirga solib, bu haqda rus imperatori Nikolay II ga xabar bergan. U Buxoro amiri Abdulahadxondan Usmonxöja va Hamidxöja haqida maʼlumot söraydi. Abdulahadxon rus hukmdoriga: “Ular yoş bolalardir, Turkiyaga tahsil oliş uçun borgan”, deb javob qaytargan.
1913-yilning bahorida Istanbulda öqiyotgan bir guruh yoşlar – Usmonxöja Pölatxöja öğli, Atoxöja, Fitrat, Homidxöja vataniga qaytib keldi va Buxoroda “usuli jadid” maktabi oçişga kirişdi. Bu maktablarni kitob va darsliklar bilan taʼminlaş maqsadida “Maʼrifat kutubxonasi” va “Barakat şirkati”ni oçadi. Turkiya, Tatariston, Qrim, Ozarbayjonda çiqadigan har bir yangi çiqqan kitob, darslik va naşrlar kutubxonaga kelib turadi. Rossiya imperiyasining Yangi Buxoro (Kogon)dagi xufiyasi Belman tomonidan yöllangan maxfiy maktub (1912-yil 24-fevralda yozilgan)da körsatilişiça, “Usmon Xöja Istanbuldan köplab siyosiy risolalar olib kelgan. U turkçilik va islomçilik ğoyalarini tarğib qiliş bilan şuğullangan, yaşirin siyosiy taşkilot hayotida faol qatnaşgan” [12:42].
XX asr boşlarida Xorazmda şakllangan jadidçilik bir qadar boşqaçaroq tarixiy şart-şaroitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning öng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylar vakillarini özida birlaştirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning boş vaziri Islomxöja boşçilik qilgan. Jadidçilikning öng oqimi öz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ötkaziş orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanişiga keng yöl oçib berişni maqsad qilib qöygan edi. Xivada jadidçilikning söl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlaştirgan bölib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari taşkil qiliş orqali xalq ommasining siyosiy faolligini östiriş maqsadini qöygan edi. 1904-yil “Jamiyati xayriya” tuzilib, uning kömagi bilan Xiva şahrida dastlabki yangi usul maktabi oçildi (1904-yil 10-noyabr). Xiva jadidlari maʼrifiy işlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarşi kuraş ham olib bordi. Birinçi jahon uruşigaça Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari bölmagan. Biroq jadidçilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuçga aylanib, 1914-yil avgustda Yoş xivaliklar firqasi şaklini olgan[13:198].
1904-1905-yillardagi rus-yapon uruşi, 1905-1907-yillarda bölgan birinçi rus inqilobi, 1905-1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yili Turkiyada bölgan Yoş turklar inqilobi jadidlar dunyoqaraşiga kuçli taʼsir körsatdi. Jadidçilik harakati davomida ularning öz matbuoti şakllandi. Şu tarzda jadidçilik harakati 1906-1916-yillarda özining asosiy yölini belgilab oldi. Jadid naşrlari xalqni yangi davr boşlangani bilan taniştirar ekan, özligini anglab, uyuşişga çaqirdi. Ölka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oşkor qildi.
1917-yil martda Turkistonda mustaqillik va milliy davlatçilikni tiklaş harakatlari boşlanib, uning boşida Turkiston jadidçiligining yirik namoyandalari Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Ubaydulla Xöjayev va boşqalar turgan. 1917-yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining birinçi qurultoyi öz faoliyatini boşlagan. Xabarlarga köra, qurultoy taʼsisçilari 1917-yil 17-aprel kuni milliy davlatçilik masalasini muhokama qilgan. Qurultoyda Mahmudxöja Behbudiy nutq sözlab, millatni özaro ixtilofdan voz keçiş, buyuk maqsad yölida birlaşiş, ittifoq bölişga çaqiradi. “Ixtilofimiz sababli mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar”, deb oçiq aytadi.
1917-yil yozida Rossiya öz muammolari bilan ovora bölib turgan davrda Mahmudxöja Behbudiy Turkiston xalqlari kelajagini öylab, “Biz istaymizki, butun Rusiya musulmonlari muxtoriyat usuli yuzasidan tirikçilik qilsunlar… Turkiston musulmonlari bundagi rusiy, yahudiy va boşqalar qöşilgan holda… Turkiston hukumati taʼsis etsak, özimizni majlisi muşovaratimiz (parlamentarizm) bölsun”, deb yangi takliflar bergan. Bu taklifga birinçi bölib çorizmdan qolgan “burjuaçilar” emas, “morozovçilar”, yaʼni bölğusi bolşeviklar qarşi çiqqan. Ular Mahmudxöja Behbudiyning adolatli yondaşuvlaridan xato topa olmagan. Biroq uning takliflarini “şoşqaloqlarça” berilgan, deya eʼtiroz bildiradilar. Şuningdek, özlarining har jihatdan ustunligini körsatib, “Musulmonlar özini boşqarişda hali ruslardan köp örganişi kerak. Dumada işbilarmon, uddaburon, mehnatsevar kişilar ötirsa, unda turli jamiyat va siyosiy guruh talablarini yoqlaydigan kişilar bölsa, şaharda işlar yaxşi ketadi. Bunday guruhlar ruslarda köp böladi, musulmonlarda esa bölmaydi… Fikrimizça, agar musulmonlar va mahalliy yahudiylar saylovçilarning yarmini yuborib, ikkinçi qismini mahalliy bölmaganlarga qöyib bersa, iş ravnaqi uçun foyda va haqqoniylik buzilmagan böladi”, deb xulosa yasaydi.
Behbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi”da qozilik işlarini tartibga soliş, maorif masalalarini hal qilişda muxtoriyat talab qilingan bölsa, 1917-yil tayyorlangan “Şöroi islomiya”ning Muvaqqat qonuni, Şoislom Şoahmedovning “Turkiston federatsiyasi loyihasi”, “Turk adami markaziyat firqasining maromnomasi”da milliy demokratik muxtor davlat boşqaruvining qonun-qoidalari töla mujassamlaştirilgan.
1917-yil 26-28-noyabrda Qöqonda bölib ötgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida Turkiston Muxtoriyati hukumati taşkil qilingan. Qurultoy jarayonida Milliy Majlis tarkibiga Turkiston jadidçilik harakatining közga köringan vakillari Ubaydulla Xöjayev, Nosirxontöra Kamolxontöra öğli, Obidjon Mahmudov, Mahmudxöja Behbudiy va boşqalar kiritilgan. Xullas, milliy davlatçilikning qaror topişi, birinçi navbatda, Mahmudxöja Behbudiy boşçiligidagi jadidlarni quvontirgan va ular Vatani hamda xalqini Muxtoriyat bilan tabriklab, uni asrab-avaylaşga çaqirgan.
Xulosa qilib aytganda, Turkistondagi jadidçilik harakati mustamlakaçilik tuzumiga qarşi milliy-ozodlik ğoyalarini xalq orasida tarqatiş, taraqqiyotga erişiş, Vatanni bosqinçilardan ozod qiliş maqsadida vujudga kelgan. Buning uçun ular jadid maktablari oçdi, zamonaviy kutubxona va qiroatxonalar faoliyatini yölga qöydi şuningdek, milliy matbuot va milliy teatrga asos soldi. Natijada jadidilar ijtimoiy – siyosiy jarayonlarning faol iştirokçisiga aylandi. Sovet hukumati tomonidan qatağon qilinguniga qadar ular öz maqsadidan qaytmagan.
Taklif va tavsiyalar:
- Mahmudxöja Behbudiyning 18 ta gazeta va jurnallardagi barça maqolalarining körsatkiçini tayyorlaş, tarjima qiliş, joriy imloga ögiriş hamda kitob holatida çop etiş;
- Mahmudxöja Behbudiyning turk poşolari bilan özaro yozişmalari, ularning hamkorligini tasdiqlovçi maqola, risola va hujjatlardan nusxa oliş hamda naşr qiliş;
- Behbudiy uy-muzeyida teatr işini yölga qöyiş hamda jadidlarning sahna asarlari namoyişini muntazamlaştiriş;
- Behbudiy haqida hujjatli film va seriallar yaratişdan iborat.
-
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi. // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020.; https://president.uz/uz/lists/view/3860
-
Ahmedov S., Rajabov Q. Jadidçilik // Özbekiston milliy ensiklopediyasi. Tom 3. Toşkent: ÖzME Davlat ilmiy naşriyoti, 2002.
-
Abdürreşid İbrahim. Alem-i İslam ve Japonyaʼda İslamiyetin Yayilmasi.
-
Bartold V. Istoriya kulturnoy jizni Turkestana. Leningrad: 1927-g
-
Mahmudxöja Behbudiy. Tanlangan asarlar. 1-jild. Naşrga tayyorlovçi va söz boşi muallifi Sirojiddin Ahmad. – T.: Akademnaşr, 2018.
-
Möminjon Muhammadjon öğli. Turmuş urinişlari. – T., 2015.
-
Özbekiston Milliy arxivi, 47-jamğarma, 1-röyxat, 1004-yiğmajild, 32-varaq.
-
Özbekiston Milliy arxivi. II-461-jamğarma, 1-röyxat, 942-yiğmajild, 56-
-
Özbekiston Milliy arxivi. II-461-jamğarma, 1-röyxat, 942-yiğmajild. 5-varaq
-
Qosimov B. Milliy uyğoniş: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. Toşkent. 2002. B. 104.
-
Rajabov Q. Tarbiyai atfol. Özbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. – T.: ÖzME naşriyoti, 2004.
-
Rajabov Q. XX asr boşlarida Turkiston yoşlari // “Huquq va burç” jurnali. № 1. 2008.
-
Rajabov Q. Yoş xivaliklar // Özbekiston milliy ensiklopediyasi. 3-tom.
-
Tohir Qahhor. Hur Turkiston uçun. – T.: Çölpon, 1994.
-
Tursunov T. XX asr özbek teatr tarixi. – T., 2010.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




