Movarounnahr – Sirdaryo va Amudaryo oraliğida joylaşgan tarixiy-geografik hudud bölib, hozirgi Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Qozoğistonning janubiy qismini öz içiga oladi. Bu mintaqa islom sivilizatsiyasining şakllanişida muhim örin tutgan. Islom dini bu yerga VII asr oxiri – VIII asr boşlarida, arab qöşinlarining harbiy yurişlari natijasida kirib kelgan. Qutayba ibn Muslim (669-715) boşçiligidagi arab qöşinlari 705-715 yillar oraliğida Poykand, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farğona, Şoş (Toşkent) kabi şaharlarni islom hukmronligiga böysundirdi[1].
Movarounnahr mintaqasi islom sivilizatsiyasining eng yirik ilm-maʼrifat markazlaridan biri sifatida tarixda muhim örin tutadi. Biroq islom dinining Movarounnahrda tölaqonli sivilizatsiyaga aylanişi ayrimlar öylaganidek, faqat harbiy istilo bilan boğliq emas. Bu haqda quyida batafsil töxtalamiz.
Maʼlumki, islom dini özining mazmun-mohiyati jihatidan faqat ibodatlar majmuasidan iborat diniy tizim emas, balki keng qamrovli madaniy, axloqiy va ilmiy tizimga asoslangan dindir. Diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotida Qurʼoni karim bilan bir qatorda hadis ilmi ham hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan. Hadislar Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sözlari, amallari, sifatlari va iqrorlarini öz içiga olib, islom aqidasi, fiqhi, axloqi, ijtimoiy munosabatlari va hatto huquq tizimining asosiy manbalaridan biridir. Hadislar musulmon jamiyatida nafaqat diniy ibodatlarni, balki ijtimoiy munosabatlar, axloqiy meʼyorlar va huquqiy normalarni belgilab beruvçi muhim manba hisoblanadi.
Şu sababli islom sivilizatsiyaning asosiy manbalari Qurʼoni karim va Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari hisoblanadi. Ayniqsa, hadislar nafaqat diniy hayotni, balki ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solişda muhim manba bölib xizmat qilgan. Şu sababli hadis va sunnat ilmi islom huquqşunosligi, aqidasi va turmuş tarzining şakllanişi bilan bir qatorda, uning ilmiy-madaniy sivilizatsiyasida ham hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan. Jumladan, savdo-sotiq, oilaviy munosabatlar, qöşniçilik odoblari va jamoat hayotini tartibga solişda ham hadislar asosiy meʼyor sifatida xizmat qilgan.
Hadislar insonni jaholatdan qutqarib, töğri yölni körsatadi va uning fikrlaş doirasini kengaytirib, Qurʼoni karim oyatlarini, islom dinining mohiyatini teranroq anglaşga xizmat qiladi. Hadislar insonni doimiy ravişda ilm izlaş, öqiş va öz ustida işlaşga undaydi. Çunki ilm nafaqat dunyoviy muvaffaqiyat, balki maʼnaviy kamolotga ham olib boradi. Hadislarni çuqur anglagan inson hayotdagi muammolarni ongli ravişda hal qiladi, notöğri qarorlardan saqlanadi va öz hayotini maʼnoli yölga sola oladi. Hadis va sunnatni töğri anglaş orqali inson özini, jamiyatni va hayotni çuqurroq anglaydi, şu bilan haqiqiy najotga erişadi.
Turmuş tarzi ötroq hayotga odatlangan, ilm-maʼrifatga rağbatli Movarounnahr xalqi islom dini zamiridagi bunday ulkan haqiqatni boşqa xalqlardan oldinroq anglab yetgan. Natijada, Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining ham ilmga, ham axloqqa suyangan mustahkam poydevori yaratildi. Bu esa, jamiyatda barqarorlik va hamjihatlikni taʼminlaşda, ilm-maʼrifatni rivojlanişida muhim omil bölib xizmat qilgan. Hadislar orqali diniy ibodatlar tartibi mustahkamlandi, ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi va axloqiy meʼyorlar jamiyatda har bir şaxsning insoniy burçiga aylangan.
