Kiriş. Jahonning köplab rivojlangan mamlakatlarida amalga oşirilayotgan yetakçi ilmiy-falsafiy tadqiqotlar obyekti aynan Markaziy Osiyo mintaqasida mujassam bölib, eng qadimiy, rang-barang oğzaki hamda yozma madaniyatning ilmiy jihatlariga oid tadqiqotlarni amalga oşirmoqda. XXI asr madaniy muloqot tendensiyasi Ğarb va Şarqdagi bir-birini töldiruvçi umuminsoniy qadriyatlar bölişi qatorida, maʼlum millat va elatning buyuk ilmiy merosini eʼtirof etadi. Jahon ilm-faniga munosib hissa qöşgan buyuk allomalarimiz Husayn Voiz Koşifiy va Jaloliddin Davoniylar ilmiy, diniy-falsafiy qaraşlarini örganiş, islom taʼlimotining nafis va çuqur falsafiy mohiyatidan oqilona foydalaniş zaruriyati mavjudligi tadqiqot markaziga aylanmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Husayn Voiz Koşifiy diniy-falsafiy qaraşlari örta asrlarda Şarq mintaqalarida futuvvatga bağişlangan köplab risolalar paydo bölgan davrda paydo bölgan. Uşbu asarlar orasida Koşifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati”, “Muxtasar al-javohir”, “Jomeʼ as-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf” risolalari diniy-axloqiy mavzularda alohida ahamiyat kasb etadi. Asar şu jihati bilan eʼtiborliki, unda futuvvatni ijtimoiy muvozanat sifatida emas, balki tasavvufning bir bölagi sifatida eʼtirof etadi. Garçi, futuvvat va tariqat oqimlari XIII asrga kelib bir–biri bilan qöşilib ketgan bölsa-da, aslida jarayon X–XI asrlarda boşlangan edi.
Şu davrlarda yaşagan Xuroson, Eron va Movarounnahr şayxlari öz muridlarini mardlik va fidoyilik, saxovat va qanoat ruhida tarbiyalaş, javonmardlikni tariqat şioriga aylantirişga intilgan. Tasavvuf va futuvvat bir-birini töldirgan va bir-biriga madad bergan. Futuvvat va tasavvuf taʼlimotlari orasidagi öxşaşliklar, xususan, Islom dini qonun-qoidalariga böysunişi, futuvvat ahli yoki muridning piru ustozga ega bölişi, insoning poklanişi, xulq-odob qoidalari, saxovat, oliyhimmatlilik, fidoyilik, mehr-şafqat, mardlik, halollik, mehnatsevarlik kabi ğoyalarning uyğunligi bilan asoslangan.
Hozirgi kunda, ÖzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar fondida Koşifiyning 18 ta nomdagi asari, ularning 212 ta qölyozma va 75 ta toşbosma nusxalari saqlanadi. Qölyozmalar fondida Koşifiyning «Risola dar ilmi adod» («Hisob ilmi haqidagi risola»), «Oynayi Iskandariy» («Iskandar oynasi»), «Ravzati Şuhado» («Şahidlar boği») axloqqa va komil insonni tarbiyalaşga oid «Axloqi Muhsiniy», «Anvari Suhayli», «Risolati Xotamiya», «Futuvvatnomai Sultoniy» kabi asarlari saqlanadi.
Koşifiyning «Axloqi Muhsiniy» kitobi fors tilida yozilgan, odob-axloqqa doir asardir. Sulton Husayn Boyqaro va öğli Muhsinga bağişlangan. Koşifiyning ijtimoiy-axloqiy qaraşlari böyiça yirik tadqiqotçilardan biri X.Aliqulov taʼkidlaganidek: «Koşifiyning turli manbalarda qayd etilgan asarlarining ayrimlari Moskva, Leningrad, Toşkent kutubxonalarida, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar fondida hamda bir qança çet el kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda» [1:55].
Husayn Voiz Koşifiyning «Risolayi Xotamiya» asari 1883-yilda Parijda Şarl Şefer tomonidan naşr qilingan, asar keyinçalik Eronda ham çop etilgan. Risola kiriş qismi, ikki bob va xulosadan iborat bölib, unda şeʼriy tuşunça, nazmning turli janrlari haqida söz boradi.
