Kiriş. Hanafiy mazhabiga har xil adaşgan firqalar tomonidan tanqidiy munosabat bildirilib, uning asosçisi Abu Hanifa (r.a.) “ahli raʼy” yaʼni, hadislarga asoslanmay, faqat öz raʼyiga köra fatvo çiqaradi, deb ayblangan. Lekin hanafiy ulamolar öz asarlarida bu mujtahid allomaning fatvolar masalasida hadislardan keng kölamda foydalangani, özi esa yirik muhaddislardan bölganini yorqin misollar vositasida körsatib bergan. Şu munosabat bilan Imom Aʼzamning “Musnad” asarining mukammal şarhi hisoblangan “Al-Mavohibul latifa” kitobini çuqurroq örganiş hamda hanafiy mazhabida har bir hukm Qurʼon va sunnatga asoslanganini körsatib beriş hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Özbekiston hududida Abu Hanifa (r.a.)ning hayoti va ijodi, hadis ilmidagi tutgan örni hamda fatvo berişda hadislarga suyanganini örganişga oldindan qiziqib kelingan. Mustaqillikdan keyin esa bu mavzular ustida alohida tadqiqotlar olib borişga yanada imkoniyatlar ortdi.
Ğarb tadqiqotçilaridan X.Motski, J.Braun, V.V.Bartold, I.P.Petruşevskiy, K.Brokkelman, F.Sezgin kabi taniqli olimlar öz asarlarida Abu Hanifa (r.a.)ning faoliyati, hanafiy mazhabining ahamiyati haqida qisqa va umumiy tarzdagi maʼlumotlarni keltiriş bilan çegaralangan.
Arab tadqiqotçi olimlaridan Muhammad Solihiy, Muhammad Abdurraşid Nöʼmoniy, Vahbiy Sulaymon Ğovjiy, Habib Ahmad Kiyronaviy, Muhammad Qosim Abduh Sayyid Afifiy va boşqalarni keltiriş mumkin. Mazkur olimlar hanafiy mazhabining boşqa mazhablardan farqli jihatlari, öziga xos tomonlari va mazhabdagi fatvo çiqariş usullari va Abu Hanifa (r.a.)ning fiqh sohasida qilgan işlariga keng töxtalgan.
Hind olimlaridan Zafar Ahmad Usmoniy, Aşraf Ali Tahonaviy, Habib Rahmon Aʼzamiy, Muhammad Obid Sindiy va boşqalar asosan Abu Hanifa (r.a.)ning şaxsiyati, hanafiy mazhabidagi masalalar raʼyga emas, hadislarga suyanganini yoritib bergan.
Özbekistonlik tadqiqotçilardan U.Uvatov, A.Ş.Juzjoniy, B.Eşonjonov, D.Rahimjonov, D.Murodov, R.Matiboyeva, M.Komilov R.Obidov, S.Oqilov va boşqalarni sanab ötiş mumkin. Bular orasida U.Uvatov, B.Eşonjonov, D.Rahimjonov R.Obidov va S.Oqilovlar öz tadqiqotlarida asosan hadis ilmi va hanafiy mazhabiga töxtalib ötgan. A.Ş.Juzjoniy, D.Muratov, R.Matiboyeva tomonidan amalga oşirilgan tadqiqotlarda Abu Hanifa (r.a.)ning fazilati va u kişining manoqiblari haqida maʼlumot berilgan.
Şuningdek, Abu Hanifa (r.a.)ning ibratli hayoti, ilmiy-maʼnaviy merosi, asarlari va taʼlimotiga bağişlangan qator maqola va risolalar ham naşr etilgan. Jumladan, “Movarounnahr” naşriyotida çop etilgan “Imomi Aʼzam asarlari” nomli risolada asosan olimning asarlari xususida fikr yuritilgan .
Lekin zikr etilganidek, hanafiy mazhabi va uning asosçisiga oid qator ilmiy tadqiqot va izlanişlar amalga oşirilgan bölsa-da, Abu Hanifa (r.a.)ning muhaddis ekanini tasdiqlovçi yetti tomdan iborat bölgan “Musnad” asarining şarhi “Al-Mavohibul latifa” kitobi borasida tadqiqot olib borilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu maqolani yozişda tarixiy-tahliliy, ilmiy-tanqidiy, mantiqiy, qiyosiy-tahliliy va empirik usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Özbekiston hududida azaldan amal qilib kelinayotgan hanafiy mazhabi sohibi Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh hadis ilmi borasida ham yetuk muhaddis olimlaridan biri bölgan. Şunday ekan, u kişining hadisni jamlagan asarlarini örganiş ham zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Bunga alloma Muhammad Obid Sindiyning hadis ilmi borasida yozilgan “Al-Mavohibul latifa” asari zaruriy manba böla oladi. Muhammad Obid Sindiy rahmatullohi alayh uşbu kitobni 1235/1819-yildan oldin yozib bitirgan. Çunki Şayx Orif Hikmat degan şogirdiga 1235/1819 sanada ijoza yozayotganda quyidagi sözlarni yozgan: “… Orif Hikmatga “Sahih Muslim” kitobining boşidan Namoz kitobigaça va “Musnad Abu Hanifa” kitobiga yozgan birinçi şarhimni eşitiş nasib qildi” [5:298].
Muallif şayx Muhammad Obid Sindiyning hadis ilmida hofiz sanalişi va buyuk muhaddisligi, şuningdek, fiqhda imomligi inobatga olinsa, hadisdan istinbot qilib olinadigan fiqhiy masalalarni yoritişda Sindiy boşqa kitoblarda uçramaydigan manfaatli maʼlumotlarni keltirganiga guvoh böliş mumkin [3:321].
Mavzularni sinflarga ajratiş. Maʼlumki Abu Hanifa (rohimahulloh)ning uşub asari musnad yönalişida yozilgan. Musnad yönalişida yozilgan asarlarning boşqa hadis kitoblardan farqi şundaki, unda muallif hadislarni maʼlum mavzular asosida tartib bilan keltirmaydi. Bitta ustozidan neçta hadis eşitgan bölsa, öşa hadislarning barçasini zikr qilib, keyin boşqa ustoziga ötadi va şu tartibda har bir ustozidan eşitgan hadislarni keltiradi. Şuning uçun “Musnad” asarida muayyan mavzu ostidagi hadislarni topib bölmaydi.
Muhammad Obid Sindiy Abu Hanifaning uşbu “Musnad” asarini qayta tartiblab, hadislarni mavzularga bölib, har bir hadisni öşa mavzu ostida tartiblab çiqdi. Sindiy “Musnad”da kelgan 526 ta hadisni 33 ta kitob ostida şarhladi. Asar “Imon” kitobidan boşlanib, “Qiyomat va jannat vasfi” kitobi bilan yakunlangan [1:901].
Sanad haqida gapiriş. Muhammad Obid Sindiyning alohida ajralib turadigan tomoni, u har bir hadisning sanadi haqida albatta töxtalib ötadi. U sanaddagi roviylarni, sanadning oltin silsilaga kirişi yoki kirmasligini, öşa sanad bilan rivoyat qilingan hadis yagona yoki bir neçtaligini, sanadning boşidan oxirigaça uziliş bor yoki yöqligini, öşa sanad bilan yana qaysi muhaddislar hadis rivoyat qilganini, sanaddagi illatni, sanad roviylari ikki, şayx yaʼni Buxoriy yoki Muslimning şartiga töğri kelişi yoki kelmasligini va sanadga oid boşqa narsalarga töxtalib ötadi. Şuningdek, Sindiy “Musnad” asarida kelgan hadisning sanadidan tuşib qolgan roviyni zikr qilib, aslida öşa yönalişda rivoyat qilgan sanadda roviylar silsilasi qanday bölganini bayon qiladi.
Hadisni sahihga çiqariş: Maʼlumki, hadisni sahih yoki zaifga çiqarişda muhaddislar ikki yönalişni batafsil örganib çiqadi. Ular: hadis sanadi va matni. Hadisni sahihga çiqariş uçun olimdan juda köp narsa talab qilinadi. U sanad borasida jarh va taʼdil ilmiga tegişli bölgan barça ilmni özlaştirgan bölişi kerak. Roviylar ahvoli, ular yaşagan asr, rivoyat qilgan hadislar, ular haqida muhaddislar bildirgan fikrlar, roviylar ismi, kunyasi, maşhur bölgan ikkinçi nomi, roviylarning bir-biri bilan uçraşgani, roviyning kam yoki köp hadis rivoyat qiluvçilar turiga kiriş yoki kirmasligi, roviylarning hadisini qabul qiliş uçun ularda topilişi kerak bölgan sifatlar, roviy hayoti davomida yolğon gapirganmi, roviy Payğambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga köp bölganmi yoki maʼlum muddat bölib, keyin öz yurtiga qaytib ketganmi, roviy fiqhi va şunga öxşaş roviyga taalluqli barça ilmlarni özida mujassam etgan bölişi kerak [5:441].
