Inson zoti azaldan ğayb olamiga qiziqiş bildirib kelgan va bu qiziqiş tarix davomida öz ahamiyatini yöqotmagan. Mazkur qiziqişning tabiiy natijasi ölaroq, ğayb olami hamda u bilan aloqadorligi ilgari surilgan şaxslar va siymolar haqida turli-tuman fikrlar, talqinlar va baholar bildirilgan hamda bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Ayniqsa, ğayb olami bilan aloqador deb eʼtirof etilgan şaxs yoki şaxslarning özlari ham közga körinmas, ğaybiy mavjudot sifatida tasavvur qilinişi insonlarning mazkur olamga bölgan qiziqişini yanada orttirgan. Natijada insoniyat bu borada baʼzan eʼtiqodiy jihatlarni ham qamrab olgan, turli qaraş va baholardan tarkib topgan nihoyatda boy ijtimoiy-madaniy merosni şakllantirgan.
Diniy, şuningdek, tarixiy-madaniy adabiyotlarda ğayb olami bilan aloqador deb eʼtirof etilgan, haqida köplab fikrlar bildirilgan va turli farazlar ilgari surilgan siymolardan biri — aksariyat ulamolar Xizr nomi bilan tanigan şaxsdir. Qurʼoni karimda keltirilgan bir qissadan maʼlum bölgan uşbu şaxsning nomi mazkur qissada oçiq-oydin zikr etilmagan bölsa-da, köplab rivoyatlarda Xizr nomi bilan tilga olinadi. Biz ham tadqiqotimiz davomida uşbu şaxsga işora qiliş maqsadida örin-örniga qarab «Xizr», «Solih banda», «Donişmand banda» yoki şunçaki «Banda» va «Abd» iboralaridan foydalanamiz. Gap Kahf surasining 60-82-oyatlarida bayon qilingan, Muso alayhissalomning ayrim bilimlarni örganiş maqsadida uçraşgan mazkur şaxs bilan birgalikda safarga çiqişi va ularning boşidan keçirgan voqealari haqidagi qissa xususida bormoqda.
Uşbu qissa nafaqat Qurʼoni karimda, balki turli roviylar rivoyati orqali hadis manbalarimizda ham keltirilgan. Qissaning Qurʼoni karim va hadis kitoblaridagi bayonida Xizrning ğaybiy bilimlarga ega ekaniga işora qiluvçi ayrim ifodalarning mavjudligi hamda keyingi davrlarda uşbu ifodalarning turliça talqin qilinişi mazkur hadis va rivoyatlarni sanad hamda matn jihatidan tadqiq etiş zaruratini yuzaga keltirdi. Şu bois tadqiqotimizda oyat va hadislar dalil qilib keltirilgan holda hanuz hayot ekani iddao qilinadigan Xizrning kimligi va mavjudligi, şuningdek, uning ğaybni biliş-bilmasligi masalasini tegişli hadis va rivoyatlar asosida örganişga harakat qilamiz. Tadqiqot sohamiz taqozosiga köra, asosiy eʼtiborni hadis va rivoyatlarning sanad hamda matn tahliliga qaratamiz.
«Xizr va uning şaxsiyati» deb nomlangan birinçi bobda işimizga nazariy asos yaratiş maqsadida, avvalo, Xizrning şaxsiyati, ismi, mavjudligi, yaşagan davri, hozirgi kunda ham hayot yoki hayot emasligi, islomdan oldingi eʼtiqodlardagi va islom tasavvufidagi örni, şuningdek, madaniy-folklor jihatlariga oid turli manbalardan aniqlangan umumiy maʼlumotlarni körib çiqdik. Şundan söng ğayb (körinmas olam), ğaybiy bilim va uning çegaralari haqidagi qaraşlar hamda baholarni tahlil qildik. Birinçi bobning yakunida esa Qurʼoni karimda «Xizr» ismi oçiq-oydin zikr etilmaganidan kelib çiqib, Muso alayhissalom va Xizr (Solih banda/Donişmand banda) qissasi yuzasidan ayrim ilm ahllari bildirgan mulohazalarga örin berdik.