Tadqiqot metodologiyasi. Koşifiyning qator ilmiy, adabiy, diniy, falsafiy asarlari qatorida Şarq xalqlari orasida maşhur bölgan kitobi «Anvari Suhayli»dir. Uşbu kitob Eron va Hindiston va qator mamlakatlarda çop etilgan.
«Kitobning kiriş qismida aytilişiça, Koşifiy A.Nasrulloning «Kalila va Dimna» asarini qayta işlab, unga köpgina hikoyalar, maqol va matallar, öz zamonasi şoirlarining şeʼrlaridan kiritgan» [1:56]. Asarda insoniylik yuksak fazilat sifatida taʼriflanadi hamda saxiylik, mehr–muruvvat, xalq ğami bilan yaşaş, kamtarlik kabi fazilatlar uluğlanadi. Allomaning uşbu asari Eron oliygohlarida axloq ilmi böyiça talabalarga darslik sifatida qöllanilgan.
Ayniqsa, Tehronda tahsil olayotgan talabalar kitobdan asosiy qöllanma sifatida foydalangan. Hindistonda esa Koşifiyning «Anvari Suhayli» kitobi davlat muassasalariga işga kiruvçilarga darslik sifatida tavsiya etilgan.
Professor X.Aliqulov Koşifiyning asarlari böyiça juda köp tojik olimlari izlaniş qilganini qayd etadi. Xususan, özi «Anvari Suhayli» asarining 8-bobidagi voqealar mazmunini oçib berişga harakat qiladi. Muallif, Koşifiyning «Anvari Suhayli» kitobidagi fikrlarni nafaqat özi yaşagan davr uçun, balki bugungi kunimiz uçun ham naqadar katta ahamiyatga ega ekani haqida fikr bildiradi.
Quyida Koşifiy asarlaridan baʼzilari haqida, ularni fan sohalariga ajratgan holda, qisqaça maʼlumot berişni lozim topdik:
1.Qurʼon ilmiga doir:
Koşifiyning bu sohadagi asarlarini ikki turga böliş mumkin:
- Tafsirlar:
- «Javohir at-tafsir li tuhfat al-Amir»; 2. «Muxtasar al-javohir»; 3. «Jome as-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf»; 4. «Mavohibi Aliyya»; 5. «Tafsiri oyati faroiz».
- b) Qurʼon öqiş qoidalariga doir risola (tajvid).
- «Naqovat fi odob at-tilovat» — Koşifiyning uşbu asari tilovat qoidalariga bağişlangan, tarkibiy jihatdan muqaddima va uçta maqoladan iborat, yagona qölyozmasi Qohirada saqlanadi.
2.Hadis ilmiga doir:
- «Risolat al-oliyya fil ahodis an-nabaviyya» — Muhammad payğambar (s.a.v.) ning diniy marosimlarga tegişli hadislardan 40 tasini öz içiga olgan risola (fors tilidagi).
3.Tasavvufga doir:
- «Futuvvatnomai sultoniy» – javonmardlik (saxovatpeşalik)ka oid risola (fors tilidagi).
Tahlil va natijalar. Jamiyatni erkinlaştiriş jarayonining jamiyat va har bir inson hayotiga taʼsiri nuqtai nazaridan tahlil qilar ekanmiz, taʼkidlaş lozimki, uşbu jarayon ziddiyatli tarzda namoyon böladi. Gap şundaki, erkinlik inson hayotiga turliça taʼsir körsatadi. Erkinlik ham jamiyat, ham inson hayotida tartibotdan tartibsizlikni keltirib çiqarişi mumkin. Erkinlikni jamiyat aʼzolari tomonidan turliça qabul qilinişini tahlil qilar ekan, Karl Popper «Erkinlikning miqyosini oşişi, kuçli insonni kuçsiz inson ustidan zöravonlik örnatişiga olib keladi», [2: 84] deb taʼkidlaydi.
Xöş, erkinlik aslida nima? Insonning öz istagi böyiça iş tutişi erkinlikdir. Bu tuşunça huquqşunoslik, siyosatşunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng işlatiladi. Vijdon erkinligi, söz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik – boşboşdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. U insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarişni ixtiyoriy tanlaşidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zöravonlikdan himoyalanganini bildiradi.
Akademik M.Xayrullayev taʼbiri bilan aytganda: “Aql mavzusi örta asr falsafasi uçun xos bölgan spetsifik masala – haqiqatning ikki tomoni yoki ikki xil haqiqat masalasi bilan uzviy boğliqdir. Bu mavzuga şu qadar eʼtibor berilişi dunyoviy madaniyat taraqqiyotining ana şu masalani hal etişga ehtiyoji kuçli, şu bilan birga, öşa davrdagi tabiiy-ilmiy bilimlar rivoji aql temasidek murakkab falsafiy masalani hal etiş bilan boğliq ekanini körsatadi» [7:22].
Erkinlikdan öz örnida, ijobiy foydalaniş hammada ham bir xil amalga oşmasligi mumkin. Inson erkinligi obyektiv şart-şaroit va vaziyatga boğliqdir.
U mavhum emas, u doimo konkretdir. Şaxs muayyan şaroit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib, aniq maqsadga erişadi. Ammo şaroit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xil ega bölmasligi mumkin. Maqsadga erişişda kimgadir şart-şaroit, kimgadir maqsadga erişiş vositasi, kimgadir imkoniyat yetişmay qoladi. Muayyan vaziyatda va şart-şaroitda kimdir maqsadga erişiş uçun yerkinlikka ega bölişi, kimdir undan mahrum bölişi mumkin.
Şaxs erkinligini oşiruvçi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi.
Islom taʼlimotida insonga erkin bölişi uçun aql-idrok berilgan deb aytiladi. Husayn Voiz Koşifiy islomdagi iroda erkinligini şarhlab, insonga berilgan aql-idrok unga öz xatti-harakatida yaxşilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, töğri yoki egri yölni tanlaş erkinligini berdi, bizning kelajagimiz şu yöllardan qay birini tanlay olişimizga boğliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar şart-şaroit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravişda maqsadga erişiş yölini izlaydi. Jamiyat va undagi meʼyorlar, insonning içki dunyosi va maʼnaviy borliğiga qanday taʼsir ötkazişi ham köp jihatdan insonning öziga boğliq. Masalan, quldorlik tuzumida yaşab ham inson ruhan, maʼnan ozod bölişi yoki erkin demokratik jamiyatda yaşab ham erkinlikni his qilolmasligi, undan töğri foydalana olmasligi mumkin. Bugungi kunda dunyoning ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va siyosiy manzarasiga eʼtibor qaratadigan bölsak, uşbu sohalarning barçasida beqarorlik, xaos kuçayib borayotganini kuzatişimiz mumkin. Fikrimizça, yuqorida sanab ötilgan sohalarda kuzatilayotgan tartibsizlik va beqarorliklar barçasining asosida inson erkinligi, insonning erkin tanlovi turibdi.
«Örta asr Şarq mutafakkirlarining falsafiy taʼlimotida ijtimoiy-axloqiy paradigma (Husayn Voiz Koşifiy, Jaloliddin Davoniy asarlari misolida)» mavzusida jami 572 nafar respondent iştirokida sotsiologik sörovnoma ötkazildi (sotsiologik tadqiqot dasturi va sörovnoma savollari ÖzMU “Sotsiologiya” kafedrasining 2023-yil 19-apreldagi 18-sonli yiğiliş bayonnomasi bilan tasdiqlangan). Ötkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari maxsus dasturlar orqali tahlil etildi. Tadqiqot natijalarini tahlil etgan holda, quyidagi diagramma va gistogramma holatlarining natijalarini körişimiz mumkin:
1-rasm. “Husayn Voiz Koşifiyning qaysi asari keyingi davrlarda yozilgan tafsirlarga taʼsiri ustuvor deb öylaysiz?” Mazmunidagi savol bilan sörovnomamiz iştirokçilariga yuzlandik. Sörovnoma iştirokçilarining 34,8 foizi «Javohir at-tafsir» degan variantni tanlaşgan. 29,4 foiz iştirokçi «Muhokamatul luğatayn», respondentlarning 24,5 foizi «Axloqi Muhsiniy», 11,4 foizi esa «Mavohibi Aliyya» degan javoblarni belgilaşgan.
