Home / MAQOLALAR / TINÇLIK VA TARAQQIYOT KAFOLATI BÖLGAN BAĞRIKENGLIKNING TARIX VA BUGUNGI KUNDAGI UYĞUNLIGI

TINÇLIK VA TARAQQIYOT KAFOLATI BÖLGAN BAĞRIKENGLIKNING TARIX VA BUGUNGI KUNDAGI UYĞUNLIGI

Insoniyat tarixiga nazar solganda, tinçlik va taraqqiyotga erişiş yölidagi eng muhim omillardan biri bağrikenglik ekani yaqqol közga taşlanadi. Turli millat, din, til, madaniyat va dunyoqaraş vakillari özaro hurmat va hamjihatlik asosida yaşagan jamiyatdagina barqarorlik, ijtimoiy işonç va bunyodkorlik uçun mustahkam zamin yaratiladi.

“Bağrikenglik” tuşunçasi insonning öz eʼtiqodi va qadriyatlarini saqlagan holda boşqalarning ham qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari va tanlovini hurmat qilişini anglatadi.

Islom dini insoniyatga asl muruvvatni, dindoşlar va boşqa eʼtiqod vakillariga hurmat-ehtirom va bağrikenglik bilan munosabatda bölişni örgatadi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada butun başariyatga ibrat-namuna bölganlar. Madinaga hijrat qilganlarida, u yerdagi ahli kitobdan bölgan qöşnilari bilan yaxşi munosabat örnatganlar. Ularga hadya berib, özlari ham qabul qilganlar.

Tarixiy manbalar tinçlik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida musulmon bölmaganlarning huquqlari taʼminlanganiga guvohlik beradi. Bunga juda köp misollar bor. Deylik, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Baytul Maqdisda yaşaydiganlarga omonlik bergan va ularning huquqlari saqlanişiga kafil bölgan.

Bu haqdagi ibratli misollardan yana biri möminlar amiri Abdulloh ibn Umarning Iliyo ahlini tinç-omon qoldirganidir. Ularning joni va moliga, ibodatxonalariga, kasal va soğlom odamlariga, xullas, barçaga omonlik bergan. Ibodatxonalar buzilmagan va zarar körmagan. Mol-mulkdan biror narsaga teginilmagan. Heç kim öz dinidan qaytişga majburlanmagan va zulm körmagan.

Islomning bağrikenglik dini ekani ayniqsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning şaxsiy namunalari orqali yaxşi anglanadi. Zero, payğambarning asosiy vazifasi odamlarning bu dunyodagi hayotini yengillaştirib, oxiratda esa abadiy rohat makonidan örin olişiga yordam berişdir. Şu bois dinimiz asosi – Qurʼoni karim va hadisi şariflarda bağrikenglik tarğib qilingan. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam köplab hadislarida özga din vakillariga ham insoniylik yuzasidan yaxşi muomalada bölişga daʼvat etganlar.

Yodingizda bölsa, hijratning töqqizinçi yili Najron vakillari Abulhoris boşçiligida Madinaga elçi bölib borgan va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirgan. Bu taşrif davomida öz rasmiy diniy libosini kiyib, Payğambar alayhissalom bilan masjidda uçraşgan. Muloqot yakunlanganidan söng, u zotdan öz ibodatini ado etiş uçun ruxsat söragan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga Madina masjidida buning uçun şaroit yaratib berganlar. Şunday qilib, ular musulmonlar masjidida Baytul Maqdisga yuzlangan holda ibodatini ado etgan. Bu tarixiy voqeani har bir musulmon bilişi lozim.

Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etişlaridan oldin bir yahudiyga öz sovutlarini garovga berib, evaziga 30 soʼ arpa sotib olganlar. Oişa onamiz roziyallohu anho bu voqeani u zotning bağrikenglik borasida ummatga körsatgan eng katta taʼlimi deb baholagan.

Jamiyatda tinçlik va bağrikenglikning asosiy natijalaridan biri odamlar tasavvuri va eʼtiqodi turliça bölişiga qaramasdan tinç-totuv yaşaşidir. Ular turli fitnalardan uzoq bölgan holda özaro işonç va xotirjamlikda hayot keçiradi.

Muhojir va ansorlarni bir-biriga birodar qilib qöygan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islom ummati uçun namuna böladigan katta meros qoldirganlar. Madina yahudiylariga tinç-totuv yaşaşi uçun kafolat böladigan maktub yozdirib berganlar. Hudaybiya kuni muqarrar jang arafasida musulmonlar bilan qurayşliklar orasida adovat olovini öçirib, uruşning oldini olganlar. Öşanda qurayşliklar bilan sulh tuzilgan. Tarix zarvaraqlarida bunday voqealar, yuqorida aytganimizdek, juda köp.

Yana bir ibrat voqeani esga olaylik. Movarounnahrlik alloma Abdulloh ibn Muborakning yahudiy qöşnisi bölardi. Abdulloh öz bolalarini ovqatlantirişdan oldin öşa kambağal qöşnisinikiga taom çiqarar, öz farzandlarini kiyintirişdan oldin öşa yahudiyning bolalariga kiyim-keçak olib berardi. Odamlar yahudiyning oldiga borib: “Hovlingni bizga sotgin”, deganda, u: “Ikki ming dinorga sotaman. Aslida uning narxi ming dinor. Keyingi mingi esa Ibn Muborakka qöşni bölganim uçundir”, deydi. Keyinçalik öşa yahudiy Abdullohning duosi şarofatidan islomga kirgan. Demak, könglida adovat bölmagan, birovga zarari tegmaydigan kişilar bilan yaxşi muomalada bölib, ular bilan dunyoviy işlarda hamkorlik qilişning zarari yöq ekan. Aksinça, foydasi katta bölarkan.

Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Burhonuddin Marğinoniy kabi yuzlab allomalar musulmonlar orasidagi ğoyaviy tarafkaşlikka (tafriqaga) barham beriş va odamlarga islom dinining asl mohiyatini yetkazişdek oğir va maşaqqatli işga ulkan hissa qöşgan. Ular islomiy bağrikenglik ruhini yoyiş borasida ham katta xizmat körsatgan – diyorimizdan yetişib çiqqan allomalar asarlarida diniy bağrikenglik bilan boğliq qadriyatlar tarğib qilingan ğoyalarni köp uçratamiz.

Masalan, buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yönalişi asosçisi Abu Mansur Moturidiy özining “Taʼvilotul Qurʼon” asarida Haj surasining 40-oyati tafsirini bayon qilar ekan, “Çerkov va sinagogalarni (çerkov – nasroniylar ibodatxonasi, sinagoga – yahudiylarniki) vayron qiliş man etiladi. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yöqdir”, deydi. Şuning uçun ham musulmonlar hukmron bölib yaşagan yurtlarda, ön tört asr ötgan bölsa hamki, çerkov va sinagogalar bugungi kungaça saqlanib qolgan.

Samarqandlik uluğ faqih, buyuk mufassir Abu Lays Samarqandiy “Bahrul ulum” deb nomlangan tafsir kitobida Mumtahana surasining 8-9-oyatlarini şarhlab, bunday yozgan: “Siz bilan din borasida uruş qilmagan özga din vakillari bilan bordi-keldi qilavering, çunki Alloh taolo: “Sizlar bilan din borasida uruşmaganlarga yaxşilik qilişingizga, ularga nisbatan adolatli bölişingizga heç qanday moneʼlik yöq”, deb marhamat qilgan”.

Movarounnahrlik yana bir maşhur faqih, mufassir Abul Barakot Nasafiy “Madorikut tanzil” deb nomlangan tafsirida mazkur oyatga: “Özga din vakillariga ehtirom körsating, ularga sözda ham, amalda ham yaxşilik qiling”, deb şarh bergan.

Burhonuddin Marğinoniy “Hidoya” asarida musulmonlar diyorida çerkov va ibodatxonalar buzilib ketgan bölsa, ularni qaytadan tiklaş joizligini alohida aytib ötgan.

Yurtimizda qadimdan boşqa din vakillari musulmonlar bilan yonma-yon yaşab, jamiyatning maʼnaviy yuksalişiga muayyan hissa qöşib kelgan. Diniy bağrikenglik namunalarini yurtimizda yaşab ötgan buyuk ajdodlarimiz hayotida ham körişimiz mumkin. Buyuk sarkarda Amir Temurning qöşini tarkibida yahudiylar va boşqa dinga mansub bölgan askarlar ham xizmat qilgan. Sohibqironning öğli Mironşoh öşa paytda Fransiya, Ispaniya va Angliya kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalar uçun masʼul etib tayinlangan. Hindiston xalqi hozirgaça Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarini hurmat bilan tilga oladi. Çunki boburiylar davlatni diniy bağrikenglik asosida boşqargan edi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub bölgan 2300 dan ortiq diniy taşkilot erkin faoliyat yuritmoqda, 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Davlat tomonidan 7 tilda taʼlim oliş imkoniyati yaratilgani, 12 tilda teleradio dasturlar efirga uzatilayotgani, 14 tilda gazeta va jurnallar çop etilayotgani, 157 ta milliy-madaniy markaz, 38 ta döstlik jamiyati erkin faoliyat yuritayotgani millatlararo totuvlik, dinlararo bağrikenglik va hamjihatlikning amaldagi namunasi hisoblanadi.

Bağrikenglikning ahamiyati juda katta va köp qirrali bölib, u jamiyatda tinçlik, hamjihatlik va özaro hurmatni taʼminlaydi.

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan quyidagiça xulosa qilişimiz mumkin:

– Tarixiy manbalar tinçlik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida özga din vakillarining huquqlari taʼminlanganiga guvohlik beradi.

– Islom bağrikenglik dini ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning şaxsiy namunalari orqali töliq anglaymiz. Dinimiz asosi bölmiş Qurʼoni karim va hadisi şariflarda bağrikenglik tarğib qilingan.

– Hadislarda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmon bölmaganlar bilan insoniylik yuzasidan yaxşi muomalada bölişni tarğib qilganlar.

– Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan oldin bir yahudiyga öz sovutlarini garovga berib, evaziga 30 soʼ arpa sotib olganlar. Uşbu voqea u zotning bağrikenglik borasida ummatga körsatgan eng katta namunalaridan biridir.

– Yurtimiz zaminidan yetişib çiqqan allomalar musulmonlar orasidagi ğoyaviy tarafkaşlikka barham beriş va odamlarga islom dinining asl mohiyatini yetkazişga ulkan hissa qöşgan. Ulamolarimiz islomiy bağrikenglik ruhini yoyiş yölida ham katta xizmat körsatgan.

– Yurtimizda qadimdan boşqa din vakillari musulmonlar bilan tinç-totuv yaşab kelgan. Buyuk ajdodlarimiz hayotida ham diniy bağrikenglik namunalarini körişimiz mumkin.

– Bugungi kunda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya erkin faoliyat yuritmoqda hamda 130 dan ziyod millat va elat vakillari özaro tinç-totuv va hamjihatlikda hayot keçirmoqda.

Abduvosi ŞONAZAROV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

Ota-onaga yaxşilik qiliş saodat kalitidir

Vahb ibn Munabbihdan naql qilinişiça, Alloh taolo Muso alayhissalomga şunday vahiy qilgan ekan: “Ey Muso! …