Islomning ilk asrlarida hadis ilmi asosan Arabiston yarim oroli, Şom (Suriya), Iroq (Kufa, Basra) va Misrda rivojlandi. VIII asrdan (705-715 yillardan) boşlab Movarounnahr hududi islom dini taʼsiriga kirib, bu yerda yangi maʼnaviy muhit şakllana boşlagan davrdanoq hadislar mahalliy aholi hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Çunki ular musulmon jamiyatida hayot tarzini belgilab beruvçi asosiy manbalardan biri edi. VIII asrning ikkinçi yarmidan boşlab Movarounnahr ham bu ilmning muhim markazlaridan biriga aylandi. Bunga sabablar quyidagilardan iborat:
- Mintaqada islom dinining keng yoyilişi;
- Mahalliy aholining islom madaniyati va ilmlariga bölgan qiziqişi;
- Movarounnahrdan çiqqan talabalarning hadis ilmini örganiş uçun islomning yirik ilm markazlariga safar qilişi;
- Hadis töplaş, sanad va matn tanqidi (jarh va taʼdil) ilmining yuqori darajada rivojlanişi.
Hadis ilmining rivojlanişida ilm talabida safar qiliş (ar-rihla fi talabil-hadis) ham juda muhim hisoblangan. Movarounnahrlik muhaddis ulamolar uzoq masofalarni bosib ötib, Bağdod, Kufa, Basra, Makka, Madina, Ray, Nişopur, Marv, Damaşq, Misr kabi şaharlarga borib, maşhur muhaddislardan hadis eşitgan[2]. Keyinçalik bu hadislarni özlarining yurtlarida rivoyat qilişgan va talabalarga örgatişgan. Şu tariqa Movarounnahrda ilk hadis maktablari paydo böldi. Keyinçalik, bu maktablarda Abd ibn Humayd Keşiy, Işoq ibn Rohavayh Marvaziy va Abdulloh ibn Muborak Marvaziy kabi yetuk allomalar buyuk muhaddislarni tarbiyalab yetiştirdi[3].
Alaloqibat, hadislar Movarounnahrda islom sivilizatsiyasini taraqqiy etişida harakatga keltiruvçi omilga aylandi. IX–XII asrlarga kelib bu zamin islom sivilizatsiyasining eng rivojlangan markazlaridan biriga aylandi. Hadis ilmi yuksak darajada taraqqiy etişi ilmiy muhitning şakllanişiga, ulamolar avlodining yetişib çiqişiga, islom dini sivilizatsiyasi şakllanişida va islom madaniyatining keng tarqalişida muhim omil bölib xizmat qildi.
Movarounnahrdan öşa vaqtda mavjud bölgan barça ilmlar böyiça yetuk allomalar çiqibgina qolmasdan, balki bir qança yangi ilmlarga asos solgan uluğ zotlar ham yetişib çiqdi. Uşbu holatning özi Movarounnahr aholisining insoniyat tarixiga, ilm-fan va madaniyat rivoji tarixiga kirişiga islom dini sabab bölganining yorqin dalilidir.
Aslida ilm-maʼrifatni özlaştirişda yuqori qobiliyatga ega bölgan Movarounnahr diyori aholisi islom dinini nafaqat ibodatlar majmuasidan iborat samoviy din, balki ilm dini ekanini ham anglab yetdi va Qurʼoni karim oyatlari va nabaviy hadislarni öz hayotiga tatbiq etdi. Agar tarixga diqqat bilan nazar soladigan bölsak, barça sohalarda közga köringan arboblar, dunyoga donği ketgan buyuk şaxslarning aksari islomiy hayot soyasida voyaga yetgan. Butun olamga fan, madaniyat, hazorat (sivilizatsiya) markazlari sifatida tanilgan şaharlarimiz ham öşa vaqtda tilga tuşgan.
Dunyo tarixidagi oddiy haqiqatlarning biri şulki, ilmu-fansiz heç bir yurt, heç bir xalq, heç qanday jamiyat taraqqiyotga erişa olmaydi. Qurʼoni karim oyatlari va nabaviy hadislarda esa ilm-maʼrifatga juda köplab örinlarda tarğib qilinadi. Islom – ilm-maʼrifat dini desak ayni haqiqatdir.
Yuqorida taʼkidlanganidek, Movarounnahrda hadis ilmi tafsir ilmi bilan parallel ravişda rivojlandi va islom sivilizatsiyasining şakllanişida hal qiluvçi omillardan biri bölib xizmat qildi.
Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining şakllanişida hadislar faqatgina diniy-ilmiy meros sifatida qolmasdan, balki hayotning barça sohalari – fiqh, aqida, tasavvuf, axloq, taʼlim, ilm-fan rivojiga va hatto ijtimoiy munosabatlar hamda siyosatga ham çuqur taʼsir körsatdi.
Hadis ilmi Movarounnahrda taʼlim tizimining asosiy qismi bölgan. Kuttob (boşlanğiç maktab) va madrasalarda hadis ilmi taʼlimiga juda katta eʼtibor qaratilib, alohida fan sifatida öqitilgan. Mir Arab, Baroqxon, Kökaldoş, Şerdor, Tillakori, Hazrati Imom madrasalarida turli usulda yozilgan (masalan: musnad, ajzö, arbain va h.k.z.) hadis kitoblari darslik sifatida öqitilgan. Bu yerda islom dini kirib kelgan vaqtdanoq hadis roviylarini örganiş (ilm ar-rijol); hadislarning işonçliligini tekşiriş (jarh va taʼdil ilmi); matn tahlili (diroya) kabi yönalişlar rivojlangan. Talabalar hadislarni yod oliş bilan birga, ularning sanad va matn tanqidini, fiqhiy hukmlarni keltirib çiqariş usullarini ham örgangan. Bu esa, nafaqat diniy ilmlar, balki umumiy ilmiy tafakkur rivojiga ham turtki bergan.
Hadislar yoş avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalaş, ularda axloqiy fazilatlarni şakllantirişda muhim rol öynagan. Şu bilan birga, hadis ilmini örganiş mantiqiy fikrlaş, tahlil qiliş va ilmiy yondaşuvni rivojlantirgan[4].
IX–XII asrlarda Movarounnahr islom olamida Bağdoddan keyingi eng yirik hadis ilmi markaziga aylandi. Movarounnahr hadis ilmining öziga xos xususiyatlaridan biri – bu ilm maʼlum bir tizimga asoslangan fan sifatida şakllantirilganidir. Bu hududda hadis töplaş, tasniflaş, sanad tanqidi va rivoyat qiliş işlari şu qadar yuqori darajada rivojlandiki, köplab musulmon tarixçilari Movarounnahrni “Hadis yurti” (“Diyor ul-hadis”) deb atagan. Movarounnahrlik muhaddislar tomonidan işlab çiqilgan metodologiya hadis ilmining asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Bu esa, hadis ilmini mustaqil fan sifatida şakllanişiga xizmat qildi[5].
Movarounnahr muhaddislarining boşqa mintaqalar muhaddislaridan ajralib turadigan jihatlari quyidagilardan iborat:
- Sanadga alohida eʼtibor: Movarounnahr ulamolari hadis sanadidagi roviylar ismi, tuğilgan va vafot etgan yili, ustozlari, şogirdlari, biografiyalari, işonçliligi, odilligi, yod saqlaş qobiliyati, boşqa muhaddislar tomonidan madh yoki mazammat qilingani, sanadning muttasilligi kabi köpgina jihatlarni atrofliça örgangan.
- Hadis töplaş usuli: Movarounnahr muhaddislari hadislarni töplaşda “as-sunan” (fiqhiy boblar böyiça), “al-jomeʼ” (aqida, siyra, fiqh, odob va boşqa barça boblarni qamragan) va “al-musnad” (sahobalar nomi bilan) usullarini qöllagan.