2-rasm. Respondentlarga sotsiologik sörovnoma ötkaziş mobaynida quyidagi «Sizningça, axloqning paydo bölişida nima muhim rol öynaydi?» degan savol bilan yuzlandik. Respondentlarning eng köpi 37,8% «Subyektiv iroda», 25,5% «Subyektning ehtiyojlari», 20,8% esa «Iştiyoq», 15,9% esa subyektning xohiş-istaklari degan javob variantlarini belgilaşganini körişimiz mumkin.
«Insoniyatning nimaga qodirligi, uning kelajak taqdirini oldindan aniqlab, başorat qilib bölmaydi, çunki oxir-oqibat barçasi uning erkin tanloviga boğliq bölib qoladi» [3:14]. Inson har doim tanlaş erkinligiga egaligidan uning maʼnaviy, axloqiy kamoloti yuzaga çiqadi. «Jamiyatni erkinlaştiriş jarayoni –bu birinçi navbatda inson va jamiyat örtasidagi munosabatlarni takomillaştirişga intilişdir» [4:11], deb taʼkidlagan edi, siyosatşunos olim I. Ramazanov. Çunki erkinlaştiriş jarayonida jamiyatda inson va davlat örtasidagi munosabatlar muvofiqlaştirib boriladi. Erkin jamiyat insoniyatning orzusidagi jamiyatdir.
Koşifiy döst va ustoz bilgan Davoniy haqida M.Abidovaning nomzodlik dissertatsiyasida qayd etilgan» [6:22]. XV asrning yirik allomasi Davoniyning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning zamondoşi, alloma haqidagi köplab maʼlumotlar muallifi, maşhur tarixçi Xondamirning «Habib as-siyar» [7:22] kitobida berilgan. Davoniyning yuksaklikka erişişida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham taʼsiri katta bölgan. Xususan, Abu Toxir Xöjaning «Axloqi Muzaffariy» nomli, Şamsiddin Somiyning «Qomus ul-allom» [9:1604] nomli tazkirasida Davoniyning maşhur alloma ekanligiga işora qiluvçi fikrlar va uning risolalari tahlil etilgan. «Muhammad Ali Tabriziy «Rayhonat ul-adab» tazkirasida Davoniy haqida batafsil maʼlumot berib, uning yirik olim, faylasuf, mantiqşunos, taniqli şoir, ilm-fanda çuqur bilimga ega bölgan şaxs ekanini qayd etadi» [1:56].
Jamiyatni erkinlaştiriş jarayoni natijasida inson va jamiyat örtasida uzilmas munosabat paydo böladi. Çunki erkinlik inson maʼnaviy borliğining mohiyatli, ajralmas qismidir. Erkinlik insonning tafakkuriga, ruhiyatiga, irodasiga, axloqiga, butun bir maʼnaviy olamiga xosdir. Erkin bölgan inson erkin bölmagan jamiyatda yaşar ekan, uning jamiyat bilan böladigan munosabatlarida ziddiyatlar kelib çiqadi. Jamiyat inson mohiyatini inkor etsa, inson ham unday jamiyatni inkor etadi. Çunki u jamiyatda inson baxt-saodatga erişa olmaydi. Şu sababdan ham davlatimiz intilayotgan fuqarolik jamiyatini şakllantiriş jarayoni bevosita jamiyatni erkinlaştiriş jarayoni bilan birgalikda olib borilmoqda.
Ehtiyojlarni qondiriş, yaratuvçilik bilan şuğullaniş uçun insonga bilim, amaliy tajriba kerak. Şu sababdan unda dunyo sirlarini oçişga qiziqiş, intiliş bor. U jamiyatda öz örnini faqat tarbiyalanuvçi, passiv şaxs sifatida topolmaydi.
