Kiriş. Yevropaning XI asr ikkinçi yarmi – XIII asrda faoliyat yuritgan arabşunoslik tarjima markazlarida aniq va tabiiy fanlarga doir asarlar bilan bir qatorda islom diniga oid kitoblar ham lotin tiliga ögirilgan. Bu borada, diniy matnlar tarjimalarining buyurtmaçisi birinçi navbatda xristianlik çerkovi hisoblangan. Çerkov mutasaddilari tarjima uçun tanlab olgan birinçi kitob aynan “Qurʼoni karim” böldi. Muqaddas kitobning lotin tilidagi ilk nusxasi bugungi kunda Fransiya milliy kutubxonasi tarkibidagi Arsenal kutubxonasida MS. 1162 raqamli “Corpus Islamolatinum” (“Lotinça islomiy matnlar jamlanmasi”)da [1] saqlanmoqda. Mazkur töplam özida XII asrga taalluqli 9 ta qölyozmani [3: 8, 12, 16, 17] jamlagan bölib, ular asosan islom dini va uning falsafasiga oid kitoblar hamda diniy asarlar tarjimalarining yaratilişiga oid bir neçta maktublardan iborat.
“Corpus Islamolatinum” tarkibidagi uçinçi qölyozma hisoblanuvçi “Epistula domini Petri abbatis ad dominum Bernardum Clare Uallis abbatem” (“Klear vodiysi abbati Bernardga abbat Pyerning maktubi”) [6: 3v – 4v] maqola doirasida tadqiq etilayotgan masala yuzasidan muhim ahamiyatga ega. Bundan taşqari, ayni maktub “Qurʼoni karim”ning ilk lotinça nusxasining yaratilgan sanasini aniq körsatuvçi manba ham hisoblanadi. Aslida, mazkur noma Burgundiyadagi Klyuniya çerkovi abbati Pyer de Montboissiyerning (1094-1156) Ikkinçi salib yurişi (1147-1149) ğoyaviy rahnamolaridan biri Klearveuxlik Bernardga (1091-1153) yöllagan maktubidir. Unda, “Qurʼoni karim”ni tarjima qilişdan boş maqsad nimadan iboratligi aniq bayon etilgan. Jumladan, maktubda: «ibodat va pul kuçi /taʼsirida/ ularning /musulmonlar/ tarixi, fani va hatto qonunlari /mujassamlaşgan/ Qurʼonni arab tilidan lotinga köçirtirgani… musulmonlarga qarşi kuraşiş va ularning /taʼlimotlarini/ inkor etiş uçun, avvalo, mazkur taʼlimotning asosi hisoblanmiş islomni tuşuniş, undagi kamçiliklarni aniqlaş lozimligi, şuning uçun ham ularning muqaddas kitobi /Qurʼoni karim/ni arab tilidan lotinga ögiriş uçun uşbu qölyozmani va bu işni amalga oşiruvçi /tarjimon/larni /Pamplonada/ jamlaganligini [6: 4r], qayd etilgan. Uşbu maʼlumotlar diniy asarlarning lotinça tarjimalari uçun çerkov buyurtmasining asl maqsadini ortiqça izohlarsiz ifoda etadi.
Tahlil va natijalar. Pyer de Montboissiyer maktubida nazarda tutilgan “Qurʼoni karim” tarjimasi 1142-yilda Pireney yarim orolining Fransiya bilan çegaradoş şimoliy hududida joylaşgan Navarra tarixiy viloyatidagi Pamplona şahrida yaratilgan bölib, jarayonda Dalmatlik Herman (1100-1160), Kettolik Robert (XII asr), Puatyelik Pyer (XII asr), Toledolik Pedro (XII asr) kabi tarjimonlar hamda matnni mahalliy kastil tiliga oğzaki ögiruvçi Muhammad (XII asr) ismli tilmoç iştirok etgan. “Alcoranum” [9] nomli ayni tarjima “Qurʼoni karim”ning Yevropada yaratilgan ilk lotinça nusxasi bölsa-da, keyingi yillarda yaratilgan işlar içida ança nuqsonlisi hisoblanadi. Sababi, avvalroq taʼkidlanganidek, tarjima diniy-mafkuraviy jihatdan islomga qarşi kuraşiş maqsadida amalga oşirilgani bois, matnlar köp holatlarda notöğri talqin etilgan. Ayrim tadqiqotlarda mazkur tarjimani Kettolik Robert bir özi tayyorlagani [20:23] qayd etilgan. Biroq bu fikr notöğri bölib, iş yuqorida sanab ötilgan tarjimonlar hamkorligida amalga oşirilganligini “Alcoranum”ning bugungi qadar yetib kelgan XII asrga taalluqli qölyozma matni [8: 26r] ham tasdiqlaydi.