Ikkinçi bobda esa Xizrning ğaybiy bilimlarga ega ekaniga işora qiluvçi ifodalarni öz içiga olgan asosiy hadislarni, ular keltirilgan manbalarning islom ulamolari nazdidagi ilmiy qiymati va ahamiyatini ham eʼtiborga olgan holda, sanad va matn jihatidan tanqidiy tahlil qildik. Bu orqali Xizrning mazkur hadis manbalaridagi örni, unga nisbat berilgan xususiyatlar hamda uning tarixiy-diniy voqeligini aniqlaşga harakat qildik.
Avvalo, şuni taʼkidlaş joizki, Xizr haqidagi rivoyatlarni örganişda jamʼ, töplam, zavoid, mustadrak va mustaxraj turidagi ikkilamçi manbalardan köra, hadis ilmining asosiy va eʼtiborli manbalarini asos qilib olişga harakat qildik. Zero, barça manbalarni qamrab olganimizda, ikkilamçi manbalar ham, asosan, birlamçi manbalarga tayangani sababli bir xil rivoyatlarning takrorlanişiga ortiqça örin berişimizga töğri kelar edi. Şunga qaramay, mavzuga aloqador rivoyatlarda muayyan farqlarni aniqlagan hollarda manba borasida çeklov qöymasdan, tegişli asarga havola berdik.
Bizga maʼlum bölgan manbalar doirasida uşbu tadqiqotlarda tegişli hadis va rivoyatlar atrofliça sanad va matn tanqidi asosida örganilmagan, ayniqsa, Xizrning ğaybiy bilimlarga ega bölişi masalasi batafsil tahlil qilinmagan. Biz ham imkoniyatlarimiz doirasida ana şu ilmiy böşliqni töldiriş va masalaning yanada oydinlaşişiga hissa qöşişga harakat qildik.
Boşqa tomondan, diniy adabiyotlarda ham, tarixiy, madaniy va mifologik maʼlumotlarni örganuvçi manbalarda ham Xizr haqida, asosan, bir-birini takrorlaydigan köplab maʼlumotlar mavjudligini taʼkidlaş mumkin. Şu bois tadqiqotimiz doirasini, asosan, Xizrning şaxsiyati va mavjudligi bilan bir qatorda, uning ğaybiy bilimlardan voqif bölgan-bölmagani masalasiga bevosita aloqador rivoyatlar bilan çeklaşni maqsadga muvofiq deb topdik. Uşbu rivoyatlarni esa uçta asosiy hadis doirasida jamlaşga harakat qildik.
Şu nuqtai nazardan, hadis manbalari sifatida Kutubi sittadan oldingi davrning ilk asarlaridan Humaydiyning «Musnad» asarini; Kutubi sitta davriga mansub asarlardan Buxoriy va Muslimning «Sahih»larini, Ibn Mojaning «Sunan» asarini hamda Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»ini asos qilib oldik. Kutubi sittadan keyingi davr manbalaridan esa birinçi va ikkinçi hadislar yuzasidan Abu Avonaning «Musnad»i hamda Ibn Hibbonning «Sahih»idan, uçinçi hadis böyiça esa Bayhaqiyning «Sunan» asaridan foydalandik. Bulardan taşqari, tafsir, hadis şarhi, tabaqot, rijol tanqidi va matn tanqidiga oid asosiy manbalarga ham murojaat qildik.
Şuningdek, Xizr haqidagi maʼlumot va mulohazalarni maxsus tarzda yoritgan ayrim tadqiqotlar ham asosiy murojaat manbalarimiz qatorida örin oldi. Jumladan, Ibn Hajar Asqaloniyning «Al-Isoba fi tamyizi-s-sahoba» asarining ikkinçi jildidagi 286–335-betlar oraliğida joylaşgan bölim (mazkur sahifalar Salohiddin Maqbul Ahmad tomonidan «Az-zahru-n-nodir fi holi-l-Xazir» nomi bilan naşrga tayyorlangan va 1988-yilda Yangi Dehlida çop etilgan), Ibn Qayyim Javziyaning «Al-Manor al-munif fi-s-sahihi va-d-zaif» asari hamda sönggi davrlarda arab tilida yozilib naşr etilgan Muhammad Xayr Ramazon Yusufning «Al-Xadir bayna-l-voqiʼ va-t-tahvil» nomli tadqiqotini alohida qayd etiş mumkin.