- Kitobat va rivoyat: Movarounnahrda hadislarni yoziş (kitobat) va rivoyat qiliş uçun maxsus izn (ijoza) tizimi mavjud bölgan. Talabalar ustozdan hadis eşitib, uni yozib olgan, keyin özlari rivoyat qiliş uçun izn olgan.
Şu sababli bu ölkadan dunyo ulamolari eʼtirof etgan muhaddislar yetişib çiqdi. Bu hududdan çiqqan muhaddislar, xususan, Imom Buxoriy va Imom Termiziy tomonidan işlab çiqilgan hadis qabul qilişdagi uslub va şartlari, hadislarning sahihligini tekşiriş, roviylar zanjirini tahlil qiliş va hadislarni mavzular böyiça tasniflaş kabi ilmiy uslublarni takomillaştirdilar. Bu esa hadislarning işonçli manba sifatida saqlanib qolişini taʼminladi[6].
Bu yerdan yetişib çiqqan buyuk muhaddislar nafaqat mintaqa, balki butun islom olamida katta nufuzga ega böldi. Aynan şu yerda islom olamidagi eng işonçli hadis töplami – Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870) nomi bilan tanilgan allomaning “Al-Jomeʼ as-sahih” asari yozildi. Şuningdek, Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy (824-892)ning “Sunani Termiziy” asari ham mana şu mintaqada yozilib, köp asrlar davomida musulmon olamining asosiy hadis manbalaridan biri bölib keldi. Jumladan, Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl Samarqandiy Dorimiy (789-869)ning “Sunan” hadis töplami, ilk muhaddislardan Abd ibn Humaydning “Musnad” asari ham şu zaminda islom sivilizatsiyasiga munosib hissa qöşgan.
Ularning asarlari nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom olamida asosiy manba sifatida qabul qilindi. Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” asari islom dinida Qurʼondan keyingi eng işonçli manba sifatida, “Sunani Termiziy” esa olti sahihning biri, “Sunani Dorimiy” asari esa olti sahih orasida oltinçi öringa daʼvogar asar deb eʼtirof etilgan.
Movarounnahrda quyidagi şaharlar alohida hadis markazlariga aylangan:
- Buxoro – hadis va fiqh ilmi markazlaridan bölib, bu yerda Muhammad ibn Salom Poykandiy, Abu Muhammad Iso ibn Muso Ğunjoriy (Imom Molik şogirdi), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Hoşid ibn Ismoil Ğazzol, Muhammad ibn Nasr Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Buxoriy, Abu Ahmad Xalil ibn Ahmad Buxoriy kabi köplab muhaddislar yetişib çiqqan[7].
- Termiz – Imom Termiziyning vatani. Bu yerda hadis va sunnat ilmi keng rivojlangan. Imom Termiziydan keyin Abu Bakr Ahmad ibn Mansur Termiziy, Abu Ali Hasan ibn Qasir Termiziy kabi muhaddislar termiziylik hadis maktabini davom ettirgan.
- Samarqand – Imom Buxoriyning keyingi yaşagan şahri. Samarqandda Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Samarqandiy, Abu Hafs Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy, Abu Abdulloh Husayn ibn Ali Samarqandiy, Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislar faoliyat körsatgan.
- Nasaf (Qarşi) – Abd ibn Humayd Keşiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Nasafiy, Abu Hafs Ahmad ibn Ali Nasafiy kabi hadis olimlari yetişib çiqqan.
- Balx – Xurosonning şimolida joylaşgan bölib, bu yerda ham kuçli hadis maktabi bölgan. Abu Zayd Ahmad ibn Sayl Balxiy, Abu Bakr Abdulloh ibn Abiy Dovud Balxiy kabi muhaddislar şu yerdan çiqqan.