1143-yilda Kettonlik Robert “Qurʼoni karim”ni bir özi lotin tiliga ögirgan. “Lex Mahumet pseudoprophete” [8:9] nomli bu iş ham Pamplonada Pyer de Montboissiyer taşabbusi bilan amalga oşirilgan. Şu sababdan ham uning nomlanişi va matnida diniy-ğoyaviy kuraşning salbiy taʼsiri yaqqol körinadi. Misol uçun, tarjimaning nomlanişini özbek tiliga sözma-söz ögirilganda “(pseudoprophete) soxta payğambar (Mahumet) Muhammad (Lex) qonuni” degan maʼno kelib çiqadi. Bundan taşqari, işda ayrim suralarning ketma-ketligi ham buzilgan bölib, baʼzi oyatlar lotinçaga ögirilmay qolib ketgan. Jumladan, Robert tarjimasini 11 ta oyatdan iborat “Al-Qoria” (101) surasi misolida tahlil etadigan bölsak, suraning faqat 7 ta oyatigina lotinçaga ögirilganini köriş mumkin:
|
Arabça matn [1: 600] |
Lotinça tarjima [8: 138v] |
|
الْقَارِعَةُ <١> |
<1> —– |
|
مَا الْقَارِعَةُ <٢> |
<2> —– |
|
وَمَا أَدْرَاكَ مَا الْقَارِعَةُ <٣> |
<3> —– |
|
يَوْمَ يَكُونُ النَّاسُ كَالْفَرَاشِ الْمَبْثُوثِ <٤> |
<4> Die mandati grauis exibunt homines uelud culices, nunc hac nunc illac promouentes |
|
وَتَكُونُ الْجِبَالُ كَالْعِهْنِ الْمَنفُوشِ <٥> |
<5> fientque montes ut lana decerpta |
|
فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ <٦> |
<6> et cuicunque pondus immensum preponderabit |
|
فَهُوَ فِي عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ <٧> |
<7> uitam uiuet optimam |
|
وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ <٨> |
<8> cui uero leue contigerit |
|
فَأُمُّهُ هَاوِيَةٌ <٩> |
<9> precipitium corruet |
|
وَمَا أَدْرَاكَ مَا هِيَهْ <١٠> |
<10> — |
|
نَارٌ حَامِيَةٌ <١١> |
<11> in ignis feruidi |
Şuningdek, jarayonda tarjimon oyatlarning umumiy mazmunini tarjima qilişga eʼtibor qaratib, sura mohiyatini oyatlar ketma-ketligini buzgan holda ifodalaydi. Misol uçun tarjima matnida … <8>ammo kimda yengil kelsa (cui uero leue contigerit), <11> alangali olovdagi (in ignis feruidi), <9> jarlikka qulaydi (precipitium corruet), deb 8-oyatdan keyin 11-oyat keltirilib, sura 9-oyat bilan yakunlangan, 10-oyat esa tuşirib qoldirilgan:
|
Arabça matn tarjimasi (özbekça tarjima va qavs içidagi izohlar Şayx Abdulaziz Mansurga tegişli) [1: 600] |
Lotinça matn tarjimasi |
|
<1> (U) zarba beruvçidir. |
<1> —– |
|
<2> Zarba beruvçi nedur ? |
<2> —– |
|
<3> (Ey, Muhammad) Zarba beruvçi nima ekanini Sizga ne ham anglatur ?! (U qiyomat kunidir) |
<3> — |
|
<4> U kunda odamlar tözitib yuborilgan körşapalaklar kabi bölurlar. |
<4> Oxirat kuni odamlar çivinlar kabi u yoqdan bu yoqqa tarqaladilar |
|
<5> Toğlar esa titilgan yung kabi (havoda uçib yuruvçi) bölur. |
<5> va toğlar titilgan junga öxşab qoladi |
|
<6> Bas, endi (öşa kuni) kimning tarozida tortilgan narsalari (savobli amallari) oğir kelsa, |
<6> va har kimni mağlub etiş uçun oğir yukka ega bölsa |
|
