Home / FOTO LAVHALAR / Markaz olimlari xalqaro ilmiy anjumanda

Markaz olimlari xalqaro ilmiy anjumanda

Şu kunlarda Mir Arab oliy madrasasida “Globallaşuv davrida sof aqida va tasavvuf masalalari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.

Forumning oçiliş marosimida Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davron Maqsudov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisining örinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Tatariston Respublikasi muftiysining örinbosari, Rossiya islom instituti rektori, professor Rafiq Muhametşin va Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov iştirok etib, anjuman işiga muvaffaqiyat tiladi.

Şundan söng anjuman “Globallaşuv davrida sof aqida: Muammolar va yeçimlar” va “Globallaşuv davrida tasavvuf: Maʼnaviy meros va zamonaviylik” mavzulariga bağişlangan ikki şöʼbada davom etdi.

Forumda özbekistonlik va çet ellik olim va tadqiqotçilar globallaşuv şaroitida soğlom eʼtiqodni asraş, Moturidiylik taʼlimotining ilmiy asoslari, tasavvufning nazariyalarining jamiyat maʼnaviy hayotidagi örni, diniy-maʼrifiy merosni tadqiq etiş va zamonaviy tahdidlarga qarşi ilmiy yondaşuvlar yuzasidan maʼruzalar qildi.

Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham iştirok etdi. Şukurillo Umarov ikkinçi şöʼbada “Ijtimoiy barqarorlik va ruhiy-maʼnaviy tarbiyada tasavvuf taʼlimining örni (Najmiddin Kubro taʼlimoti misolida)” mavzusida maʼruza qildi.

Şuningdek, Ravşan Elmurodovning “Globallaşuv şaroitida sof aqidani saqlaşda Moturidiya taʼlimotining ilmiy-nazariy asoslari” hamda Qodirxon Mahmudovning “Ibn Hibbonning «Sahih»ida qadar masalasi” mavzuidagi ilmiy maqolalari anjuman materiallari qatoridan örin oldi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy forum diniy-maʼrifiy sohadagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan muhokama qiliş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş, şuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro ilmiy aloqalar – yangi bosqiçda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning Qiriqqale universiteti islom ilmlari fakulteti doktori Muhammed Köç va …