Mirzo Uluğbek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida yoşlarni turli yot ğoyalar va axborot xurujlaridan himoya qiliş masalalariga bağişlangan davra suhbati taşkil etildi.

Arxitektura fakulteti talabalari va tyutorlar iştirok etgan tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Baxtiyor Tursunov va Maşrab Xidirov bugungi axborot makonida yoşlar duç kelayotgan mafkuraviy tahdidlar xususida fikr-mulohazalar bildirdi.

Suhbat davomida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turli mazmundagi axborotlarga nisbatan huşyor va tanqidiy munosabatda böliş, har qanday maʼlumotni tahlil qiliş, uning işonçli manbalarini ajrata biliş muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, yoşlarning maʼnaviy-maʼrifiy immunitetini mustahkamlaş, ularda axborot isteʼmoli madaniyatini yuksaltiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


Tadbirda yoşlarning axborot xurujlari mohiyatini çuqurroq anglab, turli ğoyaviy taʼsirlarga nisbatan mustaqil pozitsiya va soğlom dunyoqaraşni şakllantirişi muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