Şuningdek, hadis sahihligini isbotlaş uçun uning matniga tegişli ilmni ham biliş kerak. Çunki sanadi sahih talablariga javob berib, matni javob bermasa, sahihga kiritilmaydi. Matnga tegişli ilmni sohili yöq dengizga öxşatiş mumkin. Çunki hadis matnining şariat umumiy maqsadlariga muvofiq yoki xilofligini biliş uçun muhaddis fiqh, aqida, tarix ilmlarini ham bilişi kerak. Şuningdek, arab tili grammatikasini, yaʼni sarf, nahv va luğat ilmidan ham xabardor bölişi kerak. Muhammad Obid Sindiy mana şu ilmlarni özlaştirgan buyuk muhaddis edi. Şuning uçun hadisni sahihligini isbotlaşdek ulkan masʼuliyatli işga qöl urgan.
Hadisning mutavotirligini körsatib beriş. Hadis sanad jihatidan sahih, hasan, zaifga bölinsa, turuq, yaʼni hadis rivoyat qilingan sanadlarining bir neça yölga egaligi jihatidan, mutavotir, maşhur va ohodga bölinadi. Bir hadisni mutavotir (Mutavotir – u köpçilik tomonidan rivoyat qilingan xabar bölib, odatda mazkur roviylarning yolğonga kelişib olişi mumkin emas), yaʼni maşhur qiliş uçun muhaddis barça hadis töplamlarini öqib çiqqan bölişi kerak. Şu nuqtai nazardan bir hadisni maşhur darajasiga olib çiqiş uçun inson barça hadis töplamlarni öqigan bölişi kerak. Sindiy mazhabdagi mast qiluvçi narsaning ozi ham harom degan masala borasida faqihlar örtasidagi ixtilofni bayon qilib, Imom Muhammadning “Köpi mast qiluvçi narsaning ozi ham harom”, degan sözini quvvatlaş maqsadida yigirma oltita hadisni sanadi va sahihlik darajasi bilan keltiradi. Bu bilan Sindiy öşa masala borasida vorid bölgan hadisni mutavotirligini isbotlab bergan [4:305-308].
Hadisning boşqa yöllarini sanab çiqiş. Imom Aʼzamning “Musnad” asarlarida kelgan 526 ta hadisning ikki yuzdan ortiğiga Sindiy hadisning boşqa isnod yöllari bilan rivoyat qilingan körinişini keltirgan. U bu bilan özi aytganidek, hadisni dalil olişga yaroqli darajaga olib çiqqan. Gohida bitta hadisni quvvatlaş maqsadida uning boşqa yöl bilan rivoyat qilingan (Misol uçun tahorat borasidagi “Bismillah”ni aytiş masalasida) ön uçta körinişini zikr qilgan. Aslida Sindiy kitobni yozişdan közlagan maqsadini bayon qilib: “Bor kuçimni “Musnad”da kelgan hadislarning şavohid va mutobeʼlarini zikr qilişga sarfladim”, degan. Şundan maʼlum böladiki, alloma deyarli barça hadislar ostida uning boşqa yöl bilan rivoyat qilingan sanadini keltirgan.
Jarh va taʼdil. Bu ilmda olimlar hadis rivoyat qilgan roviylarning işonçli, omonatdor, zehni ötkir yoki yolğonçi, unutuvçan, fosiq va şunga öxşaş boşqa sifatlarini aniqlab, rivoyat qilgan hadisi sahih yoki zaifligini aniqlaydi.
Roviylarning nomini aniqlaş. Muhammad Obid Sindiy deyarli har bir hadis ostida öşa hadis roviylari ismi, otasining ismi, kunyasi (agar bölsa), tanilgan ikkinçi nomini albatta zikr qiladi. Gohida roviy ismi borasida uzoq töxtalib, uning asl ismini bayon qiladi. Bu bilan u hadis roviylarini jarh va taʼdil qiluvçilarga yengillik yaratadi. Çunki roviyning asl nomi aniq bölgaç, uni sahih yoki zaif roviylar sarasiga ajratiş oson böladi.
