Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Markaz rahbariyati, kasaba uyuşmasi faollari, ilmiy va texnik xodimlar iştirok etdi.



Marosimda Markaz direktori Şovosil Ziyodov kasaba uyuşmalari har bir mehnat jamoasida xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda mehnat va ijtimoiy şaroitlarni yaxşilaşda muhim örin tutişini taʼkidladi. Şuningdek, taşkilotda özaro hurmat, hamjihatlik va döstona muhitni mustahkamlaşda kasaba uyuşmasi faollarining masʼuliyati va fidoyiligi alohida eʼtirof etildi.


Tadbir davomida Markazda uzoq yillar samarali va fidokorona mehnat qilgan, boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasining raisi sifatida jamoa ahlining çuqur hurmatini qozongan tadqiqotçimiz Yöldoşxon Isayev ham yodga olindi. Insonning qadri hayotligida qilgan ezgu işlari, el-yurt va jamoa manfaati yölida körsatgan fidoyi xizmatlari bilan ölçanişi, marhum hamkasbimizning halol mehnati, kasbiga sadoqati va jamoaga mehr-eʼtibori qalblarda abadiy saqlanib qolişi qayd etildi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda 11-noyabr sanasining Özbekiston kasaba uyuşmalari kun etib belgilanişi öziga xos tarixiy ahamiyatga ega. 1905-yil aynan şu kuni Toşkentda mamlakatimiz tarixidagi ilk kasaba uyuşmasi taşkilotiga asos solingan edi. Uşbu tarixiy voqeʼlik hamda soha xodimlarining jamiyat hayotidagi örni va nufuzini inobatga olib, 2020-yil 23-noyabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, 11-noyabr rasman Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni etib belgilangan.
Kasaba uyuşmasi – bu nafaqat mehnat huquqlarining işonçli himoyaçisi, balki jamoada ahillik, adolat va özaro ğamxörlik muhitini şakllantiruvçi maʼnaviy kuçdir. Ilm va maʼrifat yölida xizmat qilayotgan har bir xodimning mehnati munosib qadrlanişi va muhofaza qilinişi barqaror taraqqiyot va yuksak natijalarning boş omili bölib xizmat qiladi.

Tadbir söngida jamoaning kasaba uyuşmasi aʼzolariga esdalik sovğalari ulaşildi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




