Home / FOTO LAVHALAR / Söğd şaharlari tarixiga oid manbalar tahlili

Söğd şaharlari tarixiga oid manbalar tahlili

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafşon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar bölib ötdi. Unda Markaz xodimlari, Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti, Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti olimlari, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Din işlari böyiça qömita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oşiriş va qayta tayyorlaş instituti Samarqand filiali tinglovçilari, Mir Arab örta maxsus islom bilim yurti ustoz va talabalari qatnaşdi.

Seminarda tarixçi olim, Toşkent Kimyo xalqaro universiteti dotsenti Husniddin Mamadaliyev “X asrga oid islomiy yozma manbalarda Söğd şaharlarining tasviri: Hayratdan haqiqat sari” mavzusida maʼruza qildi.

Olim X asr musulmon geograflari asarlarida Samarqand va Buxoro kabi qadimiy şaharlarning tasvirlanişi, ularning tarixiy qiyofasi, iqtisodiy hayoti va şaharsozlik anʼanalarini tahlil etdi. Xususan, Istaxriy, Ibn Havqal va Muqaddasiy singari olimlarning geografiyaga oid risolalari, şuningdek, Narşaxiyning Buxoro tarixiga oid asarlaridagi maʼlumotlar haqida sözladi.

Taʼkidlanganidek, Örta asr geografik manbalarida şaharlar köpinça öziga xos badiiy va mubolağali tasvirlar bilan ifodalangan. Şu bilan birga, ularda tarixiy voqeʼlikni aks ettiruvçi aniq maʼlumotlar ham talaygina. Tadqiqotning muhim jihati ana şu tasvirlar zamiridagi tarixiy haqiqatni aniqlaş, yozma manbalardagi maʼlumotlarni qiyosiy tahlil qiliş va ularni boşqa tarixiy dalillar bilan soliştirişdan iborat.

Maʼruzaçi Samarqand va Buxoroning içki tuzilişi, mudofaa devorlari va darvozalari, suğoriş va oqova tizimlari, bozorlar, savdo yöllari, hunarmandlik va vaqf mulklari haqida qimmatli maʼlumotlarni taqdim etdi. Ayniqsa, Samarqandning obodligi, boğ-roğlari, suv inşootlari va meʼmoriy qiyofasi haqidagi tasvirlar alohida tahlil qilindi.

Şuningdek, geografik asarlarda şaharlarning moddiy va iqtisodiy hayoti keng yoritilgan bölsa-da, ilm-fan va ilmiy muhitga oid maʼlumotlarni aniqlaşda tabaqot, tarjimai hol va fiqhiy manbalar ham muhim örin tutişi qayd etildi.

Seminar yakunida tarixiy manbalarni özaro qiyoslaş, yozma maʼlumotlarni arxeologik dalillar bilan boyitiş hamda Markaz bilan xorijiy ilmiy muassasalar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Islomşunoslik sohasidagi muhim muloqot

5-noyabr kuni Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Globallaşuv jarayonida islomni anglaş muammolari” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy …