Home / MAQOLALAR / Barakaning (insonga bildirilgan) 177 ta siri

Barakaning (insonga bildirilgan) 177 ta siri

BARAKANING (insonga bildirilgan) 177 ta SIRI (barakaning [umri, rizqi, oilasi, işlari, daromadidagi] sabablari)ni ULUĞ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA ALLOH TAOLO MARHAMAT QILADI:

 ☪︎  «Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga taşvişlardan çiqiş yölini paydo qilur. Yana, uni özi öylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, Allohning özi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh özi xohlagan işiga yetuvçidir. Alloh barça narsa uçun miqdor (meʼyor va muddatni tayin) qilib qöygandir» (Taloq surasi 65/2-3 oyatlar);

 ☪︎  «Rabbingiz, Uning Özigagina ibodat qilişingizni hamda ota-onaga yaxşilik qilişni amr etdi. Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoşiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli söz ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: “Ey, Rabbim! Meni ular gödaklik çoğimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24 oyatlar);

 ☪︎  «Biz insonni ota-onasiga yaxşilik qilişga buyurdik» (Ahqof surasi 46/15 oyat);

 ☪︎  «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoşlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvçidir» (Baqara surasi 2/215 oyat);

 ☪︎  «Albatta, Rabbim bandalaridan Özi xohlaganiga rizqni keng qilur va Özi xohlaganiga rizqni tang qilur. Biror narsani muhtojlarga xolis ehson qilsangiz, bas, Alloh uning örnini töldirur.

U rizqlantiruvçilarning yaxşisidir» (Sabaʼ surasi 34/39 oyat);

 ☪︎  «Rabbingizdan mağfirat sörangiz! Albatta, U bandalariga nisbatan öta keçirimli zotdir. Şunda, yaʼni istiğfor aytsangiz, ustingizga osmondan barakali yomğir yoğdirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga boğlar barpo qilur va sizlarga anhorlarni ato qilur» (Nuh surasi 71/10-12 oyatlar);

 ☪︎  «Agarda mazkur yurtlarning aholisi imon keltirgan va taqvo qilganlarida edi, ular ustiga osmonlar va Yerdan barakotlar eşiklarini oçib yuborgan bölur edik. Lekin ular payğambarlarni yolğonçiga çiqardilar. Natijada qilmişlari sababli ularni azobga tutdik» (Aʼrof surasi 7/96 oyat);

 ☪︎  «Allohga ibodat qilingiz va Unga heç narsani şerik qilmangiz!

Ota-onalarga esa yaxşilik qilingiz!

Şuningdek, qarindoşlar, yetimlar, miskinlar, qarindoş qöşni-yu

begona qöşni, yoningizdagi hamrohingiz, yölovçi musofirga va qöl

ostingizdagi qaramlarga ham yaxşilik qiling!

Albatta, Alloh kibrli va maqtançoq kişilarni sevmaydi» (Niso surasi 4/36 oyat);

 ☪︎  «Biz insonga ota-onasini rozi qilişni buyurdik.

Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida kötarib yurdi.

Uni kökrakdan ajratiş muddati ikki yilda bitar.

Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va ota-onangga şukr qilgin! Qaytişlik Mening huzurimgadir”» (Luqmon surasi 31/14 oyat);

 ☪︎  «Qasamki, agar bergan neʼmatlarimga şukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Bordi-yu, noşukrçilik qilsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir» (Ibrohim surasi 14/7 oyat).

 HADISI QUDSIYLARIDA ALLOH TAOLO AYTADI:

 ☼︎   Ey, odam farzandi!

Sabrli böl va özingni past tut – özim seni oliy darajaga kötaraman!

Istiğfor aytgin – mağfirat kilay!

Har ne söragin – men beray!

Menga tavba qil – qabul qilay!

Molingdan sadaqa qil – toki molingga baraka beray!

Qarindoşlaringga yaxşilik qilib, qöşilib yur – umringni uzun qilay!

  