<7> ana öşa qoniqarli maişatda (jannatda) bölur. |
<7> yaxşiroq hayot keçiradi |
|
<8> Ammo, kimning tarozida tortilgan narsalari (savobli amallari) yengil kelsa, |
<8> ammo kimda yengil kelsa |
|
<9> uning joyi (dözaxdagi) “jarlik” dir. |
<9> jarlikka qulaydi. |
|
<10> U nima ekanini Sizga ne ham anglatur? |
<10> — |
|
<11> (U) (dözaxdagi) lovullab yonuvçi olovdir. |
<11> alangali olovdagi |
Ikki matnning qiyosiy tahlilidan körib turibdiki, Robert tarjima jarayonida tuşunmagan, aniqroği qöşimça izoh talab qiluvçi arabça söz va iboralarni lotinçaga ögirmay tuşirib qoldirgan. Misol uçun, 1-oyatdagi arabça «الْقَارِعَةُ» («al-Qoria») sözining mohiyatini tuşunmagani bois mazkur söz işlatilgan boşqa oyatlarni ham lotinçaga tarjima qilmaydi. Şayx Abdulaziz Mansur talqiniga köra «الْقَارِعَةُ» – “Zarba beruvçi, yaʼni qiyomat” [1: 600] dir. Bundan taşqari, Robert arabça matn mohiyatini atayin buzişga ham harakat qilib, savobli amallarga bağişlangan 6 va 7-oyatlardagi «فَهُوَ فِي عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ» [Bas, endi /öşa kuni/ kimning tarozida tortilgan narsalari /savobli amallari/ oğir kelsa, ana öşa qoniqarli maişatda /jannatda/ bölur] degan jumlani «… et cuicunque pondus immensum preponderabit uitam uiuet optimam» [… va har kimni mağlub etiş uçun oğir yukka ega bölsa, yaxşiroq hayot keçiradi] deb lotinça ögiradi. Natijada, islomda jannatga kiriş uçun boşqalarni mağlub etiş tarğib qilingan, degan notöğri talqin şakllanib qolgan. Yuqoridagilarga qaramay, aynan Robert tarjimasi XVII asrga qadar “Qurʼon”ning Yevropada eng köp tarqalgan lotinça varianti hisoblangan.
1211-1212-yillarda “Qurʼoni karim”ning lotin tilidagi uçinçi tarjima nusxasi yaratilgan. Tarjima muallifi Toledolik Marko (XIII asr). Sözma-söz uslubidan foydalanilgani bois, mazkur tarjima yuqoridagi ikki işdan ança mukammalroq bölgan.
Kettonlik Robert hamda Toledolik Marko tarjimalarining qiyosiy tahlili lotinça matndagi özgarişlarni yanada aniqroq aks ettiradi. “Baqara” surasining 28-oyati tarjimasi misolida uşbu holatga eʼtibor qaratsak:
|
Arabça matn [1: 5] |
Robert tarjimasi [8: 39] |
Marko tarjimasi [11: 32v] |
|
كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِاللَّهِ وَكُنتُمْ أَمْوَاتًا فَأَحْيَاكُمْ ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ |
Hic namque uos ad uitam de non esse deducens mortem inducet et ad se uos resurgere faciet. |
Qualiter blasphematis in Deum? Et eratis mortui, [et] uiuificauit uos; deinde mortificabit uos; deinde uiuificabit; demum ad eum redibitis. |
|
Özbekça tarjimalar |
||
|
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi: Allohga qanday kufr keltirasizlar? Holbuki, jonsiz edingiz, sizga jon berdi, söngra joningizni oladir va yana tiriltiradilar va sizlar Unga qaytajaksizlar [2:4].