Movarounnahr muhaddislarining asarlari nafaqat islom olamida, balki Ğarbda ham katta eʼtiborga sazovor bölgan. Yevropa şarqşunoslari XVIII asrdan boşlab Imom Buxoriyning “Sahih”i va Imom Termiziyning “Sunan”ini örganib, ularni lotin, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilgan. Nemis şarqşunosi Ignas Goldsiher (1850-1921) hadis ilmi haqida Ğarbda eng köp tan olingan asarlardan birini yozgan.
Islom olamida oyat va hadislarni notöğri talqini oqibatida eʼtiqod masalasida zalolatga yuz tutgan firqalar xuruj qila boşladi. VIII-IX asrlarga kelib Movarounnahrda, xossatan uning markaziy şaharlari bölgan Samarqand, Nasaf va Buxoro kabi şaharlarda kalom ilmiga alohida fan sifatida qarala boşlandi. Botil aqidaga ega bidʼatçi firqalar köpaygaç, kalom ilmi fiqh ilmidan ajralib çiqib, tafsir va hadis kabi asosiy ilmlardan biriga aylandi. Bu ilmning asosçisi samarqandlik Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasan Aşʼariy islom olamining osmonida yorqin yulduzlar kabi porladi. Imom Moturidiy yaşagan davrda islom olamida eʼtiqod masalalari böyiça bir-biriga qarama-qarşi firqalar örtasida munozaralar kuçayib, baʼzan qonli mojarolar bilan yakunlanar edi. Ana şunday ziddiyatli davrda Imom Moturidiy hazratlari qiliç hal eta olmagan, musulmonlarni tarqoqlikka olib borayotgan eʼtiqodiy oqimlarga qarşi öz aqlu zakovati, oyatu hadislardan olingan, har qanday aqlni taslim qiladigan dalillar asosida öta muhim muammolarni hal etdilar.
Samarqand ilohiyot maktabi Abu Mansur Moturidiy nomi bilan çambarças boğliqdir. Kalom ilmi bilan birgalikda hadis va fiqh ilmi ravnaqiga ulkan hissa qöşgan alloma Abu Mansur Moturidiy hanafiya mazhabi fiqhini mukammal örganib, öz aqidaviy taʼlimotlarida imom Abu Hanifaning “Al-Fiqhul akbar” kitobiga asoslandi.
Imom Moturidiy ijodining asosini kalom ilmining turli masalalari va töğri yöldan adaşgan har xil oqimlarga raddiyalar bildirişga bağişlangan asarlar taşkil qiladi. Ulardan “Kitob at-tavhid”, “Taʼvilot ahli as-sunna” (yoki “Taʼvilot al-Qurʼon”), “Kitob al-maqolot”, “Kitob radd aʼlo-l-karomita”, “Kitob bayon vahm al-möʼtazila”, “Kitob radd usul al-xamsa li Abi Muhammad al-Bohiliy”, “Kitob radd avoil al-adillat li-l-Kaʼbiy”, “Kitob vaʼid al-fussoq li-l-Kaʼbiy”, “Kitob radd tahziyb al-jadal li-l-Kaʼbiy , “Kitob radd al-imomat li-baʼz ravofiz” kabilarni körsatiş mumkin. Uşbu asarlardan “Kitob at-tavhid” kalom ilmiga oid eng dastlabki asar hisoblanib, unda möʼtazila va boşqa oqimlarning notöğri nuqtai nazarlari tanqid ostiga olingan.
Moturidiya taʼlimotining taraqqiy etişiga hissalarini qöşgan Imom Moturidiy şogirdlarining eng taniqlilaridan biri Abu Muin Maymun ibn Muhammad Makhul Nasafiy (1027-1114) bölib, uning “Tabsirat al-adilla fiy usulid din” (“Usulid din yönalişida dalillar tilga kirganda”) va “At-Tamhid li qavoidi at-tavhid” nomli asari ahli sunna val jamoa aqoidi moturidiya yönalişida “At-Tavhid” asaridan keyin ikkinçi manba hisoblanadi.
Abu Muʼteʼ Makhul ibn Fazl Nasafiy (vaf. 930 y.) Imom Moturidiy şogirdlarining eng taniqlilaridan biri bölib, “Kitob fi-t-tasavvuf” (“Tasavvuf haqida kitob”), “Kitobul luʼliyot fil mavöiz” (“Mavʼizalar böyiça javohirlar”) asarlari muallifidir. Uning “Kitabu radd ala ahli-l-bidaʼi va-l-ahva” (“Bidʼat ahli va havoyilarga raddiya kitobi”) nomli risolasi bevosita kalom ilmiga aloqador manba sifatida katta şuhrat qozongan[8].
Abu Işoq Ibrohim ibn Ismoil Saffor Buxoriy Hanafiy (vafoti 1151-y.)ning “Talxisu-l-adillati-l-qavoidi-t-tavhid” (“Tavhid ilmi qoidalari haqidagi dalillarning qisqaça bayoni”) asari kalom ilmida möʼtamad asarlardan sanaladi[9].
IX asrda Nasafda hadisşunoslik va fiqhşunoslik maktablari vujudga kelgan. X asrda Ahmad ibn Muhammad Tadyoniy, Hammod ibn Şokir an-Nasafiy, Abdulmuʼmin ibn Xalaf Nasafiy, Lays ibn Nasr Kojariy” “Nasafiy” taxallusi bilan bir neça önlab ulamolar nomlari maʼlum. Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri Abu Muin Nasafiy, muhaddis va hanafiya mazhabining taniqli faqihi Abul Hasan Bazdaviy Nasafiy va bir qança nasafiylar yaşab ijod etgan.
Bu muazzam şaharda öz sohasining juda köp zukko bilimdonlari kamol topgan. Amir Temur va temuriy şahzodalar saltanati davrida Nasafda ilm-fan, madaniyat va sanʼat ayniqsa rivojlangan. Abu Saʼd Abu Karim Samʼoniyning “Kitob al-ansob” asarida VIII-XII asrlarda yaşab ötgan 180 ga yaqin Nasaflik olimlar nomlari qayd etilgan. Şu boisdan nasaflik allomalarning jahon madaniyatiga ulkan hissa qöşgani bizda faxr va ğurur uyğotadi. Jumladan, Nasafdan Abbos Mustağfiriy, Abu Turob Naxşabiy, Ziyovuddin Naxşabiy, Muyiddin Nasafiy, Najmiddin Nasafiy, Ali Nasafiy, Olim Nasafiy kabi ulamolar yetişib çiqdi.
Qurʼoni karimdan keyin hadislar şariat hukmlarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etgan. Hanafiylar Qurʼon, söngra sahih va maşhur hadislar, keyin sahobalar qavllari, qiyos va istihsobga tayangan. Fiqh ulamolari hadislarga tayanadigan holda huquqiy qarorlar çiqargan. Bu esa, sud işlarida adolatni taʼminlaşga xizmat qilgan. Şuningdek, hadislar orqali ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan[10]. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislari taʼsirida Movarounnahrda ayniqsa hanafiy mazhabiga asoslangan fiqh ilmi juda kuçli rivojlandi. Movarounnahr hanafiy mazhabining qalbiga aylandi.
Movarounnahrlik faqihlar hadislarni fiqhiy hukmlar çiqarişda asos qilib olgan. Masalan, nikoh, taloq, tijorat, vaqf, jinoyat, meros va boşqa muomalot masalalarida hanafiy faqihlar avvalo Qurʼoni karimga, keyin sahih hadislarga tayangan.
Bunga Abu Hafs Kabir Buxoriy, Sadruşşarialar, Burhoniddin Marğinoniy, Najmiddin Umar Nasafiy kabilarni misol qilib keltiriş mumkin.
Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr Marğinoniyning (1123-1197) “Al-Hidoya” asari özida ibodat va muomalot masalalariga oid inson huquqlari va majburiyatlarini bayon qilgan[11]. Mahbubiylar oilasi vakili, faqih Burhonuşşaria Mahmud ibn Ahmad Mahbubiy Hanafiy qalamiga mansub “Viqoya” asari hanafiy mazhabi möʼtabar matnlari qatoridan joy olgan asar hisoblanadi[12].