 BARAKANING (insonga bildirilgan) 177 ta SIRI (barakaning [umri, rizqi, oilasi, işlari, daromadidagi] sabablari)NI ULUĞ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
1)  Qurʼoni karim öqilganda jim turiş.
2)  Qurʼoni karimni betahorat uşlamaslik.
3)  Ota-onaning haqqlariga har doim duo qiliş.
4)  Ota-onani aslo behurmat qilmaslik.
5)  Ota-onaning köngillarini heç qaçon oğritmaslik.
6)  Ota-onaga keçayu kunduz, oğrinmasdan xizmat qiliş.
7)  Ota-onaga keçayu kunduz sidqidildan va mehr bilan xizmat qiliş.
8)  Ota-onaning duolarini doimo olib yuriş.
9)  Ustozlarining duolarini oliş.
10)  Ota-onaning qadrdonlarini ham eʼzozlaş.
11)  Ota-onaga hargiz-hargiz oq bölmaslik.
12)  Ota-onani ismlari bilan çaqirmaslik.
13)  Ota-onaga mutlaqo itoatsizlik qilmaslik.
14)  Ota-onaga aslo bepisand bölmaslik.
15)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ning hurmatlarini joyiga qöyiş.
16)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga nisbatan beodoblik qilmaslik.
17)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan kesib ötmaslik.
18)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga tik qaramaslik.
19)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ning oldilariga tuşib yurmaslik.
20)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) bilan, hatto telefon orqali gaplaşganda ham, örnidan turib gaplaşiş.
21)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga doimo xizmat qilib, ularning duolarini olib yuriş.
22)  Aka-ukalar, opa-singillar bilan bemehr bölmaslik.
23)  Qavm-qarindoşlar bilan yaxşi munosabatda böliş.
24)  Qöni-qöşnilar bilan çiroyli muomala qiliş.
25)  Ayollariga doim şirinsözlik bilan muomala qiliş.
26)  Ayollarning erlariga doimo itoatli bölişlari.
27)  Ota-onani doimo eʼzozlaş.
28)  Farzandlarga mehribonlik qiliş.
29)  Farzandlarga duo qiliş.
30)  Uyda aslo janjal qilmaslik.
31)  Uyda keçirimlilik, sabr-toqat, özaro tuşuniş va hurmat-ehtiromni saqlaş.
32)  Ötganlarning haqqlariga har doim, har kuni kamida beş mahal namozda duo qiliş.
33)  Ota-onaning haqqlariga har doim, har kuni kamida beş mahal namozda duo qiliş.
34)  Boriga qanoat qilib, hamişa şukr qiliş.
35)  Barça işlarda doimo Xudodan qörqib iş tutiş.
36)  Tez-tez sadaqa berib turiş.
37)  Biror insonni xafa qilmaslik.
38)  Olimlar va ulamolarni hurmat qiliş.
39)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) bilan heç qaçon va umuman tortişmaslik.
40)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga yolğon gapirmaslik.
41)  Xudo bergan neʼmatlarni aslo uvol qilmaslik va isrofga yöl qöymaslik.
42)  Istiğfor aytişni kanda qilmaslik.
43)  Axloqsizlik qilmaslik.
44)  Ilm örganişga intiliş.
45)  Turar joy (uy, işxona)larni toza-ozoda tutiş.
46)  Kiyim-keçak (libos, boş kiyim, oyoq kiyim)larni pokiza tutiş.
47)  Junub holatida yeb-içmaslik.
48)  Oila aʼzolari bilan janjallaşmaslik.
49)  Iloji boriça qarzdor bölmaslik.
50)  Mehmonga haqoratomuz nazar bilan qaramaslik.
51)  Mehmonni hurmat qiliş.
52)  Mehmonga çin dildan, çiroyli xizmat qiliş.
53)  Behayolik qilmaslik.
54)  Besabrlik qilmaslik.
55)  Özidan yoşi katta odamning oldiga tuşib yurmaslik.
56)  Uy-rözğorda, işda va kundalik hayotda tartib-intizomga rioya qiliş.
57)  Uy-rözğorda va işxonada pokizalikka rioya qiliş.
58)  Uy-rözğorda va işxonada ozodalik va pokizalikni saqlaş.
59)  Dangasalik qilmaslik.
60)  Atrofdagilarga nisbatan beozor böliş.
61)  Odamlarga aslo aziyat yetkazmaslik.
62)  Hayvon, parranda, haşarot va nabotot olamiga aslo zulm qilmaslik.
63)  Yolğon gapirmaslik.
64)  Har bir işni «Bismillohir rahmonir rahim» bilan boşlaş.
65)  Erta yotiş.
66)  Erta turiş.
67)  Uyga kirganda salom berib kiriş.
68)  Qöy boqiş.
69)  Namozlarni qazo qilmaslik.
70)  Oilada şirinsöz va xuşmuomala böliş.
71)  Qurʼoni karim öqişni tark etmaslik.
72)  Tanişlarga ham, notanişlarga ham salom beriş.
73)  Odamlarga birinçi bölib salom beriş.
74)  Özidan yoşlarga birinçi bölib salom beriş.
75)  Salom berganlarga ziyodasi bilan yanada çiroyliroq javob qaytariş.
76)  Tong paytida uxlamaslik.
77)  Rizqning halol bölişiga eʼtibor beriş.
78)  Uyga keladigan pulni halol yöl bilan topiş.
79)  Uyga keladigan narsalarning halol bölişiga eʼtibor beriş.
80)  Taomdan oldin va keyin qöllarni yuviş.
81)  Oila aʼzolari bilan birga dasturxon atrofida ötiriş.
82)  Dasturxon atrofida boş kiyim bilan ötiriş.
83)  Dasturxonda taomni uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)dan oldin boşlamaslik.
84)  Bebismilloh taom yemaslik.
85)  Dasturxon atrofida ham uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar)ga çiroyli xizmat qiliş.
86)  Dasturxondan duo qilmasdan turmaslik.
87)  Non uşoqlarini oyoqosti qilmaslik.
88)  Idiş-tovoqlarni toza tutiş.
89)  Taomlanişda man etilgan narsalardan saqlaniş.
90)  Taomdan oldin va keyin qölni yuviş.
91)  Taomni birgalikda yeyiş.
92)  Taomni «Bismillohir rahmonir rahim» deb boşlaş.
93)  Taomning örtasidan emas, çetidan oliş.
94)  Muborak Ramazon oylarida saharlik qiliş.
95)  Ovqatni qaynoq holda isteʼmol qilmaslik.
96)  Saharda bedor böliş.
97)  Xurmo, sut, asal, sirka, arpa qöşib tayyorlangan nonni isteʼmol qilib turiş.
98)  Berilgan rizqqa hamişa rozi böliş.
99)  Bor rizqidan aslo norozi bölmaslik.
100)  Qöl yuvmasdan taom yemaslik.
101)  Tik turib taom yemaslik.
102)  Tik turgan holda içmaslik.
103)  Suyanib ovqat yemaslik.
104)  Nonni tiş bilan uzmaslik.
105)  Uluğlar (ota-ona, ustoz, rahbar, özidan yoşi katta, uluğ inson, tabarruk odamlar) gapirganlarida sukut saqlab, jim turib, ularni diqqat bilan tinglaş.
106)  Özidan yoşlari kattalarni doimo hurmat qiliş.
107)  Özidan yoşi kiçiklarni doimo izzat qiliş.
108)  Uyda Qurʼon tilovati, zikr va duolarni köpaytiriş.
109)  Oilada hurmat-ehtiromni ustuvor qiliş.
110)  Nojöya (behayo, xunuk, sovuq, yoqimsiz va köngilga tegadigan) sözlarni işlatmaslik.
111)  Odamlar bilan aslo tortişmaslik.
112)  Ğiybat qilmaslik.
113)  Qabriston, masjidlarga boş kiyimsiz kirmaslik.
114)  Işlarni ertalabdan vaqtli bajariş.
115)  Köp salavot aytiş.
116)  Idiş-tovoqlarni yuvmasdan ertalabgaça qoldirmaslik.
117)  Şamolni, ob-havoni, zamonni sökmaslik.
118)  Dinimizning şiorlari va muqaddas qadriyatlari (Qurʼoni karim, hadisi-şariflar, Qibla, masjid, ulamolar, joynamoz, tasbeh, Ramazon oyi, fazilatlari bisyor uluğ ayom kunlari, azon, namoz, tahorat, Haj, Umra va boşqalar)ni samimiy hurmat-ehtirom qiliş va eʼzozlaş.
119)  Köp va ortiqça gapirmaslik.
120)  Uyda çiqindi töplanişiga yöl qöymaslik.
121)  Uyda örgimçak töri qoldirmaslik.
122)  Tunda uy supurmaslik.
123)  Tömtoq qalam bilan yozmaslik.
124)  Siniq taroq bilan soç taramaslik.
125)  Tirnoqni tiş bilan kesmaslik.
126)  Imkon qadar doim batahorat yuriş.
127)  Hojatxonaga yalangboş kirmaslik.
128)  Hojatxonada gaplaşmaslik.
129)  Hojatxona (eşigi, qopqoği)ni yopib yuriş.
130)  Hovuz, hammom yoki ğuslxonaga peşob qilmaslik.
131)  Daraxt ostiga peşob qilmaslik.
132)  Tik turgan holda peşob qilmaslik.
133)  Faqirlarni kamsitmaslik.
134)  Bemor, noçor, qiynalgan insonlarning ustidan kulmaslik.
135)  Bemorlar holidan xabar olib, duolarini oliş.