U doimo izlanişda, yaʼni amaliy-aqliy va zarur hollarda ilmiy izlanişda bölişi, amaliy faoliyat bilan şuğullanişi kerak. Tabiat neʼmatlaridan qanday bölsa şundayligiça emas, ularni öziga kerakli tarzda qayta işlab, yangidan yaratib foydalanadi. Inson şu xislati bilan hayvondan farqlanadi. Insonning yaratuvçanlik xislati maʼlum bir bilimga tayanadi. U butun umri davomida bilimni hayot amaliyotidan va taʼlimdan oladi. Bilimi va tajribasi ösgani sayin insonning muloqot va faoliyat doirasi kengayib boradi. Bu esa öz navbatida insonning erkinlik darajasini yuksaltiradi, faoliyat doirasini kengaytiradi, yaratuvçilik salohiyatini kuçaytiradi. Bilim va tajriba birinçi navbatda insonning tabiatga va qisman maişiy, kasbiy jihatdan muhitga bevosita qaramligini kamaytiradi, jamoadagi mavqeyini kötaradi. Bundan taşqari, jamiyat rivojlanişi jarayonida u insonga yangi imkoniyatlar yaratadi, jumladan, uning erkinlik darajasini oşirib boradi. Bilim va tajribasi yuqori kişi jamiyat bergan imkoniyatlardan tölaroq foydalana oladi, bilimi, saviyasi past kişi hatto öz haq-huquqidan ham foydalana olmaydi.
Uşbu holatni alohida şaxsga nisbatan emas, butun jamiyatga nisbatan qöllasak, muammo ijtimoiy ong va demokratik erkinliklar, inson huquqlari rivojlanişining maʼnaviyat yuksalişiga taʼsiri sifatida namoyon böladi. Ijtimoiy ong rivojlanişi, bir tomondan, jamiyatning moddiy-iqtisodiy, ikkinçi tomondan, taʼlim-tarbiya tizimi rivojlanişi bilan boğliq. Taʼlim va tarbiya bir-birini töldiruvçi tuşunçalardir. «Şu örinda Abdulla Avloniyning tarbiya biz uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur, degan sözlarini yana bir bor eslaş lozim» [5:233].
Insonning qalbi va ongiga jo bölgan milliy maʼnaviy-axloqiy meʼyorlar, qaraşlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bölişga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qöşişga, özining ongli va erkin muşohada qiluvçi şaxs sifatida kamol topişiga muttasil undaşi lozim.
Şuning uçun ham «Biz öz oldimizga mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişdek uluğ maqsadni qöygan ekanmiz, buning uçun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Uluğbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va şaroitlarni yaratişimiz kerak» [9] — degan ulkan maqsadlarni belgilab oldik. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettiriş milliy ğoyamizning asosiy ustunlari bölib xizmat qilişi lozim.
Vatanimiz kelajagi bölgan yoşlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya beriş, ularni yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, har qanday salbiy taʼsirlarga nisbatan bardoşli qilib voyaga yetkaziş – bugungi kun taʼlim muassasalarining asosiy vazifasidir, çunki faqat ana şunday insonlargina kelajakda yuksak maʼnaviyatli, erkin jamiyat poydevorini yarata oladi. Milliy maʼnaviyatimiz anʼanalarida şaxs maʼnaviyatining asosiy jihatlari – axloq, iymon-eʼtiqod, jamoaviylik, ilm, masʼuliyat, mehr-oqibat özaro uyğunligi masalasi ustuvor yönaliş ekanligi maʼlum. Muayyan tarixiy sabablarga köra Ğarb taʼlim-tarbiya tizimida ayni şu özaro mutanosiblikka yetarli eʼtibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, uşbu mintaqada maʼnaviy-axloqiy sohada juda oğir muammolar kelib çiqmoqda: individualizm odamlarni bir-biridan va jamiyatdan begonalaşib borayotgani, şaxs hayotida virtuallaşişning kuçayişi, boylik orttiriş hirsi, isteʼmolçilik psixologiyasi ösib borayotganligi turli jinslar örtasidagi munosabatlarda anʼanaviy qadriyatlar, meʼyorlar deformatsiyaga olib kelmoqda. Takror aytişga töğri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada huşyorlikni yöqotmaslik, yoşlar tarbiyasida aslo beparvo bölmaslik zarur. Dunyo tajribasi şuni körsatadiki, yoşlarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkaziş uçun sarflangan sarmoya jamiyatga ön, yuz barobar köp foyda keltiradi. “Xalq boy bölsa, davlat ham boy böladi” şiori ostida tadbirkorlik subyektlari uçun ham keng imkoniyatlar yaratib berildi. Insonlar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini joriy etiş, ularning maişiy turmuşini yaxşilaş uçun bir qança amaliy işlar qilindi.