Sadruşşaria Ubaydulloh ibn Masʼud Buxoriyning “Muxtasarul Viqoya” asari ham hozirgaça keng istifoda etilib kelinmoqda.
Movarounnahrlik faqihlarning taʼsiri faqat bu diyor bilan çeklanib qolmay, hind diyorlaridan to Afrika qitʼasigaça yetib bordi. Movarounnahr faqihlarining asarlari nafaqat islom olamida, balki Ğarbda ham katta eʼtiborga sazovor bölgan. Yevropa huquqşunoslari XVIII asrdan boşlab Burhoniddin Marğinoniyning “Hidoya” asari asosida öz huquq tizimlari va qonunşunosligini işlab çiqqan. Allomaning islom huquqşunosligiga oid bu asari tadqiq qilinib, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislar taʼsirida Movarounnahrdan muallimus soniy – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi faylasuf allomalar yetişib çiqdi.
Şarqning buyuk islom faylasufi Abu Nasr Forobiy (259-339 h./873-950 m.) “Ma qablal falsafa”, “Arou ahl al-madina al-fozila” va boşqa önlab kitob va risolalarida odob-axloq mavzusi, ayniqsa, talaba va öquvçilarga qilingan pand-nasihat va körsatmalar örin olgan.
Şarqning buyuk allomalaridan yana biri, vatandoşimiz Abu Ali ibn Sino (370- 428 h./980-1037 m.) “As-Siyosat” va boşqa asarlarida ham odob-axloq mavzusi, talaba va öquvçilarga qilingan pand-nasihat va körsatmalar örin olgan, deyiş mumkin.
Abu Ali ibn Sino bundan taşqari kalom, tib, jöğrofiya bilan ham maşğul bölgan. Qurʼoni karimning baʼzi juzlariga tafsir yozgan. U kişi qoldirgan asarlar röyxatiga nazar solgan odam buni darhol sezadi. Lekin asosiy vaqtini tib ilmi bilan ham maşğul bölib ötkazgan[13].
Hadislar yoş avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalaş, ularda axloqiy fazilatlarni şakllantirişda muhim rol öynagan. Şu bilan birga, hadis ilmini örganiş mantiqiy fikrlaş, tahlil qiliş va ilmiy yondaşuvni rivojlantirgan.
Samarqand qozisi bölgan, tarixda “Ibn Hibbon” kunyasi bilan tanilgan muhaddis Abu Hotim Bustiy (vaf. 354 h./965 m.) tomonidan ham “Al-Olim val mutaallim” nomli asar bitilgan. Uning “Ravzat al-uqalo” nomli asari ham odob-axloq mavzusiga bağişlangan[14].
Hanafiy olimlari orasida talaba va öquvçilar odob-axloqi va taʼlim-tarbiyasiga bağişlangan eng maşhur asar, şak-şubhasiz, vatandoşimiz Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr oxiri – XIII asr boşlari) qalamiga mansub “Taʼlim al-mutaallim tariq at-taallum” (“Ilm örganuvçiga ilm oliş yölini örgatiş”) nomli risoladir.
Movarounnahr tasavvuf maktabi (xojagon-naqşbandiya) ham bevosita hadislarga tayangan. Naqşbandiya tariqatining asosçisi Bahouddin Naqşband (1318-1389) va undan oldingi Xoja Ahror Valiy (1404-1490), Hakim Termiziy kabi buyuk şayxlar hadislarni tasavvufning amaliy asosi sifatida qöllagan. Tasavvuf yönalişida Xoja Ahror Valiy, Bahouddin Naqşband hadislardagi “zikr”, “ixlos”, “suhbat”, “tavba bilan poklaniş” mavzularidagi körsatmalarga tayangan.
