Vahb ibn Munabbihdan naql qilinişiça, Alloh taolo Muso alayhissalomga şunday vahiy qilgan ekan: “Ey Muso! Ota-onangni uluğlagin. Kimki ota-onasini uluğlasa, uning umrini uzun qilib, unga ham uni uluğlaydigan farzandni beraman. Kim ota-onasiga oq bölsa, umridan qisqartirib, unga ham oq böladigan farzand beraman”.
Darhaqiqat, har bir insonni ösib, kamolga yetişida ota-onaning xizmati beqiyosdir. Ota-ona farzandiga dunyodagi bor yaxşiliklarni istaydi. Farzandini kelajakda komil inson bölib voyaga yetişi uçun qölidan kelgan barça imkoniyatlarni muhayyo qiladi. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarida ham ota-onaga, xossatan onaga köproq yaxşilik qilişga buyuradilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzuriga kelib: “Ey Rasululloh! Yaxşi muomala qilişimga odamlarni eng haqliroği kim?” deb söradi. Janob Rasululloh: “Onang!” deb javob berdilar. U: “Undan söng kim?” deb söradi. Janob Rasululloh: “Onang!” deb javob berdilar. U: “Undan söng kim?” deb söradi. Janob Rasululloh yana: “Onang!” deb javob berdilar. U törtinçi bor: “Undan söng kim?” deb söradi. Janob Rasululloh bu safar: “Otang!” deb javob qildilar. Muttafaqun alayh.
Mazkur hadisdan onaning farzand zimmasidagi haqqi otaning haqqidan bir neça bor katta ekanligi, agar har ikkalasi barobar holda farzandni çorlasalar, avval onaning çaqiriğiga javob beriş lozimligi maʼlum böladi. Çunki onaning farzandini voyaga yetişida hissasi köproqdir. U homilalik vaqtida töqqiz oy farzandini qornida kötarib yuradi. Söng uning gödaklik vaqtida ikki yil emizib, qança-qança tunlarni bedor ötkazadi.
Abdulloh ibn Umar ibn Xattob (Alloh ikkalasidan ham rozi bölsin) bir kişi onasini kötarib, Kaʼbani tavof qilayotganini kördi. Şunda u kişi: Ey ibn Umar! Nima deysiz, men onamning haqqini bajardimmi!? deb söradi. Abdulloh ibn Umar u kişiga: Tuğruq vaqtidagi bir daqiqasining haqqini ham ado qila olmading, lekin sen yaxşi iş qilding. Alloh taolo sening bu ozgina yaxşi amaling uçun köp savoblar bergusidir, dedi.
Alloh taolo özining kalomi şarifida şunday deydi: “Robbingiz, Uning Özigagina ibodat qilişingizni hamda ota-onaga yaxşilik qilişni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoşiga yetsalar, ularga “Uf!….” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli söz ayt! Ularga mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut va (duoda): “Ey Robbim! Meni (ular) gödaklik çoğimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”- deb ayt!”[1]
Alloh taolo bandalariga qatʼiy qilib faqat özigagina ibodat qilmoqlikka va ota-onaga yaxşilik qilişga buyurdi. Ularga yaxşilik qilişni ibodat darajasiga kötardi, hatto ota-onaga yaxşilik qiliş baʼzi ibodatlardan ham afzalroqdir. Ota-onaning hurmatini joyiga qöyib, mudom ularning holidan xabar olib xizmatida böliş, ular yoqtirmagan narsalardan yiroq böliş, ular vafotidan keyin döstlari holidan xabar olib turiş ham ularga nisbatan yaxşilik qiliş hisoblanadi. Alloh taolo bandalarini ota-onasiga hatto “Uf” degan sözni aytmaslikka buyuradi. “Uf” kalimasi biror narsadan bezor bölganda aytiladigan söz bölib, aslida inson öziga yetgan çang-ğubor va şunga öxşaş yoqimsiz narsalarni özidan daf qiliş uçun aytiladigan sözdir. Şuningdek oyatda ota-onaga baqirmaslikka buyurilgan bölib, ular huzurida boşqaga baqiriş ham ota-onaga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Jumladan, ularga dunyodagi eng yaxşi – çiroyli sözlarni topib sözlaşga hamda ular xizmati uçun özni xoru-hokisor tutişga buyuriladiki, bu ota-onaning farzandi oldida neçoğlik uluğ martabada ekanligini anglatadi.
Darhaqiqat, ota-onalarimizning uzoq umr körib, piru badavlat bölib uyimiz törida ötirişlari heç narsa bilan qiyoslab, bölmaydigan katta baxtdir. Xalqimiz: “Qarisi bor uyning fariştasi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, deb bejiz aytmagan. Çindan ham, ilmli, maʼrifatli, ziyoli, nuroniy ota-onalarimiz xonadonimiz ziynatidir. Ammo, biz yaşab turgan dunyoda heç narsa abadiy bölmaganidek, ota-onalarimiz ham bizga omonat ekanligini unutmasligimiz lozim. Muqaddas dinimiz taʼlimotlarida ota-onalarimiz hatto vafot etganlarida ham ularga nisbatan hurmat-ehtirom izhori davom etişi kerakligi uqtiriladi. Bir kişi hazrati Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan:
“Ota-onam vafotlaridan keyin ham ularga biron-bir yaxşilik qilişga imkoniyatim bormi?” deb söradi. U janob javob berib aytdilar: “Ha, ularning haqlariga yaxşi duolar qiliş, ahdu-paymonlarini bajariş, döstlarini hurmat qiliş”.