XIZR (AL-XADIR)
«Xizr» nomining kelib çiqişi
Muso alayhissalom bilan uçraşgan va u zotga safar davomida hamrohlik qilgan şaxsning nomi sifatida özbek tilida qöllaniladigan «Xizr» yoki «Xidr» sözlarining arab manbalaridagi asl yozilişi «al-Xadiru» şaklidadir. «Xadr» va «Xidr» tarzida ham öqilişi qayd etilgan uşbu söz, aslida, şaxsning ismi emas, balki mazkur şaxsni tavsiflaş uçun qöllaniladigan sifat ekani deyarli barça manbalarda taʼkidlangan. Töğri talaffuz «Hadr» yoki «Hidr» emas, balki «al-Xadir» şaklida bölişi umumiy qabul qilingan qaraş hisoblanadi. Şuningdek, «al-Xadiru» sözi «yaşil», «yaşil şox» yoki «ösimliklar va kökatlar köp bölgan joy» maʼnolarini anglatuvçi «al-Axdar» sözi bilan bir xil maʼnoni ifodalaşi maʼlum (Ibn Manzur. Lisonul arab. – B. 243).
Arab manbalaridagi mazkur nomlaniş şakllaridan qatʼi nazar, «Xizr» tarzida yozilişi va talaffuz qilinişi asarlarini turkiy tilda yozgan islom ulamolari tomonidan qabul qilingan anʼanaga aylangan. Şu sababli biz ham tadqiqotimiz davomida uşbu yoziliş şaklidan foydalanamiz.
Boşqa tomondan, manbalarda mazkur şaxsning «Hadir» deb nomlanişiga sabab bölgan holatlar haqida ham turli maʼlumotlar keltiriladi. Jumladan, Muso alayhissalom uni ilk bor körganlarida, u qurib qolgan öt-ölanlar ustida ötirgan bölsa-da, atrofida yaşil maysalar unib çiqa boşlagani hamda u namoz öqigan joy atrofining bir zumda yaşillikka burkanib ketgani kabi ğayrioddiy holatlar uning «Hadir» deb atalişiga sabab bölgani aytiladi. Şuningdek, ular ilk uçraşgan paytda uning egnida yaşil libos bölgani uçun unga Hadir nomi berilgani haqidagi qaraş ham uşbu nomning kelib çiqişiga oid izohlardan biridir (Termiziy. Tafsirul Qurʼon, 18. J.5. – B. 313).
«Xizr» nomining kelib çiqişiga bağişlangan mavzuni tadqiqotimizning keyingi bosqiçlari haqida muayyan tasavvur hosil qiliş maqsadida, uning ayrim xususiyatlarini ifodalovçi quyidagi mulohazalar bilan yakunlamoqçimiz:
«Xalq orasida abadiylik şarbatini içib, mangu hayotga erişgan, har qanday zamon va makonda kutilmagan paytda paydo bölib, insonlarga yordam beradigan, farovonlik va baraka keltiradigan mifologik siymo sifatida tasavvur qilinadigan şaxs. Xizr haqidagi tasavvur ayrimlar tomonidan Qurʼoni karimda Muso alayhissalom bilan safarga çiqqan hamda “Alloh tomonidan berilgan ilm va rahmat sohibi” ekani bayon qilingan şaxs bilan boğliq holda talqin qilinadi (Kahf, 65-oyat). Biroq Qurʼoni karimda nomi zikr etilmagan uşbu şaxsning Xizr sifatidagi tasavvur bilan bevosita boğliq emasligi ayondir. Zero, Alloh taolo Qurʼoni karimda heç kimga abadiy hayot berilmagani va barça jonzotlar ölimni totişi muqarrar ekanini (Anbiyo, 34-35) oçiq-oydin bayon qilgan».
Davomi bor…
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