Şayx Abdulaziz Mansur tarjimasi: (Ey, muşriklar!) Ölik ekaningizda sizni tiriltirgan, söngra sizga (yana) ölim beradigan, keyin sizni tiriltirgaç, sizni huzuriga qaytaradigan Allohni qanday inkor etasiz ?! [1:5] |
Çunki u sizni yöqlikdan hayotga olib çiqib, sizni ölimga olib keladi va sizni unga kötarilişga majbur qiladi. |
Qanday qilib Xudoga işonmaysiz? Çunki siz ölganingizda, u sizga hayot berdi, keyin u sizni ölişingizga sabab böladi, söngra u sizga hayot beradi va keyin unga qaytarilasiz. |
Körinib turganidek, Marko tarjimasi Robert işidan ança mukammal va töliqroq bölib, oyatni sözma-söz tarjima qilişga harakat qilingan. Buni, “Qurʼoni karim”ning Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasidagi özbekça matn hamda Marko variantini leksik va grammatik stilistikasining özaro juda yaqinligi ham tasdiqlaydi. Biroq, “Liber Alçorani Maçameti quem Marcus canonicus Toletanus de Arabica lingua transtulit in Latinam” [11] (“Toledolik qonunşunos Marko arab tilidan lotinçaga ögirgan Muhammadning Qurʼon kitobi”) nomli mazkur tarjima qölyozmasining asl nusxasini faqat 6 varaği hozirga qadar yetib kelgan, xolos. Tarjimaning XIV asrda köçirilgan töliq holatdagi nusxasi [10] bugungi kunda Turin milliy universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Robert va Marko tarjimalarining qiyosiy tahlili Tomas Burman [18] tadqiqotida ança batafsil keltirilgan.
Mafkuraviy taʼsir sabab özgarişlarga uçragan va notöğri talqin qilingan diniy matnlardan yana biri “Kitob al-Isro va-l-Miʼroj” (“Isro va meʼroj kitobi”)dir. Islom tarixidan yaxşi maʼlumki, Isro – bu Muhammad payğambar(s.a.v)ning Makkadan Quddusga amalga oşirgan tungi sayrini (al-Isro surasi 1-oyat [1:282]), Meʼroj esa u zotning Quddusdagi Aqso masjididan osmonga kötarilişini (an-Najm surasi 6-18-oyatlar [1:525-526]) tasvirlovçi “Qurʼoni karim” oyatlarida keltirilgan voqeliklar hisoblanadi. Fan tarixida muallifi nomaʼlum ekani körsatiluvçi uşbu asarning asl arabça qölyozmasi saqlanmagan.
Hozirgi kunga qadar fan tarixida asarning birinçi tarjimasi sifatida baholanuvçi [19:52] iş 1262-yilda Leon va Kastiliya qiroli Alfonso X (1252 – 1284) topşiriği bilan Avraam de Toledo (1225-1294) tomonidan amalga oşirilgan. Tarjimon asarni arab tilidan kastilça “La Escala de Mahoma” (“Muhammadning yuksalişi”) nomi bilan ögirgan. Biroq bu tarjima matni bugungi kunga qadar töliq holatda saqlanmagan. 1264-yilda qirol taşabbusi bilan Avraam tarjimasi Siyenalik Bonaventura (XIII asr ikkinçi yarmi) tomonidan avval lotin (“Liber scalae Maçometi”) [13, 14], söngra fransuz (“Livre de lʼesçiele Mahomet”) [15] tillariga ögirilgan. Mazkur ikki nusxa hozirga qadar töliq holatda yetib kelgan.
