5-noyabr kuni Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Globallaşuv jarayonida islomni anglaş muammolari” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

Anjumanda Turkiya, Misr, Indoneziya, Qozoğiston va Özbekistonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari hamda xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Şovosil Ziyodov onlayn formatda “Globallaşuv davrida maʼrifatni tiklaş va yoyiş huquqi” mavzusida maʼruza qilib, Özbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilgan özgarişlar, buyuk allomalarning boy ilmiy merosini örganiş va xalqaro miqyosda tarğib etiş borasidagi saʼy-harakatlar xususida söz yuritdi.

Xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqşband xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taşkil etilişi, buyuk allomalarning asarlarini izoh va şarhlar bilan tarjima qilib, keng jamoatçilikka yetkaziş işlarining ahamiyati taʼkidlandi.
Şuningdek, bugungi jadal globallaşuv şaroitida diniy jaholat, radikal ğoyalar va mutaassiblikka qarşi kuraşişda boy ilmiy meros, yuksak maʼrifat va soğlom tafakkurning örniga alohida eʼtibor qaratildi. Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşiş tamoyili Özbekistonning diniy-maʼrifiy sohadagi muammolar yeçimiga yondaşuvining muhim asosi ekani qayd etildi.

Anjuman globallaşuv davrida islomni töğri anglaş, diniy radikallaşuvning oldini oliş, islom manbalarini ilmiy tahlil qiliş va maʼrifiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan samarali muloqot maydoni böldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