Xulosa va takliflar. Xulosa örnida şuni aytiş joizki, inson erkinligi va huquqlarining ösişi uning tafakkuri, taşabbuskorligi, yaratuvçanligi yuksalişiga hamda dunyoqaraşining kengayişiga, keng imkoniyatlarning yaratilişi jamiyatimizdagi maʼnaviy muhitning yaxşilanişiga, ijodkorlik, yaratuvçanlik qobiliyatining ösişiga zamin bölmoqda. Demak, bularning taʼsirida jamiyat maʼnaviy hayoti gözallaşib, boyib boraveradi. Bu esa maʼnaviyatning tizim sifatida yanada barqarorlaşişini hamda rivojlanişini taʼminlaydi.
Husayn Voiz Koşifiy maʼnaviy merosida diniy tasavvurlarning milliy qadriyatlariga sinkretlaşuv xususiyatlarini falsafiy jihatdan tadqiq etiş maqsadida, Şarq falsafiy tafakkur taraqqiyotida voqelik va inson konsepsiyasining genezisi hamda şakllaniş jarayonining umumiy va alohida jihatlari eramizdan avvalgi şakllangan ilk diniy-falsafiy taʼlimotlar mifologik tafakkurdan boşlab, tizimlaşgan zarduştiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, yahudiylik va islom kabi eʼtiqodlar mamlakatimiz hududlarida mavjud tarixiy şaroitlarda köpgina xalqlar, millatlar va elatlarning ijtimoiy-falsafiy maʼnaviy-maʼrifiy, diniy-eʼtiqodiy dunyoqaraşlarini belgilab bergan.
Markaziy Osiyoning islom maʼnaviyati bilan boyigan, yangi madaniyat şakllana boşlagan davri IX-XII asrlarga töğri keladi. Bu davr axloqiy paradigmasi şariat, tasavvuf, diniy taʼlimotlar, xususan, ğoyalarida yetakçi mavzuga aylanişi, içki maʼnaviy-ruhiy kötariliş, yuksaliş yordamida erişuv va uning sifatlariga muyassar bölişiga qaratilgan faoliyat evolyutsiyasi sifatida öz takomilini islom diniy-falsafiy ğoyalarida namoyon etdi. Husayn Voiz Koşifiy XV asr Xuroson va Movarounnahr diniy-axloqiy qaraşlari bilan nafaqat bir tarmoqqa xizmat qilgan, balki allomaning asarlari öşa davr uçun köp fanlarga öquv qöllanma vazifasini bajargan. Koşifiyning ilmiy merosi tarmoq va fanlar kesimida örganilmagan bölsa-da, qator sohalarning rivojlanişiga katta hissa qöşgan.
-
Aliqulov X. Falsafiy meros va maʼnaviy-axloqiy fikr rivoji. Falsafa va huquq instituti. – Toşkent. 2009-y. B. 55–56.
-
Karl Popper. Otkrыtoye obщyestvo i yego vragi. – M., Kulturnaya Initsiativa, 1992. S.84
-
Kiselov G. Svoboda i evolyutsiya // Voprosы filosofii, 2005, – №10. – S. 14.
-
Ramazonov I., Möminov E. “Politologiya” – Toşkent: Adolat, 1997. B. 11.
-
Törayev B., Ergaşeva M. va boşqalar. Sinergetika. – Toşkent: Navröz,
-
– B. 233.
-
Usmanova O. Axlaki Muxsini Vaiza Kaşifi. Vvedeniye v izuçeniye pamyatnika XV v., perevod, istoriko-filologiçeskiy kommentariy: Avtoref. dis… kand. filol. nauk. – T., 1984. – 22 s.
-
Xamruş A.A. Uçeniye o gosudarstve i prave v srednevekovoy arab-musulmanskoy kulture i filosofskoy traditsii. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye stepeni kandidata filosofskix nauk. MGU-1981 g. 22 s.
-
Şamsuddin Somiy. Qomus al-aʼlom. – Istanbul: Mehron matbaasi, 1891. – B. 1604.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