Ota-onalarni munosib ravişda izzat-ikrom qiliş, boy hayotiy tajribalardan unumli foydalaniş, dono pandu nasihatlariga quloq tutiş va xayrli işlarni amalga oşirişda ularga itoat etiş har bir imonli va eʼtiqodli öğil-qizning farzandlik burçi hisoblanadi. Yoşi uluğ ota-onalarimiz biz uçun oilalarimizda nafaqat baraka garovi, baxtli hayot omilidir, balki oxirat saodatiga eltuvçidirlar.
Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bir mömin kişining musulmon ota-onasi bölsa, ularga yaxşilik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan bölsa, Alloh subhanahu va taolo unga jannatning ikki eşigini oçadi. Agar faqat biri bölsa, bitta eşik oçadi. Agar farzand ota-onadan birining ğazabini çiqargan bölsa, undan öşa şaxs rozi bölmaguniça, Alloh rozi bölmaydi”, deganlar.
Bu hadisda ota-onamiz vositasida biz uçun jannatdan ikki eşik oçilişi taʼkidlanmoqda. Afsuski, bugungi kunda özining farzandlik burçiga eʼtibor qilmaydigan, öziga berilgan bunday saodat kalitini ğanimat bilmaydigan kimsalar ham bor. Ayniqsa, ayrim yoşlarimiz dunyoning arzimagan muammolarini sabab qilib birga yaşab turgan ota-onasiga befarq munosabatda bölişmoqda, hatto ota-onalariga nisbatan hurmatsizlik qilib qöyişmoqdaki, bu kabi işlarni heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Aslini olganda, farzand agar mulohaza qilib körsa, uning ota-onasi farzandi uçun yaşaganligini anglab yetadi. Öz vaqtida ular bolalarining ösib-ulğayib, hayotda öz örinlarini topişlari uçun bor imkoniyat va kuç-ğayratlarini sarflaşganlar. Şuningdek, ular bizlarni hayotga kelişimizdagi eng uluğ fazilat egalaridir.
Şuning uçun ularning bu xizmatlarini biliş, qadriga yetiş va ularga itoatda böliş farzandlarning burçidir. Bu esa farzanddan köp narsa talab qilmaydi. Farzandlari mehrini soğingan ota-onalarni bir yöqlab qöysak yoki şirin sözimizni ayamasak, şuning özi kifoya.
Muborak islom dinimizda ota-onaga oq böliş eng katta gunohlardan biri hisoblanib, uning darajasi Allohdan boşqaga siğinadigan kişining gunohi bilan tenglaştirilgan. Afsuski, ota-onaning xizmatini qilmaslik, ularning haqqi – martabasini bilmaslik sababli ularning noroziliga olib boradigan narsalar keyingi avlodlarni nazaridan birmunça çetda qolib, bu odatiy holga aylanib bormoqdaki, buning oqibati inson uçun salbiy holatlar bilan tugaşligi köpçilikka maʼlum narsadir. Ana şu salbiy oqibatlardan biri ota-onaga oq bölişdir. “Oq böliş”ning luğaviy maʼnosi – gapga kirmaydigan, boşqalarni hurmat qilmaydigan, degan maʼnolari mavjud bölib, asl isteʼmolda “özidan yiroq qiliş, begona qiliş” maʼnolarini anglatadi. Xossatan, ota-onaga oq böliş – ularga begona böliş maʼnosida qöllanilib, ota-ona va farzand munosabatlariga xos iboradir.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam ota-onasiga oq bölganlar haqida şunday deydilar: “Eng katta gunohlar haqida sizlarga xabar berayinmi? Ular; Allohga şirk keltiriş va ota-onaga oq bölişdir”. “Tört toifa insonlar (qilgan işlaridan) tavba qilmagan bölsalar jannatga kirmaydilar va jannat neʼmatlarini tatib ham körmaydilar. Ular; mast qiluvçi içimliklarni köp isteʼmol qilgan kişi, (rizqini) sudxörlikdan yeydigan kişi, yetimning molini yeydigan kişi va ota-onasiga oq bölgan kişilardir”. Ota-onasiga oq bölib, holi hayotlarida ota-onasining roziligini olmasdan vafot etgan kişilar har qança yaxşi amal qilgan bölsalar ham xoh tavba qilgan bölsinlar, xoh tavba qilmagan bölsinlar ular jannatga kirmaydilar.
Farzandning ota-onasiga oq bölişi uçun uni ota-onasi “oq qildim” deyişi şart emas. Özi töq bölib, ota-onasini oç ötirişi, yoki ularning dilini oğritadigan işlarni mudom qilişi, yoki ularni norozi qiliş amallari farzandni özi bilmagan holda ota-onasiga oq bölişiga olib keladi. Çunki Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam uç bora: “Burni yerga işqalsin (xor bölsin)!” dedilar. Sahobalar: Ey Rasululloh! Kimning burni yerga işqalsin? deb söraganlarida, u zot: “Ota-onasi yoki ulardan biri uning huzurida keksalik yoşiga yetsayu, ularning xizmatini qila olmagan farzandning burni yerga işqalsin!” dedilar.
Demak, diniy va milliy qadriyatlarimiz taʼlimotlarimizda körsatilganidek, ota-onalarimiz xizmatini qilib, ularning xayrli, barokotli duolarini oliş uçun harakat qilmoğimiz, ularga itoatda böliş farzandlik burçlarimizdan sanalib, bu xizmat biz uçun ikki dunyo saodatiga erişmoğimiz omilidir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




