Manbalarda Sayyid Şarif Jurjoniyning (740-816/1340-1416) kalom, tafsir, hadis, fiqh, mantiq, baloğat, sarf, nahv, meros, falsafa, astronomiya kabi ilmlarda yuzga yaqin kitob bitgani haqida maʼlumotlar mavjud. Lekin olimni dunyoga Jurjoniy sifatida tanitgan asarlari sanoqli. Islomiy ilmlarga oid istilohlarga bağişlangan “At-Taʼrifot” (“Taʼriflar”) nomli asar olim ilmiy merosining eng közga köringan namunalaridan biri hisoblanadi.
Muallifning söziga köra, islomiy ilmlar sohasida öz davriga qadar yozilgan butun boşli asarlardan saralab olingan uşbu qomus ilm talabidagi kişilarga qulaylik tuğdiriş maqsadida tasnif etilgan bölib, alifbo harflari tartibida tuzilgan [1:29].
Jurjoniy özining bu kitobida 2026 ta istilohning taʼrifini keltirgan bölib, ular asosan kalom, falsafa, mantiq, nahv, sarf, aruz, qofiya, tafsir, hadis, fiqh, faroiz, usulul fiqh, hisob, baloğat, tasavvuf, astronomiya, tibbiyot kabi ilmlarga xos istilohlarni öz içiga olgan [2:68].
“At-Taʼrifot”da istilohlarning luğaviy maʼnolari bayon qilingandan söng ularning boşqa ilmlardagi taʼriflari keltiriladi. Baʼzi istilohlarning luğaviy maʼnolari yoritilmasdan töğridan töğri taʼriflaşga kirişilgan. Sözlarning daqiq va nozik jihatlarigaça bayon etilgan uşbu asarda baʼzi tasavvuf va falsafa ilmlariga oid istilohlarning taʼriflari mubham bölib qolgan.
Olim tilşunoslikka oid taʼriflarni yoritişda maşhur nahv olimlari Sibavayh, Ali ibn Hamza Kisoiy, Yahyo ibn Ziyod Farro, fiqhga oid sözlar taʼrifida Abu Hanifa, Abu Yusuf va Imom Şofeiy, tasavvufga oid sözlar taʼrifida Muhyiddin Arabiy, Abu Tolib Makkiy va Abdulkarim Quşayriy kabi olimlar asarlaridan foydalangan.
Jurjoniydan oldin Abu Nasr Forobiy “Ehsoul ulum”, Ibn Sino “Aqsamul ulum”, Muhammad Xorazmiy “Mafatihul ulum”, Faxriddin Roziy “Hadaiqul anvor”, Ahmad Farğoniy “Latoiful iʼlam” nomli asarlar bitgan. Ammo bu kabi asarlar aynan istilohlar taʼrifiga bağişlangan bölmay, balki ularda turli ilmlar taʼrifi bayon etilişi jarayonida qisman istilohlarga ham joy ajratilgan. “At-Taʼrifot” esa turli ilm sohalariga oid istilohlarni alifbo tartibida jamlagan ilk asar sifatida ajralib turadi [1:29].
Bugungi kunga qadar öz ahamiyatini yöqotmay kelayotgan mazkur asar özidan keyingi davrda Tahonaviyning “Kaşşof istilohotil funun va-l-ulum”, Abul Baqoning “Al-Kulliyot”, Rizo Tavfiqning “Mufassal qomusi falsafa” kabi asarlari yozilişi uçun manba vazifasini ötagan.
Jurjoniyning “At-Taʼrifot” asarida yuqorida sanab ötilgan ilmlarga oid istilohlar bilan birga, Qurʼon ilmlariga tegişli istilohlar taʼrifi ham keltirilgan. Jumladan, olim asarda “Qurʼon”, “muhkam”, “mutaşobeh”, “mutlaq”, “muqayyad”, “nasx”, “mujmal”, “muqtado-n-nas”, “tafsir”, “taʼvil”, “muavval”, “lahn”, “majoz”, “mutavotir”, “mufassar”, “bayon at-tafsir” kabi yigirmaga yaqin istilohlar taʼrifini keltirgan.
Jurjoniy “Qurʼon” sözi taʼrifida bunday deydi: “U Payğambarga nozil etilgan, sahifalarga yozilgan, payğambardan şubhasiz va mutavotir tarzda naql qilingan (Kitob)dir” [3:146]. Uşbu taʼrifdan söng Jurjoniy öz uslubiga köra, sözning boşqalar nazdidagi taʼrifini keltiradi va: «Qurʼon ahli haq nazdida: “Umumiy laduniy ilm va barça haqiqatlarning jamlovçisidir”», deydi. Şuningdek, “tafsir” va “taʼvil” sözlari taʼrifidan mazkur ikki istiloh örtasidagi farqni osongina anglaş mumkin: “Tafsirning asl maʼnosi kaşf etiş va izhor qiliş. Şariatda esa oyat maʼnosi, maqsadi, unga oid qissa va nozil böliş sababini oçiq-oydin dalolat qiluvçi lafz bilan bayon etişdir”. Taʼvil sözi taʼrifida: “Taʼvil aslida qaytiş maʼnosini anglatadi. Şariatda esa lafzni zohiriy maʼnodan ehtimolli maʼnoga yönaltirişdir. Ehtimolli maʼno quyidagi oyat taʼvilidagi kabi Kitob va sunnatga muvofiq bölişi lozim:
يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ
“…tirikni ölikdan, ölikni tirikdan (kim çiqaradi?)” (Yunus surasi, 31-oyat).
