Home / MAQOLALAR / BAĞRIKENGLIK – ISLOMNING ASOSIY QADRIYATLARIDAN

BAĞRIKENGLIK – ISLOMNING ASOSIY QADRIYATLARIDAN

Bugungi kunda dunyoda tinçlik va barqarorlikka tahdid solayotgan muammolar tobora köpayib, insonlarning osuda hayotiga xavf soladigan omillar kölami kengayib bormoqda. Ayniqsa, bir qaraşda köz ilğamaydigan tahdidlar – turli buzğunçi ğoyalar va mafkuraviy tahdidlarning kuçayişi öta taşvişli holatdir. Ayrim ekstremistik guruhlar dinni niqob qilib, barça musulmonlarni göyoki yagona bölgan, mohiyatan esa, buzuq va öta xavfli mafkura va maqsadlar atrofida birlaştirişga urinadi. Aslida ularning maqsadi jamiyatdagi tinçlik va hamjihatlikka putur yеtkazib, davlatlarning mustaqil taraqqiyot yöliga tösqinlik qilib, “xalifalik” singari hokimiyat örnatib, unga boş bölişdan iborat. Bunday buzğunçi kuçlar, ayniqsa, jamiyatda paydo böladigan ğoyaviy vakuumdan, beparvolik va loqaydlik kuçaygan muhitdan foydalanişga harakat qiladi. Şu bois yoşlarni bunday zararli ğoyalar taʼsiridan asraş, ularda soğlom dunyoqaraş va mafkuraviy immunitetni şakllantiriş muhim ahamiyatga ega.

Tinçlik va osoyiştalik uluğ neʼmat ekani islom manbalarida özining qatʼiy ifodasini topgan. Xususan, Baqara surasining 208-oyatida “Ey imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirişingiz!” [1:1-208] deyiladi. Uşbu amr tafsir kitoblarida “sulhga, özaro tinçlikka kirişing”, “uruşni tark eting” maʼnosida talqin qilinadi [2:335-338]. Şuningdek, Baqara surasining 205-oyatida “Alloh buzğunçilik – fasodni suymaydi” [1:1-205] deyilgan.

Bundan taşqari, Payğambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarida “Tinçlik va xotirjamlik ikki uluğ neʼmatdirki, bundan köp odamlar mahrumdir” [5:198], “Kimki bizlarga qarşi tiğ kötarsa, u ahli islomdan emas” [6:6847-hadis] degan sözlar bilan insonlar tinçlikni qadrlaşga, özaro ahil-inoq yaşaşga çaqirilgan.

Islom dinining tinçlik va osoyiştalikka eʼtibori yuqori bölişi bilan bir qatorda, bağrikenglik uning negizi hisoblanadi. Muqaddas dinimizning boş manbai bölgan Qurʼoni karimda bunday deyiladi: “…biror qavm (kişilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilişga undamasin!” [1:5-8].

Bu borada Payğambarimiz alayhissalom islom ummatigagina emas, butun insoniyatga namuna bölganlar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida, davlat işlaridagi eng birinçi amallari öşa yеrlik yahudiylar bilan ularning aqidalarini hurmat qilişga asoslangan ahdnoma tuziş böldi. Rasululloh alayhissalom ahli kitobdan bölgan qöşnilari bilan yaxşi munosabatda bölar, hadya berib, ulardan ham turli hadyalar qabul qilib turar edilar. Madinaga Habaşiston nasroniylarining vakillari kelganda, ularni masjidga tuşirib ziyofat berganlar va xizmatida bölganlar. Hatto şoh Najronning nasroniy vakillariga masjidning bir qismida ibodat qilişga ijozat berganlar [3:165].

Demak, islom dini azaldan insoniyatga asl muruvvatni, nafaqat musulmonlar, balki özga din vakillariga ham ehtirom va bağrikenglik bilan munosabatda bölişni uqtirib kelgan. Oldingi samoviy dinlarni (yahudiylik va nasroniylikni) şunçaki hurmat qiliş bilan çeklanmay, öşa din ahllari bilan tinç-totuv yaşaşga, fitna va turli adovatlarga barham berişga çaqirgan. Islom taʼlimotiga binoan barça payğambarlar birodardirlar, risolat (elçilik) bobida ular orasida bir-biridan afzallik yöq, eʼtiqodga, dinga majburlaş mumkin emas, ilohiy diyonatlarning barça ibodatxonalari himoya va mudofaa qilinişi kerak, dinlararo ixtiloflar qotillik va adovatlarga sabab bölmasligi, yaxşilikdan tösmasligi lozim.

Bu borada Qurʼoni karim qatʼiy mezonni belgilaydi: “Alloh sizlarni din borasida siz bilan uruşmagan va öz yurtingizdan (haydab) çiqarmagan kimsalarga yaxşilik qilişingiz va ularga nisbatan adolatli bölişingizdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolatli kişilarni suyar” (1:60-8). Uşbu oyat tafsirida “Siz bilan uruşmagan özga din vakillari bilan yaxşi munosabatda böling” degan aniq hukm borligi aytiladi [4:376].