136)  Har qanday qabriston va qabristondagilarga nisbatan hurmatsizlik qilmaslik.
137)  Bomdod namozidan keyin quyoş çiqqunça uxlamaslik.
138)  Hargiz noşukrlik qilmaslik.
139)  Masjidda dunyoviy gaplarni gapirmaslik.
140)  Şomdan keyin uxlamaslik.
141)  Şom va xufton namozlari orasida uxlamaslik.
142)  Qoronği joyda ovqat yemaslik.
143)  Mazlum, yetim, nogiron, bemor, noçor, ğarib, qiynalgan insonlarga imkon qadar ğamxörlik qiliş.
144)  Nomahram ayollarga şahvat nazari ila qaramaslik.
145)  Zinoga yaqinlaşmaslik.
146)  Ayollarning erkaklar yölini kesib ötmasligi.
147)  Ribo (sudxörlik)dan ehtiyot böliş.
148)  Xiyonat qilmaslik.
149)  Ayollarning tik turgan holda soç taramasligi.
150)  Boşqalarni hargiz ayblamaslik.
151)  Özaro keçirimli böliş.
152)  Tilançilik qilmaslik.
153)  Ostonada ötirişni odat qilmaslik.
154)  Oldi-sotdida qasam içmaslik.
155)  Tijoratda yolğon va xiyonatga yöl qöymaslik.
156)  Xudo bergan qiz farzand uçun aslo xafa bölmaslik.
157)  Bolalarni yaxşi köriş.
158)  Xalqning duosini olişga munosib işlar qiliş.
159)  Musofirlarga doim yordam beriş.
160)  Safarga çiqqanda yon-atrofdagilarga ozor yetkazmaslik.
161)  Ayollar, yoş bolalar, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarida çeklovlari borlar bilan tortişmaslik.
162)  Azador xonadonlarga taʼziya izhor etiş.
163)  Oldi-sotdida, qarzni qaytarişda va berilgan vaʼdalarni bajarişda vafoli böliş.
164)  Suhbatdoşning gaplarini sukut saqlab, diqqat bilan tinglaş va uning sözini bölmaslik.
165)  Uyda siniq, yaroqsiz narsa (idiş-tovoq, turli rözğor buyum)lardan foydalanmaslik.
166)  Qibla tomonga behurmatlik iş (oyoq uzatiş, tupuriş, hojat kabi)larni qilmaslik.
167)  Hammaga faqat yaxşilikni ravo köriş.
168)  Fosiq va sudxörlardan uzoqroq yuriş.
169)  Gunoh işlardan özini tiyiş.
170)  Sadaqa beriş va yaxşilik qilişni odatga aylantiriş.
171)  Ota-onaga bölgan mehrni namoyon etiş maqsadida har kuni, har hafta, har oy, bayramlarda va ota-onaning quvonçli kunlarida ularning köngillarini kötariş. Buning uçun telefon orqali tilaklar, rasmlar, videolar, xabarlar, ovozli xabarlar va SMS-xabarlar yuboriş; imkoniyat bölganda yuzma-yuz körişiş; turli sovğa-salomlar bilan ularning köngillarini kötarib, bebaho va betakror tabarruk duolarini muntazam olib turiş.
172)  Ota-onaning soğliklaridan, kundalik obi-taomlaridan, darkor bölsa dori-darmonlaridan Xudo bergan har bir kunda doimo xabardor bölib turiş. Ularning holidan har kuni jiddiy diqqat bilan haqiqatan boxabar bölib, mehrli eʼtibor bilan şirin muomala qiliş. Barça kam-köstlarini doimiy ravişda, öz vaqtida, tezkor va töliq taʼminlab, mehribonlik ila yetkazib turiş.
173)  Ota-ona, barça mömin-musulmonlar, öz xalqi, yurti, yaqinlari, qavm-qarindoşlari, qöni-qöşnilari, oila aʼzolari uçun va özi uçun ham baraka sörab duo qiliş.
174)  Barça işlarda Xudoga tavakkal qiliş.
175)  Vaqtni töğri, unumli va manfaatli taqsimlaş.
176)  Bor-yöğiga, issiq-sovuğiga, köp-oziga qaramay, har doim şukr qiliş.
177)  Har bir harakatini Xudo körib turganini doimo esda tutib iş tutiş.

ILOHO MEHRIBON PARVARDIGORIMIZ ÖZI buyurgan, Janobi PAYĞAMBARIMIZ SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM tavsiya etgan,ötmişda ÖTGANLARIMIZNING ruhlari şod böladigan, XALQIMIZ xursand böladigan, OTA-ONALARIMIZ rozi böladigan yöllardan yurişimizni nasib etsin! 

Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz

Check Also

IKKI TILLI LUĞATLAR TUZILIŞIDA DALILIY MISOLLARDAN FOYDALANIŞ MASALASI

Kiriş. Luğat tuzişdan maqsad, örganilayotgan til (maqsad til)dagi sözlar maʼnolarini ona tili yoki tarjima tilida …