Tadqiqot davomida “Kitob al-Isro va-l-Miʼroj”ning yuqoridagi uç tarjimasidan avvalroq yaratilgan lotinça nusxasi aniqlandi. Mazkur tarjima “Corpus Islamolatinum” tarkibidagi 5-sonli qölyozma bölib, “Çronica mendosa et ridicula Sarracenorum” (“Musulmonlarning uydirmalar bilan boyitilgan kulgili yilnomasi”) [4] deb nomlanadi. Qölyozmada tarjima matni muallifi sifatida Kettonlik Robert körsatilgan. Uşbu tarjimani Vatikan, Parij va Oksford nusxalari bilan qiyosiy tahlili, ularda matnning tarkibiy tuzilişi va keltirilgan maʼlumotlar öxşaşligini tasdiqlamoqda. Faqat, bu tarjimada ham Robert öz uslubiga xos ravişda islomiy matnlarni buzib talqin qilgan. Buni sarlavha uçun tanlab olingan nomda ham yaqqol köriş mumkin. Bundan taşqari, lotinça matnning dastlabki sahifasida asarni tarjima uçun tanlab olinişiga, undagi payğambarni bir keçada uzoq masofani bosib ötgani, osmonga kötarilib, jannat va dözaxni tomoşa qilgani töğrisidagi maʼlumotlar sabab bölgani qayd etilib, ular işonib bölmas voqeliklar sifatida islom taʼlimotini notöğriligini asoslaşda qöl kelişi mumkinligi (asl matn: «…incredibilis notitia de propheta, qui una nocte magnam distantiam iter fecit, in caelum ascendit et caelum et infernum observavit, utilis esse potest ad iustificandam doctrinae Islamicae fallaciam») taʼkidlangan. Mazkur maʼlumotlar arab tilidagi asarlarni tarjima qiliş işini çerkov tomonidan yölga qöyilişi avvalo diniy-mafkuraviy kuraşlar fonida yuz berganini yana bir karra tasdiqlaydi.
Robert tarjimasida arab tilidagi matn muallifi sifatida Pyer de Montboissiyerning toledolik musulmon tarjimoni Muhammad [4: 19r] qayd etilgan. Mazkur maʼlumot bir tarafdan “Kitob al-Isro va-l-Miʼroj” Pyer de Montboissiyer buyurtmasi asosida islomga qarşi kuraşiş uçun XII asrda tayyorlangan qurama asar ekanini anglatsa, ikkinçi tomondan asar muallifi sifatida Abdulkarim Muhammad al-Quşayriy (986–1072)ga işora qilgan ayrim fan tarixçilarining [20 – 27] fikri notöğri ekanini körsatmoqda.
Xulosa. Manbalar tahlili çerkov mutasaddilarining arabça asarlarni tarjima qildirişiga avvalo diniy-mafkuraviy motivlar sabab bölganidan dalolat bermoqda. Jumladan, körib ötilayotgan davrda xristianlik çerkovining örta asr “mafkuraviy maydoni”dagi eng asosiy raqobatçisi hisoblangan islom dini va uning falsafasiga bağişlangan ilohiyotga doir kitoblarni lotin tiliga ögiriş taşabbusidan asosiy maqsad – mazkur dinga qarşi kuraşiş, uning ğoyalarini inkor etiş va bu orqali musulmonlarni xristianlikka ötkaziş edi. Şunday bölsa, ayni davrda yaratilgan tarjimalar islomiy taʼlimotning xristian olamidagi ilk interpretatsiyasi sifatida Ğarb falsafiy dunyosiga özining kuçli taʼsirini körsatdi.
Yevropaning XI asr ikkinçi yarmi – XIII asrda faoliyat yuritgan arabşunoslik tarjima markazlarida “Qurʼoni karim”dan taşqari, islom diniga oid yana bir qança asarlar lotin tiliga ögirildiki, mazkur qölyozmalarning tadqiqiga doir xulosalarimizni özimizning navbatdagi işimizda batafsil bayon etamiz.
- Qurʼoni karim. Maʼnolari, tarjima va tafsiri. / Tarjima va tafsir muallifi Abdulaziz Mansur. – T.: Toşkent islom universiteti naşriyot-matbaa birlaşmasi, 2004. – 618 b.