Roviylar kunyasini aniqlaş. Muhaddislarda uçrab turadigan eng köp tarqalgan xato bu roviylar kunyasida adaşiş. Sindiy hadis rivoyat qilgan roviyning kunyasi bölsa, albatta uni zikr qilib ötadi. Nafaqat kunyasi, hatto tanilgan ikkinçi nomi, qayerdan ekani va gohida eʼtiqodiy yönalişini ham bayon qiladi.
Rivoyatning mavsulligini bayon qiliş. Baʼzi muhaddislar Abu Hanifaning “Musnad” asarida kelgan aksar hadislar mavsul emas, deb daʼvo qilgan. Lekin Muhammad Obid Sindiy bu daʼvolar notöğriligini uşbu asarida isbotlab bergan [6:234].
Rivoyatning maqtuʼligini körsatiş. Şuningdek, alloma Sindiy uşbu asarida hadis sanadidagi inqitoʼ, yaʼni uzilişni ham bayon qilgan.
Amal qilingan hadislarni bayon qiliş. Sindiyning yana bir maqtovga sazovor jihati, u bir bobdagi bir neça hadisni keltirgaç, öşa hadislardan qaysiga amal qilinganini yoritib beradi. Jumladan, u bir mavzudagi turli rivoyatlarni keltirgaç, “mana şu hadisga amal qilinadi”, deb taʼkidlab qöyadi.
Amali tark qilingan hadislarni bayon qiliş. Şuningdek, alloma Sindiy uşbu asarida hadis sanadidagi uzilişni ham bayon qilgan. U “Musnad”dagi baʼzi hadislarning munqotiʼligini va öşa inqitoʼ sanadning neçançi tabaqasida sodir bölganini aytib ötgaç, öşa hadisni marfuʼ va mavsul hadislar bilan kuçaytirgan.
Sahobiyning tobeindan rivoyat qilişi. Garçi bunday hol kamdan-kam uçrab tursa-da, tarixda sodir bölgan.
Kattalarning kiçiklardan qilgan rivoyatini bayon qiliş. Bu borada törtta Abdullohdan, yaʼni Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Abudulloh ibn Zubayrlardan katta sahobalarning qilgan rivoyatini misol qiliş mumkin. Şuni ham aytib ötiş kerakki, Xatib Bağdodiy bu borada kitob yozib, uni “Rivoyatul akobir an a-s-sağoir”, deb nomlagan.
Roviylar tarixini bayon qiliş. Roviylarning tuğilgan sanasi va tuğilib ösgan joyini biliş hadis ilmi bilan şuğullanuvçilar uçun nihoyatda zarur maʼlumotlardir. Muhaddis va muarrix sifatida Sindiy bu borada ham yaxşi ilmga ega bölgan. U roviylar yaşagan asrni bayon qiliş orqali baʼzi hadislar mursal, mavquf yoki munqotiʼligini aytib ötgan [2:56].
Yuqorida sanab ötilgan ilmlarning har biri uçun alohida kitoblar yozilgan. Allomaning hadisni şarhlaşda hadis ilmiga oid masalalarga töxtalib, keng qamrovli va batafsil şarhlaşi asarning hadis ilmidagi mavqeyini yanada kötaradi. Uşbu asarda kelgan hadis ilmiga oid fan va masalalardan şu narsa maʼlum böladiki, “Al-Mavohibul latifa” hadis ilmida juda noyob va kerakli manbadir.
Xulosa qilib aytganda, uşbu asarda alloma hadis matni, sanadi, tarixi va fiqhiga oid ilmlar haqida batafsil va keng maʼlumot bergan.
-
Abdulhay ibn Abdulkarim Kattoniy. Fihrisul fahoris. – Bayrut: Ihyou turosul arabiy, 2003.
-
Imom Şavkoniy. Badrut toliʼ. – Bayrut: Dorus salom, 2006.
-
Muhammad Obid Sindiy. Al-Mavohibul latifa. 5-juz. – Bayrut: Dorun navodir, 2013.
-
Muhammad Obid Sindiy. Al-Mavohibul latifa. 3-juz. – Bayrut: Dorun navodir, 2013.
-
Said Bektoş. Imom faqih muhaddis şayx Muhammad Obid Sindiy. – Bayrut: Doru başoir al-islamiya, 1987.
-
Sayyid Abdulmajid Ğovriy. Şayx Muhammad Obid Sindiy va juhuduhu fi hadisin nabaviy. – Bayrut: Dorul irfon, 2015.
-
Taqiyuddin Nadaviy. Tarjimatu imom faqih muhaddis şayx Muhammad Obid Sindiy. – Bayrut: Dorun navodir, 2012.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