Şuningdek, Hujurot surasining 13-oyatida bunday deyiladi: “Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanişişingiz uçun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qöydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramroğingiz taqvodorroğingizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir”. Alloh taolo «Ey odamlar!» deya butun insoniyatga murojaat qilib, barça insonlarning kelib çiqişi bir ekanini, yaʼni hammamiz Odam Ato va Momo Havodan tarqalganimizni taʼkidlayapti. Şu bilan birga, insonlar turli millat, elat va qabilalarga ajratilgani ham Özining irodasi ekanini bayon qilyapti. Bu Demak bir-biridan ustunlik emas, balki özaro tanişiş, hurmat qiliş va hamjihat yaşaş uçun ekan.

Qurʼoni karimning köplab oyatlarida musulmonlar tinçliksevar, bağrikeng va boşqa din vakillariga hurmat bilan munosabatda bölişga çaqirilgan. Islom dini inson qadrini uluğlab, har bir kişining hayoti, şa’ni, or-nomusi va huquqlarini himoya qilişga alohida eʼtibor qaratadi. Diniy bağrikenglik esa turli eʼtiqod vakillarining bir-birini hurmat qilib, özaro hurmat va totuvlikda yaşaşini taʼminlaydi. Zero, jamiyatda bağrikenglik qançalik mustahkam bölsa, millatlar va dinlar örtasida hamjihatlik va tinçlik ham şunçalik barqaror böladi.

Özbekiston azaldan dinlararo bağrikenglik va hamjihatlik qaror topgan yurt sifatida tanilgan. Bu zaminda musulmonlar bilan buddaviylik, zarduştiylik, nasroniylik, yahudiylik vakillari asrlar davomida yonma-yon yaşab, öz eʼtiqodiga erkin amal qilib kelgan. Masjid, çerkov va sinagogalar heç bir tazyiqsiz faoliyat körsatgan. Özbek xalqi tarix davomida boşqa millat va din vakillariga doimo hurmat va bağrikenglik bilan munosabatda bölib kelgan.

Prezident Şavkat Mirziyoev BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida sözlagan nutqida uşbu masalaga alohida eʼtibor qaratib: “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zöravonlik va qon tökiş bilan bir qatorga qöyadiganlarni qatʼiy qoralaymiz va ular bilan heç qaçon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinçlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylaşga daʼvat etadi”, degan edi [7]. Bu öz navbatida yurt tinçligi, taraqqiyoti va umuminsoniy madaniyat rivojiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari: “Özbekiston millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik sohasida öz anʼanalariga doimo sodiq bölib, bu yöldan heç qaçon oğişmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari örtasida özaro hurmat, döstlik va ahillik muhitini mustahkamlaşga birinçi darajali eʼtibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş barçamizning burçimizdir” [8] deb bejiz taʼkidlamagan. Xalqimizga xos millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlik jamiyatda ezgulik va insonparvarlikni mustahkamlab, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Barçamiz bugungi murakkab zamonda tinçlik va barqarorlik inson hayotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini çuqur anglaşimiz lozim. Afsuski, ayrim kimsalar dinni niqob qilib, talonçilik, bosqinçilik, terrorçilik va buzğunçilik kabi jinoyatlarga qöl urmoqda. Bu esa jamiyat osoyiştaligiga putur yеtkazib, millatlar va dinlar örtasida nizo, adovat hamda işonçsizlikning kuçayişiga sabab bölmoqda.

Şunday ekan, bunday yot ğoya va buzğunçi harakatlarga qarşi birgalikda kuraşiş, ayniqsa, yoşlarni jaholat, adaşiş va zararli qaraşlar taʼsiridan asraş har birimizning muhim vazifamizdir. Zero, yoş avlodni ezgulik, bağrikenglik va özaro hurmat ruhida tarbiyalaş, jamiyatda tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

 

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR:
  1. Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri (Tarjima va tafsir muallifi Şayx Abdulaziz Mansur). – Toşkent: “Toşkent islom universiteti” naşriyot-matbaa birlaşmasi, 2012.
  2. Tafsir at-Tabariy. – Bayrut: Dorul kutubil ilmiyya, 1999. J.2.
  3. Ahmad Şalabiy. Islom. – Qohira: Dorun nahdatil misriyya, 1997.
  4. Abu Lays Samarqandiy. Bahrul ulum. T.III. – Bayrut: Muassasatur risola, 2004.
  5. Tabaroniy. Mu’jamul avsat. J.1. – Qohira. Dorul haramayn, 1995.
  6. Oltin silsila. Sahihul Buxoriy. J.8. – Toşkent: “Hilol-naşr”, 2018.
  7. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sözladi. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
  8. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

 

Ixtiyor QUŞŞAQOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
ilmiy xodimi

Check Also

SAYYID ŞARIF JURJONIYNING “AT-TAʼRIFOT” ASARIDA QURʼON ILMLARIGA OID ISTILOHLARNING YORITILIŞI

Manbalarda Sayyid Şarif Jurjoniyning (740-816/1340-1416) kalom, tafsir, hadis, fiqh, mantiq, baloğat, sarf, nahv, meros, falsafa, …