- “Qurʼoni karim” va özbek tilidagi maʼnolari tarjimasi. / Tarjima muallifi Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. – Anqara, 2018. – 312
- Corpus Islamolatinum. – 1162 || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Çronica mendosa et ridicula Sarracenorum. – 1162: fols. 5r – 10v. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.De doctrina Mahumet. – MS. 1162: fols. 19r – 25r. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Epistola Saraceni et rescriptum Çristiani. – MS. 1162: fols. 139r – 178r. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Epistula domini Petri abbatis ad dominum Bernardum Clare Uallis abbatem. – 1162: fols. 3v – 4v. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Fabulae Sarracenorum (Prologus) . – 1162: fol. 5r. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Lex Mahumet pseudoprophete. – MS. 1162: fols. 26r – 138v. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Lex Mahumet pseudoprophete. – 313. 3: fols. 29 – 159v. || Merton College, Oxford, UK.
- Liber Alçorani Maçameti quem Marcus canonicus Toletanus de Arabica lingua transtulit in Latinam. – V. 35. || La Biblioteca Nazionale Universitaria di Torino, Torino, Italia.
- Liber Alçorani Maçameti quem Marcus canonicus Toletanus de Arabica lingua transtulit in Latinam. – 1. sup., fol. 4v. || Biblioteca Ambrosiana, Milano, Italia.
- Liber de generatione Mahumet et nutritura eius. – 1162: fols. 11r – 18r. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Liber scalae Maçometi. – 6064. || Bibliothèque nationale de France, Paris, France.
- Liber scalae Maçometi. – 7072. || Biblioteca Apostolica Vaticana, Civitas Vaticana.
- Livre de lʼesçiele Mahomet. – Laud Misc. 537. || Bodleian Library, Oxford, UK.
- Prephacio. – MS. 1162: fol. 25v. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
- Summa totius haeresis ac diabolice secte Sarracenorum. – 1162: fols. 1r – 3v. || Bibliothèque de lʼArsenal, Paris, France.
-
Burman T.E. Tafsīr and translation : traditional arabic Qurʼān exegesis and the latin Qurʼāns of Robert of Ketton and Mark of Toledo. // Speculum: a journal of medieval studies. – 73, Issue 3. 1998.
-
Cahn W. The “portrait” of Muhammad in the Toledan Collection. // Reading medieval images. The art historian and the object. – Çicago: University of Miçigan press, 2002.
-
DʼAlverny M-T. Deux traductions latines du Coran au Moyen-Âge. // Arçives dʼhistoire doctrinale et littéraire du Moyen-Âge. 1948.
-
DʼAlverny M-T. Pierre le Vénérable et la légende de Mahomet. // Fêtes et Cérémonies liturgiques en lʼhonneur des saints Abbés Odon et Odilon. Congrès scientifique de juillet 1949. – Dijon: Société des Amis de Cluny, 1950.
-
González Muñoz. F. Corrections to Robert of Kettonʼs translation of the Qurʼan in MS Paris Bibliothèque de lʼArsenal 1162. // The Latin Qurʼan, 1143 – 1500: Translation, Transition, Interpretation. – Berlin: De Gruyter, 2021.
-
Hanne O. Le mariage coranique vu à travers lʼAlcoran de Robert de Ketton. // Les Stratégies matrimoniales (IXe – XIIIe siècle). – Turnhout: Brepols, 2013.
-
Hanne O. Translating from Arabic to Latin in the Twelfth Century: The Examples of Two Englişmen, Robert of Ketton and Adelard of Bath. // The Latin Qurʼan, 1143-1500: Translation, Transition, Interpretation. – Berlin: De Gruyter, 2021.
-
Lappin A.J. On the genesis and formation of the Corpus Cluniacense. // The Latin Qurʼan, 1143-1500: Translation, Transition, Interpretation. – Berlin: De Gruyter, 2021.
-
Martínez Gázquez J. Glossae ad Alçoran Latinum Roberti Ketenensis translatoris, fortasse a Petro Pictauiense redactae: An Edition of the Glosses to the Latin Qurʼān in BNF MS Arsenal 1162. // Medieval encounters. – Vol. 21. 2015.
-
The Latin Qurʼan, 1143-1500: Translation, Transition, Interpretation. / Edited by C.F.Hernandez, J.Tolan. – Berlin: De Gruyter, 2021. – 490 p.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