Hadislar boşqa xalqlar qatori Movarounnahr jamiyatida ham axloqiy tarbiyaning asosiy manbalaridan biri bölgan. Ular orqali insonlar halollik, adolat, mehr-oqibat, sabr va kamtarlik kabi fazilatlarga daʼvat etilgan.
Movarounnahrda ham hadislar jamiyatning axloqiy asoslarini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular orqali halol va harom tuşunçalari aniq belgilab berildi. Insonparvarlik, adolat, mehr-şafqat kabi qadriyatlar keng tarğib qilindi. Oila va jamiyat munosabatlari mustahkamlandi. Hadislar jamiyatda axloqiy barqarorlikni taʼminlab, hududda ijtimoiy sivilizatsiyaning maʼnaviy-axloqiy ustuniga aylandi.
Imom Buxoriyining “Birrul volidayn” va “Al-Adab al-mufrad” (“Odoblar xazinasi”) asari ilm ahli örtasida juda maşhur va möʼtabar kitob hisoblanadi. Aksariyat olimlarning qayd etişiça, “Birrul volidayn” asarida ota-ona xizmati va haqlariga, qarindoşlik riştalarini boğlaşga va turli ijtimoiy munosabatlarga oid 76 ta hadis keltirilgan[15]. “Al-Adab al-mufrad” kitobi Rasululloh alayhissalomning odoblarini özida jamlagan va islomiy, insoniy fazilatlarga oid tartib-qoidalarni tarğib etadi. Imom Buxoriy bu kitobda 1322 ta odob-axloqqa doir hadisi şarifni 644 bobda rivoyat qilgan[16].
Xulosa qilib aytganda, Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining şakllanişida hadislar hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan. Ular nafaqat diniy manba, balki ijtimoiy, huquqiy, axloqiy va ilmiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida namoyon bölgan. Movarounnahr allomalari tomonidan yaratilgan hadis ilmi merosi bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan va insoniyat maʼnaviy taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda.
Movarounnahr diyoridan yetişib çiqqan buyuk olimlarning ilmiy merosi haqida köp jildlik kitoblar yozilganda ham kamlik qilişini hammamiz yaxşi bilamiz.
Tasavvur qiliş uçun birgina misol keltirişimiz mumkin. Uluğ vatandoşlarimizdan biri Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiyning “Al-Qand fii zikri ulamai Samarqand” nomli kitobida faqat Samarqand şahriga tegişli bir ming önta olimning tarjimai holi keltirilgan[17]. Albatta, mazkur kitobda uning muallifiga maʼlum bölgan va undan oldin yaşab ötgan ulamolar haqida maʼlumot berilgan, xolos. Movarounnahrning boşqa şaharlari haqida ham xuddi şu sözlarni takrorlaşimiz mumkin.
Tadqiqot natijalari şuni körsatadiki, hadislar Movarounnahrda quyidagi sohalarda asosiy fundament vazifasini ötagan:
- Tafsir, kalom, fiqh, hadis ilmi sohasida.
- Tasavvuf va axloq sohasida – naqşbandiya tariqatining hadislarga tayangan tarbiya tizimi, mahalliy aholining odob-axloq meʼyorlarining islomlaşuvi.
- Taʼlim tizimida – madrasalarda hadis fanlarining alohida örin egallaşi, “Sahihul Buxoriy” va boşqa hadis kitoblarining darslik sifatida öqitilişi.
- Ilmiy merosda – movarounnahrlik muhaddislarning sanad va matn tanqidi ilmiga qöşgan hissasi, bu sohadagi usullarining keyingi asrlardagi islom ulamolari va ğarb şarqşunoslari tomonidan eʼtirof etilişi.
Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining şakllanişi va uning jahon tarixida tutgan örnini töliq tuşuniş uçun hadis ilmiga alohida eʼtibor qaratiş zarur. Bu ilm mintaqadagi islom madaniyatining özagi bölib, uning taʼsiri hozirgi Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Qozoğiston musulmonlari hayotida hanuz sezilib turadi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