Agar (mufassir) bu oyatdan quşning tuxumdan çiqişi (maʼnosi)ni nazarda tutsa, bu tafsir hisoblanadi. Agar kofirdan möminni çiqariş, johildan olimni çiqariş nazarda tutilsa, bu taʼvil hisoblanadi”, deydi [3:46].
Maʼlumki, Qurʼoni karimda 77347 ta söz kelgan bölib, ulardan 14721 söz takrorsiz qöllangan. “At-Taʼrifot” asarida Qurʼon ilmlariga oid istilohlar qatorida Qurʼoni karimda zikr etilgan 341 ta sözning taʼrifi ham yoritib ötilgan. Ularning orasida “al-ufuq al-aʼla”, “al-ufuq al-mubiyn”, “al-kitab al-mubiyn”, “qoba qovsayni”, “majmaʼu-l-bahroyn”, “al-Aʼrof”, “aʼyna-l-yaqiyn”, “tabziyr” “ulu-l-albab”, “ummu-l-kitab”, “yavmu-l-jamʼ”, “at-tavbatu-n-nasuh” kabi sözlar Qurʼoni karimda qanday şaklda kelgan bölsa, aynan şunday ifodalangan.
Jurjoniy “at-tavbatu-n-nasuh” iborasi taʼrifida quyidagilarni keltiradi: “Qilgan (gunoh)ining öxşaşiga qaytmaslikka qatʼiy qaror qiliş. Ibn Abbos roziyallohu anhuma: “At-tavbatu-n-nasuh qalb bilan nadomat qiliş, til bilan istiğfor aytiş, jisman (gunohni) tark etiş, gunohga qaytmaslikni qasd qilişdir”, degan. Aytilişiça, tavba luğatda “gunohdan qaytişdir”. Şuningdek, bu maʼno uçun التوب[at-tavb] sözi ham qöllanadi. Alloh taolo:
غَافِرِ الذَّنْبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ
“U, gunohni mağfirat qilguvçi, tavbani qabul etguvçi…” (Ğofir surasi, 3-oyat), deydi. Aytilişiça, التوب [at-tavb] التوبة[at-tavba] sözining köpligidir. Tavba şariatda: “Yomon feʼllardan maqtalgan feʼllarga qaytişdir. Barça ulamolar nazdida (gunohga) tezda tavba qiliş vojibdir. Tavbaning vojibligiga Alloh taoloning:
وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ الْمُؤْمِنُونَ
“Allohga barçangiz tavba qiling, ey möminlar!” (Nur surasi, 31-oyat) oyati hujjat böladi.
Tezda tavba qiliş lozimligi esa uni keçiktirişda taqiqlangan işda davom etiş ehtimoli borligi uçundir. “Inobat” sözi ham tavbaga şarʼiy va luğaviy jihatdan yaqindir. Bir qaraşga köra, “at-tavbatu-n-nasuh” xoh jahriy, xoh maxfiy bölsin, qilgan amalida gunohning asarini qoldirmaslik sanaladi. Boşqa bir qaraşda, u sohibini dunyo-yu oxiratda najotga olib boradi, deyiladi. Bir qavlda, tavba eʼtirof, nadomat va tark etişdir, deyiladi.
Tavba uç maʼnoni anglatadi. Birinçisi, nadomat, ikkinçisi, Alloh qaytargan işga qaytişni tark etiş, uçinçisi, qilingan zulm va nohaqliklarni bartaraf etişga harakat qilişdir” [3:63].
Şuningdek, asarda “istitoat”, “isrof”, “tafrit”, “tafakkur”, “tavakkul”, “mash”, “nisyon”, “tayammum” kabi Qurʼoni karimda feʼl tarzida zikr etilgan sözlarning masdar şakllari keltirilgan bölib, ularni ham Qurʼoni karim sözlarining taʼrifi, deb baholaş mumkin. Şu bilan birga, asarda “masbuq”, “mamdud” kabi asli Qurʼoni karimda zikr etilgan sözlar taʼrifi keltirilgan bölsa-da, sözlar mazmuni oyatda kelgan maʼnoga dalolat qilmasligi sababli ularni Qurʼoni karimda kelgan sözlarning taʼrifi sifatida baholab bölmaydi. Masalan, Qurʼonda المسبوق [al-masbuq] sözi ikki örinda “ojiz” maʼnosida zikr etilgan, “At-Taʼrifot”da esa uşbu sözning fiqhiy maʼnosi, yaʼni namozga keyin kelib qöşilgan kişi haqida söz yuritiladi.
“At-Taʼrifot”da sözlarning maʼnolarini yoritişda Qurʼon oyatlari va hadislardan izçil foydalanilgan bölib, umumiy oltmiş töqqizta istiloh taʼrifida qirq uç suraning sakson beş oyati dalil sifatida keltirilgan. Şulardan sakkiz oyat takror qöllangan.
XV asrdan hozirgi kunimizga qadar islomiy ilmlarga oid istilohlar borasida eʼtirof va eʼtiborda bölgan “At-Taʼrifot” asarini Qurʼon ilmlari nuqtai nazaridan yoritiş Sayyid Şarif Jurjoniy merosining örta asrlar Qurʼon ilmlari rivojida tutgan örnini körsatib beradi.
-
Islam ansiklopedisi. J. 40. – Istanbul, 2013.
-
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Samarqandning sara ulamolari. – T.: Hilol naşr, 2014.
-
Sayyid Şarif Jurjoniy. Möʼjam at-taʼrifot. – Qohira: Dor al-fazila, 2004.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




